15.08.2022 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti faoliyatini yanada samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son Farmoni hamda “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalariga litsenziya talab etiladigan ayrim faoliyat turlari bilan birgalikda tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatni amalga oshirish huquqini, istisno tariqasida, berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamgʻarmasini qayta tashkil etish va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha Davlat budjetiga jazoni ijro etish muassasalari tomonidan undirilgan mablagʻlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalarni hamda boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlarni Jamgʻarmaning qoʻshimcha manbalari sifatida belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni “elektron nazorat” qilishni taʼminlovchi axborot texnologiyalarini joriy etgan holda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi davlat unitar korxonalari jazoni ijro etish muassasalarining yuridik shaxs hisoblanmagan va budjetdan tashqari faoliyatni amalga oshiradigan ishlab chiqarish boʻlinmalari sifatida qayta tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatidan tushadigan mablagʻlar mazkur sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va talab yuqori boʻlgan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga yoʻnaltirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari va foydasi hisobidan jazoni ijro etish koloniyalari huzuridagi davlat unitar korxonalari tomonidan bankdan olingan kredit boʻyicha qarzdorliklari qoplanishi, shuningdek, ishlab chiqarish sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — ishlab chiqarish boʻlinmalari) yuridik shaxs hisoblanmaydi va budjetdan tashqari faoliyatni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari davlat unitar korxonalarining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi hamda davlat unitar korxonalarining mol-mulki tegishli jazoni ijro etish muassasalariga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari bozor konyunkturasi va oʻz faoliyatining xususiyatlarini hisobga olib, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun shartnoma (erkin) narxlarini (tariflarini) va rentabelligini mustaqil belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish narxlarini (tariflarini) shakllantirishda oʻz ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va ishlab chiqarish boʻlinmalarini texnik qayta jihozlash xarajatlarini, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish-texnik bazasini modernizatsiya qilishni majburiy hisobga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish narxlari (tariflari) ishlab chiqarish boʻlinmalari rahbarlari tomonidan ushbu muassasa faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti, uning boʻlinmalari va muassasalari ehtiyojlari uchun esa — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari oʻz hududidagi ishlab chiqarish bino va inshootlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti bilan kelishib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qarorlari asosida hududiy yagona buyurtmachi xizmatlarini jalb qilgan holda tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotishdan muassasa ixtiyorida qoladigan daromad hisobidan qurish hamda rekonstruksiya qilish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishda tabiiy resurslardan foydalanish (noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish, suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish) hamda xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq (yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish) faoliyat turlarini amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash boʻyicha tegishli litsenziya va ruxsatnoma olmasdan faoliyatini amalga oshirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-oktabrdagi 645-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jazoni ijro etish muassasalarini 2022 — 2024-yillar davomida bosqichma-bosqich texnik vositalar bilan jihozlash va jazoni ijro etish tizimi faoliyatini raqamlashtirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi Jazoni ijro etish tizimi xodimlarining shaxsiy videoregistratorlar (bodikameralar) bilan taʼminlangan holda xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarida shaxsiy tarkibning xizmatni oʻtash davomida videoregistratorlardan (bodikameralardan) foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar va jazoni ijro etish muassasasi xodimlari oʻrtasidagi muloqotni videoregistratorlar (bodikameralar) orqali qayd etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar tomonidan sodir etilgan tartibbuzarliklar jarayonida videoregistratorlardan (bodikameralardan) foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videoregistratorlardan (bodikameralardan) foydalanish davrida xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi (“yoʻl xaritasi”) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmalariga asosan ushbu qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilmaydigan mol-mulklar oʻz vaqtida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olinishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
445-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalarini 2022 — 2024-yillar davomida bosqichma-bosqich texnik vositalar bilan jihozlash va jazoni ijro etish tizimi faoliyatini raqamlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddatlar

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Jazoni ijro etish tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish

1.

Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida qatʼiy intizom va qonuniylik�i taʼminlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shuningdek, mahkumlarni saqlash holatini nazorat qilish jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish:

xodimlarning personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni oʻtash tartibini tatbiq etish;

mahkumlarning jazoni oʻtash tartibini buzish holatlarini aniqlash maqsadida kuzatish va mustaqil nazorat qilish imkoniyatiga ega intellektual kameralar (“Smart”) tizimini muassasalarga oʻrnatish;

taqiqlangan buyumlarni olib kirish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muassasalarning nazorat oʻtish joylarida rentgen skanerlarni oʻrnatish.

1. Quyidagilar boʻyicha davlat xaridini amalga oshirish:

shaxsiy videoregistratorlar (bodikameralar);

intellektual kameralar tizimi (“Smart”);

rentgen skanerlar.

2022 — 2024-yillar

Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi

(Turaxodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi (Yusupov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Pekos)

2. Amaliyotga joriy etish.

Reja-grafik asosida

2.

Mahkumlarni qayta tarbiyalash taktikasini toʻgʻri belgilash va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish maqsadida har bir mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi maʼlumotlar elektron bazasini yuritish va uning asosida mahkumlarni taqsimlash jarayonini toʻliq raqamlashtirish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2022-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi

(Turaxodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Pekos)

2. Uskunalar uchun davlat xaridini tashkil etish.

2022-yil dekabr

3. Amaliyotga joriy etish.

Jadvalga asosan

3.

Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar, shu jumladan, ularning qarindoshlari tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarning erkin bozor mexanizmlariga asoslangan elektron doʻkonlar orqali sotib olinishi imkoniyatini yaratish.

1. Uskunalar uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish (elektron doʻkon).

2022-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi

(Turaxodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Pekos)

2. Uskunalar uchun davlat xaridini tashkil etish.

2023-yil aprel

3. Amaliyotga joriy etish.

Jadvalga asosan

II. Jazoni ijro etish tizimini bosqichma-bosqich texnik vositalar bilan jihozlash

T/r

Uskunalar nomi

Oʻlchov birligi

Umumiy miqdori

Xarid qilish va jihozlash rejalashtirilmoqda:

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

2022-yil

2023-yil

2024-yil

miqdor

muassasa

uskuna

muassasa

uskuna

muassasa

uskuna

1.

Xodimlarni DOK stansiyali shaxsiy videoregistrator (bodikameralar) bilan taʼminlash

dona

771

4

40

7

381

5

350

Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi

(Turaxodjayev, Abidjanov)

2.

Muassasalarni intellektual kameralar bilan jihozlash

toʻplam

9 117

7

2 200

9

3 471

11

3 446

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” davlat unitar korxonasi (Yusupov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Pekos)

3.

Muassasa nazorat oʻtish joylarida rentgen skanerlar oʻrnatish

toʻplam

29

2

2

14

14

13

13

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan zaruratga koʻra Jazoni ijro etish muassasalarini 2022 — 2024-yillar davomida bosqichma-bosqich texnik vositalar bilan jihozlash va jazoni ijro etish tizimi faoliyatini raqamlashtirish dasturiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish tizimi xodimlarining shaxsiy videoregistratorlar (bodikameralar) bilan taʼminlangan holda xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Jazoni ijro etish muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — JIEM) shaxsiy tarkibning (keyingi oʻrinlarda — xodimlar) xizmatni oʻtash davomida videoregistrator (bodikamera)lardan (keyingi oʻrinlarda — bodikameralar) foydalanish hamda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar (keyingi oʻrinlarda — mahkumlar) bilan oʻzaro munosabatlari vaqtida ushbu muloqotni qayd etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus moslamalar — maxsus avtomatlashtirilgan audio, foto va video qayd etish texnika vositalari yoki mobil komplekslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkum — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan moddalarda koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etib, sud hukmiga asosan JIEMga jazo muddatini oʻtash uchun keltirilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat — JIEMda mahkumlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va tartibbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibbuzarlik — mahkumlar tomonidan jazoni oʻtash tartibi va shartlariga rioya qilmasdan, oʻz majburiyatlarini bajarmasligi oqibatida sodir etilgan holat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari oʻz xizmatini oʻtash vaqtida mahkumlar tomonidan sodir etilgan tartibbuzarliklar jarayonida bodikameralardan foydalanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har kunlik ish faoliyatini olib borayotgan yoki kunlik xizmatga jalb etilgan xodim mahkumlarni uzluksiz nazorat qilish hamda ular tomonidan jinoyat va tartibbuzarliklar sodir etilishini aniqlash uchun bodikameralar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bodikamera quyidagi hollarda ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi tadbirlarni amalga oshirishda (uyqudan uygʻotish, nonushta, tushlik va kechki ovqat, sanoq tekshiruvlari, olib borilayotgan tarbiyaviy profilaktik tadbirlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va kunlik tintuvlar oʻtkazish hamda koʻzdan kechirish jarayonida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni JIEMga qabul qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat va tartibbuzarliklar sodir etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarning xulq-atvorini nazorat qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlardan taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlar olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch, maxsus vositalar hamda tinchlantirish koʻylagini qoʻllash chogʻida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni ishga olib chiqish va undan qaytishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar va fuqarolarni qabul qilish jarayonida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolardan olingan yoʻqlovlarni qabul qilishda hamda posilka yoki yoʻqlov va banderollarni tarqatish vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarning uchrashuvlarini oʻtkazish jarayonida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo va ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilayotgan vaqtda hamda mahkumlar intizomiy boʻlinmaga kiritilayotganda va chiqarilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarning insonparvarlik dalolatnomalarini koʻrib chiqish davrida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xodimlarga biriktirilgan bodikameralarning doimiy ravishda soz va dasturiy-texnik taʼminoti ishchi holatda boʻlishi yuzasidan qatʼiy nazorat olib borish vazifasi JIEM boshligʻi, uning oʻrinbosarlari va muassasa boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi (keyingi oʻrinlarda — MBYOTN) zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bodikameralar ishlamagan yoki xodim tomonidan ruxsatsiz oʻchirib qoʻyilgan hollarda MBYOTN zudlik bilan bevosita JIEM boshligʻi yoki uning tegishli oʻrinbosariga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir holat yuzasidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, aybdor xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bodikamera xodimga naryadni qabul qilish jarayonida mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi daftarda qayd etiladi hamda biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bodikameralarni qabul qilish jarayonida ularning akkumulyator batareyalari toʻliq quvvatlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bodikamera quvvatini toʻldirishni avtotransportda yoki belgilanmagan joylarda amalga oshirish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bodikamera xodim xizmat vazifasini bajarishga kirishganidan boshlab ishga tushirilishi va naryadni topshirguniga qadar ishlatilishi lozim. (xizmat vazifasi bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarish vaqti bundan mustasno)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xizmat vazifasini bajarish davomida bodikameraning obyektivi har qanday holatda toʻsilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bodikameradan shaxsiy maqsadlarda foydalanish, uni boshqa xodimlar, mahkumlar va boshqa shaxslarga berish hamda oʻz xohishi bilan oʻchirib qoʻyish taqiqlanadi. Bodikamera xizmat vaqtida doimo ishchi holatda boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xizmat yakunida bodikameralardagi video yozuvlar elektron maʼlumot saqlash qurilmalariga yuklanadi (koʻchiriladi) hamda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi daftarda qayd etiladi. Bodikameralardagi videoyozuvlar elektron maʼlumot saqlash qurilmalariga yuklanib (koʻchirilib), elektron maʼlumot saqlash qurilmalari yoki kompyuter xotirasida 1 yil mobaynida tartibot boʻlimi (boʻlinma) boshligʻining xizmat xonasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xodim mehnat taʼtiliga, xizmat safariga ketganda yoki vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlganda, shuningdek, bodikamera nosoz holatga kelgan taqdirda, xodim tomonidan JIEM boshligʻi yoki uning oʻrinbosarlariga axborot berilib, tegishli JIEMning tashqi navbatchilik qismiga toshiriladi va mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi daftarda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xodim oʻziga biriktirilgan bodikamerani yoʻqotib qoʻygan taqdirda, zudlik bilan MBYOTNga xabar berishi, u esa mazkur holat yuzasidan JIEM boshligʻi yoki uning oʻrinbosarlariga axborot berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xodimlarga biriktirilgan bodikameralarning mavjudligi va soz holda ekanligini tekshirib borish MBYOTN zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bodikameralarni ishlatish chogʻida xodimlarning mahkumlar va boshqa shaxslar bilan oʻzaro munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodim mahkum bilan suhbat jarayonida oʻzini tanishtirib, “Hurmatli mahkum, Siz bilan suhbatlashish jarayoni bodikamera orqali yozib olinayotganligini maʼlum qilaman” deb ogohlantirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mahkum xodimga oʻzini tanishtirishda quyidagilarni bayon etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilgan yili va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qaysi moddalari bilan sudlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazo muddatini oʻtayotgan turkumi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mahkum tomonidan xodimga xizmat davomida berilgan bodikameraga ziyon yetkazish, uni olib qoʻyishga urinish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu holat sodir etilgan taqdirda, xodim tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, mahkum Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 105-moddasiga muvofiq intizomiy jazoga tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xodim tomonidan mahkum bilan suhbat oʻtkazish jarayonida ham bodikameradan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xodimlar bodikameradan foydalangan holda oʻz xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yoʻl qoʻymasliklari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mahkumlar bilan bodikamera orqali yozib olingan suhbatlarni Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish, mahkumning oila aʼzolariga va boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bodikamera orqali yozib olingan yozuvlar xizmatda foydalanish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va advokatura organlari tomonidan yuborilgan soʻrovnomaga asosan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xodimlar va mahkumlar suhbat oʻtkazish jarayonida muomala madaniyatiga alohida eʼtibor qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tartibbuzarlik sodir qilgan mahkumlar bilan muloqotga kirishganda, ularni bodikamera orqali yozib olinayotganligi toʻgʻrisida ogohlantirish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mahkumlar bilan muloqotga kirishayotganda xodim hushyorlikni yoʻqotmasdan, oʻzini ogʻir, vazmin tutib, har qanday kutilmagan harakatga qarshi tayyor turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xavfsizlik choralariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bodikameralardan foydalanish davrida unda saqlanayotgan videoyozuvlarning koʻchirilishi, oʻchirilishi, oʻzgartirilishi va undan nusxa olinishi, bloklanishi, kompyuter qurilmalariga ulanishi, korpusi ochilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bodikamera orqali qayd etilgan, yuborilgan yoki koʻchirilgan video yozuvlarni olish, soʻrash yoxud ularni oʻzgartirish, xizmat zarurati bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda dispetcherlik markazlaridagi mavjud maʼlumotlar bazalaridan tekshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bodikamera buzilgan yoki yoʻqolgan holatda, zudlik bilan hududiy JIEM boshligʻiga (JIEM boshligʻi boʻlmagan hollarda, uning vazifasini bajarayotgan rahbarga) axborot berib, qurilmani vaqtincha yoki doimiy bloklash choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Har bir xodim oʻziga biriktirilgan bodikameralarning but saqlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Xodim bodikameralarning yoʻqolishiga, unga qasddan zarar yetkazilishiga, xususan, unga oʻrnatilgan dastur va ilovalarning yaroqsiz holga kelishiga yoʻl qoʻygan taqdirda, javobgarlikka tortiladi va zararni oʻz hisobidan qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bodikamera foydalanuvchining ehtiyotsizligi oqibatida buzilganda, taʼmirlash va tiklash bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlar ushbu qurilmadan foydalanayotgan xodim hisobidan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bodikameralar biriktirilishi lozim boʻlgan xodimlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish tizimi xodimlarining shaxsiy videoregistrator (bodikameralar) bilan taʼminlangan holda xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ustki qismi

Bodikamerani xodimga biriktirish va qabul qilish
‎DAFTARI

Boshlandi: 20___ yil “______” ____________

Tamomlandi: 20___ yil “______” ____________

ichki qismi

T/r‎

Bodikamera raqami

Berilgan bodikamera soni

Qabul qilib olgan xodimning F.I.O., maxsus unvoni va lavozimi

Qabul qilib olingan sana va soat

Topshirilgan sana va soat

Qabul qilib olgan xodimning F.I.O., maxsus unvoni va lavozimi

Ishchi holati

1.‎

2.‎

3.‎

....‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish tizimi xodimlarining shaxsiy videoregistrator (bodikameralar) bilan taʼminlangan holda xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ustki qismi

Bodikameradagi videoyozuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish
‎DAFTARI

Boshlandi: 20___ yil “______” ____________

Tamomlandi: 20___ yil “______” ____________

ichki qismi

T/r‎

Bodikamera raqami

Olingan video yozuvlar tahlili

Qabul qilgan xodimning F.I.O., maxsus unvoni va lavozimi

Qabul qilingan qaror natijasi

1.‎

2.‎

3.‎

...‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish tizimi xodimlarining shaxsiy videoregistrator (bodikameralar) bilan taʼminlangan holda xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ustki qismi

Maʼlum bir sabablarga koʻra xodim tomonidan zarar yetkazilgan hamda nosoz holga kelib qolgan bodikameralarni qabul qilish
‎‎DAFTARI

Boshlandi: 20___ yil “______” ____________

Tugatildi: 20___ yil “______” ____________

ichki qismi

T/r‎

Bodikamera raqami

Topshirilganlik sababi

Qabul qilgan xodimning F.I.O., maxsus unvoni va lavozimi

Qabul qilingan qaror natijasi

1.‎

2.‎

3.‎

...‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshiriladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar dasturi (“yoʻl xaritasi”)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Muddatlar

Ijro uchun masʼullar

I. Jazoni ijro etish koloniyalarida tezkor va tartibot faoliyatini kuchaytirish

1.

Manzil-koloniyalarda jazo oʻtayotgan mahkumlarni elektron tizim orqali sanoq tekshiruvidan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.

1. Manzil-koloniyalarda mahkumlar nazoratini tashkil etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

2022-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda, jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarni sanoq tekshiruvidan oʻtkazish boʻyicha elektron tizim uchun loyiha-texnik hujjatni ishlab chiqish hamda vakolatli organdan ekspertizadan oʻtkazish.

2022-yil noyabr

3. Elektron tizimni yaratish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2023-yil yanvar

4. Elektron tizimni sinov tariqasida faoliyatga tatbiq etish.

2023-yil fevral

II. Mahkumlarni tarbiyalash, toʻgʻri ijtimoiy hayotga qaytarish va ularning ijtimoiy moslashuvini taʼminlash

2.

Jazoni ijro etish muassasalari psixologlari tomonidan xizmat faoliyatida foydalanish uchun penetensiar psixologiya yoʻnalishi boʻyicha metodik qoʻllanmalar tayyorlash.

1. Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Bugungi kun mahkumi”ning psixologik portretini, unga taʼsir oʻtkazish usul va uslublari boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqish.

Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida va budjetdan tashqari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan

2022-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

Moliya vazirligi

2. Mahkumlarni axloqan qayta tarbiyalash jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etgan holda jamoatchilik vakillari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.

2022-yil dekabr

3.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarni ID-karta bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

1. Vazirlik Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi hamda uning joylardagi boʻlinmalari bilan hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning fuqarolik pasporti bilan bogʻliq muammolarini qisqa muddatlarda hal etish amaliyotini joriy etish.

2. Biometrik pasportga va shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan mahkumlarning roʻyxatini shakllan�irib, ozodlikka chiqquniga qadar ID-kartalar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan (mahkumlarning shaxsiy mablagʻlari hisobidan)

2022-yil oktyabrdan boshlab har chorakda

Ichki ishlar vazirligi

Mahalliy hokimliklar

4.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan yosh mahkumlar bilan ishlash samaradorligini oshirish.

1. Yosh mahkumlar bilan tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni oʻtkazishni, ularni oʻqitish va ularga kasb-hunar oʻrgatishni kuchaytirilgan tartibda tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchil�kda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan

2022-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

2. Yosh mahkumlarni axloqan qayta tarbiyalash strategiyasini ishlab chiqib, alohida eʼtiborni davlat idoralari va tashkilotlar hamkorligiga qaratish.

2022-yil noyabr

5.

Jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar bilan tarbiyaviy-profilaktik ishlar hamda individual tadbirlar samaradorligini oshirish.

1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish boʻlimlari tarkibiy tuzulmasini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, mazmun-mohiyat kasb etmaydigan “turkum boshligʻi” tushunchalaridan voz kechgan holda mahkumlarni axloqan qayta tarbiyalash, kelgusida turmushga moslashtirish uchun masʼul boʻlgan “Ijtimoiy xodim” lavozimini kiritish.

-

2022-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

2. Uning xizmat vazifalari, huquq va majburiyatlari doirasini aniq belgilab berish.

2022-yil noyabr

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 58-moddasi talablariga asosan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan chet el fuqarolarining alohida — alohida saqlanishi uchun 14-son jazoni ijro etish koloniyasida uchastka tashkil etish.

1. Jazo muddatini oʻtayotgan chet el fuqarolarini saqlash uchun Toshkent viloyatidagi 14-son jazoni ijro etish koloniyasida uchastka tashkil etish boʻyicha buyruq loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

2022-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

2. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 58-moddasi talablari asosida chet el fuqarolarini Toshkent viloyatidagi 14-son jazoni ijro etish koloniyasida tashkil etilgan uchastkada saqlanishini tashkil etish.

2022-yil dekabr

III. Jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarning sogʻligini asrash va ularga malakali tibiy yordam koʻrsatish borasida

7.

Jazoni ijro etish muassasalarida yurak qon-tomir kasalliklari bilan dispanser nazoratida turgan mahkumlar soni ortib borayotganligi, ularga nisbatan reabilitatsiya, fizioterapiya va kardiologik tibbiy yordam uchun shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida ixtisoslashgan kasalxona negizida ikkita yangi boʻlinma (reabilitatsiya va fizioterapiya, kardiologiya) ochish.

1. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona koykalarining qayta tashkil etilishi hisobiga ixtisoslashgan kasalxona negizida ikkita yangi boʻlinma ochish (reabilitatsiya va fizioterapiya, kardiologiya) va zarur boʻlgan tibbiy anjomlar bilan jihozlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

2023-yil fevral

Ichki ishlar vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonaga Sogʻliqni saqlash vazirligining tasarrufidagi muassasalarning tor doiradagi mutaxassislarini rasmiy ravishda biriktirish.

2023-yil mart

IV. Jazoni ijro etish muassasalari moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash hamda tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish

8.

Manzil-koloniyalarda nazorat ostida erkin harakatlanadigan hamda atrofi ochiq joylarda foydali mehnatga jalb etilgan mahkumlarni elektron vositalar (braslet)dan foydalangan holda nazorat qilish.

Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xatti-harakatlarini ularga elektron braslet vositasini taqqan holda, real vaqt rejimida elektron kuzatish va monitoring qilish.

1. Manzil-koloniyadagi mahkumlarga hamda probatsiya nazorati ostidagi shaxslarga nisbatan elektron kuzatuv vositalari (braslet)ni sinov tariqasida qoʻllash.

Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

2022-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

Moliya vazirligi

2. Manzil-koloniyadagi mahkumlarga hamda probatsiya nazorati ostidagi shaxslarga nisbatan elektron kuzatuv vositalari (braslet) qoʻllanilishi yuzasidan qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kelishish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga kiritish.

2023-yil yanvar

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil mart

4. Qabul qilingan qonunga asosan manzil-koloniyalarda jazo muddatini oʻtayotgan salbiy holat sodir etishga moyil boʻlgan mahkumlarni va probatsiya nazorati ostidagi shaxslarni elektron kuzatuv vositalari (braslet) bilan bosqichma-bosqich taʼminlash boʻyicha dastur qabul qilish.

2023-yil iyun

V. Xodimlarning bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash

9.

Tizim xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun moʻljallangan maxsus kasbiy yoʻnaltirilgan oʻqitish ishlarini tashkil etish.

1. Jazoni ijro etish tizimi xodimlarini IIVning akademik litseylarida hamda Malaka oshirish fakultetida qisqa muddatli (5 — 7 kunlik) oʻquv kurslarini sifatli tashkil etish tizimini joriy qilish uchun Kadrlar boshqarmasi tasarrufida Oʻquv boʻlimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Xodimlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishda IIV, sudlar, prokuratura organlari, DXX, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ombudsman, nodavlat-notijorat tashkilotlarning yuqori malakali, tajribali xodimlarini jalb etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida va budjetdan tashqari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi

10.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar bilan psixologik ishlarni toʻgʻri tashkil etish hamda tarbiyaviy ishlar boʻlimi psixologlarining malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish boʻlimlari tarkibiy tuzilmasini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, mavjud shtat lavozimlari va ish haqi jamgʻarmasi doirasida qayta taqsimlagan holda har 250 nafar mahkum uchun 1 nafar psixolog lavozimini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida va budjetdan tashqari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar doirasida

2022-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2. Psixolog lavozimida xizmat qilayotgan xodimlarni Toshkent davlat pedagogika universitetida bosqichma-bosqich toʻlov-shartnoma asosida qayta tayyorlovdan oʻtkazish.

Jadval asosida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 13-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashish tartibi haqidagi nizomning 6-bandi “v” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomning 28-bandidagi “Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar toifalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 8-maydagi 114-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 36-modda) 6-bandidagi “jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi davlat unitar korxonalari tasarrufida” soʻzlari “jazoni ijro etish muassasalari, ularning budjetdan tashqari faoliyat bilan shugʻullanuvchi boʻlinmasi balansida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining markazlashtirilgan jamgʻarmasi toʻgʻrisida” 2017-yil 23-oktabrdagi 861-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y, 10-son, 245-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning nomidagi “Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi faoliyatidan, shuningdek, xizmatlar koʻrsatishdan oladigan daromadlaridan Jazoni ijro etish departamenti tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha Davlat budjetiga jazoni ijro etish muassasalari tomonidan undirilgan mablagʻlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar natijasida jamgʻariladigan mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2-banddagi “Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 3-banddagi “Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda JIEBB deb ataladi)” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (keyingi oʻrinlarda — JIED)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 5-banddagi “Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi va 1-banddagi “Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-banddagi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda — JIEBB) soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentida (keyingi oʻrinlarda — JIED)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-banddagi “JIEBB” qisqartmasi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi faoliyatidan, shuningdek, xizmatlar koʻrsatishdan oladigan daromadlaridan JIED tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha Davlat budjetiga jazoni ijro etish muassasalari tomonidan undirilgan mablagʻlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar natijasida jamgʻariladigan mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “JIEBB” qisqartmasi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIED binolari va inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, shuningdek qurilish materiallari xarid qilish, JIED va uning muassasalari binolari va inshootlarini jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda texnik qayta jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalariga moliyaviy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport, aloqa vositalari, kompyuter va tashkiliy texnika, jihozlar va xoʻjalik buyumlari xarid qilish, shuningdek, ularni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar va qamoqqa olinganlarni qoʻriqlash va nazorat qilishning zamonaviy texnik vositalarini, shuningdek, JIED, uning muassasalari uchun boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari joylashgan joylarda JIED va uning muassasalari xodimlarining (ishchilarining) egallagan lavozimda boʻlish muddati davomida yashashi uchun moʻljallangan xizmat turar joylari (kvartiralar) qurish (xarid qilish), shu jumladan, ikkilamchi bozorda xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting va boshqa xizmatlar bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIED xodimlarini (ishchilarini) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy bosma nashrlar, maxsus adabiyotlar, kitob mahsulotlari, kanselyariya buyumlari, tashqi targʻibot-tushuntirish vositalari (bannerlar va boshqalar) xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIED va jazoni ijro etish muassasalari xodimlariga, ishchi va xizmatchilariga moddiy yordam koʻrsatish, ustamalar belgilash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar, profilaktik, madaniy va tantanali tadbirlar tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida qidiruvda boʻlgan mahkumlar xorijiy davlat sudlari tomonidan jarimaga tortilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga binoan keyinchalik mahkumlarning oylik ish haqlaridan ushlab qolinishini nazarda tutgan holda toʻlanadigan jarima mablagʻlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 — 8, 11, 13 — 15, 20, 22, 24, 26 va 27-bandlardagi “JIEBB” soʻzi tegishli son va kelishikdagi “JIED” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning uchinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaning 4-bandidagi “Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining jazoni ijro etish muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan umumtaʼlim muassasalari roʻyxati matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining jazoni ijro etish muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan umumtaʼlim muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Birinchi mintaqaviy hudud 24-son tarbiya koloniyasining 5-umumtaʼlim maktabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyati Zangiota tumani xalq taʼlimi boʻlimi 35-umumtaʼlim maktabining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Birinchi mintaqaviy hudud 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi filiali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani xalq taʼlimi boʻlimi 12-umumtaʼlim maktabining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Birinchi mintaqaviy hudud 7-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi filiali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent viloyati Chirchiq shahar xalq taʼlimi boʻlimi 22-umumtaʼlim maktabining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Birinchi mintaqaviy hudud 13-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi filiali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Navoiy viloyati Navoiy shahar xalq taʼlimi boʻlimi 4-umumtaʼlim maktabining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Beshinchi mintaqaviy hudud 4-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi filiali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Navoiy viloyati Qiziltepa tumani xalq taʼlimi boʻlimi 5-umumtaʼlim maktabining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Beshinchi mintaqaviy hudud 5-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi filiali”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 5-martdagi 128-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv vositalari va videoregistratorlar bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan budjet mablagʻlari, Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobiga amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-banddagi “Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda JIEBB deb ataladi)” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (keyingi oʻrinlarda — JIED)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“JIEBB” qisqartmasi tegishli son va kelishikdagi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn beshinchi xatboshidagi “va davlat unitar korxonalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-bandidagi “JIEBB” qisqartmasi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“29. Jazoni ijro etish muassasalariga jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari rahbarlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida joylashgan jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari JIED boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari JIED boshligʻi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari boshliqlari taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-banddagi “JIEBB” qisqartmasi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-fevraldagi 85-son qarori bilan tasdiqlangan Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-banddagi “Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — JIEBB)” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — JIED)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5, 9, 10, 11, 13, 16, 19, 21 — 26, 28, 29, 31, 33-bandlardagi “JIEBB” qisqartmasi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-ilova matnidagi “Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — JIEBB)” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — JIED)” soʻzlari, shuningdek, “JIEBB” qisqartmasi tegishli son va kelishikdagi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2-ilova matnidagi “Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — JIEBB)” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — JIED)” soʻzlari bilan, shuningdek, “JIEBB” qisqartmasi tegishli son va kelishikdagi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, shuningdek, maxsus qabulxonalarda maʼmuriy qamoq jazosini oʻtayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan taʼminlash meʼyorlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “3-son meʼyor” boʻlimining izoh qismi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning tergov harakati yoki sud majlisidagi ishtirokini taʼminlash uchun amalga oshirilayotgan konvoy harakati davomida tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalari tomonidan ushbu muassasalarning ichki tartib qoidalarida belgilangan vaqtda konvoy qilinayotgan shaxslarni ovqatlantirish uchun konvoy xizmatlariga ushbu meʼyor boʻyicha tayyorlangan oziq-ovqat ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar haq toʻlanadigan mehnatga jalb etilgan taqdirda, maxsus qabulxonaning ichki tartib qoidalarida ovqatlantirish belgilangan vaqtda maxsus qabulxona tomonidan ushbu meʼyor boʻyicha haq toʻlanadigan mehnatga jalb etilgan shaxslarni mehnat qilayotgan joyida ovqatlanishlari taʼminlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “5-son meʼyor” boʻlimining izoh qismi quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tergov hibsxonalarida saqlanayotgan qamoqqa olingan shaxslar bir tergov hibsxonasidan boshqasiga etap qilinayotgan vaqtda ushbu meʼyordagi oziq-ovqat bilan taʼminlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2024-yillarda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-noyabrdagi 904-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Jazoni oʻtash muassasalari huzurida davlat unitar korxonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-noyabrdagi 924-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 5-martdagi 128-son qarori 1-bandining “v” kichik bandi va unga 3-ilova.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son; 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)