O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ini Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qarori ijrosini ta’minlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni davlat tomonidan boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, “Zarafshon” milliy tabiat bog‘idagi relikt va noyob to‘qayzor o‘rmonlar, tabiiy majmualarni muhofaza qilish, tabiiy obyektlar va majmualardan qonunchilik talablari asosida foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi), O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Samarqand viloyati hokimligining Jomboy va Bulung‘ur tumanlari hududida joylashgan, umumiy maydoni 2 426,2 gektar bo‘lgan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ini qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
3. Respublika komissiyasi (Oblomuradov) ikki oy muddatda “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ining:
mol-mulklari va asosiy vositalarini hamda boshqa obyektlarini, shuningdek, pitomniklaridagi yovvoyi hayvonlarni xatlovdan o‘tkazsin;
shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda qabul qilinishi-topshirilishini ta’minlasin.
4. Davlat ekologiya qo‘mitasi:
a) uch oy muddatda “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ining:
nizomi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
yer uchastkalari, ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini;
hududi, shuningdek, uning qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari chegaralarining belgilanishini ta’minlasin;
b) Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini o‘tkazib Buxoro bug‘ulari uchun yashash joylarini yaxlit saqlash, Zarafshon daryosi suv sathining pasayishi natijasida qirg‘oqlardagi to‘qayzorlarga bo‘layotgan salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida milliy tabiat bog‘i hududini kengaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin;
v) doimiy ravishda:
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan targ‘ibot va davlat ekologiya nazorati ishlarini kuchaytirsin;
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida tabiiy obyektlar monitoringi yuritilishi va ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkil etilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N.N. Oblomuradov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-avgust,
442-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 442-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ini qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi
TARKIBI
|
1. |
N. Oblomuradov |
— |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi, Komissiya raisi |
|
2. |
N. Bakirov |
— |
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi, Komissiya raisi o‘rinbosari |
|
3. |
B. Ibragimov |
— |
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti |
|
4. |
A. Shukurov |
— |
Samarqand viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari |
|
5. |
X. Sherimbetov |
— |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boshqarmasi boshlig‘i, Komissiya kotibi |
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 442-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
“tabiat bog‘i O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimiga kiradi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Sudochye-akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil qilish to‘g‘risida” 2021-yil 8-fevraldagi 58-son qarorida:
a) 1-banddagi “Mo‘ynoq” so‘zi “Mo‘ynoq, Taxtako‘pir” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning II bo‘limi “Hudud nomi” ustunidagi “Mo‘ynoq” so‘zi “Taxtako‘pir” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning II bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
|
|
II. “Akpetki” uchastkasi | |
|
Mo‘ynoq tumani |
335 484 |
|
Taxtako‘pir tumani |
53 801 |
|
Jami: |
389 285 |
|
Umumiy yer maydoni |
442 223 |
|
”. | |
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-maydagi 275-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 09/26/275/0534-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon fondi yerlari va sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish hamda yog‘ochbop mahsulotlar yetishtirish hajmini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-iyuldagi 442-son qaroriga 3-ilovaning “Samarqand viloyati” bo‘limi 5-pozitsiyasi “Ihota daraxtzorlarini barpo etuvchi davlat o‘rmon xo‘jaliklari nomi” ustunidagi “Zarafshon milliy tabiat bog‘i” so‘zlari “Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/442/0727-son; 26.05.2026-y., 09/26/275/0534-son)