Xalq deputatlari Gʻuzor tumani Kengashining
qarori
Xalq deputatlari Gʻuzor tuman Kengashining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyunga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish choralarini koʻrish belgilanganligi inobatga olinsin.
2. Xalq deputatlari Gʻuzor tuman Kengashining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Tuman hokimligi Matbuot xizmati mazkur qarorni rasmiy eʼlon qilinishini va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Gʻuzor tuman Kengashining Qonuniylikni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Gʻ. Baraqov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi K. ISMOILOV
Gʻuzor t.,
2022-yil 29-iyun,
VI-51-63-4-56-K/22-son
Xalq deputatlari Gʻuzor tuman Kengashining 2022-yil 29-iyundagi VI-51-63-4-56-K/22-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xalq deputatlari Gʻuzor tuman Kengashining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Xalq deputatlari Gʻuzor tuman Kengashining 2020-yil 30-dekabrdagi 78/20-6-sonli “Gʻuzor tumani mahalliy budjetining 2021-yilgi asosiy koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.