1-ILOVA
|
T/r |
Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvoni nomi |
Tenglashtirilayotgan ilmiy unvon |
|
1. |
“Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi” |
Professor |
|
2. |
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” | |
|
3. |
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” | |
|
4. |
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri” | |
|
5. |
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” |
Dotsent |
|
6. |
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” | |
|
7. |
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” | |
|
8. |
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” |
2-ILOVA
|
T/r |
Ommaviy axborot vositalari tahririyati nomi |
Oliy taʼlim muassasalari kafedralarining ixtisoslashgan boʻlimlari |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Raqamli media va Internet kafedrasining “Internet jurnalistikasi” boʻlimi |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti |
|
2. |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika kafedrasining “Telejurnalistika” va “Radiojurnalistika” boʻlimi |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy universiteti |
|
3. |
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasi tahririyati |
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika kafedrasining “Matbuot” boʻlimi |
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasi tahririyati, Oʻzbekiston Milliy universiteti |
|
4. |
“Xalq soʻzi” gazetasi tahririyati |
Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasining “Parlament jurnalistikasi” boʻlimi |
“Xalq soʻzi” gazetasi tahririyati, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti |
|
5. |
“Dunyo” axborot agentligi |
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasining “Xalqaro jurnalistika” boʻlimi |
Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” axborot agentligi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti |
|
6. |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanali |
Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Harbiy va sport jurnalistikasi kafedrasining “Sport jurnalistikasi” boʻlimi |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti |
|
7. |
Mudofaa vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti |
Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Harbiy va sport jurnalistikasi kafedrasining “Harbiy jurnalistika” boʻlimi |
Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti |
|
8. |
Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi |
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasining “Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy jurnalistika” boʻlimi |
Adliya vazirligi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti |
3-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini zamon talablari asosida tashkil etishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash | ||||
|
1. |
Davlat organlari va tashkilotlarining ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan hamkorligini yanada rivojlantirish. Bunda, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar aniqlagan va jamoatchilikka eʼlon qilgan muammo va takliflarni oʻrganish hamda ularning yechimi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari axborot manbalarida asosli munosabat berilishini taʼminlab borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyuldan boshlab doimiy |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), vazirlik va idoralar |
|
2. |
Barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz muassisligidagi davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakli, shu jumladan mobil ilovalari tegishli davlat organlari va tashkilotlariga 2022 — 2024-yilda ajratilgan Davlat budjeti hamda ularning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishini tashkil etish, keyingi yillarda ularni modernizatsiya qilish uchun mablagʻ ajratib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyuldan boshlab |
Tegishli davlat organlari va tashkilotlari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov) |
|
3. |
Bolalar uchun moʻljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish boʻyicha har yili eng yaxshi 30 ta loyiha uchun har biri bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda boʻlgan tanlov eʼlon qilish. Bu boradagi xarajatlarni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga qoʻshimcha ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2022-yil sentabr |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
2026-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslar tomonidan “Obuna” yagona elektron platformasi orqali obuna qilingan ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy ommabop davriy bosma nashrlar obuna narxining 10 foiz, bolalar uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlar obuna narxining 20 foiz miqdorini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan obunachilarning bank kartalariga bir oy muddat ichida qaytarish (“Cashback”), reklama xususiyatiga ega boʻlgan davriy bosma nashrlar bundan mustasno. Bunda, ushbu xarajatlarni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qoʻshimcha ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2022-yil oktabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
Tele- va radiokanallarda: Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmasi asosida bolalar va yoshlar uchun qiziqarli taʼlim-tarbiyaviy dasturlarni; Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi buyurtmasi asosida tadbirkorlik, biznes koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan loyihalarni; Sogʻliqni saqlash vazirligi buyurtmasi asosida toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi, sihat-salomatlik boʻyicha koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil sentabr |
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
|
6. |
Tegishli davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa muassasalarga 110 nusxa davriy bosma nashrlar va 67 nusxa kitob mahsulotlarining majburiy bepul nusxalarini yuborish amaliyoti bekor qilinib, ular tomonidan bosma mahsulotlarni xarid qilib olish tartibini joriy qilish (Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bundan mustasno). Bunda: xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan noshirlik faoliyatining talablari va shartlariga bosma mahsulotlarning tegishli nusxalarini majburiy tartibda sotish va yuborishni kiritish; tegishli davlat organlari tomonidan xarid qilib olish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil dekabr |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganiga kamida ikki yil boʻlgan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash uchun 2026-yil 1-yanvarga qadar har yili eng yaxshi 20 ta loyiha boʻyicha tanlov eʼlon qilish. Bunda, har bir tanlov uchun Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda mablagʻ ajratish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2022-yil dekabr |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib obuna tashkil qilish va ularning buyurtmachigacha oʻz vaqtida yetkazib berilishini kuzatib borish imkonini beradigan “Obuna” yagona elektron platformasini tashkil qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Obuna” yagona elektron platformasini yaratish va elektron toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilish hamda uning doimiy ravishda modernizatsiya qilinishi, texnik qoʻllab-quvvatlanishi va faoliyat yuritishini taʼminlash. |
modernizatsiya qilish — zaruratga koʻra, texnik qoʻllab-quvvatlash — doimiy | |||
|
II. Kadrlar salohiyati va raqobatbardoshligini yanada oshirish, jurnalistika sohasini rivojlantirish | ||||
|
9. |
Yosh jurnalistlar oʻzaro tajriba almashishi, yangi loyiha va gʻoyalar bilan oʻrtoqlashishi uchun ularga zarur sharoit yaratish maqsadida “Navqiron jurnalistlar” yozgi media oromgohini tashkil qilish va oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil avgustdan boshlab har yili |
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi (kelishuvga muvofiq), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (Rafikov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov) |
|
10. |
Teleradiokanallar tahririyatlari hamda telestudiyalarida siyosiy sharhlovchi va soha mutaxassislari, jamoatchilik faollaridan iborat ekspert guruhlarni tashkil qilish va ular faoliyatini ragʻbatlantirish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil avgust |
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |
|
11. |
Vazirlik va idoralar axborot xizmatlari rahbarlarining malakasini oshirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2022-yil iyuldan reja boʻyicha |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (Qudratxoʻja), vazirlik va idoralar |
|
12. |
Axborot bozorining holati va rivojlanish istiqbollarini oʻrganish bilan bogʻliq sotsiologik va marketing tadqiqotlarni oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
2022-yil sentabrdan reja boʻyicha |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (Rahimova), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov) |
|
13. |
Ommaviy axborot vositalarining tajribali xodimlarini jalb etgan holda jurnalistika sohasida zamonaviy oʻquv adabiyotlar, darsliklarni audio, video, multimedia ilovalari bilan birga tayyorlash va chop etish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2022-yil sentabr, tayyorlash — dasturda koʻrsatilgan muddatlarda |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov) |
|
14. |
Ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, sohada bozor munosabatlarini, mediabiznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha mahalliy va xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil sentabrdan boshlab har yili |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov) |
|
15. |
Ommaviy axborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan jurnalistlar va tahririyat xodimlarining: xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismini kompensatsiya qilish. Bunda, ular xorijiy tillar boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi hamda nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqish bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarni isbotlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim; xorijiy tillar boʻyicha V2 va undan yuqori boʻlgan darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlgan sohada kamida bir yil ishlagan jurnalistlarning imtihon topshirish xarajatlari toʻliq kompensatsiya qilish. Bunda: ushbu tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash; |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2022-yil sentabr |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
zaruratga koʻra, ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratish. |
zaruratga koʻra |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) | ||
|
16. |
100 tagacha eng yaxshi material mualliflarini taqdirlash hamda amaliy va dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan 100 tagacha eng yaxshi tahliliy material tayyorlash va eʼlon qilish loyihasini amalga oshirish. Bunda: tanlovlarni tashkil etish tartibi va shartlarini belgilash; keng jamoatchilik va malakali mustaqil ekspertlar tomonidan ochiq va shaffoflik usulda elektron aniqlash tizimi — maxsus elektron platformani yaratish; loyihani keng ommalashtirishga qaratilgan reklama-targʻibot ishlarini tashkil etish; loyihani moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini belgilash, jumladan, tahliliy material mazmun-mohiyatiga mos ravishda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlarini jalb etish. Ushbu loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2022-yil oktabr |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov) |
|
17. |
Oliy taʼlim muassasalarida jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha taʼlim beradigan professor-oʻqituvchilarning mualliflik koʻrsatuv va eshittirishlari hamda yirik tahliliy maqolalarini ularni moddiy ragʻbatlantirish nuqtai nazaridan ilmiy maqolaga tenglashtirish boʻyicha mualliflik koʻrsatuv va eshittirishlar hamda yirik tahliliy maqolalarga qoʻyiladigan eng kam talablar hamda tegishli mezonlarni belgilash. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2022-yil oktabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev) |
|
18. |
Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar, axborot makonini isloh qilish boʻyicha davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot loyihalariga alohida tanlovlar asosida mablagʻlar ajratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil oktabrdan har yili |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov) |
|
19. |
Ommaviy axborot vositalari faoliyatida yuzaga keladigan qonunchilikka aloqador savollarga huquqiy jihatdan tezkor va aniq maslahat berishni tashkil etish maqsadida “Mediaadvice.uz” huquqiy tavsiyalar va savol-javoblar veb-resursini ishga tushirish. |
Axborot resursini yaratish |
2022-yil oktabr |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
III. Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari hamjamiyatlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash | ||||
|
20. |
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining ustavini ishlab chiqish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish. Unda uyushmaga aʼzolar qabul qilishni takomillashtirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilish kabi masalalarni nazarda tutish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyul |
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Adliya vazirligi (Davletov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |
|
21. |
“RENESSANS TV” telekanalining efirlarini respublika hududi boʻyicha namoyish etishni yoʻlga qoʻyish hamda uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyul |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |
|
22. |
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda 2022-2023-yillarda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jami 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratish. Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga ajratilgan ushbu mablagʻ: telekanallarning badiiy kengashlari faoliyatiga jalb qilingan malakali ekspertlarni moddiy ragʻbatlantirishga; Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi ustavida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi. |
Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi |
2022-yil iyul |
Moliya vazirligi (Ishmetov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
23. |
Quyidagilarni: Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasini Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Hamid Olimjon maydonidagi “Poytaxt” biznes kompleksi binosiga (gʻarbiy tomon, 4-yoʻlak 2-qavat); “RENESSANS TV” telekanalini Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 1a-uy manzildagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi |
2022-yil iyul |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Kinematografiya agentligi (Abduxalikov) |
|
24. |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining tegishli tele- va radiokanalida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan hamkorlikda “Gazetalar sharhi” koʻrsatuvi va eshittirishini zamonaviy shaklda tiklash va uni haftada besh kun efirga berib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyuldan doimiy |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |
|
25. |
Ommaviy axborot vositalari vakillarining ijodiy faoliyatini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, jumladan: yubiley yoshini nishonlaydigan jurnalistlarning ijodiy kechalarini tashkil etish; moddiy va maʼnaviy ragʻbat va koʻmakka ehtiyoji bor soha vakillarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, ularga yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyuldan doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov) |
|
26. |
Telekanallarning badiiy kengashlari faoliyatiga jalb qilingan ekspertlar mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish hamda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasida badiiy kengashlar faoliyati boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2022-yil avgust |
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) |
|
27. |
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi tomonidan yilning har bir oyida maʼlum bir hudud oyligini eʼlon qilish. Hudud mutasaddilari va media vakillari bilan ochiq muloqot va debatlarni tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni |
2022-yil avgust oyidan reja boʻyicha, kelgusida har yili |
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
28. |
Hududlarning turizm salohiyati, joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan jurnalistlarni yaqindan tanishtirish maqsadida Jurnalistlar uyushmasi aʼzolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ijodiy safarlar uyushtirish, media-tur loyihasini amalga oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil avgustdan doimiy |
Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaxriyorov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), vazirliklar va idoralar |
|
29. |
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining tegishli hududiy boʻlimlari faoliyatini samarali tashkil qilish, saqlash xarajatlarini qoplash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan subsidiya sifatida mablagʻ ajratib borish. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari qarori |
2022-yil avgustdan doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov) |
|
30. |
Yosh jurnalist kadrlarga audiovideoreportaj tayyorlash, suxandonlik, sharhlovchilik, zamonaviy radioboshlovchilik kabi jurnalistikaning eng muhim yoʻnalishlarining asosiy mezonlarini oʻrgatish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil sentabrdan reja boʻyicha |
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev) |
|
31. |
Nodavlat teleradiokanallarning ijtimoiy soʻrovlari uchun “Odamlar nima deydi?” rukni ostida maxsus video va audio loyiha tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil sentabrdan har hafta |
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |
|
32. |
Ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va uning hududiy boʻlimlarida: taniqli jurnalistlarning boʻlajak jurnalistlar uchun ustoz-shogird anʼanasi asosida “Mahorat maktablari”ni tashkil etish; oʻquvchi-talabalardan iborat “Yosh jurnalistlar” toʻgaragi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ular oʻrtasida tanlovlar oʻtkazib borish; “Mahorat maktabi” tashkil qilgan tajribali va taniqli jurnalistlarni Jurnalistlar uyushmasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ragʻbatlantirib borish tizimini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil oktabrdan doimiy |
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov), Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (Qudratxoʻja), Oʻzbekiston Milliy universiteti (Madjidov), Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (Azizov) |
|
33. |
Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan “Yilning eng faol jurnalisti”, “Eng ulugʻ, eng aziz” respublika tanlovlarida jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publitsistik mavzudagi kitoblar boʻyicha nominatsiya tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil oktabr |
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) |
|
34. |
Quyidagilarni: Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining rasmiy veb-saytini zamon talablari asosida qayta yaratish va uning taqdimotini oʻtkazish; |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr |
Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev) |
|
“Oʻzbekiston jurnalistlari” va “Oʻzbek jurnalistikasi antologiyasi” kitoblarini nashrga tayyorlash. |
2023-yil aprel | |||
|
35. |
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan media haftalik oʻtkazish. |
Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni |
2023-yildan boshlab har yili iyun |
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja) |
|
36. |
Jurnalistika sohasida xalqaro tajribani oʻrganish va uni milliy ommaviy axborot vositalari faoliyatida qoʻllash, har yili 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida Oʻzbekistonda milliy jurnalistikaning rivojlanishi boʻyicha Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining milliy maʼruzasini tayyorlash va eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Milliy maʼruza |
2023-yildan boshlab har yili 27-iyun |
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja) |
|
37. |
Har yili yil yakunida “Renessans” milliy mukofoti taqdirlash marosimini oʻtkazish. Ushbu tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning moliyalashtirish manbalarini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni |
2022-yildan boshlab har yili dekabr |
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), vazirlik va idoralar |
|
38. |
3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Birlashish nuqtasi” media anjumanini oʻtkazish. Ushbu tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning moliyalashtirish manbalarini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni |
2023-yildan boshlab har yili may |
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratxoʻja), vazirlik va idoralar |
|
IV. Ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyat olib borishi uchun moddiy-texnika baza va infratuzilmani yaxshilash | ||||
|
39. |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi markaziy apparati va uning hududiy muxbirlik punktlari, Qoraqalpoq axborot agentligi xodimlari ish haqi miqdorlarini oshirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil avgust |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
40. |
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 16-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi binosini mukammal taʼmirlash va zamonaviy jihozlash. Bunda: isitish-sovitish, yoritish, xavfsizlik tizimini takomillashtirish; tezkor Internet aloqasi, sifatli ovoz va tasvir orqali onlayn translyatsiya qilish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalar bilan jihozlash; vazirliklar va idoralar tomonidan media loyihalarni, shu jumladan xalqaro darajadagi matbuot anjumanlari, press-uchrashuvlar, jurnalistlar va davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratish; qoʻshimcha bino yoki joy ajratish, bino atrofini obodonlashtirish, avtomobillar turar joyini barpo etish masalalarini hisobga olish. Bu boradagi xarajatlarni Toshkent shahar mahalliy budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyul — dekabr |
Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Qurilish vazirligi (Zakirov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov) |
|
41. |
Xorijiy ilgʻor mamlakatlar axborot agentliklari tajribasini chuqur oʻrgangan holda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini qayta tashkil qilish, uni yirik mediatuzilmaga aylantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Taklif kiritish |
2022-yil dekabr |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov) |
|
42. |
Nukus shahri va viloyatlar markazlaridagi Matbuot uylarini mukammal taʼmirlash hamda jihozlash. Bu boradagi xarajatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari mablagʻlari hisobidan qoplash. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari qarori |
2022-yil avgustdan 2023-yil mayga qadar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi (Zakirov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov) |
|
43. |
Ehtiyojmand va faol jurnalistlarni ipoteka kreditlari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa shartlar asosida uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil avgustdan doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
44. |
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Soyliq” qishlogʻida joylashgan “Oqtosh” ijod uyini rekonstruksiya qilish hamda unga qoʻshimcha bino va inshootlar qurish loyihasini 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish. |
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmani rivojlantirish dasturi |
2023-yil mart |
Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), “Ilhom” jamoat fondi (Rizayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |