Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qarori)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 9-iyun,
320-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 320-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 733-son qarorida:
a) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “asosiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“urugʻliklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, gʻoʻza, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va oziqa ekinlarini ularning turlari hamda navlari boʻyicha joylashtirish;
urugʻliklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlardagi qishloq xoʻjaligi subyektlarining yagona elektron tizimini yaratish. Bunda subyekt nomi, ekin turi, navi va avlodi, urugʻlik maydoniga berilgan mineral oʻgʻitlar turi va miqdori, ishlatilgan kimyoviy vositalar nomi va meʼyori, aprobatsiya komissiyasining navdorlik boʻyicha xulosasi, yetishtirilgan hosil toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish;
urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarda vegetatsiya davrida paxta va boshoqli don maydonlarida kamida uch marta, boshqa urugʻlik maydonlarida kamida ikki marta, urugʻliklarni saqlash va qayta ishlash jarayonlarida doimiy monitoring yuritish, ularga amaliy yordam koʻrsatish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi ekinlari turi va navidan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ekish, parvarishlash va hosilni yigʻib olish boʻyicha tavsiya, qoʻllanma, normativ hujjatlarni tayyorlash va urugʻchilik subyektlariga yetkazish;
urugʻchilik subyektlarida yetishtirilgan paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va oziqa ekinlari urugʻliklarini xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlash va qadoqlash hamda ichki va tashqi bozorga “Uzbek seeds” milliy brendi asosida sotishni tashkil etish”;
b) 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“urugʻliklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarining elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik materiallarini yetishtirish huquqi urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar oʻrtasida tanlov oʻtkazish orqali beriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 4-martdagi 121-son qaroriga 8-ilovaning “Kutilayotgan minimal xarid narxlariga qoʻllaniladigan ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyent” ustunidagi “1,15” raqami “1,01” raqami bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)
2-banddagi “urugʻlik paxta xom ashyosi va boshoqli don” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/320/0505-son; 19.03.2025-y., 09/25/166/0257-son)