05.05.2022 yildagi KQ-345-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonliklarga oid masalalar haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari himoyasini kuchaytirish, aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida kelgusi besh yildagi barcha islohotlarimiz aholiga munosib turmush sharoitini yaratishga qaratilganligi mazkur islohotlarning mantiqiy davomi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻrlik ishlatish, ularning huquqlarini kamsitish holatlari hamon uchramoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqqan holda ularni takomillashtirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan xotin-qizlar va bolalarga nisbatan ishlatilgan zoʻravonlik holatlariga qarshi murosasiz kurashish, shuningdek, ular kelgusida sodir etilishining oldini olish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda xalqaro tajribani oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar orasida sodir etilayotgan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining kelib chiqish sabablarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikni takomillashtirish maqsadida amaliyotchi olimlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining takliflarini oʻrganish hamda umumlashtirilgan tahliliy xulosa tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlashni takomillashtirish maqsadida tegishli takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishchi guruh (Sh. Choʻlliyev) mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha 2022-yilning 5-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Ishchi guruh faoliyatiga koʻmaklashish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Yuridik boshqarmasi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Senat Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Kengashining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-345-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-maydagi KQ-345-IV-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Choʻlliyev Shuxrat Askarovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

Parpiyev Mahmud Mamatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

Ishchi guruh aʼzolari

3.

Yunusova Aliya Tuygunovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani)

4.

Nurmatov Zafarbek Abduvaxobovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

5.

Safarov Toxir Baxadirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori

6.

Ermatov Doniyor Saidqulovich

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bolalar huquqlarini himoya qilish shuʼbasi mudiri

7.

Xudoyorov Uchqun Tilavovich

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar masalalari shuʼbasi mudiri

8.

Karimov Sherzod Abdurasulovich

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim shuʼbasi mudiri

9.

Xalikov Firdavs Davronqulovich

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi

10.

Karimov Sardorbek Ravshanbekovich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi

11.

Abdullayeva Umida Hazratovna

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi oʻrinbosari — xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar boshqarmasi boshligʻi

12.

Sultanova Madina Maxkamovna

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi

13.

Raxmanov Dmitriy Qalandarovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti boʻlim boshligʻi

14.

Nazarov Utkir Erkinovich

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshligʻi

15.

Davletova Nozimaxon Eldarovna

“Mass-media” fondi direktori

16.

Shirinova Mavlyudaxon Rasulovna

“SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori

17.

Kabulova Dilovar Nasimovna

Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi direktori

18.

Karimova Nodira Erkinovna

Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi raisi

19.

Kamalova Nazifa Mirzaliyevna

“ISTIQLOL AVLODI” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi rahbari

20.

Rashidova Shirin Afzalovna

“Nihol” tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish markazi rahbari

21.

Kuralova Dilfuza Murodullayevna

Huquqshunos, mustaqil ekspert

22.

Sanaqulova Barnogul

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor

23.

Axayeva Safinas Vaafovna

“YUNISEF”ning Oʻzbekistondagi bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha ma�lahatchisi

24.

Axmedov Mirjalol Axmedovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga lavozimlariga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-maydagi KQ-345-IV-sonli Qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Bajarish muddati

Masʼullar

1.

Ishchi guruhning dastlabki yigʻilishini oʻtkazish.

2022-yil 11-may

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi

2.

Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish.

2022-yil 17-may

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

3.

Xalqaro tajribani oʻrganish.

2022-yil 20-may

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

4.

Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining buzilganligi, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan uyatsiz-buzuq harakatlar va qoʻllanilgan javobgarlik choralari toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish.

2022-yil 23-may

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

5.

Respublika hududlarida xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar orasida sodir etilayotgan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining kelib chiqish sabablarini oʻrganish.

2022-yil 10-iyun

Ishchi guruh aʼzolari

6.

Oʻrganish natijalari yuzasidan amaliyotdagi mavjud muammolar, qonunchilikdagi boʻshliqlar va ularni bartaraf qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2022-yil 15-iyun

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolar i va parlament tadqiqotlari instituti

7.

Qonunchilikni takomillashtirish maqsadida amaliyotchilar, ekspertlar, olimlar va mutaxassislar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining takliflarini oʻrganish.

2022-yil 25-iyun

Ishchi guruh aʼzolari

8.

Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish boʻyicha umumlashtirilgan tahliliy xulosa tayyorlash.

2022-yil 30-iyun

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

9.

Qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda loyiha yuzasidan tushuntirish xati, taqqoslama jadval va boshqa materiallarni tayyorlash.

2022-yil 1-iyul