Jarqoʻrgʻon tumani hokimining
Qarori
Jarqoʻrgʻon tuman hokimining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24 va 25-moddalariga asosan, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27 entyabrdagi PF-6075-son Farmonida 2021 -yil 1-iyunga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish choralarini koʻrish belgilanganligi inobatga olinsin.
2. Jarqoʻrgʻon tuman hokimi tomonidan qabul qilingan eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror “Jarqoʻrgʻon” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
4. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan keyin kuchga kirishi belgilansin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Rahmatov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. OʻRAQOV
Jarqoʻrgʻon t.,
2022-yil 18-iyun,
234-8-112-Q/22-son
Jarqoʻrgʻon tuman hokimining 2022-yil 18-iyundagi 234-8-112-Q/22-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Jarqoʻrgʻon tuman hokimining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Jarqoʻrgʻon tuman hokimining “2019-yilda Jarqoʻrgʻon tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 28-sentabrdagi Q-1937-son qarori.
2. Jarqoʻrgʻon tuman hokimining “Viloyat hokimining 2018-yil 29-dekabrdagi “Surxondaryo viloyat 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi Q-96-sonli qarori” haqidagi 2019-yil 20-martdagi Q-1032-son qarori.
3. Jarqoʻrgʻon tuman hokimining “2020-yilda Jarqoʻrgʻon tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida”gi 2019-yil 24-sentabrdagi Q-4879-son qarori.
4. Jarqoʻrgʻon tuman hokimining “2021-yilda Jarqoʻrgʻon tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida”gi 2020-yil 10-sentabrdagi Q-1298-son qarori.
5. Jarqoʻrgʻon tuman hokimining “Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 2021-yil 8-fevraldagi Q-103-son qarori.