21.06.2022 yildagi PQ-290-son
d) mazkur qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun mas’ullar

I. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilish chora-tadbirlari

1.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) kuzatuv kengashi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish.

1. Universitetning rejasi, uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

2023-yil 1-fevral

-

Toshkent davlat pedagogika universiteti kuzatuv kengashi,

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov)

2. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali aloqalarni o‘rnatish va xorijiy professorlarni o‘quv jarayoniga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil 1-mart

3. Ta’lim va tadqiqot jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini ta’minlash.

2023-yil 1-mart

2.

Universitetning xalqaro reytinglarga kirishini ta’minlash.

1. Universitet transformatsiyasiga mas’ul prorektor lavozimini kiritish.

2022-yil 1-sentabr

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Universitetni xalqaro reytinglarga kiritish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish.

2022-yil 1-noyabr

3. Tahlil natijalariga qarab xalqaro reytingda ishtirok etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-yanvar

4. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar samaradorligini monitoring qilish.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

3.

Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarni qo‘shimcha pedagogik tayyorlov dasturi bo‘yicha o‘qitish.

1. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarni qo‘shimcha pedagogik tayyorlov dasturlari bo‘yicha o‘qitish tartibini belgilashga oid Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

qo‘shimcha pedagogik tayyorlov dasturlari (keyingi o‘rinlarda — dastur) bo‘yicha o‘qishga pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining so‘nggi ikki bosqichida tahsil olayotgan talabalarni qabul qilish;

dasturlar bo‘yicha o‘qitishni talabalarning oliy ta’lim muassasasida tahsil olishdan bo‘sh bo‘lgan vaqtida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirish;

manfaatdor vazirlik, idoralar va tashkilotlarga dasturlar bo‘yicha o‘qitish uchun grant ajratishga ruxsat etish;

dasturlarni o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega shaxslarga oliy ta’lim tashkilotida o‘qishni bitirganidan so‘ng qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan sertifikatda ko‘rsatilgan mutaxassislik bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish.

2022-yil 1-avgustga qadar

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-dekabrga qadar

4.

Universitetni malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish.

1. Nomzodlarni tanlab olish va saralash bo‘yicha tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

2. Tanlov komissiyasi tartibini ishlab chiqish.

3. Munosib nomzodlarni lavozimga tayinlash.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich

-

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(N. Xusanov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

II. O‘quv jarayonini takomillashtirish, yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlarini joriy etish

5.

Universitet o‘quv-me’yoriy hujjatlarini takomillashtirish.

1. Universitetda o‘qitilayotgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning o‘quv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish, asosiy bo‘lmagan fanlarni tanlov fanlari ro‘yxatiga kiritish hamda mustaqil ta’lim salmog‘ini oshirish.

2022-yil 1-sentabr

-

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Ta’lim yo‘nalishlari xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari salmog‘ini oshirish.

2022-yil 1-sentabr

3. Fan dasturlari mazmunini kadrlar iste’molchilari talablari va xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish hamda talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

6.

Universitet faoliyatini akademik mustaqillik tamoyili asosida tashkil etish.

1. Malaka talabalari, o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini kasbiy standartlar asosida qayta ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash.

3. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun o‘qish davomiyligi muddatlarini belgilash.

4. Doktoranturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatini belgilash, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida kvotaga qo‘shimcha ravishda talabgorlarni qabul qilish.

5. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘sh malakalar hamda kasbiy malakalar berish tizimini joriy qilish.

6. O‘zaro kelishuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari bilan ichki akademik mobillikni amalga oshirish.

7. Universitet va uning tasarrufidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish.

8. Ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

-

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

7.

Universitetning iqtidorli talabalarini maqsadli tayyorlov dasturi bo‘yicha o‘qitish.

1. Universitetda ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan (barcha fanlardan yaxshi va a’lo o‘z�ashtirishga erishgan) talabalar o‘rtasida, tashqi baholovchilarni jalb qilgan holda, tanlov o‘tkazish.

2. Tanlov natijalari bo‘yicha maqsadli tayyorlov dasturi asosida o‘qitiladigan talabalarni saralab olish.

3. Ilg‘or milliy va xorijiy tajriba asosida tayyorlangan maqsadli tayyorlov dasturi bo‘yicha o‘qishga tanlab olingan talabalarga oshirilgan miqdorda stipendiya tayinlash, ularni istiqbolli kadrlar “Oltin zaxirasi”ga nomzod sifatida hisobga olish va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishga jalb qilish.

4. Maqsadli tayyorlov dasturi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan o‘qishni bitirganlaridan so‘ng majburiy taqsimot asosida kamida besh yil ishlab berish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirish.

5. Maqsadli tayyorlov dasturi bo‘yicha o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarga maxsus sertifikat berish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi hamda Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

8.

Universitet va uzluksiz ta’lim tizimi integratsiyasini ta’minlash.

1. Universitetda ish beruvchilarning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kengashlarini tashkil etish hamda ular orasida so‘rovlar o‘tkazib, o‘quv dasturlarini takomillashtirib borish.

Har yili avgust oyida

-

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Prezident ta’lim muassasalari agentligi

(X. Umarova),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi

(A. Shin),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Universitet ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va malakaviy amaliyotlarga ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislarini keng jalb qilish.

Doimiy

3. Pedagogika sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni ixtisoslashtirilg�n maktablarda olib borish va iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish.

Doimiy

9.

Ta’lim jarayonini o‘quv adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlashga erishish.

1. Universitet tipografiyasini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash orqali zamonaviy raqamli tipografiyani tashkil etish.

2023-yil 1-iyun

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Fanlardan yetishmayotgan o‘quv adabiyotlarni maqsadli rejalar asosida tayyorlash va nashr etish.

Doimiy

3. O‘quv adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini belgilash mexanizmini takomillashtirish.

2022-yil 1-sentabr

4. O‘quv adabiyotlar va qo‘llanmalarni tayyorlashga yetuk professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari va xorijiy olimlarni jalb qilish.

Doimiy

10.

Universitetning ta’lim sohalariga mos tegishli yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni universitet doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish.

2023-yil 1-fevraldan boshlab

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

(A. Bekmurodov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda o‘quv, uslubiy va ilmiy adabiyotlarni tayyorlash.

Doimiy

3. Xorijiy hamkor tashkilotlar bilan mutaxassislik fanlari bo‘yicha vebinarlar tashkil qilish.

Doimiy

11.

Xorijiy mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish hamda ularni ta’lim jarayoniga jalb etish.

Hududlardagi Prezident maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijiy mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish hamda ularni Toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim jarayoniga jalb etish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Prezident ta’lim muassasalari agentligi

(X. Umarova),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

12.

Universitetda xorijiy talabalar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish.

1. Xorijiy talabalar ishtirokida xalqaro fanlararo anjumanlarni o‘tkazish.

2. Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish.

2023 — 2026-yillar

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

13.

Universitetda o‘quv jarayonlarini tashkil etishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.

1. O‘quv auditoriyalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan to‘liq jihozlash.

2023-yil 1-sentabr

Universitet hamda Xalq ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Kafedra o‘quv yuklamalarini tayyorlash va uning bajarili�ini nazorat qilishning elektron tizimini joriy qilish.

2024-yil 1-yanvar

3. Universitetning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.

2024-yil 1-yanvar

14.

Universitet o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish.

Ta’lim jarayoniga “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish, shu jumladan:

akademik faoliyatni, xususan, talabaning davomat hisoboti, o‘zlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, shuningdek, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallarini raqamlashtirish;

professor-o‘qituvchilarning ilmiy loyihalari, maqolalari, ilmiy-uslubiy nashrlari, ilmiy izlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

boshqaruv kadrlar, professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish hamda tegishli hisobotlarni tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish;

to‘lov-shartnomalar va stipendiya to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizim orqali elektron shaklda taqdim etishni yo‘lga qo‘yish.

2024-yil 1-yanvar

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

15.

Universitet bilan uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy yo‘nalishlarda axborot almashinuvini raqamlashtirish.

1. Universitet tuzilmasidagi ta’lim muassasalarini optik tolali Internetga ulash orqali ularning oliy ta’lim muassasalari bilan integratsiyalashgan elektron o‘quv-uslubiy ta’minot tizimini yaratish.

2023-yil 1-yanvar

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar�ni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Universitet tuzilmasidagi ta’lim muassasalari kutubxonalarini elektron adabiyotlar bilan to‘ldirish va Universitet bilan umumiy elektron makondan foydalanish mexanizmini joriy etish.

2023-yil 1-sentabr

16.

Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish va raqamli axborot-texnologiyalarini joriy etish maqsadida Universitet huzurida “Media markaz”ni tashkil etish.

1. Universitet media-markazini zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlash.

2023-yil 1-avgust

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Ta’lim jarayonini multimedia mahsulotlari bilan boyitish va mashg‘ulotlarga bosqichma-bosqich innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish.

2024-yil 1-yanvar

III. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini ta’minlash

17.

Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Tegishli ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura qabul kvotasini Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga umumiy qabul kvotasi doirasida Universitetning ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari umumiy sonidan kamida 60 foiz miqdorida belgilash.

2023-yil 1-sentabrdan boshlab

Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lari,

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

(A. Bekmurodov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Universitet tomonidan respublikadagi oliy ta’lim muassasalariga ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

3. Professor-o‘qituvchilar uchun Web of Science, Scopus, Google Scholar kabi xalqaro ma’lumotlar bazalarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etib borish.

Doimiy

4. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma doktorantura dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

18.

Universitetda olib borilayotgan amaliy va innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning natijadorligini oshirish, ilmiy ishlanmalar transferini samarali tashkil etish.

1. Amaliy va innovatsion tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolariga yo‘naltirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish.

2. Pedagogik ta’limning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan fundamental va amaliy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish.

3. Ilmiy ishlanmalar hamda innovatsiyalar transferini joriy etish va ularni tijoratlashtirish uchun sharoitla? yaratish.

2022 — 2026-yillar davomida

Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

19.

Universitetda o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil qilish.

1. Laboratoriyalar joylashadigan xonalarni xalqaro standartlarga mos asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2023-yil 1-avgust

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylik xayriyalari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Hududiy muammolar bankini yaratish va laboratoriyalarda olib borilayotgan tadqiqotlarni mazkur muammolar yechimiga yo‘naltirish.

2023-yil 1-sentabr

20.

Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim oluvchilarning akademik almashinuvini rivojlantirish.

1. Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonini hamkor mamlakat tili yoki ingliz tilida tashkil etish.

Kelishuvga muvofiq

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim oluvchilarning akademik almashinuvini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzish.

2023-yil 1-yanvar

3. Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim oluvchilarning akademik almashinuvini tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

VI. Universitetning o‘quv resurslarini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

21.

Universitet, uning tuzilmasidagi ta’lim va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, shu jumladan yangi o‘quv binolari va talabalar turar joylarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish hamda jihozlash, shuningdek, laboratoriyalarni zamonaviy o‘quv-ilmiy uskunalar bilan jihozlash.

1. Universitet, uning tuzilmasidagi ta’lim va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2023-yil 1-yanvar

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari,

Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Universitet, uning tuzilmasidagi ta’lim va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish.

2023-yil 1-iyun

3. Xatlov natijalariga ko‘ra, moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda Universitetning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2023-yil 1-iyul

22.

?niversitet hududida bo‘sh turgan yer maydonida 5 000 o‘rinli bino va inshootlarni qurish hamda jihozlash.

1. Obyekt qurilishi rejalashtirilgan maydonning geologik parametrlarini o‘rganish va texnik xulosalarini olish.

2023-yil 1-yanvar

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari,

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar, homiylik xayriyalari

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev),

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish.

2023-yil 1-iyun

3. Obyektni qurish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2023-yil 1-sentabr

4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ishlarni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2023-yil 1-oktabr

23.

T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini takomillashtirish.

1. T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati samaradorligini tahlil qilish va kelgusi yillar uchun rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

2023-yil 1-fevral

-

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Ortiqxo‘jayev)

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

2. T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-aprel

V. Talabalarga sog‘lom turmush tarzini yuritish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

24.

Talabalarni jismoniy chiniqtirish va ularga sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish.

1. Sport turlari bo‘yicha Universitet rektori kubogini o‘tkazish.

2. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbir hamda aksiyalar tashkil etish.

Har yili reja asosida

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylik xayriyalari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

25.

Tarixiy shaxslar va xalq qahramonlari haqida talaba-yoshlar orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish.

1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, qatag‘on qurbonlari, Ikkinchi jahon urushi davrida o‘z jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kechalar va ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish.

2. Ijodiy ishlar tanlovlarini o‘tkazish.

3. El-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan keksa avlod vakillari bilan doimiy uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish.

4. O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, musiqa va san’atga qiziqishini oshirish maqsadida Universitetning musiqa madaniyati ta’lim yo‘nalishi talabalarini jalb etgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Har yili reja asosida

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylik xayriyalari

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xojimatov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

26.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan talabalarning ijtimoiy moslashuvi uchun sharoit yaratish va inklyuziv ta’lim g‘oyalarini targ‘ib qilish.

1. Universitetda tahsil oluvchi nogironlig� bo‘lgan talabalar bilan ishlarni tizimli tashkil etish.

2. Inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish.

Doimiy

-

Xalq ta’limi vazirligi

(B. Saidov),

Toshkent davlat pedagogika universiteti

(A. Kirgizbayev)

T/r

Ustuvor vazifa

Maqsadli ko‘rsatkich

Yillar kesimida

O‘sish ko‘rsatkichi,

(2023-yilga nisbatan)

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Chet tili fanidan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega professor-o‘qituvchilar ulushini oshirish

Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan (foizda)

12

15

20

25

2,1 baravar

2.

Chet tili fanidan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega talabalar ulushini oshirish

Jami talabalar soniga nisbatan (foizda)

5

8

12

25

5 baravar

3.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat (foizda)

52

60

65

70

35 foiz

4.

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

40

70

90

100

2,5 baravar

5.

Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni

6

8

12

20

3,3 baravar

6.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni

10

20

30

40

4 baravar

7.

Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni

3

6

8

12

4 baravar

8.

Mustaqil izlanuvchilar soni

12

20

30

40

3,3 baravar

9.

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish

Darsliklar soni

25

35

45

60

2,4 baravar

10.

O‘quv qo‘llanmalar soni

35

45

60

75

2,1 baravar

11.

Monografiyalar soni

30

40

55

60

2 baravar

12.

Scopus, Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni

17

29

42

51

3 baravar

13.

Respublika jurnallarida e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni

40

62

97

118

3 baravar

14.

Scopus, Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga to‘g‘ri keluvchi iqtiboslar soni

0,7

1,4

2,1

2,8

4 baravar

15.

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

Universitet professor-o‘qituvchilarini jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuborish

60

80

100

120

2 baravar

16.

Universitetga xorijiy olimlarning tashrifi (kamida 36 soat yuklamasini bajarish)

7

11

16

21

3 baravar

17.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik almashuv dasturlarida universitet talabalarining ishtiroki (foizda)

5

8

18

30

6 baravar

18.

19.

Xalqaro loyihalar soni

2

3

5

6

3 baravar

20.

Talaba-yoshlar ta’limi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish

Talaba-yoshlarning ilmiy maqola, kitob va ijod namunalarini nashr etish (foizda)

20

30

40

50

2,5 baravar

21.

Professor-o‘qituvchilar va xodimlar orasida sport bilan shug‘ullanuvchilarning ulushi (foizda)

20

30

45

60

3 baravar

22.

Talabalar orasida sport bilan shug‘ullanuvchilarning ulushi (foizda)

35

45

60

80

2,3 baravar

23.

Universitet talabalarining “Yil talabasi”, beshta muhim tashabbus va boshqa yo‘nalishlardagi tanlovlarda ishtiroki

5

10

15

25

5 baravar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4467-son qarorining 9-bandidagi “xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida” so‘zlari “Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 5-banddagi “xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari” so‘zlari “Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari)” so‘zlari “Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “direktor” so‘zi “rektor” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 11-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi “xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovaning 12-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar” ustunidagi “xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari” so‘zlari “Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari” so‘zlari bilan, “xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovaning 1-pozitsiyasi “Ko‘rsatkichlar nomi” ustunidagi “xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarining” so‘zlari “Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 3-ilovaning nomida va 1-pozitsiyasi “Ustuvor masalalar” ustunidagi “xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining” so‘zlari “Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 4-ilovaning nomidagi “xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining” so‘zlari “Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 5-ilovaning nomidagi “xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Izoh: mazkur ilovaning 5-bandi 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.