02.07.2022 yildagi PQ-305-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud komendaturasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida, yoxud uning ayrim hududlarida favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hollarni bartaraf etish, favqulodda holat rejimini taʼminlovchi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan tadbirlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hudud komendaturasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-305-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi PQ-305-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud komendaturasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq hudud komendaturasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda kuyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek, yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yoʻl qoʻyadigan hamda ularning zimmasiga qoʻshimcha majburiyatlar yuklaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendaturasi — favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalarni boshqarish uchun tashkil etiladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendanti — hudud komendaturasi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini taʼminlovchi (saqlovchi) kuchlar va vositalar — favqulodda holat rejimini taʼminlash (saqlab turish) uchun jalb etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan qoʻshimcha jalb etilgan Mudofaa vazirligining kuch va vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa kanallari — favqulodda holat rejimini taʼminlashda joʻnatuvchidan qabul qiluvchiga har qanday turdagi xabarlar uzatilishini taʼminlovchi texnik qurilmalar majmui (telefon, telegraf, radioaloqa, faks, ochiq va himoyalangan axborot hamda elektron tizimlar va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hudud komendaturasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi tuzilgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Davlat komissiyasi raisiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hudud komendaturasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan favqulodda holat joriy etilgan hudud doirasida hudud komendantining vakolatlarini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hudud komendaturasining tashkil etilishi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, favqulodda holat joriy etilgan hududda faoliyat yurituvchi davlat boshqaruvi organlarining (ular tarkibiy boʻlinmalarining) va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hudud komendaturasining faoliyati “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni hamda mazkur nizom asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hudud komendaturasining tarkibi va faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hudud komendaturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tayinlanadigan hudud komendanti rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hudud komendaturasi favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni inobatga olib, tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud komendaturasining tuzilmasi uning zimmasiga yuklangan vazifalardan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hudud komendaturasining tuzilmasi, uning tarkibida ishlash uchun xizmat safariga yuborilishi lozim boʻlgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vakillari, hudud komendaturasini joylashtirish va ish oʻrinlarini jihozlash hamda faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish toʻgʻrisidagi takliflar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
real tashqi xavf, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini va (yoki) hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga urinishlar, ommaviy tartibsizliklar, terrorchilik harakatlari, shuningdek, zoʻravonlik harakatlari bilan bir vaqtda yuz beradigan, fuqarolarning hayotiga, sogʻligʻiga va xavfsizligiga, davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning kundalik faoliyatiga bevosita tahdid soluvchi oʻta muhim hamda toifalangan obyektlarni yoki ayrim joylarni toʻsish yoki bosib olish, qonunga xilof qurolli tuzilmalarni tayyorlash (tashkil etish) va ularning faoliyati, millatlararo, konfessiyalararo va chegaraviy nizolar natijasida fuqarolarning hayotiga, sogʻligʻiga va xavfsizligiga tahdid soladigan hamda favqulodda choralar koʻllamasdan bartaraf etish imkoni boʻlmagan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng qamrovli avariya-qutqaruv ishlari va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlar amalga oshirilishini talab etadigan yirik halokatlar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, favqulodda ekologik vaziyatlar natijasida fuqarolarning hayotiga, sogʻligʻiga va xavfsizligiga tahdid soladigan hamda favqulodda choralar koʻllamasdan bartaraf etish imkoni boʻlmagan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va hudud komendantiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni inobatga olib boshqa vakolatli davlat organlari ham hudud komendantiga hudud komendaturasi faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflarni kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan davlat organlarining takliflarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hudud komendanti tomonidan hudud komendaturasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu buyruqqa asosan kuyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendaturasining tuzilmasi va shtatlar birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendaturasiga ishlash uchun yuboriladigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vakillari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendaturasi mansabdor shaxslarining asosiy vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendaturasi joylashgan manzil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendaturasining ish rejimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendaturasining moddiy-texnik taʼminoti va faoliyatini tashkil etish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud komendantining buyrugʻi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga kuyidagi tartibda yetkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa kanallari orqali — darhol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma shaklda — chiqarilgan vaqtidan boshlab uch soat ichida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hudud komendaturasi shtat birliklari tarkibiga kiritilgan oʻz vakillarining va komendatura faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlovchi jihozlarning komendatura joylashgan manzilga komendantning tegishli buyrugʻini aloqa kanallari orqali olgan vaqtdan boshlab olti soat ichida yetkazib berilishini taʼminlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun hudud komendaturasi tarkibida hudud komendanti tomonidan tegishli davlat boshqaruvi organlari (ular tarkibiy boʻlinmalari)ning va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillari orasidan tezkor shtab tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tezkor shtabga hudud komendanti rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Favqulodda holatning amal qilish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy va ijtimoiy huquqlari kafolatlarini taʼminlash uchun hudud komendantining taklifiga asosan tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida kuyidagi maxsus ishchi guruhlar tuziladi va faoliyati yoʻlga qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbarligida favqulodda holat joriy etilgan hududda band boʻlmagan aholini avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlashga jalb etish, shuningdek, ularning mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarligida favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan aholiga zarur yordam koʻrsatishni tashkil etish guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbarligida favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar oqibatida zarar koʻrgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplashni tashkil etish guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli harbiylashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarligida oʻz tizimlaridan favqulodda holatni taʼminlash (saqlab turish)da ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish guruhlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini qabul qilish, tarqatish hamda hisobini yuritish guruhlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yoʻq qilish yoxud ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha choralar qoʻllanilishi munosabati bilan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida boshqa maxsus ishchi guruhlar ham tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining vakolatlari favqulodda holat joriy etilgan hududda toʻliq yoki qisman toʻxtatilgan boʻlsa, ushbu maxsus ishchi guruhlar hudud komendaturasi tarkibida tuziladi. Maxsus ishchi guruhlar favqulodda holatning amal qilish davri tugagandan soʻng zimmasiga yuklangan vazifalarni toʻliq yakunlagunga kadar tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarligida davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hudud komendaturasi tarkibiga hamda uning ishini taʼminlash uchun jalb etiladigan mutaxassislarning ish oʻrinlari hamda asosiy ish joyidagi ish haqi saqlanib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hudud komendaturasi oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hudud komendaturasi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjeti hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hudud komendaturasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar hudud komendaturasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida belgilangan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar amalga oshirilishini taʼminlash hamda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini taʼminlovchi (saqlovchi) kuchlar va vositalarni boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududdagi vaziyatni nazorat etish, qoʻshimcha favqulodda choralarni va vaqtinchalik cheklovlarni koʻllash zarurati haqidagi asoslantirilgan takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududda aholining normal hayot faoliyatini saqlab turish va taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hudud komendaturasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun kuyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida belgilangan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar amalga oshirilishini taʼminlash hamda bajarilishini nazorat qilish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hudud aholisini yuzaga kelgan favqulodda holat hamda favqulodda holat sharoitida qoʻllaniladigan ayrim favqulodda choralarni va vaqtinchalik cheklovlarni bajarish tartibi haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar amalga oshirilishini taʼminlash choralarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etgan holda tahliliy, ekspert tekshiruviga oid va boshqa ishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendantining buyruq va farmoyishlari talablari bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini taʼminlashga doir tadbirlarni qoʻshimcha ravishda moliyalashtirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi tuzilganda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Davlat komissiyasi raisiga hisobot berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) favqulodda holat rejimini taʼminlovchi (saqlovchi) kuchlar va vositalarni boshqarish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlarning muayyan yoʻnalish va faoliyat sohalari boʻyicha vazifalari va javobgarlik darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini taʼminlashga (saqlab turishga) jalb etilgan shaxslarning hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalar faoliyatini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlarning ular zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qoʻshimcha favqulodda choralarni va vatstinchalik cheklovlarni koʻllash zarurati haqidagi asoslantirilgan takliflarni tayyorlash borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududda vaziyatlar rivoji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonunining 12-, 13- va 14-moddalarida nazarda tutilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq hali qoʻllanilmagan qoʻshimcha favqulodda choralarni va vaqtinchalik cheklovlarni qoʻllash zarurati haqidagi asoslantirilgan takliflarni tayyorlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi tuzilgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Davlat komissiyasi raisiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatni joriy etish uchun asoslarning bartaraf etilishini hisobga olgan holda, qoʻllanilgan ayrim yoki barcha favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlarni muddatidan ilgari tugatish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi tuzilgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Davlat komissiyasi raisiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) favqulodda holat joriy etilgan hududda aholining normal hayot faoliyatini saqlab turish va taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrish borasida favqulodda holat joriy etilgan hududda faoliyat yurituvchi davlat boshqaruvi organlari (ularning tarkibiy boʻlinmalari), mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud komendaturasi qonunchilikka muvofiq va unga berilgan vakolat doirasida boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hudud komendaturasining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hudud komendaturasi kuyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini joriy etishga sabab boʻlgan omillarni bartaraf etish maqsadida davlat organlari va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlar hududi va binolariga moneliksiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini taʼminlash uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat joriy etilgan hududda faoliyat koʻrsatuvchi davlat boshqaruvi organlari (ular tarkibiy boʻlinmalari)ning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining barcha majlislarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat rejimini taʼminlashga jalb etilgan kuch va vositalarga rahbarlik qilayotgan mansabdor shaxslardan hudud komendantining buyruq va farmoyishlarining bajarilishi, shuningdek, hududdagi vaziyatning oʻzgarish holati toʻgʻrisidagi axborotlar taqdim etilishini talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida belgilangan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar qoʻllanilishining holati, shuningdek, hudud komendantining buyruq va farmoyishlari talablari bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hudud komendaturasi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendaturasi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud komendaturasi tarkibiy boʻlinmalarining samarali faoliyatini tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlarning favqulodda holat talab etadigan chegaralar doirasida amalga oshirilishini taʼminlashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Hudud komendaturasi faoliyatini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Favqulodda holatning amal qilish muddati tugaganda hudud komendaturasi oʻz faoliyatini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hudud komendaturasining faoliyati tugatilganidan keyin, uning mansabdor shaxslari ularni vakil sifatida xizmat safariga yuborgan tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga (oʻzi oldin egallab turgan lavozimiga) qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, hudud komendaturasi faoliyati davomida olingan va tayyorlangan hujjatlar (materiallar) mazkur nizomning 9-bandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlarga muvofiq favqulodda holat joriy etilgan boʻlsa, tegishliligicha Ichki ishlar vazirligiga, Milliy gvardiyaga yoki Davlat xavfsizlik xizmatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlarga muvofiq favqulodda holat joriy etilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hudud komendaturasi faoliyatini taʼminlash uchun berilgan mulklar va boshqa moddiy ashyolar ularni ajratgan davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarga qaytarib beriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2022-y., 07/22/305/0590-son)