Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023 12.05.2022 yildagi 253-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining funksional vazifalari hamda Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni hamda “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova bir hafta muddatda Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyatining mudiri va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 253-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining funksional vazifalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni va “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullangandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xotin-qizlarning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish, ularni “Ayollar daftari” orqali manzilli qoʻllab-quvvatlash, tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirishga oid davlat siyosati samarali amalga oshirilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini muntazam oʻrganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi vazifalari, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar tayyorlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining hamda xoʻjalik birlashmalarining asosiy xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston Respublikasi mavqeyini yaxshilash boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda sayyor qabul va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini koʻrish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, xotin-qizlarning bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyatda, (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) shuningdek, mutasaddilikdagi va oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kotibiyatda kadrlarni tanlash, xodimlar malakasini oshirishning samarali uslub va shakllarini tatbiq qilish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini taʼminlash, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq koʻrsatkichlarga erishishga asoslangan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarini amalga oshirish va samaradorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi tizimiga, shu jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va tamoyillarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targʻib qilish va tushuntirishda, ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyishda faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning maqomini, maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirish, huquqlari va manfaatlarini taʼminlash, huquqiy madaniyatini, oila va jamiyatdagi rolini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamoat organlarini jalb etgan holda oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha tizimli ish olib borilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va ularning oila aʼzolari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ishlarda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va ragʻbatlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorli, qobiliyatli qizlar zaxirasi bilan tizimli ish olib borilishini tashkil etish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan xotin-qizlardan kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy xotin-qizlar boʻlinmalari faoliyati shaffofligini taʼminlash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishiga koʻmaklashish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, taʼlim, ilm-fan hamda sport munosabatlarida xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishlarini qoʻllab-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, turli loyihalar amalga oshirilishi koʻlamini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oila va xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish, xususan, joylardagi ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni oʻz vaqtida aniqlash, ular bilan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va yakka tartibda ish olib borilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarning qizlarini oʻqitish maqsadida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning dam olishini hamda ularga zarur tibbiy va psixologik yordam berilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamga muhtoj, shu jumladan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlar, toʻliq boʻlmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan va turar joy sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalarning manzilli roʻyxatlarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy va shaxslararo nizolarning hamda jamiyat va oilada maʼnaviy-axloqiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa holatlarning barvaqt oldini olish boʻyicha manzilli ishlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamga muhtoj va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, ularning oilalari va bolalari uchun zarur boʻlgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlarini aniqlash va koʻrsatish, shaxslarning ushbu toifasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun davlat organlariga va tashkilotlarga murojaat qilishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, keksa va hurmatga sazovor, jamiyatda katta obroʻga ega boʻlgan ayollar va fuqarolarni faol jalb etgan holda, joylarda oilaviy ajralishlarning oldini olish ishlarini tashkil etish, namunaviy oilalarning hayot tarzini targʻib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy munosabatlarni sogʻlomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita masʼuliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bogʻliq tizimli targʻibot tadbirlarini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shugʻullanishga keng jalb etishga koʻmaklashish, ushbu maqsadlar uchun kredit resurslarini va boshqa resurslarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga koʻmaklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish oʻrni bilan taʼminlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda koʻmaklashish, berilgan imtiyozlar toʻgʻri qoʻllanishi masalalarini tartibga soluvchi, davlat roʻyxatidan va boshqa tartibotlardan oʻtish, mehnat munosabatlariga kirishish boʻyicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini oʻrganish va tahlil qilish, mehnat munosabatlari sohasida, shu jumladan, homilador ayollarga va kichik yoshdagi bolalari boʻlgan ayollarga qoʻshimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) konsepsiyalar, davlat dasturlari va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, respublikaning tegishli tarmoqlari va hududlaridagi masalalar boʻyicha “yoʻl xaritalari” loyihalariga kiritish uchun takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi batafsil axboroti, materiallar va hisobotlar taqdim etilishini taʼminlash hamda ularni muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan taqdim etiladigan axborot va materiallarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir tomonidan aniq sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarning tayyorlanishini va kiritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlariga, hokimlar oʻrinbosarlari — xotin-qizlar boshqarma va boʻlimlari boshliqlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublika hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari va dasturlarining, iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek, hududlar va boshqa tashkilotlarning oʻzi mutasaddilik qiladigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan, biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari” va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi, bosh mutaxassislar va inspektor lavozimiga kadrlarning tanlashni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda tanlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kotibiyat mudirini, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisini, bosh mutaxassislar va inspektorni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kotibiyatda va mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar markaziy apparatlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kotibiyat yurituviga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli komissiyalarga (kengashlarga) rahbarlik qiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshqaradigan komissiyalarning (kengashlarning) kotibiyat yurituvi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha faoliyatini va qarorlari bajarilishi yuzasidan nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari boʻyicha — davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Bosh vazir oʻrinbosari sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda taqdim etiladigan hujjatlarni qaytarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bosh vazir oʻrinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kotibiyatdagi ishlarning holati, oʻzi mutasaddilik qiladigan tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, kotibiyat yurituviga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorligini nazarda tutib va ulardagi masalalarni puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining bajarilishi monitoringi olib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda ishlarning real holatini muntazam oʻrganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda kotibiyatning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari” va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari ijrosining tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasining, Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 253-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kotibiyatning faoliyati Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini xotin-qizlarning ijtimoiy-maʼnaviy va siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash, oilalar bilan ishlashda yakka tartibda yondashuvni takomillashtirish, oilaviy ajralishlarning oldini olish, targʻibot, tashviqot, ijtimoiy-iqtisodiy tomondan qiynalgan xotin-qizlar va oilalar bilan ishlash, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash masalalari boʻyicha axborot-tahliliy taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyat oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasidagi vazifalar, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni taʼminlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlarning asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining mavqeyini yaxshilash boʻyicha ishi samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qoʻmitalari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatida, mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar va oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyatda kadrlarni tanlash, xodimlar malakasini oshirishning samarali uslub va shakllarini tatbiq qilish va zaxiradagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish, gender tenglikni taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va tamoyillarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlarga erishish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan aniq sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning maqomini, maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning huquqlari va manfaatlarini taʼminlash, huquqiy madaniyatini, oila va jamiyatdagi rolini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamoat organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha tizimli ish olib borilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targʻib qilish va tushuntirishda, ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyishda faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va ragʻbatlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorli qobiliyatli qizlar zaxirasi bilan tizimli ish olib borilishini tashkil etish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan qizlardan kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffofligini taʼminlash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishiga koʻmaklashish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va ularning oila aʼzolari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ishlarda xotin-qizlar qoʻmitalari bilan fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, taʼlim, ilm-fan hamda sport munosabatlarida xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishlarini qoʻllab-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, turli loyihalar amalga oshirilishi koʻlamlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va ularga yordam berish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni tashkil etish, xususan, joylardagi ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni oʻz vaqtida aniqlash, ular bilan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va yakka tartibda ish olib borilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamga muhtoj, shu jumladan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlar, toʻliq boʻlmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan va turar joy sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalarning manzilli roʻyxatlarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, ularning oilalari va bolalari uchun zarur ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlarini aniqlash va koʻrsatish, shaxslarning ushbu toifasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun davlat organlariga va tashkilotlarga murojaat qilishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarning qizlarini oʻqitish maqsadida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning dam olishini hamda ularga zarur tibbiy va psixologik yordam berilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy va shaxslararo nizolarning, oʻz joniga qasd qilishga hamda jamiyat va oilada maʼnaviy-axloqiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa holatlarning barvaqt oldini olish boʻyicha manzilli ishlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, keksa va hurmatga sazovor, jamiyatda katta obroʻga ega boʻlgan ayollar va fuqarolarni faol jalb etgan holda joylarda oilaviy ajralishlarning oldini olish ishlarini tashkil etish, namunaviy oilalarning hayot tarzini targʻib etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy munosabatlarni sogʻlomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita masʼuliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bogʻliq targʻibot tadbirlari tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xotin-qizlarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga koʻmaklashish, ularning bandligi sifati, doimiy ish oʻrni bilan taʼminlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishda, kredit resurslari va boshqa resurslarni jalb etishda davlat xizmatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar mehnat qilish huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini oʻrganish va tahlil qilish, mehnat munosabatlari sohasida, shu jumladan, homilador ayollarga va kichik yoshdagi bolalari boʻlgan ayollarga qoʻshimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda koʻmaklashish, berilgan imtiyozlar toʻgʻri qoʻllanishi masalalarini tartibga soluvchi, davlat roʻyxatidan va boshqa tartibotlardan oʻtish, mehnat munosabatlariga kirishish boʻyicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jinoyat sodir etishga moyil boʻlganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar orasida huquqiy tarbiya va huquqiy targʻibot, huquqiy madaniyatni oshirish ishlarini tashkil etish, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish boʻyicha ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maxsus oʻquv-tarbiya muassasalaridan, ijtimoiy reabilitatsiya va xotin-qizlarni moslashtirish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “yoʻl xaritalari”, konsepsiyalar, davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini monitoring qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va oilalarni qoʻllab-quvvatlashning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlash mexanizmini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qiladigan tashkilotlar bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishining toʻgʻrisida mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklarining hisobotlari, batafsil axborotlari va materiallari taqdim etilishini taʼminlash hamda ularni muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi samaradorligi yuzasidan taqdim etiladigan axborot va materiallarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan holat boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan aniq sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir va Bosh vazir oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish uchun rejali masalalarning koʻrib chiqilishini va tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida amalga himoya qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga, hokimlar oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarma va boʻlimlari boshliqlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oliy Majlis palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shuningdek, joylarga chiqqan holda aniq holatlar yuzasidan tegishli choralar belgilashda jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining samarali ijrosini tashkil etadi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining yurituv sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar va hududlarda ishlarning holatini, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va maʼmuriy islohotlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga borib oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tahliliy, maʼlumotnoma va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarining ekspertizasini, ishlab chiqilishini va kelishilishini amalga oshiradi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita Bosh vazir oʻrinbosariga berilgan topshiriqlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida axborot berilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi, ularni bajaradi va ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari uchun uning maʼruzalari va nutqlari boʻyicha materiallar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari ishtirokida zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari huzurida yigʻilishlar oʻtkazilishini tashkil qiladi va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa boʻlinmalari ishtirokida ushbu yigʻilishlarda qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining kompleksliligining hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar va oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va yuridik shaxslarning, shu jumladan, elektron shaklda tushadigan murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazishni tashkil qilishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yigʻilishlar ishlarida, shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy va siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalar bilan ishlashda yakka tartibda yondashuvni takomillashtirish masalalari sohasida xalqaro loyihalarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda taqdim etilgan hujjatlar loyihalarini qaytarib yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyatning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kotibiyat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda ishlarning real holatini muntazam oʻrganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorligini nazarda tutib va ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlagan holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kotibiyatning tuzilmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyat mudiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va kasb-hunarga oʻqitish, mahallalardagi xotin-qizlar faoli bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari va kotibiyat inspektori kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyat tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi, mutaxassislar va Bosh vazir oʻrinbosari va kotibiyat inspektori belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kotibiyat ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudirining, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudirining va Bosh vazir oʻrinbosari yordamchisining shaxsiy ish rejalari Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyat mutaxassislarining ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyatning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari ijrosining tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosari va maslahatchilarining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari huzurida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda hisobotlarini eshitish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kotibiyat mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining samarali ijrosini tashkil etish, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalari, shuningdek, tegishli davrlar uchun shaxsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni oʻrganish va ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, chuqur tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir oʻrinbosarning koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi amalga oshiradi, mutaxassislar va inspektor ishini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining bevosita Bosh vazir oʻrinbosariga yoʻllangan yozma topshiriqlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi va uning rezolyutsiyasiga muvofiq ularning bajarilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosarining nomiga kelgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqnomalar (fishkalar)ning puxta ekspertizasini va tayyorlanishini amalga oshiradi, soʻngra Bosh vazir oʻrinbosariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼi rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, xodimlarning kasbiy va ishchanlik darajasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralarni koʻrish boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Bosh vazir oʻrinbosariga kelishish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari uchun maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari boshqaradigan yigʻilishlar va majlislarning tayyorlanishini va oʻtkazilishini taʼminlaydi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahachilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish tizimi takomillashtirilishini, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirish, kadrlarning amaliy zaxirasi tayyorlanishini va ularni moddiy ragʻbatlantirishning samarali shakllari va usullari joriy etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kotibiyat mudiri vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Bosh vazir oʻrinbosari bilan kelishilgan holda bosh mutaxassislardan biri bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosarining tegishli topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini nazorat va tahlil qilishni taʼminlaydi, Bosh vazir oʻrinbosariga ularning bajarilishi va natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan aniq sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy maʼlumotlar tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalari, shuningdek tegishli davrlar uchun shaxsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni oʻrganish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, chuqur tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir oʻrinbosarning koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosarining joriy ish rejalarini shakllantiradi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari boshqaradigan yigʻilishlar va majlislarning tayyorlanishini va oʻtkazilishini taʼminlaydi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari nomiga kelayotgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar toʻgʻrisida axborot beradi va tushgan xat-xabarlar yuzasidan ijrochilarga belgilangan tartibda topshiriqlar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlarining qabul qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazirning oʻrinbosari tomonidan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabul qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlarini ijrochilarga yetkazadi, Bosh vazir oʻrinbosari topshiriqlari va koʻrsatmalarining bajarilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha, eng avvalo, “Farovon oila sari” konseptual gʻoyasini hayotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini olib borishdagi faoliyatni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, uning mustahkamligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ishlab chiqadi va ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va rivojlantirish, notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli roʻyxatlarini tuzish, maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid boʻlgan turli yot xavf-xatarlarga qarshi turish maqsadida ular bilan manzilli ish olib borishga doir tegishli tashkilotlar faoliyatini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila maʼnaviyati va maʼrifatini yuksaltirishga qaratilgan masalalar yuzasidan ilmiy-amaliy konferensiyalar, targʻibot tadbirlari, seminar va yigʻilishlar tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining Oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi hamda uning viloyat, tuman (shahar) boʻlinmalari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash boshqarmasi va boʻlimlari masʼul xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish, ularni “Ayollar daftari” orqali manzilli qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga hamda belgilangan tartibda — Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari boʻyicha topshiriqlarining davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan istiqbolli vazifalarning samarali bajarilishida muvofiqlashtirilgan ishlarni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida, ularning mustaqilligini oshirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etishda ishtirok qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining aniq koʻrsatkichlar va maqsadli yoʻnalishlarga erishishga, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyat mudiri bilan kelishgan holda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davrlar uchun shaxsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni oʻrganadi va ularni amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir oʻrinbosari va kotibiyat mudirining koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlar va sohalardagi islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Kotibiyat mudiriga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishga qaratilgan davlat siyosatiga doir faoliyatni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi dasturlar, “yoʻl xaritalari” va strategiyalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi hamkorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtiradi, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ravishda ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi vaziyatning monitoringini va tahlilini oʻtkazadi, shuningdek, jins boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitish holatlarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻlimi hamda uning viloyat, tuman (shahar) boʻlinmalari masʼul xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va kasb-hunarga oʻqitish, mahallalardagi xotin-qizlar faoli bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga koʻmaklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish oʻrni bilan taʼminlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shugʻullanishga keng jalb etishga koʻmaklashadi, ushbu maqsadlar uchun kredit resurslarini va boshqa resurslarni jalb etishga doir faoliyatni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini oʻrganadi va tahlil qiladi, mehnat munosabatlari sohasida, xotin-qizlarga qoʻshimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni xohlaydigan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻqitish, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda koʻmaklashish, mehnat munosabatlariga kirishish boʻyicha normativ-hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlashga koʻmaklashish, kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish boshqarmasi hamda uning viloyat, tuman (shahar) boʻlinmalari masʼul xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga hamda belgilangan tartibda — Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari boʻyicha topshiriqlarining davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan istiqbolli vazifalarning samarali bajarilishida muvofiqlashtirilgan ishlarni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida ularning mustaqilligini oshirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etishda ishtirok qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining aniq koʻrsatkichlar va maqsadli yoʻnalishlarga erishishga, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotibiyat mudiri bilan kelishgan holda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davrlar uchun shaxsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni oʻrganish va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir oʻrinbosari va kotibiyat mudirining koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlar va sohalardagi islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Kotibiyat mudiriga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Inspektor Kotibiyatda ish yuritishni taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/253/0410-son)