14.05.2022 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.05.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada koʻrib chiqishga tayyorlash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarda jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishga tayyorlash va dastlabki eshituv oʻtkazish tartibi boʻyicha masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda jinoyat-protsessual qonuni bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishga tayyorlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 49 va 491-boblarida nazarda tutilgan talablarga qatʼiy rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. JPK 396-moddasiga muvofiq, jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida sudya har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishning sud majlisida koʻrilishi uchun asoslar yetarlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish chogʻida JPK talablariga rioya qilinganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zarar qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi JPK talablariga muvofiq tuzilganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar bormi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya, shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan jinoyat ishi xolisona, oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilinishini taʼminlash maqsadida ushbu masalalar boʻyicha qonunda nazarda tutilgan protsessual qarorlar qabul qilinishi va harakatlar bajarilishiga zarurat bor-yoʻqligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudya JPK 395-moddasining birinchi qismiga koʻra, jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayyorlash chogʻida qonunning ushbu normasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini yoki ishni dastlabki tergovda yoʻl qoʻyilgan texnik yoʻsindagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tushuntirilsinki, jinoyat ishini sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etgan holda boshqa sudga oʻtkazayotganda, sud zarurat boʻlganda, ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi masalani JPK 395-moddasiga muvofiq, chiqariladigan ajrimda hal etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi sudlovga tegishliligi boʻyicha yuborilganda, JPK 396-moddasi birinchi qismining 2, 3, 5 — 7-bandlarida koʻrsatilgan masalalar sud tomonidan hal etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash chogʻida sudya JPK 396-moddasining 4-bandiga amal qilgan holda, ish boʻyicha arz qilingan iltimosnomalar bor-yoʻqligini aniqlashi lozim. Bunda faqat asoslangan, tekshirishni talab etmaydigan (masalan, ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi, sudga qoʻshimcha guvohlarni chaqirish toʻgʻrisidagi, hujjatlar talab qilib olish toʻgʻrisidagi, xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi va hokazo) iltimosnomalar qanoatlantirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning har bir arz qilingan iltimosnoma boʻyicha qarori ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishni sud majlisida koʻrib chiqish uchun asos yetarliligi toʻgʻrisidagi masalani JPK 396-moddasining 2-bandiga muvofiq, hal qilish chogʻida, sudya JPK 82-moddasida nazarda tutilgan talablardan kelib chiqishi lozim. Ularga koʻra, surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan ish boʻyicha quyidagilar aniqlangan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat obyekti, jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, usul, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida koʻrsatib oʻtilgan boshqa holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qilmish va kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibatlar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat toʻgʻri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sabablari va maqsadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan ushbu talablardan birortasi bajarilmagan taqdirda, ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudya JPK 396-moddasining 3-bandiga muvofiq, surishtiruv va dastlabki tergovni yuritish chogʻida jinoyat ishini qoʻzgʻatish va yuritish asoslari hamda tartibini belgilovchi JPK talablariga rioya etilganligini aniqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligi (masalan, boshqa shaxsga nisbatan yangi ayblov boʻyicha ajratilgan materiallar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatmasdan surishtiruv yoki dastlabki tergov oʻtkazilganligi), sud tomonidan sud muhokamasi chogʻida bartaraf etib boʻlmaydigan boshqa qoidabuzarliklar (masalan, JPK 76-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra rad etilishi lozim boʻlgan surishtiruvchi, tergovchi tomonidan protsessual harakatlar amalga oshirilganligi, surishtiruv yoki tergov guruhiga kiritilmagan shaxs tomonidan surishtiruv yoki dastlabki tergov amalga oshirilganligi va hokazo), shuningdek, JPK 40512-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni sudda muhokama qilish uchun tayinlash chogʻida aniqlanishi lozim boʻlgan muhim holatlardan biri ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganligi toʻgʻrisidagi masala hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasi oʻzgartirilganda sudyaning ajrimida bunday qaror qabul qilish zaruratini tasdiqlovchi dalillar va vajlar keltirilgan asoslar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud oʻzgartirilganda qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak (uy qamogʻi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. JPK 396-moddasining 5-bandi va 398-moddasiga muvofiq, sudya jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zarar qoplanishini taʼminlaydigan choralarni koʻrishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi materiallarida yoki taraf taqdim etgan materiallarda ayblanuvchida xatlab qoʻyilishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlari, qimmatliklar yoki boshqa mol-mulk mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻqligi daʼvoni taʼminlash choralari bevosita sud tomonidan qoʻllanilishi imkoniyatini istisno etsa, sudya ajrim bilan zarur choralar koʻrish majburiyatini surishtiruvchi yoki tergovchiga yuklaydi. Bunday hollarda sudning ajrimini ijro etish muddati, JPK 405-moddasining birinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, oʻn sutkadan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jinoyat ishini JPK 4011-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda, surishtiruv yoki dastlabki tergov jarayonida yoʻl qoʻyilgan texnik yoʻsindagi kamchiliklar deganda, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi, shuningdek, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolar, harfiy xatolar va arifmetik xatolar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishni JPK 403-moddasiga muvofiq, sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha sudya koʻrishi lozim boʻlgan boshqa choralarga, shuningdek, qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan shaxslar sudga olib kelinishini taʼminlash, ishda ishtirok etishga tarjimonni jalb etish, xavfsizlik choralarini taʼminlash, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ish sud muhokamasiga tayinlangandan soʻng sudya JPK 402-moddasida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning, shuningdek, ishga yangidan kirishgan himoyachining, jabrlanuvchi vakilining iltimosi boʻyicha, ularga ish bilan tanishish uchun ish materiallari hajmini hisobga olib, oqilona muddat belgilagan holda, imkoniyat yaratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish materiallari bilan tanishib chiqqanlik toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxsdan tilxat olinib, u ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sud JPK 4053-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, ish boʻyicha taraflarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tushuntirilsinki, JPK 395 va 40511-moddalari mazmuniga koʻra, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchi tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining koʻchirma nusxasi olingan kundan eʼtiboran uch sutka ichida berilishi mumkin. Bunday huquqi borligi toʻgʻrisida ayblanuvchiga prokuror tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining koʻchirma nusxasi topshirilayotgan paytda tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining koʻchirma nusxasi ayblanuvchi tomonidan olingan kundan eʼtiboran uch sutka oʻtgandan soʻng berilgan dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani, basharti iltimosnoma berish muddati oʻtkazib yuborilishi sabablari uzrli emas deb topilsa, rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi sud muhokamasiga tayinlangandan soʻng dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisida berilgan iltimosnoma ham rad etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv JPK 4056-moddasida belgilangan tartibda oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki eshituv sudya tomonidan dastlabki eshituv tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan paytdan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi va uning davomiyligi oʻn sutkadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, dastlabki eshituv oʻtkazish muddatlarini uzaytirish qonunda nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. JPK 4057 va 410-moddalariga muvofiq, sudya quyidagi hollarda jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchi yashiringan boʻlsa va uning turgan joyi maʼlum boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchi ogʻir va davomli kasallikka chalingan boʻlib, bu holat uning sud majlisida ishtirok etishiga toʻsqinlik qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi yashiringan boʻlib, uning turgan joyi maʼlum boʻlmasa, sudya ish yuritishni toʻxtatib turish bilan bir vaqtda unga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ayblanuvchiga nisbatan qidiruv eʼlon qilinganligi munosabati bilan yuritilishi toʻxtatilgan jinoyat ishi sud ajrimini ijro etish uchun ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritishni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan soʻng jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish qayta tiklanadi va bu haqda sudya ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlarga tushuntirilsinki, bir necha ayblanuvchidan faqat bittasiga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatish uchun asoslar mavjud boʻlganda, boshqalariga nisbatan jinoyat ishi muhokamasi davom ettiriladi. Bu qoida sud tomonidan ish yuritish toʻxtatib turilgan ayblanuvchi ishtirokisiz ishni koʻrib chiqish imkoniyati yoʻq deb topilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 83-moddasida, 84-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan ish yuritishni istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlganda, sudya ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisidagi masalani hal etish chogʻida ishni toʻliq yoki qisman yoxud ayrim ayblanuvchilarga nisbatan tugatishi, shuningdek, ayblovning ayrim epizodlarini chiqarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan yoki amnistiya toʻgʻrisidagi akt asosida ishni tugatish masalasini hal etish chogʻida shuni nazarda tutish lozimki, mazkur asoslar boʻyicha ishni tugatish, faqat ish materiallarida yoki taraf taqdim etgan materiallarda ayblanuvchi bunga roziligi mavjud boʻlganda, mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, sudya ishni tugatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni tugatish chogʻida sud qoʻllanilgan ehtiyot choralarini, fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qiladi hamda ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi masalani hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shuni nazarda tutish lozimki, dastlabki eshituv chogʻida jinoyat ishini sud tomonidan mazmunan koʻrib chiqish va qonuniy, asoslangan, adolatli qaror qabul qilish uchun toʻsqinlik qiladigan protsessual qonunning jiddiy buzilishi aniqlanganda, ish JPK 40512-moddasiga muvofiq, prokurorga yuboriladi. Bunday kamchiliklarga, xususan, quyidagi hollar kiradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi JPK talablari buzilgan holda tuzilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan birga sudga yuborilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tuzish zarurati boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlarini birlashtirish uchun JPK 332-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchi jinoyat ishi materiallari bilan tanishayotganda unga JPK 375 va 38113-moddalarida nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblov dalolatnomasida yoki ayblov xulosasida, jinoyat ishini tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorda bayon etilgan haqiqiy holatlar ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida kvalifikatsiya qilish uchun asoslar mavjudligidan dalolat bersa yoki bunday holatlar mavjudligi dastlabki eshituv jarayonida aniqlangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jinoyat ishini JPK 40512-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra prokurorga yuborishda sudya oʻz ajrimida ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflash uchun asos boʻlgan holatlarni koʻrsatishi shart. Ayni paytda, sudya ajrimda quyidagilarni koʻrsatishga haqli emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatni yoki ijtimoiy xavfli qilmishni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining muayyan qaysi moddasi bilan kvalifikatsiya qilish lozimligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalillarni baholash va ayblanuvchining aybdorligi toʻgʻrisida xulosa qilishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya jinoyat ishini prokurorga yuborishda barcha hollarda ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi, zarurat boʻlganda esa, uni qamoqda saqlash muddatini JPK 245-moddasida nazarda tutilgan muddatlarni inobatga olgan holda uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Dastlabki eshituv davomida bir necha shaxsni ayblash boʻyicha yoki bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash boʻyicha jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish uchun asoslar aniqlanganda, sudya taraflarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishlarini JPK 395-moddasi talablariga rioya etgan holda bitta ish yurituvga birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 40511-moddasining birinchi qismiga muvofiq, dastlabki eshituv vaqtida ayblanuvchi, himoyachi, davlat ayblovchisi jinoyat ishi materiallaridagi har qanday dalilni, agar ularni nomaqbul deb hisoblasa, chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraf chiqarib tashlanishini iltimos qilayotgan dalil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash uchun JPKda nazarda tutilgan asoslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomaning koʻchirma nusxasi, u kim tomonidan kiritilganligidan qatʼiy nazar, ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, shuningdek, jabrlanuvchiga iltimosnoma sudga taqdim etilgan kunda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma JPK 40511-moddasining toʻrtinchi qismi talablariga javob bermasa, sudya uni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va ish boʻyicha sud muhokamasi tayinlaydi. Bunda sudya arz qiluvchiga shunday iltimosnoma bilan sud muhokamasi davomida sudga qayta murojaat qilish huquqi borligini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, dalilni nomaqbul ekanligi sababli chiqarib tashlash toʻgʻrisida himoya tarafi iltimosnomasi vajlarini rad etish vazifasi, basharti iltimosnoma dalillar qonunga xilof usullar bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki ularning huquqlarini cheklagan yoxud JPK boshqa talablarini buzgan holda olinganligiga asoslangan boʻlsa, prokurorning zimmasida boʻladi. Qolgan hollarda isbotlash vazifasi iltimosnoma bergan taraf zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrayotganda, sudya JPK 4056-moddasining oʻn uchinchi qismiga asosan, guvohni soʻroq qilishga va iltimosnomada koʻrsatilgan hujjatni ish materiallariga qoʻshishga haqli. Bunda guvoh sifatida faqat tergov harakatlari olib borilishi yoki maqbulligi nizolashilayotgan hujjatlarni olib qoʻyish va ishga qoʻshish holatlari toʻgʻrisida nimadir maʼlum boʻlgan shaxslar soʻroq qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sud dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, mazkur dalil yuridik kuchini yoʻqotadi va u hukmga yoki boshqa sud qaroriga asos boʻlishi, shuningdek, sud muhokamasi jarayonida bu dalilni tekshirish va undan foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda ishni mazmunan koʻrish davomida taraflar ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sudyaning dastlabki eshituv oʻtkazilishi natijalari boʻyicha chiqargan ajrimi ustidan JPK 40515-moddasiga muvofiq, apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga ishlarni apellyatsiya tartibida koʻrayotganda birinchi instansiya sudlari tomonidan jinoyat-protsessual qonunining jinoyat ishlarini sudda muhokama etishga tayyorlash va dastlabki eshituv oʻtkazilishini tartibga soluvchi normalariga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son