Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2024 06.06.2022 yildagi PQ-269-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PQ-197-sonli “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha yuqori malakali hamda zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirgan trener, hakam, seleksioner va boshqa mutaxassislarni tayyorlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5279-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ta’lim tizimini tamomlagan bitiruvchilar uchun o‘qish davomiyligi uch yil hisoblanadigan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan yoshlarni ularning sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’limning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini joriy qilgan holda va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, jumladan Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi hamda O‘zbekiston sport ustasi, shuningdek, O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda o‘quv mashg‘ulotlarining innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning kasbiy moyilligi, mahorati va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash, bu borada sport zaxirasi va milliy terma jamoalar tarkibini shakllantirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport sohasiga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli bitiruvchi sportchilarni chet el sport va ilmiy-tadqiqot muassasalariga o‘qishga yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi hamda ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda o‘quv jarayoni 2023/2024 o‘quv yilidan boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga talabalarni qabul qilish Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari (qoida tariqasida a’lo va yaxshi baholarga ega bo‘lgan iqtidorli o‘quvchi-sportchilar orasidan) asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga talabalarni qabul qilish shaffof va ochiq tanlov asosida o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari davlat buyurtmasi sifatida har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib, hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasida shakllangan Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari asosida shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut bitiruvchilariga tanlangan sport turi bo‘yicha “trener” va “trener-seleksioner” mutaxassisliklari beriladi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 07/22/414/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut talabalarini yashash uchun jihozlar, sutkalik oziq-ovqat normasi bilan ta’minlashda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarining normativlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimiga kiradi;
(3-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijador sportchilarni tayyorlaganligi uchun Institut rahbar, trener va tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarining rahbar, trener va tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyati bo‘yicha va shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini mustaqil me’yorlashtirish, shuningdek, trenerlar va pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini, “ustoz-shogird” an’analari joriy qilinishini rag‘batlantirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) 2023/2024 o‘quv yiliga qadar:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tuzilmasini oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning bo‘limlari, fakultetlari va kafedralari shakllantirilishini, uning ta’lim tizimi va jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilimlarga, shuningdek, amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislar, jumladan xorijiy mutaxassislar bilan to‘ldirilishini, o‘qituvchilar, trenerlar va mutaxassislarning professional ko‘nikmalari va bilim darajalarini uzluksiz oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik materiallar va qo‘llanmalar ishlab chiqilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida tayyorlanadigan kasblar (mutaxassisliklar)ning malaka talabi va o‘quv rejalarini professional standartlar asosida takomillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoshlar siyosati va sport vazirligi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut talabalarining sport tayyorgarlik mashg‘ulotlarini yuqori darajada tashkil etish maqsadida sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar bosh trenerlarini Institutning o‘quv-mashq jarayonlariga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut talabalarini sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq yil davomida uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga jalb etish hamda xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Institut tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-resurs markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot bo‘limi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi:
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023/2024 o‘quv yiliga qadar Axborot-resurs markazining mahalliy hamda xorijiy o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023/2024 o‘quv yiliga qadar Institutning tibbiyot bo‘limini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning musobaqalarga tayyorgarlik va musobaqalar davrida katta jismoniy yuklama ostida harakat qiladigan sportchi-talabalarini tezkorlik bilan tiklab olish uchun farmakologik ko‘mak berish maqsadida 2023-yildan boshlab har yili dekabr oyiga qadar zarur dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha Moliya vazirligiga asoslantirilgan hisob-kitoblarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Institutni Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17a-uy manzili bo‘yicha joylashtirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Institut faoliyatini saqlash bilan bog‘liq zarur mablag‘larning 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari D.Sh. Raximova va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-269-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-269-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun mas’ullar

1.

Oliy sport mahorati instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut)da tayyorlanadigan kasblar va lavozimlar bo‘yicha ishlab chiqilgan kasb standartlari asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil noyabr

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2. Mavjud kasb standartlarini qayta o‘rganib chiqish hamda zaruratga ko‘ra qayta tasdiqlash.

2022-yil dekabr

3. Tasdiqlangan kasb standartlari asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini tasdiqlash.

2023-yil avgust

2.

Institutda mahorat darslari va maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning malakali olimlari hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini taklif etish.

1. Tajriba almashish maqsadida xorijiy yetakchi turdosh oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislarining mahorat darslarini tashkil etish.

2. Konferensiya va ilmiy seminarlarga hamda ilmiy ishlar muhokamalariga malakali olimlar hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini taklif etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
,

Tashqi ishlar vazirligi

3.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro tajriba almashinuv amaliyotini kengaytirish.

Professor-o‘qituvchilar va trenerlarni xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalariga stajirovkaga yuborish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

4.

Institutning Axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish.

1. Axborot-resurs markazini malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

2. Axborot-resurs markazini o‘quv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan ularning elektron variantlari), maxsus davriy nashrlar bilan ta’minlash.

3. Axborot-resurs markazini mebel, inventar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash.

4. Talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun masofaviy elektron ta’lim platformasini tashkil etish hamda elektron axborot resurs manbalari (taqdimotlar, tarqatma materiallar, ma’ruza matnlari, video va audio darslar) bilan boyitib borish.

2023-yil avgust

Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

5.

Institutni sport turlari bo‘yicha zamonaviy texnik vositalar va maxsus laboratoriya uskunalari (anjomlari) bilan jihozlash.

1. Institutda tashkil etiladigan laboratoriyalar hamda ular uchun zarur bo‘lgan jihozlar ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil mart

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish agentligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Laboratoriyalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash.

2023-yil avgust

6.

Institutning ta’lim va boshqaruv jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Institut binolarini optik tolali simlar bilan jihozlash va yagona tarmoq boshqaruvini yaratish.

2. Institut binolari, shu jumladan Axborot-resurs markazida Wi-Fi hududlar tashkil etish, Internet tarmog‘idan keng foydalanish imkonini yaratish.

2023-yil iyul

Ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

Institutining shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish.

Institutning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil avgust

-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/269/0479-son; 04.11.2022-y., 07/22/414/0996-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)