Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3016-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
33-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 8-iyuldagi 33-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2018-yil 15-maydagi 185-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016, 2018-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 22-son, 458-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016-1, 2019-yil 22-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 26-iyundagi 79-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016-2, 2019-yil 4-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/3016-2/3379-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016-3, 2020-yil 13-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 8-apreldagi 21-son “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016-4, 2021-yil 4-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/3016-4/0436-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 10/22/3016-5/0665-son)