Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2022 25.09.2012 yildagi 274-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING YAGONA DAVLAT REGISTRI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 539-sonli “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini ko‘rsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek davlat statistika organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish, Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish asosida yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiyalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi ishonchliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqqadima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 25-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Rasmiy statistika to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrining (keyingi o‘rinlarda KTYADR deb ataladi) axborot fondini tashkil etish maqsadini, yuritish tartibini va uning mazmunini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. KTYADR axborot-ma’lumotnoma tusidagi, vaqti-vaqti bilan yangilab boriladigan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizim hisoblanadi hamda yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida korxonalar va tashkilotlarning davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashtirishni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR davlat statistikasining yagona axborot tizimi tarkibidagi davlat axborot resursi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR davlat tilida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar KTYADRni yuritishning maqsadi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida yuridik shaxslarning yagona davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashtirishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va davlat boshqa organlaridan olingan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va saqlash, shuningdek ularni davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika registrlarini hamda statistika kuzatuvlari obyektlari ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari bilan axborotlar borasida o‘zaro hamkorlik qilishda ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mosligini va taqqoslanuvchanligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar KTYADRni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR tarkibidagi korxonalar va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, yangilash, saqlash va tarqatishning xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan metodologiyasining yagonaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika klassifikatorlaridan foydalangan holda KTYADR axborotlarini kodlashtirishning yagona tizimini qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan yuridik shaxslarni qamrab olishning to‘liqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona dasturiy-texnik vositani qo‘llash va uni doimiy ravishda yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR axborotlaridan foydalanishning qulayligi va uni Milliy axborot tizimiga integratsiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. KTYADR axborot fondining mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. KTYADRning axborot fondi O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiyalashtirish ko‘rsatkichlari — yuridik shaxsning nomi, kodi (KTUT), soliq to‘lovchining identifikatsiyalashtirish raqami (STIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning klassifikatsiya ko‘rsatkichlari — asosiy faoliyat turining xarakteri, joylashgan joyi, tashkiliy-huquqiy shakli va mulkiy shakli, kichik tadbirkorlik subyektlariga mansubligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasiga kirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotnoma tusidagi ko‘rsatkichlar — pochta manzili, telefonlarining raqami, muassislari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yuridik shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi (tugatilganligi) to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik shaxsning kodi (KTUT — korxona, tashkilotning asosiy kodi) — KTYADRga kiritishda yuridik shaxsga beriladigan va statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan individual raqam hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTUT sakkizta raqamli belgilardan iborat bo‘ladi, dastlabki yettita raqam generatsiyalaydigan dasturiy metod bilan tasodifiy raqamni tashkil qiladi, sakkizinchi raqam kod himoyachisi hisoblanadi (bir razryadli nazorat soni).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTUT bir marta beriladi, yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi va boshqa yuridik shaxsga berish uchun undan takroran foydalanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Klassifikatsiyalashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistika klassifikatorlari qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistika organlari o‘rtasida axborotlar ayirboshlashni unifikatsiyalash maqsadida soliq va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan KTYADRda soliq to‘lovchining identifikatsiyalashtirish raqami (STIR)dan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. KTYADRni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. KTYADRni yuritish quyidagi holatlarda ma’lumotlarning elektron bazasiga tegishli yozuvni kiritishni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yuridik shaxsni qayta tashkil etishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi yoki qayta tashkil etilgan (birlashtirilgan, qo‘shib yuborilgan) yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan yuridik shaxs tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmayotganligi yoki qonunchilikda belgilangan muddatlarda ustav jamg‘armasining shakllantirilmaganligi, shuningdek uning ixtiyoriy tugatish jarayonidaligi yoki tugatish jarayonining to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinganda;
(8-bandning d kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yuridik shaxsning pochta manzili o‘zgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi va unda ishlayotganlarning o‘rtacha yillik soni o‘zgarganda — yillik statistika hisoboti asosida;
(8-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yuridik shaxsning idoraviy mansubligi o‘zgarganda — uning muassislari yoki davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan tushgan ma’lumotlari asosida.
(8-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 27-son, 354-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. KTYADRni yuritish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazgan organlardan tushadigan ma’lumotlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika kuzatuvlarini amalga oshirishda olingan statistika ma’lumotlaridan;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari, davlat mulkini boshqarish organlari va boshqa davlat organlarining registrlaridan hamda ma’lumotlar axborot bazalaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. KTYADR axborot fondini yuritish va yangilash uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlar yuridik shaxslar to‘g‘risidagi registrlarni va ma’lumotlar axborot bazalarini tashkil qiladigan va yuritadigan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, soliq organlari, davlat mulkini boshqarish organlari hamda boshqa davlat organlari tomonidan bepul taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. KTYADR ma’lumotlar yagona bazasiga yozuvlarni kiritish tartibi va ularning shakllari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. KTYADRni yuritish milliy statistika tizimida qo‘llanadigan dasturiy-texnologik vositalardan foydalangan holda elektron tarzda amalga oshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR ma’lumotlari yo‘qolishining oldini olish maqsadida har oyda elektron manbalarda oyning 1-kunidagi holatiga ko‘ra uning rezerv nusxasi shakllantiriladi, u uning yo‘qolishini bartaraf etadigan joylarda asl nusxasi bilan birgalikda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. KTYADRni yuritishda qatnashadigan tashkilotlarning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi hududiy organlari tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi quyidagilarni ta’minlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRni rivojlantirishning metodologik asoslari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR ma’lumotlari elektron bazasini ishlatish va boshqarish hamda undan uni yuritishda qatnashuvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni hisobga qo‘yish va ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishlarga metodik rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika klassifikatsiyalari tizimini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRning rezerv nusxalarini saqlash va uning axborot xavfsizligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari bilan axborotlarni idoralararo ayirboshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRdan foydalanuvchilarga ushbu Nizomning V bo‘limida nazarda tutilgan tartibda axborot-ma’lumotnoma xizmati ko‘rsatish.

15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi davlat statistika organlari quyidagilarni ta’minlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlardan tushadigan KTYADR ma’lumotlarini ishlash hamda axborotlarning yo‘qolishi, buzilishi va soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRdagi klassifikatsiyalashtirish ko‘rsatkichlarini statistika kuzatuvlarini o‘tkazish jarayonida olingan dastlabki statistika ma’lumotlari asosida o‘z vaqtida o‘zgartirish;
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar, soliq organlari va davlat mulkini boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRdan foydalanuvchilarga ushbu Nizomning V bo‘limida nazarda tutilgan tartibda axborot-ma’lumotnoma xizmati ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga ushbu Nizom 8-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin bir kun muddatda, ushbu Nizom 8-bandining “b”—“e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni — davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar ushbu Nizom 8-bandining “a”—“e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar davlat statistika organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 27-son, 354-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. KTYADRdan foydalanuvchilarga axborot-ma’lumotnoma xizmati ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. KTYADRdagi identifikatsiyalashtirish, klassifikatsiyalashtirish ko‘rsatkichlari, shuningdek yuridik shaxslarning pochta manzillari, telefon raqamlari, yuridik shaxslarning muassislari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tartib raqami va sanasi (ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, yagona davlat reyestridan chiqarish) to‘g‘risidagi ma’lumotlari barchaning foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi, KTYADRdagi boshqa ko‘rsatkichlar maxfiy tusdagi axborot hisoblanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 27-son, 354-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. KTYADRdagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar KTYADRning foydalanuvchilari bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi ma’lumotlar qonunchilikda belgilangan tartibda bepul taqdim etiladi:
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRdagi ma’lumotlar — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, huquqni muhofaza qilish organlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRdagi ma’lumotlar — yuridik shaxsga unga berilgan statistika kodlari, ularning o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRdan boshqa ma’lumotlarni olish uchun buyurtmachi tomonidan haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. KTYADRdan olingan ma’lumotlarni foydalanuvchilar tomonidan axborotning manbaini ko‘rsatmasdan tarqatishga va (yoki) KTYADRdagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga tijorat maqsadlarida berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. KTYADRni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. KTYADRni tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatishda, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, KTYADR ma’lumotlari bazasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxiviga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridagi yuridik shaxs to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlar

1. Yuridik shaxsning nomi‎‎
To‘liq:
Qisqacha
‎‎2. Pochta manzili (tuman, shahar, manzil)
‎Aloqa telefonlari:
‎‎Elektron manzili (tashkilot yoki muassisning):
‎‎
‎‎3. Yangidan tashkil etilgan ‎‎ qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilgan ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎faoliyati tiklangan (tugatish tartiboti to‘xtatilgan) ‎‎

‎ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar

‎‎
‎‎pochta manzilini o‘zgartirish ‎‎
‎‎belgilangan muddatda moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilm�gan yoki ustav jamg‘armasi shakllantirilmagan, ixtiyoriy tugatish jarayoni (keragining ostiga chizilsin) ‎‎
4. Tashkiliy-huquqiy shakli kodi: _____________________________________‎‎

‎Mulkchilik shakli kodi: ____________________________________________

MHOBT kodi: ____________________________________________________

‎KTUT kodi:______________________________________________________

Faoliyatining asosiy turi: _________________________________________

‎‎STIR: __________________________________________________________

‎‎5. Muassislar haqidagi ma’lumotlar:

Muassislar

Muassislarning ustav jamg‘armasidagi‎ ulushi‎‎

ming so‘m

%‎

Mamlakat ‎‎

Nomi‎ (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O.) ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎‎

Jami ustav jamg‘armasi‎‎

��‎‎
‎‎
‎‎6. Xodimlarning mo‘ljallanayotgan soni*: _________________________ kishi
‎‎*yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun

7. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi: _________________________________

‎‎8. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan

______________‎‎

______________

‎‎

‎‎(raqami)

‎‎(sanasi)

‎‎‎‎9. Tugatilgan (faoliyati to‘xtatilgan**) ‎‎ __________‎‎ __________‎‎
** qo‘shish yoki birlashtirish yo‘li bilan qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun ‎‎

‎‎(raqami) ‎‎

‎‎(sanasi) ‎‎

‎‎
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati

1. Vazirlar Mahkamasining “Mulkchilik va xo‘jalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri to‘g‘risida” 1994-yil 17-noyabrdagi 555-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 51-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 53-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 34-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori)” 2007-yil 6-iyundagi 109-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 33-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 39-son, 450-modda; 2015-y., 27-son, 354-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)