Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 28-may,
SQ-548-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 28-maydagi SQ-548-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-maydagi “Xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonliklarga oid masalalar haqida”gi KQ-345-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi KQ-346-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 20-maydagi “Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2122-IV/KQ-347-IV-sonli Qoʻshma qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 20-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mahalliy Kengashlar bilan hamkorligini kuchaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2123-IV/KQ-348-IV-sonli Qoʻshma qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-maydagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga taʼsiri yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisida”gi KQ-350-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-maydagi “A.A. Fayzullayevni Oʻzbekiston Respublikasining Vengriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-351-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 23-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflarni olish, umumlashtirish hamda ularga javob qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2128-IV/KQ-352-IV-sonli Qoʻshma qarori.