Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 03.07.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 763
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Mehnat vazirligining

1999-yil 24-apreldagi 2/6-sonli

Hayʼat qarori bilan

“TASDIQLANGAN”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEHNAT ORGANLARIDA ROʻYXATGA OLINGAN VA IShSIZ DEB EʼTIROF ETILGAN ShAXSLARNI KASBGA TAYYORLASh VA QAYTA TAYYORLASh, ULARNING MALAKASINI OShIRISh DAVRIDA STIPENDIYALAR TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-iyulda 763-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18-maydagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, u respublikada ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish davrida stipendiyalar toʻlash tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarga Mehnat vazirligining kasbga tayyorlash Oʻquv markazlarida va boshqa oʻquv yurtlarida stipendiyalar toʻlab yangi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish imkoniyatlari kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar pensiyaning turidan qatʼi nazar, pensiya bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlganlar mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtgan va kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirishga muhtoj boʻlsalar ularga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish davrida stipendiya toʻlanmaydi, lekin ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha zaruriy xizmatlar koʻrsatilishi lozim.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish mehnat organlarining yoʻllanmalari boʻyicha oʻquv yurtlarida Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasining ana shu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirishga muhtoj boʻlgan shaxslarga ushbu organlar tomonidan kasbga oʻqitish yuzasidan oldindan kelishib olingan shahar (viloyat) kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish markazlariga va boshqa oʻquv yurtlariga yoʻllanmalar beriladi .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kasbga tayyorlash uchun oʻquv markazlariga yoʻllanganlar kasbga oʻqishga yoʻllanma (1-ilova), pasport, mehnat daftarchasi, kasbini (mutaxassisligini) va malakasini tasdiqlaydigan hujjatlarni, ilgari ishlagan va qisqartirilgan boʻlsalar, oʻrtacha ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqish yakunlangandan soʻng, bitiruvchilar mehnat organlariga oʻqishni bitirganligini tasdiqlovchi varaqa (2-ilova)ni topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsiz shaxsni kasbga tayyorlashga yoʻllagan mehnat organlari, taʼlim narxini belgilagan shartnomaga muvofiq, oʻquv markazi yoki boshqa oʻquv yurtining hisob raqamiga joriy tartibda pul mablagʻlarini oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirayotganlarga stipendiyalar oʻqishni tashkil qilgan oʻquv yurtida yoki Xalq banki boʻlinmalarida har oyda bir marta toʻlanadi. Joylardagi xalq banki boʻlimlari tomonidan har oyning yakuni boʻyicha toʻlov varaqasining ikkinchi nusxasi stipendiya toʻlanganligi toʻgʻrisida tegishli yozuvlar bilan tasdiqlab qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stipendiyalar uchun mablagʻlar mehnat organi tomonidan har oyda oʻqitilayotgan har bir ishsizga sarflanadigan mablagʻ miqdori summasidan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stipendiyaning miqdori har bir oʻquvchiga shaxsiy tartibda “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq belgilanadi. Ushbu Qonunning 25-moddasida koʻrsatib oʻtilgan shaxslardan tashqari, ishidan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan, mehnat organlarida roʻyxatga olingan, qaramogʻida voyaga yetmagan bolalari va boshqa kishilari boʻlgan shaxslarga kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish davrida oldingi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqining kamida 75 foizi (qaramogʻida bolalari va boshqa kishilari boʻlmaganlarga esa — 50 foizi) miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilangandan eng kam ish haqi miqdoridan oz boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasida tarkib topgan oʻrtacha ish haqidan ortiq boʻlmagan miqdorda stipendiya toʻlanadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq vaqt (bir yildan koʻproq) ishlamayotgan, birinchi marta ish qidirayotgan hamda kasbga tayyorlashga va qayta tayyorlashga, malaka oshirishga muhtoj shaxslarga aholining shu toifasi uchun nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasidan oz boʻlmagan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan ortiq boʻlmagan miqdorda stipendiya tayinlanadi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilishi, xodimlar soni (shtati) qisqartirilishi munosabati bilan ishdan ozod etilgan, mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin oʻn kun ichida mehnat organlarida roʻyxatga olingan hamda kasbi boʻyicha qayta oʻtilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga mehnatga oid munosabatlar toʻxtatilgan kundan boshlab dastlabki uch oy davomida oldingi ishidagi oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda stipendiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻquv mashgʻulotlariga sababsiz qatnashmayotgan, oʻzlashtirmayotgan yoki mehnat va jamoat tartibini buzayotgan shaxslarning oʻqishni davom ettirishlari toʻgʻrisidagi masala oʻquv yurtining rahbariyati va mehnat organlari vakillari bilan birgalikda hal qilinadi. Surunkasiga va sababsiz oʻquv mashgʻulotlariga qatnashmayotgan, yoki jamoat tartibini buzganligi, jinoyat sodir qilganligi tufayli hibsga olingan shaxslarga stipendiyalar toʻlash mehnat organi va oʻquv muassasasi qabul qilgan qaror asosida toʻxtatib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻqishni tugatgan shaxs oʻquv dasturida koʻzda tutilgan malaka sinovlarini (zachyotlarni) nazariy va amaliy bilim va koʻnikmalarining talabga javob bera olmasligi tufayli topshira olmasa, unga stipendiya toʻlanmasdan, qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkaziladi va qayta imtihon olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlagan va tegishli guvohnoma olgan bitiruvchi ish beruvchi korxona bilan tuzilgan shartnoma asosida ishga joylashtirilmasa, u mehnat organlariga kelishi va unga egallagan kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ishga joylashish yuzasidan yordam koʻrsatilmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan oʻtgandan, malaka oshirishni tugatgandan keyin qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz boʻlmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ruxsat etilgan eng katta muddat (6 oy) mobaynida kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorgarlik, malakasini oshirishdan oʻtgan shaxslar oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra (shartnoma boʻyicha ishga joylashtiruvchi korxonaning tugatilishi, shtatlar sonining qisqartirilishi, texnologiyalarning oʻzgarishi va h.k.) ishga joylasha olmasalar, ularni joriy yil mobaynida mehnat organlarida yana ishsiz deb eʼtirof etib, oʻzlari tanlagan kasblar boʻyicha oʻqishga yuborish mumkin. Biroq bitiruvchilar uzrsiz sabablarga koʻra, tanlagan kasblari boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasdan, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarma mablagʻlari hisobidan joriy yil mobaynida takroran kasbga oʻqish istagini bildirsalar, bunday shaxslarni kasbiy taʼlim yakunidan keyin 6 oy oʻtgandan soʻng qaytadan kasbiy tayyorgarlikka yoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat vazirligining 1992-yil 26-iyun 45-son buyrugʻi bilan qabul qilingan “Qayta oʻqitishga yoʻllash va ish bilan taʼminlash xizmati roʻyxatidan oʻtgan shaxslarni kasbga oʻqitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash davrida stipendiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi”gi nizomi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA

‎‎

‎‎____________________________________________________________mehnat organi‎

‎‎tumanning (shaharning) nomi

‎‎
‎‎Kasbga oʻqishga
‎‎

‎‎
‎‎Y Oʻ L L A N M A №____

‎‎
‎‎Oʻquv yurtining nomi ____________________________________________________‎
‎‎
Manzilgohi ____________________________________________________________

‎‎viloyat, tuman (shahar)‎ pochta

‎‎
Oʻquv oʻrinlarining mavjudligi toʻgʻrisida Sizdan olingan maʼlumotlar va ______
‎yil___________ _______ — son shartnomaga muvofiq fuqaro ___________________
‎________________________________________________________________________

‎‎ismi, sharifi, familiyasi, tugʻilgan yili

‎‎________________________________________________________________________‎

‎‎ilgarigi ishidagi kasbi, yangi kasbga tayyorlash, qayta
‎tayyorlash, kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha malakasini oshirish uchun

‎‎______________________________________________________________oy muddatga

‎oʻqishga yoʻllanadi va unga _______ soʻm stipendiya tayinlanadi. Sizning hisob
‎raqamingizga __________________________________________________ soʻm‎

‎‎(soʻm miqdori soʻz bilan yoziladi)

‎‎oʻtkazildi, shu jumladan, stipendiyalar toʻlash uchun __________________soʻm
‎oʻkitish uchun__________ soʻm.
‎‎
Toʻlov topshiriqnomasi _____ yil _______ _____________ _________ — son

Mehnat boʻlimi boshligʻi‎ Imzo‎ Sanasi‎

‎Hisobchi‎

‎Imzo‎

‎Sanasi‎
M.Oʻ.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA

‎‎_____________________________________________________________

‎‎tuman (shahar) ning nomi‎

‎_____________________________________________________________

‎‎oʻqishga yoʻllagan mehnat organining manzilgohi‎

‎‎I. Fuqaro _____________________________________________________‎

‎‎Familiyasi, ismi, sharifi‎

__________________________________________ kasbiy tayyorgarlikdan
oʻtdi.
‎‎‎‎
‎‎Malaka imtihon komissiyasining qaroriga binoan ____ yil “_______”‎
‎‎
‎_____________da unga __________________________________ malakasi‎

‎va ______sonli guvohnoma berildi.
‎‎
‎‎II . Fuqaro _____________________________________________________‎

‎‎Familiyasi, ismi, sharifi

‎‎‎_________________________________________________ sabablarga koʻra‎

(oʻqishga kelmadi) oʻqishni __________ iga toʻxtatib qoʻydi, oʻqilgan
‎soatlar ________________ soat.‎
‎‎
‎‎Sizga sarf qilinmagan mablagʻlarning qoldiq summasi joʻnatildi
‎_________________________________________________________ soʻm.

‎‎(soʻz bilan)‎

Toʻlov varaqalarining raqami va sanasi.‎

‎Oʻquv markazining rahbari‎

‎Imzo‎

‎Sanasi‎

‎Bosh hisobchi‎

‎Imzo‎

‎Sanasi‎

M.Oʻ.‎

‎T A S D I Q L O V Ch I V A R A Q A №_____

‎‎