14.05.2022 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga tayyorlash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarda jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishga tayyorlash va dastlabki eshituv o‘tkazish tartibi bo‘yicha masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda jinoyat-protsessual qonuni bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning e’tibori jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishga tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 49 va 491-boblarida nazarda tutilgan talablarga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. JPK 396-moddasiga muvofiq, jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudya har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishning sud majlisida ko‘rilishi uchun asoslar yetarlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazish chog‘ida JPK talablariga rioya qilinganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi to‘g‘ri tanlanganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zarar qoplanishini ta’minlash choralari ko‘rilganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi JPK talablariga muvofiq tuzilganmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki eshituv o‘tkazish uchun asoslar bormi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya, shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan jinoyat ishi xolisona, o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilinishini ta’minlash maqsadida ushbu masalalar bo‘yicha qonunda nazarda tutilgan protsessual qarorlar qabul qilinishi va harakatlar bajarilishiga zarurat bor-yo‘qligini aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudya JPK 395-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash chog‘ida qonunning ushbu normasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini yoki JPK 4011-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, ishni dastlabki tergovda yo‘l qo‘yilgan texnik yo‘sindagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tushuntirilsinki, jinoyat ishini sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etgan holda boshqa sudga o‘tkazayotganda, sud zarurat bo‘lganda, ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi masalani JPK 395-moddasiga muvofiq, chiqariladigan ajrimda hal etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi sudlovga tegishliligi bo‘yicha yuborilganda, JPK 396-moddasi birinchi qismining 2, 3, 5 — 7-bandlarida ko‘rsatilgan masalalar sud tomonidan hal etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash chog‘ida sudya ish bo‘yicha arz qilingan iltimosnomalar bor-yo‘qligini aniqlashi lozim. Bunda faqat asoslangan, tekshirishni talab etmaydigan (masalan, ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi, sudga qo‘shimcha guvohlarni chaqirish to‘g‘risidagi, hujjatlar talab qilib olish to‘g‘risidagi, xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi va hokazo) iltimosnomalar qanoatlantirilishi mumkin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning har bir arz qilingan iltimosnoma bo‘yicha qarori ishni sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishni sud majlisida ko‘rib chiqish uchun asos yetarliligi to‘g‘risidagi masalani JPK 396-moddasining 2-bandiga muvofiq, hal qilish chog‘ida, sudya JPK 82-moddasida nazarda tutilgan talablardan kelib chiqishi lozim. Ularga ko‘ra, surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan ish bo‘yicha quyidagilar aniqlangan bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat obyekti, jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, usul, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qilmish va kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sabablari va maqsadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan ushbu talablardan birortasi bajarilmagan taqdirda, ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazish uchun asoslar mavjud bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudya JPK 396-moddasining 3-bandiga muvofiq, surishtiruv va dastlabki tergovni yuritish chog‘ida jinoyat ishini qo‘zg‘atish va yuritish asoslari hamda tartibini belgilovchi JPK talablariga rioya etilganligini aniqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligi (masalan, boshqa shaxsga nisbatan yangi ayblov bo‘yicha ajratilgan materiallar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmasdan surishtiruv yoki dastlabki tergov o‘tkazilganligi), sud tomonidan sud muhokamasi chog‘ida bartaraf etib bo‘lmaydigan boshqa qoidabuzarliklar (masalan, JPK 76-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra rad etilishi lozim bo‘lgan surishtiruvchi, tergovchi tomonidan protsessual harakatlar amalga oshirilganligi, surishtiruv yoki tergov guruhiga kiritilmagan shaxs tomonidan surishtiruv yoki dastlabki tergov amalga oshirilganligi va hokazo), shuningdek, JPK 40512-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni sudda muhokama qilish uchun tayinlash chog‘ida aniqlanishi lozim bo‘lgan muhim holatlardan biri ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi to‘g‘ri tanlanganligi to‘g‘risidagi masala hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyot chorasi o‘zgartirilganda sudyaning ajrimida bunday qaror qabul qilish zaruratini tasdiqlovchi dalillar va vajlar keltirilgan asoslar ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud o‘zgartirilganda qamoqda yoki uy qamog‘ida bo‘lgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak (uy qamog‘i qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. JPK 396-moddasining 5-bandi va 398-moddasiga muvofiq, sudya jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zarar qoplanishini ta’minlaydigan choralarni ko‘rishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi materiallarida yoki taraf taqdim etgan materiallarda ayblanuvchida xatlab qo‘yilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, qimmatliklar yoki boshqa mol-mulk mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘qligi da’voni ta’minlash choralari bevosita sud tomonidan qo‘llanilishi imkoniyatini istisno etsa, sudya ajrim bilan zarur choralar ko‘rish majburiyatini surishtiruvchi yoki tergovchiga yuklaydi. Bunday hollarda sudning ajrimini ijro etish muddati, JPK 405-moddasining birinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, o‘n sutkadan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jinoyat ishini JPK 4011-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra prokurorga yuborish to‘g‘risidagi masalani hal qilishda, surishtiruv yoki dastlabki tergov jarayonida yo‘l qo‘yilgan texnik yo‘sindagi kamchiliklar deganda, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qaror, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi, shuningdek, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror yozuvida yo‘l qo‘yilgan xatolar, harfiy xatolar va arifmetik xatolar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishni JPK 403-moddasiga muvofiq, sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha sudya ko‘rishi lozim bo‘lgan boshqa choralarga, shuningdek, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlanayotgan shaxslar sudga olib kelinishini ta’minlash, ishda ishtirok etishga tarjimonni jalb etish, xavfsizlik choralarini ta’minlash, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ish sud muhokamasiga tayinlangandan so‘ng sudya JPK 402-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning, shuningdek, ishga yangidan kirishgan himoyachining, jabrlanuvchi vakilining iltimosi bo‘yicha, ularga ish bilan tanishish uchun ish materiallari hajmini hisobga olib, oqilona muddat belgilagan holda, imkoniyat yaratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish materiallari bilan tanishib chiqqanlik to‘g‘risida iltimosnoma bergan shaxsdan tilxat olinib, u ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sud JPK 4053-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ish bo‘yicha taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tushuntirilsinki, JPK 395 va 40511-moddalari mazmuniga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma ayblanuvchi tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran uch sutka ichida berilishi mumkin. Bunday huquqi borligi to‘g‘risida ayblanuvchiga prokuror tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining ko‘chirma nusxasi topshirilayotgan paytda tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining ko‘chirma nusxasi ayblanuvchi tomonidan olingan kundan e’tiboran uch sutka o‘tgandan so‘ng berilgan dastlabki eshituv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani, basharti iltimosnoma berish muddati o‘tkazib yuborilishi sabablari uzrli emas deb topilsa, rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi sud muhokamasiga tayinlangandan so‘ng dastlabki eshituv o‘tkazish to‘g‘risida berilgan iltimosnoma ham rad etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv JPK 4056-moddasida belgilangan tartibda o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki eshituv sudya tomonidan dastlabki eshituv tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan paytdan e’tiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi va uning davomiyligi o‘n sutkadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, dastlabki eshituv o‘tkazish muddatlarini uzaytirish qonunda nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. JPK 4057 va 410-moddalariga muvofiq, sudya quyidagi hollarda jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchi yashiringan bo‘lsa va uning turgan joyi ma’lum bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchi og‘ir va davomli kasallikka chalingan bo‘lib, bu holat uning sud majlisida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblanuvchi yashiringan bo‘lib, uning turgan joyi ma’lum bo‘lmasa, sudya ish yuritishni to‘xtatib turish bilan bir vaqtda unga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ayblanuvchiga nisbatan qidiruv e’lon qilinganligi munosabati bilan yuritilishi to‘xtatilgan jinoyat ishi sud ajrimini ijro etish uchun ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilgandan so‘ng jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish qayta tiklanadi va bu haqda sudya ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlarga tushuntirilsinki, bir necha ayblanuvchidan faqat bittasiga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, boshqalariga nisbatan jinoyat ishi muhokamasi davom ettiriladi. Bu qoida sud tomonidan ish yuritish to‘xtatib turilgan ayblanuvchi ishtirokisiz ishni ko‘rib chiqish imkoniyati yo‘q deb topilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 83-moddasida, 84-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan ish yuritishni istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lganda, sudya ishni sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risidagi masalani hal etish chog‘ida ishni to‘liq yoki qisman yoxud ayrim ayblanuvchilarga nisbatan tugatishi, shuningdek, ayblovning ayrim epizodlarini chiqarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan yoki amnistiya to‘g‘risidagi akt asosida ishni tugatish masalasini hal etish chog‘ida shuni nazarda tutish lozimki, mazkur asoslar bo‘yicha ishni tugatish, faqat ish materiallarida yoki taraf taqdim etgan materiallarda ayblanuvchi bunga roziligi mavjud bo‘lganda, mumkin bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, sudya ishni tugatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni tugatish chog‘ida sud qo‘llanilgan ehtiyot choralarini, fuqaroviy da’voni ta’minlash choralarini bekor qiladi hamda ashyoviy dalillar to‘g‘risidagi masalani hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shuni nazarda tutish lozimki, dastlabki eshituv chog‘ida jinoyat ishini sud tomonidan mazmunan ko‘rib chiqish va qonuniy, asoslangan, adolatli qaror qabul qilish uchun to‘sqinlik qiladigan protsessual qonunning jiddiy buzilishi aniqlanganda, ish JPK 40512-moddasiga muvofiq, prokurorga yuboriladi. Bunday kamchiliklarga, xususan, quyidagi hollar kiradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi JPK talablari buzilgan holda tuzilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan birga sudga yuborilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tuzish zarurati bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlarini birlashtirish uchun JPK 332-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblanuvchi jinoyat ishi materiallari bilan tanishayotganda unga JPK 375 va 38113-moddalarida nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblov dalolatnomasida yoki ayblov xulosasida, jinoyat ishini tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun sudga yuborish to‘g‘risidagi qarorda bayon etilgan haqiqiy holatlar ayblanuvchining, o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini og‘irroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida kvalifikatsiya qilish uchun asoslar mavjudligidan dalolat bersa yoki bunday holatlar mavjudligi dastlabki eshituv jarayonida aniqlangan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jinoyat ishini JPK 40512-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra prokurorga yuborishda sudya o‘z ajrimida ayblanuvchining, o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini og‘irroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflash uchun asos bo‘lgan holatlarni ko‘rsatishi shart. Ayni paytda, sudya ajrimda quyidagilarni ko‘rsatishga haqli emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatni yoki ijtimoiy xavfli qilmishni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining muayyan qaysi moddasi bilan kvalifikatsiya qilish lozimligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalillarni baholash va ayblanuvchining aybdorligi to‘g‘risida xulosa qilishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya jinoyat ishini prokurorga yuborishda barcha hollarda ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi, zarurat bo‘lganda esa, uni qamoqda saqlash muddatini JPK 245-moddasida nazarda tutilgan muddatlarni inobatga olgan holda uzaytirish to‘g‘risidagi masalani hal etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Dastlabki eshituv davomida bir necha shaxsni ayblash bo‘yicha yoki bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash bo‘yicha jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish uchun asoslar aniqlanganda, sudya taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan jinoyat ishlarini JPK 40513-moddasi talablariga rioya etgan holda bitta ish yurituvga birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 40511-moddasining birinchi qismiga muvofiq, dastlabki eshituv vaqtida ayblanuvchi, himoyachi, davlat ayblovchisi jinoyat ishi materiallaridagi har qanday dalilni, agar ularni nomaqbul deb hisoblasa, chiqarib tashlash to‘g‘risida iltimosnoma berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraf chiqarib tashlanishini iltimos qilayotgan dalil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash uchun JPKda nazarda tutilgan asoslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomaning ko‘chirma nusxasi, u kim tomonidan kiritilganligidan qat’iy nazar, ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, shuningdek, jabrlanuvchiga iltimosnoma sudga taqdim etilgan kunda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar dalilni chiqarib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnoma JPK 40511-moddasining to‘rtinchi qismi talablariga javob bermasa, sudya uni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi va ish bo‘yicha sud muhokamasi tayinlaydi. Bunda sudya arz qiluvchiga shunday iltimosnoma bilan sud muhokamasi davomida sudga qayta murojaat qilish huquqi borligini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, dalilni nomaqbul ekanligi sababli chiqarib tashlash to‘g‘risida himoya tarafi iltimosnomasi vajlarini rad etish vazifasi, basharti iltimosnoma dalillar qonunga xilof usullar bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki ularning huquqlarini cheklagan yoxud JPK boshqa talablarini buzgan holda olinganligiga asoslangan bo‘lsa, prokurorning zimmasida bo‘ladi. Qolgan hollarda isbotlash vazifasi iltimosnoma bergan taraf zimmasida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalilni chiqarib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rayotganda, sudya JPK 4056-moddasining o‘n uchinchi qismiga asosan, guvohni so‘roq qilishga va iltimosnomada ko‘rsatilgan hujjatni ish materiallariga qo‘shishga haqli. Bunda guvoh sifatida faqat tergov harakatlari olib borilishi yoki maqbulligi nizolashilayotgan hujjatlarni olib qo‘yish va ishga qo‘shish holatlari to‘g‘risida nimadir ma’lum bo‘lgan shaxslar so‘roq qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sud dalilni chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilganda, mazkur dalil yuridik kuchini yo‘qotadi va u hukmga yoki boshqa sud qaroriga asos bo‘lishi, shuningdek, sud muhokamasi jarayonida bu dalilni tekshirish va undan foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda ishni mazmunan ko‘rish davomida taraflar ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish to‘g‘risida iltimosnoma berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sudyaning dastlabki eshituv o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha chiqargan ajrimi ustidan JPK 40515-moddasiga muvofiq, apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko‘rayotganda birinchi instansiya sudlari tomonidan jinoyat-protsessual qonunining jinoyat ishlarini sudda muhokama etishga tayyorlash va dastlabki eshituv o‘tkazilishini tartibga soluvchi normalariga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilsin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son