30.12.2021 yildagi PQ-76-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlash hamda sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 va 2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi a’zosi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining boshliqlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri tomonidan bevosita lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va Global ekologik jamg‘armasi, Moslashish jamg‘armasi hamda Yashil iqlim jamg‘armasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, taqdimnoma hamda ko‘rsatmalari davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining, O‘rmon xo‘jaligi agentligi — O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining, Gidrometeorologiya xizmati agentligi — Gidrometeorologiya xizmati markazining vazifa va funksiyalarini bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, o‘zgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga o‘tkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan ko‘chmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka bo‘lgan huquqlar tegishli yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirilmagan holda qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tarkibiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarni (agentliklar bundan mustasno) hamda ularning tarkibidagi tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va davlat o‘rmon xo‘jaliklari tuzilmalarini (namunaviy tuzilmalarini) tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ilmiy va ta’lim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari hamda ekspertlarini maslahatchi sifatida jalb qilish huquqi berilsin.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 4-band beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish tizimini yangi darajaga ko‘tarish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat ekologiya qo‘mitasining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ekologik patrul” ishlash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati va Milliy gvardiyaning patrullikka jalb etilgan bo‘linmalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari ijrosi so‘zsiz ta’minlanishini nazorat qilishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari bilan yaqindan hamkorligini o‘rnatish hamda qo‘shma profilaktik tadbirlarni o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya va Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari ijrosi so‘zsiz ta’minlanishini nazorat qilishda o‘zaro yaqindan hamkorlikni o‘rnatsin hamda qo‘shma profilaktik tadbirlarni o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish huquqiga ega xodimlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 285-moddasiga asosan huquqbuzarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, shaxsan ko‘rikdan o‘tkazish, uning ashyolari va transport vositalarini ko‘zdan kechirish hamda ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish vakolatlariga ega.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2022-yil 1-martdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) bo‘lgan yer uchastkalari quyidagi shart va majburiyatlar bilan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini obod holda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni parvarish qilish va sug‘orish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yig‘ishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar maydonchalari, o‘tirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini o‘rnatish, ta’mirlash va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi uchun piyoda yo‘laklarini barpo etish, ta’mirlash va lozim darajada saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur bandga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida bino, inshoot, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda yengil konstruksiyali obyektlarni o‘rnatish va qurish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga tegishli yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur bandga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari tomonidan belgilangan shart va majburiyatlar bajarilishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati, Milliy gvardiyaning patrullikka jalb etilgan bo‘linmalari hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvarga qadar shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda bo‘sh turgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga mo‘ljallangan yer uchastkalari tegishli davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda shaharsozlik faoliyati natijasida shakllangan yangi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga mo‘ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda tegishli davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilib borilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi organlariga quyidagi bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni kiritish huquqi berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari tomonidan mazkur qarorning 9-10-bandlariga asosan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan yer uchastkalarida tegishli shart va majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda bo‘sh turgan yer uchastkalari tegishli davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ajratilib borilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarga tutash hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi ko‘kalamzorlashtirish maydonlariga ajratilishini va ularda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub sanoat korxonalari loyiha hujjatlari bo‘yicha beriladigan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida o‘z hududi va tutash hududlarda “yashil belbog‘”lar barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chatlar ekish va ularni parvarishlash hamda sug‘orish tadbirlarini moliyalashtirish masalalari vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarining yillik xarajatlar smetasida hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub sanoat korxonalari, maxsus iqtisodiy zonalar hududlarida joylashgan sanoat korxonalarining yillik biznes rejalarida ko‘zda tutilishini ta’minlash.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2022-yil 1-fevraldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining arxitektura, kapital qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat ekologiya qo‘mitasi keng jamoatchilik, ilmiy tadqiqot institutlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb etgan holda 2022-yil 1-dekabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiyaga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va ixchamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratining roli va ta’sirini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bioxilmaxillikni asrash, tiklash va ko‘paytirishning aniq mexanizmlari va rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilishda davlat tashkilotlari va fuqarolarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazorat va monitoring turlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan “yashil iqtisodiyotni” rag‘batlantirish choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3956-son qarori 3-bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari va 4-bandi, shuningdek, unga 1 — 5 ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat ekologiya qo‘mitasi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-76-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-76-son qaroriga

6-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini institutsional va huquqiy jihatdan takomillashtirish

1.

Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi kodeksi loyihasi.

Loyihada:

ekologiyaga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va ixchamlashtirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratining roli va ta’sirini tubdan oshirish;

bioxilmaxillikni asrash, tiklash va ko‘paytirishning aniq mexanizmlari va rag‘batlantirish tizimini joriy etish;

atrof-muhitni muhofaza qilishda davlat tashkilotlari hamda fuqarolarning huquq va majburiyatlari;

ekologik nazorat va monitoring turlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan “yashil iqtisodiyotni” rag‘batlantirish choralari;

ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil noyabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika ta’minotini qaytadan ko‘rib chiqish, sohaga axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni tatbiq etish bo‘yicha masalalar nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda jarayonlarning tabiiy kechishi monitoringini yuritish, infratuzilmasini shakllantirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishning yagona metodikasini ishlab chiqish.

Davlat ekologiya qo‘mitasi qarori loyihasi.

Loyihada:

qattiq rejimli muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish tartibini shakllantirish, mazkur tartibda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, mahalliy va respublika darajasida hisobotlar, takliflar, prognozlar tayyorlash;

qattiq rejimli muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda monitoring o‘tkazish tartibini shakllantirish;

tabiiy majmualar monitoringi ma’lumotlarini bioxilmaxillikning yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish, hisobotlar, takliflar, prognozlar tayyorlash bo‘yicha barcha davlat organlari, muassasalari va yuridik shaxslar uchun yagona bo‘lgan tartibni belgilash nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimlarida samarali mehnat qilib, ijobiy natijalarga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Yoshlarda ekologik bilim va ko‘nikmalarni rag‘batlantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faol ekolog o‘quvchilarni mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faol ekolog o‘quvchilarni ochiq va shaffof usulda tanlash;

ekologik sanalarga qadar faol ekolog o‘quvchilar orasidan tanlov g‘oliblarini aniqlash;

tanlov g‘oliblarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish.

Mahalliy budjet mablag‘lari

doimiy

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha

6.

Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 1998-yil 25-iyun) qo‘shilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda o‘rganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Xalqaro Toza suv va salomatlik Jeneva protokoliga (2000-yil) a’zo bo‘lib kirish masalasini ko‘rib chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda o‘rganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risidagi konvensiya (1979-yil 13-noyabr, Jeneva sh.) va uning asosiy protokollariga qo‘shilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda o‘rganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Qushlarning migratsiyasida va yashash joylari sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Sudochye va Jaltirbas ko‘llarini Xalqaro ahamiyatga ega, asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari hisoblangan suv-botqoq hududlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning (Ramsar konvensiyasi) ro‘yxatiga kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, xalqaro shartnomalarni puxta tahlil qilgan holda o‘rganib chiqish, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini prognoz qilish va o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil sentabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

O‘zbekiston Respublikasida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kotibiyati bilan uchinchi yig‘ilishni o‘zbek tomoni raisligida tashkil etishni kelishish;

uchinchi yig‘ilish kun tartibi, dasturi va boshqa tashkiliy masalalarini ishlab chiqish.

Hisob-kitoblarga asosan

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘yicha

11.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lgan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bog‘ini (2426,2 ga) shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladigan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bog‘ini qabul qilish — topshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiya tuzish;

topshiriladigan “Zarafshon” davlat milliy tabiat bog‘ining obyektlari, moddiy-texnik boyliklari va boshqa mulklarini xatlovdan o‘tkazish;

“Zarafshon” davlat milliy tabiat bog‘ini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda qabul qilinishi — topshirilishini ta’minlash.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

12.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 423 bosh Buxoro bug‘ulari uchun yashash sharoitlarini yaxshilash.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, biosfera rezervatining Baday-to‘qay bo‘limida daraxtlarni qurib qolishidan saqlash uchun 3 km uzunlikda kanal barpo qilish va Amudaryo daryosidan suv chiqarish uchun SNP-500 elektr nasosini o‘rnatish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti mablag‘lari

2022-yil iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

13.

Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvon va o‘simliklar turlaridan foydalanishni taqiqlovchi va cheklovchi talablarni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi 290-son qarorida belgilangan talablarni o‘zgartirish nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar Akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish sohasida

14.

O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini yangi tahrirda qabul qilish orqali takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada:

beshta xavf-xatar toifasi tizimi o‘rniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyo-fizik parametrlar asosida chiqindilarni tasniflash tizimini joriy etish;

ishlab chiqarishda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni, shuningdek, konchilik va qayta ishlash korxonalari chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni moliyaviy rag‘batlantirish;

sanoat obyektlarida xavfli chiqindilarni ekologik xavfsiz saqlashni tashkil etishni ta’minlash;

o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan va tarkibida xavfli moddalar mavjud bo‘lgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, tarkibida simob mavjud lampalar va boshqalar) yig‘ish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;

tibbiyot chiqindilarini yig‘ish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash tizimini tashkil etish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil avgust

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

15.

Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi va sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari negizida unitar korxona shaklida Sanitar tozalash bo‘yicha respublika markazi va uning hududiy filiallarini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasi.

Loyihada Sanitar tozalash bo‘yicha respublika markazi va uning filiallarini moliyalashtirish manbalari, asosiy vazifalari hamda faoliyatini tartibga solish bo‘yicha normalar nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yangi kasblarni (eko-tahlilchi, eko-auditor, ekolog-logist va boshqa) joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, xorijiy mamlakatlarning tajribasini puxta tahlil qilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yangi kasblarni joriy etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil avgust

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi

17.

Tabiiy noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada tabiiy noruda materiallarini noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil iyul

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Kadastr agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, hududlarda hosil bo‘ladigan xavfli tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish, ushbu yo‘nalishda infratuzilmani rivojlantirish, markazlashgan tizim joriy etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil may

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

21.

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasiga kiradigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning tegishli mutaxassislarini ekologiya va atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida malaka oshirish kurslarini joriy etish masalasini o‘rganish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasiga kiradigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning xodimlariga malaka oshirish kurslarini joriy qilishning ma’muriy va huquqiy asoslari o‘rganilib chiqish hamda asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qo‘mitasi

22.

Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni tashlanishini sezilarli darajada kamaytirish, avtotransport vositalari harakatlanishi uchun yoqilg‘i sarfini maqbullashtirish maqsadida tajriba sinov tariqasida elektromobillar foydalanish amaliyotini joriy etish va ularni quvvatlantirish stansiyalarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tajriba sinov tariqasida Davlat ekologiya qo‘mitasi va hududiy tarkibiy bo‘linmalari uchun avtotransport vositalarini biriktirish me’yorlariga muvofiq ajratilgan xizmat avtomobillarining 20 foizigacha bo‘lgan qismini elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalariga almashtirish hamda ular uchun elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini tashkil etish;

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

2022-2023-yillar davomida

Davlat ekologiya qo‘mitasi

tajriba sinov natijalarini tanqidiy tahlil qilgan holda xizmat avtomobillarini to‘liq elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalariga almashtirish bo‘yicha asoslantirilgan taklif kiritish.

2023-yil noyabr

23.

Qizilmiya, kavrak (qizil kitobga kiritilmagan turlari), kovul va boshqa dorivor o‘simliklar yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po‘stlog‘i, barglari, g‘unchalari, gullari, urug‘lari, mevalari, sharbati (yelimi) va boshqa mahsulotlarini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish uchun javobgarlik masalasini o‘rganish.

Tahliliy ma’lumotnoma.

Bunda, huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish, asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat ekologiya qo‘mitasi

24.

“Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatini joylashtirish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, yer uchastkalari belgilangan tartibda Davlat ekologiya qo‘mitasiga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish choralari ko‘riladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil mart

Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

V. Atmosfera havosini, suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘yicha

25.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasini Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasini Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy va huquqiy mexanizmlar nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Davlat geologiya qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

26.

Tajriba tariqasida atrof-muhitga ta’sir xavfi yuqori bo‘lgan 2 ta korxonaning atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarida namunalar olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar o‘rnatish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, I-toifaga mansub korxonalarda tanlov asosida 2 dona avtomatik stansiyalar o‘rnatish, ularni yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish va amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Davlat ekologiya qo‘mitasining jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari, homiylik xayriyalari

2022-yil dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

27.

Atmosfera havosiga transport vositalaridan tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish maqsadida elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni tashkil etish choralarini ko‘rish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi asosida xalqaro standartlarga mos keluvchi energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yuqori elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishni kengaytirish;

“yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalari mahsulotlarini loyihalashtirganlik, ishlab chiqarganlik va moliyalashtirganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Respublika bo‘yicha 50 ta yer usti tabiiy suv obyektlari (daryolar, kichik daryolar va tabiiy ko‘llar)ning sanitariya-muhofaza zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash ishlarini bosqichma-bosqich yakuniga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

suvni muhofaza qilish va sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash bo‘yicha 2022-yilda 12 ta, 2023-yilda 10 ta, 2024-yilda 10 ta, 2025-yilda 10 ta, 2026-yilda 8 ta suv obyektlari uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

suv havzalarining suvni muhofaza zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish.

Mahalliy budjet mablag‘lari

2022 — 2026-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat ekologiya qo‘mitasi

VI. Ekologik fojialarni bartaraf etish bo‘yicha

29.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tabiiy ko‘llar barqaror ushlab turilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot va Taxtako‘pir tumanlaridagi ko‘llar tizimini qo‘shimcha suv bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

Mahalliy budjet mablag‘lari

2022-2023-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv hajmining kamayishi kuzatilayotganligini inobatga olib, suv sathining 245 m ko‘rsatkich nuqtasida barqaror ushlab turilishini ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga qo‘shimcha suv oqimi bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Idoralararo Hukumat ishchi komissiyasini tuzish;

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bilan bog‘liq holatni joyiga chiqqan holda o‘rganib, oqibatlarini tahlil qilish va ularni oldini olish bo‘yicha taklif kiritish nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil aprel

Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Hududlarning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, to‘planib kelayotgan ekologik muammolarni tahlil qilish, kelgusida barqaror ekologik vaziyatni saqlash va ekologik fojialarning oldini olish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

manfaatdor tashkilotlar va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzish;

hududdagi to‘planib kelayotgan ekologik muammolarni tahlil qilish;

kelgusida barqaror ekologik vaziyatni saqlash va ekologik fojialarni oldini olish bo‘yicha dastur loyihasini shakllantirish;

hududlarning dastur loyihalarini umumlashtirilgan holda respublika bo‘yicha umumiy dastur loyihasini shakllantirish va tasdiqlash.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/76/1231-son; 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son)