01.08.2022 yildagi 420-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotib olgan investorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga asosan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat aktivlari va qishloq hoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilgan davlat aktivlari va yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivi yoki yer uchastkasini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqini berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan berilgan kreditni xaridorga faqat ushbu sotilgan davlat aktivi hisoblangan korxona (obyekt) va (yoki) yer uchastkasi negizida amalga oshiriladigan loyihalar va ularni rivojlantirish uchun sarflash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan kreditning maqsadli ishlatilishini tegishli tijorat banki va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan monitoring qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklariga ushbu qaror talabidan kelib chiqib kredit siyosatiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
420-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 420-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqini berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom qoidalari ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini ushbu Nizom talablariga muvofiq kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 4 va 5-toifalarga kiritilgan tumanlarda joylashgan mulk huquqi asosida sotib olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish uchun dastlabki toʻlov miqdori 15 foiz miqdorida boʻlganda amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivi — mulk huquqi asosida davlatga tegishli boʻlgan mulkiy majmualar, bino va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, xoʻjalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi (aksiya paketi) boʻlgan davlat mulki;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor — xususiylashtirilayotgan davlat aktivi va yer uchastkasi boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini (birja bitimini) tuzgan tomon (yuridik yoki jismoniy shaxs) va (yoki) uning vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirish — savdo gʻolibi tomonidan pul mablagʻlarining qolgan qismini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasi va birja savdolarida sotib olingan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun savdo yakunlangan kundan boshlab;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining qarorlariga asosan sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy muddatda sotib olish toʻlovining (zakalat toʻlovini inobatga olgan holda) kamida 35 foizini toʻlash.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kredit taʼminoti sifatida beriladigan davlat aktivi va yer uchastkasini sotish boʻyicha shartnoma tuzishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat aktivini va (yoki) yer uchastkalari boʻyicha dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshiradigan xaridorlarga oldi-sotdi shartnomasida qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar va shartlar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilgan davlat aktivlari va yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivi yoki yer uchastkasini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar xaridor sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqidan foydalanmoqchi boʻlgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomasi imzolanganidan soʻng xaridorlarning toʻlovga qobiliyatliligini tasdiqlash uchun uning tomonidan kelgusi toʻlovlarni amalga oshirish taʼminoti sifatida toʻlovlarning qolgan qismiga tegishli sugʻurta kompaniyasining toʻlovni amalga oshirmaslik sugʻurta polisi va (yoki) toʻlov majburiyatlari boʻyicha sotuvchi oldida javob berish majburiyatini olish boʻyicha uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolatini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilgan davlat aktivini garovga qoʻygan holda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditni xaridor faqat aksiyalari (ulushlari) sotilgan korxona, obyekt va (yoki) yer uchastkasi negizida amalga oshiriladigan loyihalar va ularni rivojlantirish uchun sarflash hamda olingan kreditni oʻz vaqtida toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom doirasida xaridor tomonidan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi kredit taʼminoti sifatida tijorat banklarida garovga qoʻyilgan taqdirda, sotuvchi undiruvni garovga qoʻyilgan davlat aktiviga va (yoki) yer uchastkasiga qaratishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sotuvchi sotib olish toʻlovlarining toʻlanishi, agar mavjud boʻlsa, oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat aktivini sotib olish toʻlovlarini toʻlash muddati savdolar oʻtkazilgan sanadagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdori baravari miqdoridan kelib chiqqan holda oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab uch yildan oshmasligi lozim, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasi yoxud Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining qarorlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda davlat aktivlarini sotishda qoʻllaniladigan uch yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash muddatiga amal qilinadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat aktivi va yer uchastkasiga huquqni belgilovchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi boʻyicha dastlabki toʻlov bir yoʻla amalga oshirilib, oldi-sotdi shartnomasi (birja bitimi) imzolangandan soʻng xaridor uni kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqidan foydalanish uchun sotuvchiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xaridor oʻz murojaatiga mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan sugʻurta polisini va (yoki) sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyilishi kerak boʻlgan tijorat banki tomonidan maʼqullangan uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolatini ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sotuvchi xaridorning murojaatiga asosan besh ish kunidan kechikmay “tasarruf etish huquqisiz faqat kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi bilan” davlat orderini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat aktivlari va (yoki) yer uchastkalariga mulk huquqi berilmaydi hamda ularni boshqacha tarzda tasarruf etish (sotish, yuridik shaxsning ustav fondiga berish, almashtirish, hadya qilish yoki boshqacha tarzda begonalashtirish) taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xaridor oldi-sotdi shartnomasi (birja bitimi) boʻyicha qolgan sotib olish toʻlovlarini toʻliq toʻlash majburiyatini, xususan, taʼminotni kafolatlashni, shuningdek, agar mavjud boʻlganda oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sotuvchi davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garov taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqini berishni davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun dastlabki 35 foiz toʻlov bir yoʻla amalga oshirilmaganda hamda mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan sugʻurta polisini va (yoki) uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolati taqdim etilmaganda rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tijorat banklarida davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garov taʼminoti sifatida rasmiylashtirish “Garov toʻgʻrisida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garovga qoʻyishda sotuvchi garovga qoʻyuvchi sifatida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini tijorat banklarida garovga qoʻyishda, uning garov bahosi sotuvchi tomonidan baholangan qiymatidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sanadan boshlab ikki yil muddat oʻtgan taqdirda, sotuvchi tomonidan ushbu davlat aktivi mustaqil baholovchi tashkilotga baholatiladi hamda ushbu baholash qiymati garovga qoʻyishda garov bahosi sifatida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tijorat banklari tomonidan berilgan kredit uning taʼminoti sifatida garovga qoʻyilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) boʻlgan korxona,bino-inshootlarda va yer uchastkasida xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, texnik qayta jihozlash va ishlab chiqarishni (xizmat koʻrsatishni) modernizatsiyalash uchun butlovchi qismlarni yaratish hamda rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun maqsadli ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tijorat banklari tomonidan ushbu Nizom doirasida xaridorlarga berilgan kreditning maqsadli ishlatilishi tegishli tijorat banki va sotuvchi tomonidan monitoring qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat koʻchmas mulk obyektini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan va sotib olish toʻlovini toʻliq amalga oshirgunga qadar “tasarruf etish huquqisiz faqat kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi bilan” davlat orderi berilgan xaridorlar qoʻshilgan qiymat soligʻini mazkur obyektlarga nisbatan tasarruf etish huquqi toʻliq oʻtgandan soʻng toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Garovga qoʻyilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy ravishda realizatsiya qilinganda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit qoplanishidan ortgan qismi sotuvchiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizom qoidalari qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Tadbirlar

Masʼullar

Ijro muddati

1-bosqich

Davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun savdo yakunlangan (qaror asosida oldi-sotdi shartnoma tuzilgan) kundan boshlab dastlabki toʻlovni bir yoʻla (zakalat toʻlovini inobatga olgan holda kamida 35 foiz, 4 va 5-toifalarga kiritilgan tumanlarda joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun 15 foiz toʻlovlarni) amalga oshirish.

Xaridor

Bir oy muddatda

2-bosqich

Sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi boʻyicha dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirib, uni kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqidan foydalanish uchun sotuvchiga xaridor tomonidan toʻlovlarning qolgan qismiga tegishli sugʻurta kompaniyasining toʻlovni amalga oshirmaslik sugʻurta polisi va (yoki) toʻlov majburiyatlari boʻyicha sotuvchi oldida javob berish majburiyatini olish boʻyicha bank kafolati va (yoki) uchinchi (yuridik) shaxs kafilligini taqdim etgan holda murojaat qilish.

Xaridor

Xaridor xohishiga koʻra

3-bosqich

Mul huquqini tasdiqlovchi “tasarruf etish huquqisiz faqat kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi bilan” davlat orderini taqdim etish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Besh ish kunida

4-bosqich

Davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garov taʼminoti sifatida rasmiylashtirish.

Tijorat banki

Belgilangan muddatda

5-bosqich

Xaridorga berilgan kreditning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish.

Tijorat banki, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Belgilangan muddatda

(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2022-y., 09/22/420/0695-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)