1-ILOVA
Taʼlim yoʻnalishi boʻyicha eng yuqori oʻrinni egallagan abituriyentlar (talabalar) guruhi (ballar ketma-ketligida) | Davlat granti kvotasi (har bir taʼlim yoʻnalishi boʻyicha umumiy kvotaga nisbatan) | Bir nafar abituriyent (talaba) uchun moliyalashtiriladigan davlat granti (foiz hisobida) |
1-guruh | 10 foiz | 100 |
2-guruh | 10 foiz | 70 |
3-guruh | 15 foiz | 50 |
ILOVA
|
|
Tadbirlar |
|
Bajarish muddatlari | |
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
|
Grant talabgori (xalqaro darajadagi tegishli dasturlar diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilari, Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika olimpiadalari gʻoliblari, taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi miqdorida ajratilgan kvota boʻyicha oʻqishga qabul qilingan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari, Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari) boʻlgan abituriyent tomonidan Universitetga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibda onlayn platforma orqali ariza bilan birga hujjatlarni taqdim etish jarayonida mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan davlat granti talabgorlari toifasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalarini ilova qilish. |
Universitetga qabul qilish boʻyicha belgilangan muddatlarda | |
|
2-bosqich |
Grant talabgorlari roʻyxatini har oʻquv yili boshlanishining birinchi besh ish kuni mobaynida Universitet rektorining buyrugʻiga asosan tasdiqlash. |
Har oʻquv semestri boshlanishining birinchi 5 ish kuni mobaynida | ||
|
3-bosqich |
Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Universitet va stipendiatlar oʻrtasida belgilangan tartibda davlat grantini taqdim etish, qaytarish hamda ishlab berish shartlarini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomani rasmiylashtirish. |
Har oʻquv semestri boshlanishining birinchi 10 ish kuni mobaynida | ||
|
4-bosqich |
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq Universitetning bank hisobvaragʻiga tegishli mablagʻlarni moliyalashtirib berish. |
Har bir oʻquv semestri boshlanishining birinchi 15 ish kuni mobaynida | ||
|
5-bosqich |
Davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilarning oʻqishni tamomlagandan soʻng Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha toʻliq bandlik rejimida ishlab berishi. |
Oʻqishni tamomlagandan keyin besh yil davomida | ||
2-ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari | ||
|
1-bosqich |
Prezident maktablari bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (oʻqishga qabul qilingani toʻgʻrisida maʼlumotnoma va toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma ilova qilingan arizani belgilangan tartibda Prezident taʼlim muassasalari agentligiga topshirish. |
Oʻquv yilining 15-dekabriga qadar | ||
|
2-bosqich |
Talabaning oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan koʻrib chiqilishi. |
3 ish kuni ichida | ||
|
3-bosqich |
Prezident taʼlim muassasalari agentligi, oliy taʼlim tashkiloti va talabgor oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzish. |
2 ish kuni ichida | ||
|
4-bosqich |
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan oliy taʼlim tashkilotining bank hisobvaragʻiga belgilangan subsidiya summasi oʻtkazilishi |
5 ish kuni ichida | ||
|
5-bosqich |
Oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun toʻlov-kontrakt miqdori uch tomonlama shartnoma tuzilgunga qadar talabgorlar tomonidan toʻliq toʻlanganda hamda oʻquv yilining 15-dekabridan kech boʻlmagan muddatda talabgorlar tomonidan subsidiya ajratish uchun murojaat qilinganda, subsidiya summasini Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan talabgorlarning shaxsiy bank kartasiga oʻtkazish. |
10 ish kuni ichida | ||
|
6-bosqich |
Subsidiya beriladigan bitiruvchilarning oʻqishni tamomlagandan soʻng Agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi boʻyicha mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar respublikada faoliyat yurituvchi tashkilotlarda besh yilgacha toʻliq bandlik rejimida ishlab berishi. |
Oʻqishni tamomlagandan keyin besh yil davomida | ||