1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish, meva-sabzavotchilik sohasi va chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda qishloq xoʻjaligida klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish, yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ijrosi ustidan nazorat sohasidagi qonunchilik hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini nazorat qilish, paxta xom ashyosi, bugʻdoy va meva-sabzavot yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish, chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan ushbu sohaga aloqador qonunchilik hujjatlariga tegishli aniqliklar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti tashkil etilganligi munosabati bilan Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining muvofiqlashtiruvchi kengashi tarkibini qayta tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyillarining joriy etilishi, shuningdek, klasterlarning moliyaviy holati ustidan doimiy monitoring yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining tuzilmasini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-183-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi PF-183-son Farmoniga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5199-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-ilovaning 1001, 1021, 1031-pozitsiyalari “Metodik yordam koʻrsatuvchi oliy taʼlim muassasasi” ustunidagi “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali” soʻzlari “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-ilovaning 75-pozitsiyasi “Bino va inshootlari beriladigan oliy taʼlim muassasalari nomi” ustunidagi “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali” soʻzlari “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6179-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan paxta-toʻqimachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha 3 oylik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada (shundan, 2 foizi bank marjasi) 12 oy muddatga kreditlar ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “v” va “g” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) paxta-toʻqimachilik klasterlariga paxta xom ashyosi xaridi boʻyicha yakuniy hisob-kitob uchun 12 oygacha muddatga milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya toʻlanadi. Bunda, yakuniy hisob-kitob uchun ajratiladigan tijorat kreditlari boʻyicha kompensatsiya xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) meva-sabzovotchilik sohasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratilgan resurslar tijorat banki tomonidan kredit bitimida belgilangan muddatda Jamgʻarmaga qaytarilmasa, kreditlarning qaytarilmagan qismiga foizlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga 6 foiz punkt qoʻshib hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi va bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini hamda paxta yigʻim-terimini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi xaridining yakuniy hisob-kitobi uchun milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishga kredit ajratish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun zarur hajmdagi bugʻdoyni bozor narxlarida xarid qilish va birja savdolariga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori samarali qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish va hisob-kitob tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish boʻyicha tajribasini oʻrganish hamda ularni respublikada joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanilishi va klasterlarning moliyaviy holati ustidan doimiy monitoringni tashkil etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“paxta xom ashyosi, bugʻdoy, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini hamda paxta yigʻim-terimini moliyalashtirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishga kredit ajratish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“paxta xom ashyosi xaridining yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik banddagi “Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti” soʻzlari “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamentining TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Kengashi
Departament direktori
Direktor oʻrinbosari
Jamgʻarma mablagʻlaridan samarali foydalanilishini monitoring qilish boʻlimi
5
Bosh yuriskonsult
1
Agrar sohani moliyalashtirish boʻlimi
3
Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Don qabul qiluvchilar va tovar-xom ashyo birjasi bilan ishlash boshqarmasi
8
Qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni moliyalashtirish shuʼbasi
2
Axborot xavfsizligi, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha bosh mutaxassis
1
Meva-sabzavot mahsulotlarini moliyalashtirish shuʼbasi
2
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi
3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlarning cheklangan soni — 29 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3003-son qaroriga 1-ilovaning matniquyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining muvofiqlashtiruvchi kengashi TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sh.M. Gʻaniyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi
I.Y. Abduraxmonov
—
innovatsion rivojlanish vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari
B.S. Mirzayev
—
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari
Lavozimiga koʻra
—
qishloq xoʻjaligi vaziri
Sh.R. Xamrayev
—
suv xoʻjaligi vaziri
Lavozimiga koʻra
—
Toshkent davlat agrar universitet rektori
Sh.T. Xasanov
—
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori
K.S. Komilov
—
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori
Sh.J. Imomov
—
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
E.Sh. Toreniyazov
—
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori
Lavozimiga koʻra
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari
S.Z. Mirzayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
R.R. Xakimov
—
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari
F.J. Pulatov
—
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori
N.N. Oblamurodov
—
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi
A.A. Sanginov
—
“Oʻzbekgidroenergo” AJ raisi
R.U. Mamatkulov
—
“Agrobank” ATB raisi
A.B. Urazgeldiyev
—
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori
D.R. Nortayev
—
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktori
Sh.M. Bobomurodov
—
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti direktori
B.A. Xudayarov
—
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining oʻquv ishlari prorektori
D. Xodjayev
—
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining oʻquv-metodik boshqarmasi boshligʻi, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4464-son qarorining 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda ushbu mablagʻlarning 30 foizi “Budjet nazorati” elektron dasturini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4795-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning “Oliy taʼlim muassasasi nomi” ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 4, 10, 11 va 13-pozitsiyalardagi “Toshkent davlat agrar universiteti, uning Termiz, Nukus, Samarqand filiallari, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti” soʻzlari “Toshkent davlat agrar universiteti, uning Samarqand filiali, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-pozitsiyadagi “Toshkent davlat agrar universiteti, uning Termiz filiali, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti” soʻzlari “Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-pozitsiyadagi “Toshkent davlat agrar universiteti va uning Nukus filiali” soʻzlari “Toshkent davlat agrar universiteti va Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8 va 9-pozitsiyalardagi “Toshkent davlat agrar universiteti va uning Termiz filiali” soʻzlari “Toshkent davlat agrar universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-ilovaning “Metodik yordam koʻrsatuvchi oliy taʼlim muassasasi” ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9, 10 va 101-pozitsiyalardagi “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali” soʻzlari “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rus tilidagi matnda 111-pozitsiyadagi “Termezskiy filial Tashkentskogo gosudarstvennogo agrarnogo universiteta” soʻzlari “Tashkentskiy gosudarstvenniy agrarniy universitet” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-pozitsiyadagi “Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4805-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning 102-pozitsiyasi “Oliy taʼlim muassasalari kafedralari” ustunidagi “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali” soʻzlari “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-ilovaning 43-pozitsiyasi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlariga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari kafedralari” ustunidagi “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali” soʻzlari “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining natijadorligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi PQ-4883-son qarorining 9-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi nomidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida loyihaoldi va tender hujjatlari ekspertizasini xalqaro kelishuvlarga muvofiq tashkil etish, bundan davlat tashqi qarzi hisobidan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻrtinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4910-son qaroriga 5-ilovaning II boʻlimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) rus tilidagi matnda “2020/2021” raqamlari “2021/2022” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-pozitsiya “Tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab/akademik litsey nomi” ustunidagi “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali huzuridagi akademik litsey” soʻzlari “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti huzuridagi akademik litsey” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4975-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti
Toshkent davlat agrar universiteti va uning Samarqand filiali*
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hududiy markazlari
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti*
Tuman markazlari
Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Respublika qishloq xoʻjaligi ilmiy kutubxonasi
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti*
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti*
Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti
Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
Agrotexnologiyalar texnikumlari*
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
Agrosanoat majmui tizimidagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tarkibidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari*
Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Milliy markaz mazkur taʼlim muassasalarining ilmiy innovatsion faoliyatini muvofiqlashtiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5017-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, goʻsht uchun sotilgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 4 000 soʻm hamda sotilgan sutning har bir litri uchun 400 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parrandachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 2 500 soʻm miqdorida respublika budjetidan subsidiyalar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu subsidiyalar qoʻshilgan qiymat soligʻidan vaqtinchalik ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-iyundan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parrandachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, sotilgan tuxumning har bir donasi uchun 50 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliqchilik xoʻjaliklariga — intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr)ning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻm, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 soʻm miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan subsidiyalar qoʻshilgan qiymat soligʻidan qarzdorligi mavjud boʻlmagan, shuningdek, kontragentlarni tanlashda lozim darajada ehtiyotkor boʻlgan korxonalarga ularning subsidiyalar olish toʻgʻrisidagi arizalariga asosan keyingi oyning 25 sanasigacha ajratiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5241-son qaroriga 2-ilovaning “Oliy taʼlim muassasalari” ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141, 149 va 150-pozitsiyalardagi “Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali” soʻzlari “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198-pozitsiyadagi “Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yigʻim-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2-son qarorining 6-bandi “mahsulotlarini yetishtirish” soʻzlaridan keyin “hamda bugʻdoyni bozor narxlarida xarid qilish” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-144-son qaroriga 2-ilova III boʻlimining 2-bandiquyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari tizim joriy etilgan ekin maydonining har bir gektari uchun quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ming soʻm
Suvni tejaydigan sugʻorish tizimi turi
Paxta
Don ekinlari
Sabzavot ekinlari va kartoshka
Poliz ekinlari
Ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor oʻsimliklar
Mevali ekinlar
Uzum
Tomchilatib sugʻorish
8 000*
x
1 500
1 300
2 500***
6 000
8 000
Keng qamrovli va mobil sugʻorish tizimi
x
6 000**
1 200
x
2 500***
x
x
“Sprinkler” tizimi
x
8 000**
1 000
x
2 000***
x
x
Diskretli sugʻorish
2 000
x
x
x
x
x
x
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun 12 000 ming soʻm etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi donli ekinlar yetishtirish maydonlarida joriy etilgan keng qamrovli hamda “sprinkler” tizimlari uchun 9 000 ming soʻm etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Ozuqa ekin yer maydonlarida tomchilatib sugʻorish, keng qamrovli va mobil sugʻorish hamda “sprinkler” tizimlarini joriy etgan chorvachilik xoʻjaliklariga 8 000 ming soʻm etib belgilanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)