15.06.2022 yildagi O‘RQ-778-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.09.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 1-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 28-aprelda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi qoʻriqlash faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining shartnoma asosida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning obyektlarini qoʻriqlash uchun tuziladigan tarkibiy boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladigan qoʻriqlash faoliyatining turi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oʻta muhim hamda toifalangan obyektlarni, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning obyektlarini shartnoma asosida qoʻriqlash boʻyicha maxsus vazifalarni bajarish uchun tuziladigan, xizmat faoliyati qorovullik xizmatini tashkil etish va oʻtash tartibi talablariga muvofiq tashkil etiladigan tarkibiy boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladigan qoʻriqlash faoliyatining turi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy qorovullik — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, tadbirkorlik subyektlarining oʻz obyektlarini qoʻriqlash uchun yuridik shaxs tashkil etmasdan tuziladigan tarkibiy boʻlinmasi tomonidan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan alohida xodimi tomonidan amalga oshiriladigan qoʻriqlash faoliyatining turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda boshqa tashkilotlarning oʻz obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha maxsus vazifalarni bajarish uchun yuridik shaxs tashkil etmasdan tuziladigan, xizmat faoliyati qorovullik xizmatini tashkil etish va oʻtash tartibi talablariga muvofiq tashkil etiladigan tarkibiy boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladigan qoʻriqlash faoliyatining turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchisi va xizmatchisi — idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining qoʻriqlash faoliyatini boshqarish, nazorat qilish va amalga oshirish vazifalari oʻz zimmasiga yuklatilgan ishchisi va xizmatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-oʻtkazish rejimi — qoʻriqlanadigan obyektlarga (qoʻriqlanadigan obyektlardan) shaxslarning kirishini (chiqishini), transport vositalarining kirib kelishini (chiqib ketishini), mol-mulk olib kirilishini (olib chiqilishini), tashib kirilishini (tashib chiqilishini) nazorat qilish tartibini taʼminlovchi qoidalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning ichki rejimi — qoʻriqlanadigan obyektda belgilangan ichki tartib qoidalariga va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlovchi tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyekt — belgilangan tartibda qoʻriqlashga olingan jismoniy va yuridik shaxslarning binolari, imoratlari, inshootlari, ularning hududlari, joyning uchastkalari, transport vositalari, transportda tashiladigan yuklari, pul mablagʻlari, moddiy boyliklari va boshqa mol-mulki, shuningdek jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlashning muhandislik vositalari — qoʻriqlanadigan obyektlarni tajovuzlardan mexanik jihatdan himoya qilish uchun qoʻllaniladigan qurilmalar va inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlashning texnik vositalari — qoʻriqlanadigan obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyati — qoʻriqlanadigan obyektlarni himoya qilish, shuningdek yuridik shaxslarning qoʻriqlanadigan obyektlarida nazorat-oʻtkazish va obyektning ichki rejimlarini taʼminlash boʻyicha faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Qoʻriqlash faoliyatining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning hayotini va sogʻligʻini tajovuzlardan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini hamda obyektlarini tajovuzlardan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlar hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga chek qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning qoʻriqlanadigan obyektlarida nazorat-oʻtkazish va obyektning ichki rejimlarini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qoʻriqlash faoliyatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektning daxlsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻta muhim va toifalangan obyektlarni, shuningdek maxsus yuklarni qoʻriqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻta muhim va toifalangan obyektlar roʻyxati, mazkur obyektlarni qoʻriqlash turlari, qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlashga doir talablar, shuningdek maxsus yuklarni transportda tashish jarayonida ularni qoʻriqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qoʻriqlash faoliyati sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qoʻriqlash faoliyati sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan obyektlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlashning texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlar (bundan buyon matnda qoʻriqlash-texnik xizmatlar deb yuritiladi) koʻrsatish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabardor qilish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qoʻriqlash-texnik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyat ustidan nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi, bundan yakka tartibda foydalaniladigan qoʻriqlashning texnik vositalari (avtotransport vositalarini olib qochishga qarshi qoʻriqlashning texnik vositalari va boshqalar) ustidan nazorat qilish mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat qurolidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlashni, idoraviy qorovullikni tashkil etish huquqiga ega boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda boshqa tashkilotlarning roʻyxatini, shuningdek idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari ishchilarining va xizmatchilarining kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari tomonidan shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni, ashyolarni, qoʻl yukini, bagajni, transport vositalarini koʻzdan kechirishni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchilarining va xizmatchilarining oʻz majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari tomonidan qoʻllaniladigan xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining turlari, xillari, modellarini, taʼminot normalarini, shuningdek idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilariga va xizmatchilariga foydalanish uchun ruxsat etilgan maxsus vositalar roʻyxatini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab xavfli yuklarni tashish jarayonida ularni qoʻriqlash qoidalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarida xizmat qurolining va uning oʻq-dorilarining muomalada boʻlishi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash faoliyati sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan koʻrsatiladigan qoʻriqlash xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan obyektlarni hamda boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shuningdek xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalarini qoʻriqlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash vositalari va tizimlarini qoʻllash sohasida yagona texnik siyosat yuritilishini, ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni, shuningdek qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng miqyosda joriy etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari ishchilari va xizmatchilarining formali kiyim-boshi va farqlovchi belgilari namunalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomalarning namunaviy shaklini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saf boʻlinmalari, idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash, idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlashning texnik vositalaridan foydalangan holda qoʻriqlash xizmatlarini, shuningdek qoʻriqlash-texnik xizmatlarni koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga qoʻriqlash uchun topshirilgan obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash talablarini, tartibini hamda shartlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlash-texnik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash-texnik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabardor qilish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlar hududida jamoat tartibini saqlaydi, huquqbuzarliklarning oldini oladi va ularga chek qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalar mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarning oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari tomonidan qoʻllanilishiga ruxsat etilgan maxsus vositalarni olish, transportda tashish, saqlash, hisobga olish, taʼmirlash va yoʻq qilish qoidalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchilarining va xizmatchilarining xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, axloqiy-ruhiy hamda jismoniy tayyorgarligini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari naryadlari tomonidan xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchilarining va xizmatchilarining boshlangʻich tayyorgarligini hamda ularning malakasi oshirilishini shartnoma asosida taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining faoliyati tashkil etilishini nazorat qiladi, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ushbu boʻlinmalar tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarida qoʻriqlanish, nazorat-oʻtkazish rejimi, qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlanganlik holatini tekshiradi (ikki yilda bir marta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari shaxsiy tarkibining eng koʻp sonini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining qoʻriqlash boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy qorovullik boʻlinmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻriqlash faoliyatini chet davlatlarning jismoniy shaxslari va tashkilotlari, shu jumladan xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qisqa muddatli tashrif bilan kelgan oliy darajali mehmonlar xavfsizligini taʼminlash hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Davlat organlarining qoʻriqlash boʻlinmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Davlat bojxona qoʻmitasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi harbiy tuzilmalarning tegishli boʻlinmalari davlat organlarining qoʻriqlash boʻlinmalaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining qoʻriqlash boʻlinmalari jamoat tartibini saqlash va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun belgilangan tartibda jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari naryadlari tomonidan xizmatning oʻtalishini tashkil etish va xizmatning oʻtalishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari ustavi asosida ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan kelishilgan, oʻz tasarrufida idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tasdiqlagan qoidalarga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan kelishuvga koʻra ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan, tegishli farqlovchi belgilari boʻlgan formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining ishchilariga va xizmatchilariga belgilangan tartibda xizmat guvohnomalari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari qonunchilikda idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining ishchilari hamda xizmatchilari uchun belgilangan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Idoraviy qorovullik boʻlinmalari va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy qorovullik boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etish hamda ularning xizmatni oʻtashi tartibi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va boshqa tashkilotlarning idoraviy hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy qorovullik boʻlinmalari naryadlarining ish vaqti va smenasi davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari tegishli idoralar tomonidan belgilangan tartibda joriy etilgan maxsus formali kiyim-boshga, farqlovchi belgilarga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari qonunchilikda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari hamda xizmatchilari uchun belgilangan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Qoʻriqlash faoliyatini shartnoma asosida amalga oshiruvchi subyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar shartnoma asosida qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan obyektlarda, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan majburiy qoʻriqlanishi lozim boʻlgan oʻta muhim va toifalangan obyektlarda, shuningdek transportda tashiladigan maxsus yuklarni qoʻriqlash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — qonunchilikda belgilanadigan transportda tashiladigan yuklarni va boshqa obyektlarni qoʻriqlash boʻyicha.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Qoʻriqlash faoliyatini shartnoma tuzmasdan amalga oshiruvchi subyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar qoʻriqlash faoliyatini qonunchilikda berilgan vakolatlar doirasida shartnoma tuzmasdan amalga oshirish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining qoʻriqlash boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy qorovullik boʻlinmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarning hayotiga va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyekt hududida jismoniy va yuridik shaxslardan qonunchilikka rioya etishni, qonunga xilof xatti-harakatlarni toʻxtatishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni bepul olish, bundan qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaloqani amalga oshirish uchun radiochastotadan (radiotoʻlqindan) belgilangan tartibda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachidan qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektni koʻzdan kechirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar qoʻriqlanadigan obyektlardagi xizmatni tashkil etish va oʻtash chogʻida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlarning ishonchli himoya qilinishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlarning barqaror faoliyat koʻrsatishini izdan chiqarishga qaratilgan qonunga xilof harakatlarning oldini olishi va tashiladigan yuklarning but saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlarda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektga qonunga xilof ravishda kirgan shaxslarni qidirish va ushlashda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-oʻtkazish rejimini tashkil etishi va qoʻriqlanadigan obyekt hududida obyektning ichki rejimiga rioya etilishini nazorat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy texnik vositalar va tizimlarni joriy etishi hamda ulardan samarali foydalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlar hududida jamoat tartibini saqlashi, huquqbuzarliklarning oldini olishi va ularga chek qoʻyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirish chogʻida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor qilmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatishga doir shartnomaga muvofiq qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar oʻz harakatlari (harakatsizligi) natijasida qoʻriqlanadigan obyektga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararning oʻrnini qoplash miqdori va shartlari qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini shartnoma tuzmasdan amalga oshiruvchi subyektlarning harakatlari (harakatsizligi) natijasida qoʻriqlanadigan obyektga zarar yetkazilgan taqdirda javobgarlik qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar harbiy xizmatchilarining, xodimlarining, ishchilari hamda xizmatchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar harbiy xizmatchilarining, xodimlarining, ishchilari va xizmatchilarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari xizmatni oʻtayotganda quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan belgilangan nazorat-oʻtkazish va obyektning ichki rejimlariga, shuningdek jamoat tartibiga rioya etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyekt hududidan mol-mulkni qonunga xilof ravishda olib chiqishga yoki qoʻriqlanadigan obyektga taqiqlangan predmetlarni olib kirishga urinish chogʻida shaxslarni ushlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlardagi mol-mulkni saqlash sharoitlarini, qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari holatini hamda sozligini tekshirish, aniqlangan qoidabuzarliklarning, kamchiliklarning bartaraf etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektga qonunga xilof ravishda kirgan yoki qoʻriqlanadigan obyektda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning shaxsini aniqlash, ularni ushlash hamda qoʻriqlash xizmati xonasiga yetkazish (bunday vakolatlari mavjud boʻlmaganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlarini chaqirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalada boʻlishi cheklangan moddalar, shu jumladan obyektga olib kirish (undan olib chiqish) uchun taqiqlangan predmetlar roʻyxatiga qoʻriqlanadigan obyekt maʼmuriyati tomonidan kiritilgan moddalar bor deb hisoblash uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, fuqarolarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish, ularning ashyolarini, qoʻl yukini, bagajini koʻzdan kechirish hamda ularni olib yurish va saqlash uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda mazkur predmetlar, vositalar va moddalarni olib qoʻyish, shuningdek transport vositalarini koʻzdan kechirish, ularda tashilayotgan yuklarning ilova qilinadigan hujjatlarga muvofiqligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektdagi, patrullik yoʻnalishidagi hodisani, sodir etilgan huquqbuzarlikni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, jinoyat izlarini saqlash maqsadida fuqarolardan hodisa joyini tark etishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda xizmat qurolini hamda maxsus vositalarni olib yurish va ulardan foydalanish, shuningdek jismoniy kuch ishlatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash boʻlinmalarining xizmatni noqulay mehnat sharoitlariga ega boʻlgan obyektlarda oʻtaydigan harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari ushbu obyektlarning xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnat sohasidagi qoʻshimcha kafolatlardan foydalanadi. Mehnat sohasidagi qoʻshimcha kafolatlar qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar harbiy xizmatchilarining, xodimlarining, ishchilari va xizmatchilarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash boʻlinmalarining harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari qoʻriqlash turi, shakllari, usullaridan qatʼi nazar, xizmatni oʻtash vaqtida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlarni himoya qilishi, belgilangan tartibga va qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etishi, qoʻriqlanadigan obyektni kuzatib borishni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida jismoniy shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini, shuningdek yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish uchun zarur choralar koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatni oʻtash joylarida jamoat tartibini saqlashi, huquqbuzarliklarning oldini olishi va ularga chek qoʻyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektda huquqbuzarliklarning va hodisalarning izlari saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisa joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek hayotiga va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan shaxslarga birinchi yordam koʻrsatishi yoki shunday yordam koʻrsatilishini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida fuqarolar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari, jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlardagi tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektda nazorat-oʻtkazish va obyektning ichki rejimlariga rioya etilishini qoʻriqlanadigan obyekt maʼmuriyati tomonidan qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar bilan kelishuvga koʻra tasdiqlangan qoidalarga muvofiq taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga ishonib topshirilgan xizmat qurolining va uning oʻq-dorilarining, maxsus va texnik vositalarning, shaxsiy himoya vositalarining hamda mol-mulkning xavfsiz va lozim darajada saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda maxsus formali kiyim-boshini kiyishi va farqlovchi belgilarini taqib yurishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirish chogʻida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan xizmatga doir axborotning va boshqa axborotning maxfiyligini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar harbiy xizmatchilarining, xodimlarining, ishchilari va xizmatchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilariga, xodimlariga, ishchilari va xizmatchilariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari lavozimlariga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi shaxslar qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi boʻlinmalarga ishga (xizmatga) qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy jazoni oʻtayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek jamoat tartibiga yoki boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun bir yil ichida takroran maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy kasalliklari boʻlgan, narkologik kasalliklarga chalingan, shuningdek sogʻligʻining holatiga nisbatan belgilangan talablarga javob bermaydigan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi boʻlinmalarga ishga (xizmatga) kirish uchun nomzodlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq qoʻshimcha talablar qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilarini, xodimlarini, ishchilari va xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari quyidagi tartibda tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malaka oshirish oʻquv kurslarida oʻquvdan oʻtadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari — tegishli organlar tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat qurolidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari — shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining taʼlim muassasalarida hamda roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa taʼlim tashkilotlarida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat qurolidan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari — mustaqil ravishda oʻz boʻlinmalarida, shuningdek ixtiyoriy tartibda — shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi taʼlim muassasalarining oʻquv kurslarida.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar harbiy xizmatchilarining, xodimlarining, ishchilari va xizmatchilarining kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining qoʻriqlash boʻlinmalari harbiy xizmatchilarining, xodimlarining, ishchilari va xizmatchilarining kasbiy, jismoniy hamda jangovar tayyorgarligini tashkil etish tartibi ular qaysi organning tasarrufida boʻlsa, oʻsha organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari maxsus oʻquv dasturlari boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan (xizmat tayyorgarligidan, jismoniy, jangovar tayyorgarlikdan) oʻtadi. Maxsus tayyorgarlik (xizmat tayyorgarligi, jismoniy, jangovar tayyorgarlik) boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan vaqt ish vaqtiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari bir yilda bir marta majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtadi, bundan qonunchilikda davlat organlarining qoʻriqlash boʻlinmalari xodimlari uchun majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishning boshqacha muddati belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning maxsus tayyorgarlik (xizmat tayyorgarligi, jismoniy, jangovar tayyorgarlik) boʻyicha oʻquv dasturlari fanlarini oʻzlashtirmagan harbiy xizmatchilariga, xodimlariga, ishchilari va xizmatchilariga qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va xizmat qurolini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va xizmat qurolini qoʻllash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda xizmat qurolini qoʻllash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda xizmat qurolini hamda maxsus vositalarni olib yurish, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va xizmat qurolini qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda xizmat qurolini qoʻllash bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash uchun davriy tekshiruvlardan oʻtishi kerak. Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan ishchilar va xizmatchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va xizmat qurolini qoʻllash bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtmagan ishchilari va xizmatchilari jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda xizmat qurolini qoʻllash bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa lavozimga mehnat shartnomasiga muvofiq oʻtkaziladi yoki ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatishdan, maxsus vositalarni hamda xizmat qurolini qoʻllashdan avval ularni qoʻllash niyati toʻgʻrisida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak, bundan bunday ogohlantirishning imkoni boʻlmagan yoxud ularning qoʻllanilishini kechiktirish fuqarolarning, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchisining va xizmatchisining hayoti hamda sogʻligʻi uchun bevosita xavf tugʻdiradigan va boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalarning yoki xizmat qurolining qoʻllanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari har qanday zararning imkon qadar kam boʻlishiga intilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari, agar yuzaga kelgan vaziyatda maxsus vositalarni yoki xizmat qurolini qoʻllash uchun mazkur moddada, ushbu Qonunning 25 va 26-moddalarida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelishi mumkin deb hisoblasa, maxsus vositalarni yoki xizmat qurolini qoʻllash uchun tayyorlash hamda ularni jangovar holatga keltirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki xizmat quroli qoʻllanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam koʻrsatilishi hamda eng qisqa muddatlarda tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar hamda xizmat quroli qoʻllanilgan har bir holat toʻgʻrisida bevosita boshligʻiga darhol xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyekt jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek xizmat quroli qoʻllanilgan barcha hollar toʻgʻrisida prokurorga va ichki ishlar organlariga darhol xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchilari va xizmatchilarining jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki xizmat qurolini qoʻllash chogʻida oʻz vakolatlari doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki xizmat qurolini qoʻllash qonunchilikda belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda amalga oshirilgan boʻlsa, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari bunday jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki xizmat qurolini qoʻllash chogʻida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki xizmat quroli qoʻllanilganligi natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u vafot etsa, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari hodisa joyini oʻzgarishsiz saqlashga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Jismoniy kuch ishlatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlamasa, ular quyidagi hollarda shaxsan oʻzi yoki boʻlinma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qoʻllash huquqiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektga tajovuzlarning oldini olishda va uning hududidagi gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni toʻxtatishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan hududda huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni ushlab turishda va uni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash boʻlinmasining harbiy xizmatchisi, xodimi, ishchisi va xizmatchisining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatilishini bartaraf etishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari ushbu Qonunda maxsus vositalar yoki xizmat quroli qoʻllanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi, fuqarolarning yoxud qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyekt harbiy xizmatchisining, xodimining, ishchisi va xizmatchisining hayotiga hamda sogʻligʻiga haqiqatda tahdid etib, hujum qilinganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Maxsus vositalarni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari quyidagi hollarda maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektga qilingan hujumni qaytarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchisiga va xizmatchisiga yoki qoʻriqlanadigan obyekt hududidagi fuqaroga qilingan hujumni qaytarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchisiga va xizmatchisiga koʻrsatilayotgan qarshilikka barham berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektda huquqbuzarlik sodir etish chogʻida koʻrib qolingan shaxsni ushlashda, agar ushbu shaxs qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilgan shaxslarni olib borish va qoʻriqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki oʻziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektda haydovchisi qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektning harbiy xizmatchisi, xodimi, ishchisi va xizmatchisi talablarini bajarmagan transport vositasini toʻxtatish zarur boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari quyidagi maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezina tayoqlarni — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻlkishanlarni yoki boshqa bogʻlash vositalarini — ushbu modda birinchi qismining uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat (qoʻriqchi) itlarini — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini majburiy toʻxtatish vositalarini — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari ushbu Qonunda xizmat qurolini ishlatishga ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vositalar, agar idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari tomonidan huquqbuzarga nisbatan ogohlantiruvchi harakatlarning boshqa barcha shakllaridan foydalanilsa va ular kutilgan natijalarni bermasa, qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vositalarning qoʻllanilishi uchinchi shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchilarining va xizmatchilarining hayotiga hamda sogʻligʻiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamning boshiga, boʻyniga, oʻmrov suyagiga, qorniga, jinsiy aʼzolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi, bundan odam qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchilarining va xizmatchilarining hayotiga hamda sogʻligʻiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Xizmat qurolini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari quyidagi hollarda xizmat qurolini qoʻllash huquqiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan shaxsni va qoʻriqlanadigan obyektda boʻlgan boshqa fuqarolarni hujumdan himoya qilishda, agar hujum hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatish bilan qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlarga qurolli hujumni yoki guruh boʻlib qilingan hujumni qaytarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchilarining va xizmatchilarining hayotiga va sogʻligʻiga tahdid soladigan hujumni qaytarishda, shuningdek xizmat qurolini egallab olishga boʻlgan urinishlarning oldini olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta ogʻir jinoyatni sodir etish chogʻida koʻrib qolingan va qoʻriqlanadigan obyekt hududidan yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda, agar boshqa vositalar bilan bu shaxsni ushlash imkoni boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolli qarshilik koʻrsatayotgan shaxsni, shuningdek oʻzidagi qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish toʻgʻrisidagi qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaxsni ushlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar haydovchi qoʻriqlanadigan obyekt ishchilari va xizmatchilarining, qoʻriqlanadigan shaxsning hayotiga hamda sogʻligʻiga haqiqiy xavf tugʻdirsa va idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchisi va xizmatchisining qonuniy talablariga qaramasdan toʻxtashni rad etsa, ushbu transport vositasini unga shikast yetkazish yoʻli bilan toʻxtatishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonning hayotiga va sogʻligʻiga tahdid solayotgan hayvonni zararsizlantirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat qurolini qoʻllash niyati toʻgʻrisida ogohlantirish sifatida oʻq otishda, yuqoriga qarata yoki boshqa xavfsiz yoʻnalishda oʻq otish orqali xavf-xatar signalini berishda yoki yordamga chaqirishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchisi va xizmatchisi xizmat qurolini qoʻllashdan oldin ogohlantirishi shart, bundan ularning oʻz hayotiga yoki fuqarolarning hayotiga bevosita xavf tahdid solayotgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan xizmat qurolini qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchisi va xizmatchisining hayotiga va sogʻligʻiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xizmat quroli qoʻllanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi mumkin boʻlsa, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalarining ishchilari va xizmatchilari koʻp fuqarolar toʻplanganda uni qoʻllash huquqiga ega emas, bundan terrorchilik harakatining oldini olish, garovdagilarni ozod qilish, qurolli hujumni qaytarish hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar tomonidan xizmat (qoʻriqchi) itlaridan foydalanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat (qoʻriqchi) itlaridan foydalanishi mumkin. Xizmat (qoʻriqchi) itlari xizmatda foydalanishga yaroqli deb topilgan boʻlishi va ularning veterinar pasporti boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchilari va xizmatchilari qoʻriqlanadigan hududni xizmat (qoʻriqchi) iti bilan aylanib chiqishi vaqtida xizmat (qoʻriqchi) iti tasmada va tumshuqbogʻda boʻlishi kerak. Jamoat joylarida va odamlar gavjum boʻlgan joylarda maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazilmagan xizmat (qoʻriqchi) itlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlar boʻlmagan vaqtda yopiq hududda xizmat (qoʻriqchi) itlaridan qoʻriqlash boʻlinmasi xodimining nazorati ostida tasmasiz foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 15-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-778-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/778/0525-son; 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son; 20.05.2026-y., 03/26/1146/0514-son)