O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan yangi tizimini joriy qilish, kuchli olimpiya zaxirasini yaratish orqali sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi hamda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Olimpiya zaxiralari kollejlari negizida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos ta’lim muassasasi shaklidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
2. Belgilansinki, 2022/2023 o‘quv yilidan (2022-yil 1-sentabrdan) boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari kontingenti faqat olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha shakllantiriladi (bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari mustasno);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining tegishli paralimpiya sport turlari bo‘limlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun 10 foizgacha qo‘shimcha kvotalar ajratiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida ta’lim jarayoni umumiy o‘rta ta’lim hamda o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarida amalga oshiriladi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qabul kvotalari har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib shakllantiriladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari mavjud moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib hududlarda rivojlangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari o‘quvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi bekor qilinadi hamda o‘quvchilar to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanadi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari direktorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari va jamoatchilik vakillariga ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan har yil yakuni bo‘yicha hisobot beradi va uning natijasiga ko‘ra ular faoliyatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan baho berib boriladi. Baho natijalari kollejlar direktorlarini rag‘batlantirish (shu jumladan lavozimini ko‘tarish) yoki ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish (shu jumladan lavozimidan ozod qilish) uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga joylardan iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashga (seleksiya) yaqindan ko‘maklashadi, ushbu ishlarni amalga oshirish uchun boshqa sport-ta’lim muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatiladi;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, olimpiya sport turlari bo‘yicha sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hududlarda seleksioner lavozimini joriy etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sport vazirligi (A. Ikramov):
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda uch oy muddatda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga qabul parametrlarini tegishli hududlardagi aholi, sport bilan shug‘ullanuvchilar, sport-ta’lim muassasalari soni va boshqa muhim ko‘rsatkichlardan kelib chiqib oshirish orqali shakllantirish, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida olimpiya va paralimpiya sport turlarini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
ikki oy muddatda olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida ajratilgan mablag‘lar doirasida xo‘jalik xizmatlarini autsorsing asosida amalga oshirishni yo‘lga qo‘ysin;
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi noolimpiya sport turlari bo‘yicha yo‘nalishlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu kollejlarni to‘liq tamomlagunga qadar o‘qitilishini ta’minlasin.
(2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (A. Aripov) mazkur qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyunga qadar olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlasin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2022-yildan boshlab tuman (shahar)da olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazishni moliyalashtirish uchun 110 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi (respublika budjetidan — 55 milliard so‘m, mahalliy budjetlardan — 55 milliard so‘m) hamda ushbu maqsadlar uchun har yili har bir tuman (shahar)ga 300 million so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha beriladi. Bunda, ushbu mablag‘larning ajratilganligi va uning xarajatlari “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib boriladi;
har bir mahalla, umumiy o‘rta ta’lim maktabi, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasasida jamoaviy sport turlari (basketbol, voleybol, gandbol, futbol va boshqalar) bo‘yicha jamoalar tuziladi. Bunda, mahalladagi jamoalarga — sport-ta’lim muassasalari trenerlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalaridagi jamoalarga — jismoniy tarbiya o‘qituvchilari mas’ul etib belgilanadi;
oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlarining 3-4-kurslarida tahsil olayotgan talabalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, sport-ta’lim muassasalarida trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi hamda ularga o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogning bazaviy tarif stavkalari bo‘yicha har oyda ish haqi to‘lab boriladi;
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchi, trenerlar va boshqa mutaxassislarga, shu jumladan xorijiy sport mutaxassislariga Davlat budjetidan to‘lanadigan oylik ish haqlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan mezonlar asosida to‘lab beriladi.
4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq respublikada xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster, O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvonlari, shuningdek, O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod, birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, o‘smirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari belgilangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida 2022-yil 1-yanvardan boshlab unvonli va razryadli sportchilarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Belgilansinki:
davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimi sport-ta’lim muassasalarining o‘quv yili boshidan boshlab rejali ishlashini tashkil etish, ular rahbariyati va trenerlar tarkibining mas’uliyatini oshirish, sport obyektlari va inshootlaridan samarali foydalanish, budjet mablag‘larini to‘g‘ri ishlatish maqsadida joriy qilinadi;
davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimi sport-ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, trenerlarning sifat tarkibi, shug‘ullanuvchilarning soni va boshqa muhim ko‘rsatkichlardan kelib chiqib shakllantiriladi;
davlat buyurtmasi asosida unvonli va razryadli sportchilar sport turlari reyestriga kiritilgan hamda yagona sport tasnifi mavjud bo‘lgan sport turlari bo‘yicha tayyorlanadi;
sport unvonlari va razryadlari sportchilarga umrbod beriladi;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritish uchun saralash musobaqalari, jahon chempionatlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun nomzodlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkiblari birinchi navbatda unvonli va razryadli sportchilar orasidan tanlab olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sport vazirligi (A. Ikramov):
(4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son))
har yili tegishincha 1-avgust va 1-yanvarga qadar sport-ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlanadigan unvonli va razryadli sportchilarning davlat buyurtmasini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sport turlaridan kelib chiqib sport turlari reyestrini qayta tasdiqlasin.
5. Belgilansinki, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari hamda olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlariga o‘quvchilarni qabul qilishda ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi bo‘yicha sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirganligi muhim mezon hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatiga sportga keng jalb qilingan bolalar va o‘smirlar, davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan unvonli va razryadli sportchilar, respublika va xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qabul qilingan o‘quvchilar soniga qarab baho beriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyatiga davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan unvonli va razryadli sportchilar, sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan sportchilar, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo, O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari) g‘oliblari va sovrindorlari soniga qarab baho beriladi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari rahbarlarining sport bo‘yicha o‘rinbosarlari va trenerlari har yarim yilda kamida bir marta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga bevosita tashrif buyurib, iqtidorli yoshlarni tegishli sport-ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha seleksiya ishlarini amalga oshiradi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oxirgi to‘rt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichining maxsus sport fanlarini muvaffaqiyatli (a’lo bahoda) tamomlagan bitiruvchilar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallariga hamda oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichga yakka tartibdagi suhbat orqali davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida 3-4-kurslarda tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti ularning yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ustuvor ravishda davlat sport-ta’lim muassasalarida tashkil etiladi;
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallari bitiruvchilariga yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan tuman (shahar)da joylashgan davlat sport-ta’lim muassasalarida 4 yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17a-uy manzili bo‘yicha uch yillik “spetsialitet” dasturni amalga oshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti tashkil qilinsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, Oliy sport mahorati institutiga faqat olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarini bitirib olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bo‘lgan yoshlarning sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Turizm va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov):
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
uch oy muddatda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini tubdan qayta ko‘rib chiqib, yangi takomillashtirilgan tizimni joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda tuman (shahar) markazlarida joylashgan sport-ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish evaziga 2022 — 2025-yillarda ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarning budjetdan tashqari tushadigan tushumlari hisobiga qoplanadigan ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish bo‘yicha reja-jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2022-yil 1-martga qadar barcha davlat sport-ta’lim muassasalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda trenerlarini attestatsiyadan o‘tkazsin hamda uning natijasi asosida chuqur bilim, tajriba va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-iyulga qadar Moliya vazirligi bilan birgalikda sport-ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqib, yangi takomillashtirilgan tizimni joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
8. Belgilansinki, 2022-yil 1-avgustdan boshlab hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasi (keyingi o‘rinlarda — Platforma) orqali amalga oshiriladi.
Bunda:
Platforma Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT-park direksiyasi rezidentlari bilan birgalikda ishlab chiqiladi va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlanadi;
Platformani ishlab chiqish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston sport delegatsiyasining 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan yozgi XXXII Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirok etishi xarajatlari smetasi doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
Platforma o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari)ning barcha bosqichlari bilan bog‘liq hujjatlarni raqamlashtirish, barcha sport-ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish, Davlat budjetidan sport sohasi, shuningdek, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablag‘lar taqsimlanishi va ishlatilishining to‘liq nazoratini amalga oshirish, ular bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish, sport-ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarini nazorat qilish va ishlatilishi shaffofligini ta’minlaydi;
Platforma sport sinovlarining platformasi (www.jtdss.uz) bilan integratsiya qilinadi;
sportchi yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maqsadida Platformada videoxosting joylashtiriladi;
Platformada joylashtirilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar sport sohasining malakali mutaxassislari xulosalariga asosan tanlab olinadi, eng yaxshi qisqa metrajli videorolikni joylashtirgan shaxslar Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Platformani ishlab chiqish va unga xizmat ko‘rsatish hamda keyinchalik modernizatsiyalash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalari Yoshlar siyosati va sport vazirligiga yuklatiladi.
(8-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi mazkur banddagi vazifalarni to‘liq amalga oshirsin hamda Platformaning 2022-yil 1-iyulga qadar ishga tushirilishini ta’minlasin.
(8-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra sport turlari bo‘yicha:
a) O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari):
1-bosqich — mahalla (muassasa) miqyosida;
2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;
3-bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida;
4-bosqich — respublika miqyosida amalga oshiriladi;
b) O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari)ning final bosqichlarida faqat mazkur musobaqalarning quyi bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va tegishli hujjatlarni Platformaga joylashtirgan jamoalar (yakka sportchilar) ishtirok etadi. Bunda, ushbu talablarga rioya qilinmasa jamoalar (yakka sportchilar) ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
v) O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari) bilan ketma-ketlikda mavjud paralimpiya sport turlari bo‘yicha ham shu tartibda musobaqalar o‘tkaziladi.
10. Sport-ta’lim muassasalariga yosh o‘quvchi-sportchilar bilan ishlash tajribasiga ega va faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xorijiy mutaxassislar (trener, o‘qituvchi va boshqalar)ni jalb qilishning quyidagi tizimi joriy qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Sport vazirligi sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har bir olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida kamida bitta sport turidan xorijiy mutaxassis (trener va o‘qituvchilar)ni jalb qiladi va xorijiy mutaxassis ishtirokida mahalliy sportchilarni tayyorlash metodikasi takomillashtiriladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sport vazirligi sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarga 3 — 5 nafar malakali mahalliy mutaxassislar hamda talabalarni biriktirgan holda tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi hamda trenerlar “Oltin fondi” yaratiladi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy hamda mahalliy mutaxassislar va o‘quvchi-sportchilar ishtirokida Sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq mahorat saboqlari, seminar, konferensiya va davra suhbatlari o‘tkaziladi;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning bosh (katta) trenerlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shu jumladan xorijiy sport mutaxassislarini ishga qabul qilish Sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi ishlar vazirligi Sport vazirligi buyurtmanomalariga ko‘ra olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va boshqa sport-ta’lim muassasalariga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar vazirligi Sport vazirligi buyurtmanomalariga ko‘ra olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va boshqa sport-ta’lim muassasalariga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va ko‘p martalik vizalar muddati uzaytirilishini hamda ular O‘zbekiston Respublikasida yashash joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinishi va muddati uzaytirilishini ta’minlaydi.
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ajratilgan mablag‘lar doirasida:
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid brifinglar, press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin;
Kinematografiya agentligi bilan birgalikda yoshlarning sportga kirib kelishidan boshlab ularning yuqori natijalarga erishish yo‘li, nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va bugungi kundagi hayoti to‘g‘risida qisqa metrajli badiiy va hujjatli filmlar, videoroliklar, maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston chempionati (kubogi), mamlakatimizda o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro musobaqalar (turnirlar)ning ular o‘tkazilishidan kamida ikki oy oldin tasdiqlangan media-reja asosida ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot qilinishini amaliyotga joriy etsin.
12. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.O. Kasimov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-noyabr,
PQ-5279-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2021-y., 07/21/5279/1032-son, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)