29.04.2022 yildagi SQ-533-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimining ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va daromadini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar haqidagi hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Andijon viloyati hokimining hisobotini eshitib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash va daromadini oshirish choralarini koʻrish orqali ularning turmush darajasini yanada yaxshilash borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2021-yilda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti hajmi 43,8 trln soʻmni, aholi jon boshiga nisbatan qariyb 13,6 mln soʻmni tashkil etgan, kichik biznesning yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi 71,8 foizni tashkil etib, har ming nafar aholiga 13,8 birlik biznes subyekti toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjet daromadlari ijrosi 2 trln 159,9 mlrd soʻmga (111,7 foizga) bajarilgan va buning natijasida mahalliy budjetga qoʻshimcha 225,4 mlrd soʻm daromad tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat boʻyicha jami 54,6 mingta yangi ish oʻrni tashkil etilgan va vazifa prognozga nisbatan 126,6 foizga bajarilgan. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga ish topishda yordam soʻrab murojaat qilgan 72,4 ming nafar fuqaroning 68 foizidan ortigʻi ish bilan taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida ishsiz, daromadi past oilalar hamda parranda boqish istagida boʻlgan qariyb 18 mingta xonadonda 2 mln bosh parranda boqish yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarining bir qismini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash maqsadida 1,1 ming nafar fuqaroga subsidiya mablagʻlari toʻlab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy daftarlarga (“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”) kiritilgan fuqarolarga jami 28 mlrd soʻmlik moddiy koʻmak koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganish jarayonida aholi bandligini taʼminlash, mahallabay ishlash orqali aholi muammolarini hal etish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning faoliyat samaradorligini oshirish borasida oʻz yechimini kutayotgan qator muammoli masalalar mavjudligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2021-yil davomida Bandlik dasturi ijrosini hududlar va tarmoqlar kesimida amalga oshirish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash va ularning bandligini taʼminlash borasidagi ishlar talab darajasida emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 10 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari mavjud boʻlishiga qaramay Ulugʻnor tumanida ish soʻrab murojaat qilgan fuqarolarning 45 foizi, Asaka tumanida 39 foizi va Xonobod shahrida 38 foizi ishga joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy daftarlarga kiritilgan aholi vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida ham kamchiliklar mavjud. Binobarin, 2021-yilda Oltinkoʻl va Xoʻjaobod tumanlarida mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan “Temir daftar”ga mablagʻ ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etishga yetarli eʼtibor qaratilmagan. Masalan, 2-bosqichda ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz sifatida ushbu daftarga kiritilgan xotin-qizlarning 56 foizining doimiy bandligi taʼminlanmagan. Boʻston tumanida 120 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi taʼminlanmaganligi sababli ularning 93 nafari ish izlab boshqa hududlarga chiqib ketgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish borasida ham ayrim muammolar mavjud boʻlib, 10 ta onalar oʻlimi holati qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 778 ta holatda 1 yoshgacha bolalar oʻlimi qayd etilib, ushbu koʻrsatkich 2020-yilga nisbatan 11 foizga ortgan. Bundan tashqari, 1 ming 265 ta perinatal oʻlim, 613 ta neonatal oʻlim hamda 493 ta erta neonatal oʻlim holati qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjet hisobidan dori-darmon sotib olish xarajatlari uchun 84,6 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan boʻlsa-da, ayrim tibbiyot muassasalarida ajratilgan mablagʻlar yil yakuniga qadar oʻzlashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatida ham baʼzi kamchiliklar mavjud. Xususan, zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha 7 ta hududga xizmat koʻrsatishi belgilangan Asaka tumanidagi markaz deyarli faoliyat koʻrsatmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda hozirda 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar soni qariyb 464 ming nafarni tashkil etib, har yili yoz mavsumida oʻrtacha 9 ming nafar bola (1,9 foiz) mavjud 14 ta statsionar turdagi oromgohda dam oladi, ushbu oromgohlardan 3 tasi joriy taʼmirga, 4 tasi kapital taʼmirga muhtoj.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalarini ijtimoiy soha uchun maqsadli yoʻnaltirish borasida 2021-yil davomida tuman (shahar)lar budjetlari qoʻshimcha manbalaridan “Fuqarolar tashabbusi” jamgʻarmasiga 12,6 mlrd soʻmlik mablagʻning 5,7 mlrd soʻmi oʻtkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 5 ta kasb-hunarga oʻqitish markazi hududidagi 5,5 gektar boʻsh yer maydonida 5 ta oʻquv poligoni — Monomarkaz qurish boʻyicha 2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida 40 mlrd soʻm moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan boʻlib, amalda 20,4 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan. Biroq, ushbu loyihalar yildan-yilga oʻtuvchi obyekt sifatida 2022-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilmaganligi bois boshlangan ishlar yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4536-son qaroriga asosan Xonobod — Andijon magistral suv quvurining ikkinchi yoʻnalishini qurish uchun 337 mlrd soʻmlik shartnoma imzolangan boʻlsa-da, shu kunga qadar bor-yoʻgʻi 8 mlrd soʻmlik mablagʻ ajratilgan va loyiha toʻxtab qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalari xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining sessiyasida muhokama etilib, aniqlangan muammoli masalalar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan “yoʻl xaritasi” tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash va daromadini oshirish choralarini koʻrish orqali aholi turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 102-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimi Sh. Abduraxmanovning ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va daromadini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi oʻrinbosari M. Kadirxanovaning Andijon viloyatini oʻrganish yakunlari haqidagi axboroti (ilova qilinadi) maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon viloyatida aholini ijtimoiy himoya qilish, ularning bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlarni oʻrganish yakunlari muhokamasiga bagʻishlangan xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi oʻtkazilganligi hamda tegishli qaror qabul qilinganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamning oʻzaro uzviy bogʻliqligini taʼminlash tizimini, ijtimoiy himoyani tayinlashda aniq va jamoatchilik uchun ochiq, shaffof mezonlarni joriy etishni koʻzda tutuvchi “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish maqsadida Xoʻjaobod tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion toʻqimachilik va dizayn yoʻnalishida “SAMO” klaster innovatsion texnologiyalar institutini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Arab Amirliklarining “E20 Investment Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda gilos va rezavor mevalar yetishtirishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun toʻgʻridan toʻgʻri ijaraga yer maydoni ajratib berish masalasining maqsadga muvofiqligini oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatda jamoat transporti xizmatini yaxshilash hamda avtokorxonalarning harakat tarkibini oʻz vaqtida yangilab borish maqsadida avtobuslarni imtiyozli shartlarda xarid qilish tizimini yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qaror bilan yuklatilgan vazifalar vazirlik va idoralar tomonidan ijro etilishini nazorat qilib borsin, kiritilgan takliflar oʻrganib chiqilishini hamda tegishli choralar koʻrilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida umumlashtirilgan axborotni 2022-yil 15-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan choralarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, xususan, investitsiya loyihalari doirasida belgilangan yangi ish oʻrinlari toʻliq yaratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan joriy etilgan hokim yordamchilarining aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni aniq va manzilli ishlab chiqish hamda ijrosini qatʼiy taʼminlash boʻyicha masʼuliyatini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga yer maydonlarini ajratish maqsadida “E-AUKSION” savdosiga chiqarilgan lotlar boʻyicha savdolarda ishtirok etish uchun yer soʻrab murojaat qilgan fuqarolarni keng jalb qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 5 foizigacha boʻlgan miqdordagi mablagʻlarni yoʻnaltirish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ipoteka kreditlari boʻyicha qarzlarini soʻndirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida bugungi kunga qadar toʻliq qaytarilmagan muammoli kreditlarni qoplash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilasin hamda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyidagi mavjud holatni toʻliq oʻrganib chiqib, natijasi boʻyicha uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan alohida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon “Saxovat” internat uyida bemorlar uchun zarur shart-sharoit yaratish choralarini koʻrsin, Boʻtaqora “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi, Chuama “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyida amalga oshirilishi belgilangan qurilish-taʼmirlash ishlarining yakuniga yetkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunarga tayyorlash boʻyicha oʻqishni tugatgan fuqarolarni toʻliq ish bilan taʼminlash, oʻtkazilayotgan mehnat yarmarkalarining natijadorligini oshirish boʻyicha mutasaddi idoralarning masʼuliyatini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy daftarlarga kiritilgan aholi vakillarining muammolarini chuqur tahlil qilgan holda ularni tizimli bartaraf etish, doimiy daromad manbaiga ega boʻlishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2022-yil 1-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tahliliy axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev) 2022-yil 1-iyunga qadar tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublikadagi mavjud ijtimoiy himoya mexanizmlarini (“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va boshqalar) maqbullashtirish orqali yagona integratsiyalashgan ijtimoiy himoya tizimini yaratish masalasini oʻrganib chiqib, tegishli takliflar tayyorlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar quyidagi masalalarni oʻrganib chiqib, tegishli takliflar tayyorlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlashda foydalaniladigan maʼlumotlarni olish imkonini beradigan yagona integratsiyalashgan axborot tizimini yaratish hamda ishga tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yordamlarni moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan moliyaviy manbalar (maxsus jamgʻarmalar, alohida hisob raqamlar va boshqalar)ni birlashtirish orqali “ijtimoiy yordamni moliyalashtirish yagona budjet tizimi”ni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona ijtimoiy yordam turlari roʻyxatini shakllantirib, kam taʼminlangan fuqaroga ijtimoiy va moddiy yordamni mazkur roʻyxatga kiritilgandan soʻng berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh. Xidoyatov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar Xonobod — Andijon magistral suv quvurining ikkinchi yoʻnalishini qurish loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Maxkamova) 2022-yil 20-mayga qadar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari faoliyatini batafsil oʻrganib chiqib, tegishli takliflar tayyorlasin hamda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev) bilan birgalikda 2022-yil 20-mayga qadar kasb-hunarga oʻqitish markazlari hududidagi boʻsh yer maydonlarida 5 ta oʻquv poligoni — Monomarkaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalasini yakuniga yetkazish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash hamda bandligini taʼminlashda mahalliy sharoit va imkoniyatlar, kasbga boʻlgan talablar inobatga olinishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Xaydarov) 2022-yil 1-iyunga qadar Jalaquduq tumanidagi “ALYORTEKS” MChJ faoliyatini oʻrganib chiqib, ishlab chiqarish jarayonini zamonaviylashtirish orqali mahsulotlar hajmi va sifatini oshirishga qaratilgan loyihani amalga oshirishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga (Q. Rafikov) Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov) bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar oromgohlarda dam oladigan va sogʻlomlashtiriladigan bolalar sonini oshirish maqsadida yil davomida faoliyat olib boradigan namunali oromgoh qurish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganib chiqib, tegishli choralarni belgilash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari tomonidan kam taʼminlangan aholi vakillarini ijtimoiy himoya daftarlariga kiritish va ulardan chiqarish maqsadida taqdim etilgan roʻyxat fuqarolar, xotin-qizlar va yoshlarning sharoitlari batafsil oʻrganib chiqilgandan keyin tasdiqlanishiga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari tomonidan har bir mahalla boʻyicha aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, mahallani iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi” ijrosi ustidan doimiy ravishda deputatlik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari ijrosi holatini muhokama qilib borish, belgilangan vazifalarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllash masalalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatni oʻrganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritasi” ijrosini har chorak yakunida tahliliy va tanqidiy muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralar mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida belgilangan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari ushbu Qarorda belgilangan vazifalarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ijrosi taʼminlanishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-533-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 29-apreldagi SQ-533-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va daromadini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlarni kompleks oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A X B O R O T
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14 — 18-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning daromadini oshirish, kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda aholi bandligini taʼminlash, ayollar, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, mahallabay ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy muassasalarda qulay sharoitlar yaratish borasida muayyan ishlar olib borilgan. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari, aholi daromadini oshirishga qaratilgan loyihalar ijrosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda Andijon viloyati boʻyicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 43,8 trln soʻmni tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 104,7 foizga oʻsgan, aholi jon boshiga nisbatan yalpi hududiy mahsulot 13 mln 596,2 ming soʻmdan iborat boʻlgan. Yalpi hududiy mahsulot hajmida kichik biznesning ulushi 71,8 foizni tashkil etib, har ming nafar aholiga nisbatan 13,8 birlik biznes subyekti toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2 trln 657 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, import oʻrnini bosish samarasi 246 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti 625,7 mln AQSh dollarini tashkil etib, eksport geografiyasi Armaniston, Belgiya, Gonkong kabi yangi davlatlar hisobiga kengaygan, 40 dan ziyod xorijiy mamlakatga 34 turdagi mahsulotlar yetkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil mahalliy budjet daromadlari rejasi 1 trln 934,5 mlrd soʻm miqdorida belgilangan boʻlib, uning ijrosi amalda 2 trln 159,9 mlrd soʻmga (111,7 foizga) bajarilgan va buning natijasida mahalliy budjetga 225,4 mlrd soʻm qoʻshimcha daromad tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muassasalar, yaʼni maktab, maktabgacha taʼlim, tibbiyot, sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun qoʻshimcha manbalar hisobidan 60,5 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Mavjud 265 ta tibbiyot muassasasiga dori-darmon va tibbiy jihoz sotib olish xarajatlari uchun qariyb 85 mlrd soʻmlik mablagʻ ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda umumiy qiymati 8,7 trln soʻm boʻlgan 800 dan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshirilishi natijasida qariyb 42 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan, ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 191 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi mavjud 22 ta kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 929 mlrd soʻmlik 394 ta loyiha joylashtirilib, ayni damgacha 600 mlrd soʻmlik 272 ta loyiha ishga tushirilgan va ular tomonidan 2021-yilda qariyb 343 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda 20 ta “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” tashkil etilib, ularda yoshlarning 628 mlrd soʻmlik 878 ta investitsiya loyihasi saralab olingan, bugungi kunga qadar 187 ta loyiha ishga tushirilib, 2,6 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 3,7 trln soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilgan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 43 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun 816 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 31 ta mahallada qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan, xususan, qariyb 5 mingta yakka tartibdagi uy-joylar taʼmirlangan, 113 ta savdo majmuasi tashkil etilgan, 827 km yoʻl, 354 km ichimlik suvi, 1 147 km elektr tarmoqlari, 9,9 km tabiiy gaz tarmoqlari, 277 km irrigatsiya, 37 ta ijtimoiy soha obyektida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan, ushbu maqsadlar uchun jami 240 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ yoʻnaltirilgan hamda mazkur mahallalarda yashovchi 100 mingdan ziyod aholining turmush darajasi yaxshilanishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturi doirasida 11 ta tibbiyot, 30 ta maktab, 13 ta maktabgacha taʼlim, 3 ta madaniyat-sport, 16 ta markaziy koʻcha, 7 ta ichimlik va oqova suv tarmogʻi, 18 ta melioratsiya va irrigatsiya obyekti, 15 ta boshqa obyektda 835 mlrd soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligini taʼminlash orqali ularning daromadini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yilda mehnat resurslari soni 1 mln 754,7 ming kishini tashkil etib, shundan 1 mln 264,2 ming kishi iqtisodiyot tarmoqlarida band boʻlgan (453,9 ming nafari rasmiy sektorda, 605,9 ming nafari norasmiy sektorda, 204,4 ming nafari migrantlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda ishga muhtoj boʻlganlar soni 138,5 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,9 foizni tashkil etgan. 16 — 30 yoshgacha boʻlganlar orasida ishsizlik darajasi 10,2 foizdan, ayollar orasida esa 12,6 foizdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda viloyat boʻyicha jami 54,6 mingta yangi ish oʻrni tashkil etilgan va prognozga nisbatan 126,6 foizga bajarilgan. Shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish hisobiga 31,8 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 520 ta doimiy ish oʻrni tashkil etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi roʻyxatdan oʻtgan qariyb 4,7 mingta kichik korxona va mikrofirmalarda 11,8 mingta yangi ish oʻrni tashkil etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlarni faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali 10,5 ming nafar aholi band etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga ish topishga yordam soʻrab murojaat qilgan 72,4 ming nafar fuqaroning 49,5 ming nafari ish bilan taʼminlangan. Ulardan 17,3 ming nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, 5,5 ming nafar ishsizlarga ishsizlik nafaqasi tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida ishsiz, daromadi past boʻlgan oilalar hamda parranda boqish istagida boʻlgan qariyb 18 mingta xonadonda 2 mln bosh parranda boqish yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat bozoridagi talab asosida kasbga oʻqitishga moʻljallangan 1 ta “Ishga marhamat” band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi “Monomarkaz”, 5 ta tuman va shaharda kasb-hunarga oʻqitish markazi, 13 ta mahallada kasb-hunarga oʻqitish maskani faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan 28 turdagi kasb, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillar boʻyicha 9,3 ming nafar ishsiz kasb-hunarga oʻqishga jalb etilgan. Kasb-hunarga oʻqishga jalb etilganlarning 50 foizini xotin-qizlar, 64 foizini yoshlar tashkil etgan, ularning 17,5 foizi “Ayollar daftari”da, 19,7 foizi “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ishsiz fuqarolardan iborat boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunarga oʻqitishga jalb etilganlarning 4,8 ming nafari (48,2 foizi) sanoat va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida, 1,5 ming nafari (16 foizi) qurilish, 650 nafari (7 foizi) agrotexnologiyalar, 1,2 ming nafari (13,1 foizi) IT sohasi, 1,7 ming nafari (16,2 foizi) “Usta-shogird” anʼanasi asosida hunarmandchilik kasblariga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil davomida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali jami 537,1 mingta oila vakillari ariza bilan murojaat qilgan boʻlib, ulardan 198,2 mingdan ortigʻiga (37 foiziga) budjetdan qariyb 607,5 mlrd soʻm miqdorida ijtimoiy nafaqalar toʻlab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat boʻyicha 2021-yilda 38,4 ming nafar fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangan, xususan, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi 3,3 ming nafar, yoshga doir pensiya 26,8 ming nafar, nogironlik pensiyasi va nafaqasi 3,4 ming nafar fuqaroga tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 28 225 ta oilaga 800 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi uchun 22,6 mlrd soʻm ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda nogironligi boʻlgan shaxslar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlari manzilli tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy soni 71,2 ming nafar boʻlib, ular aholining qariyb 2,2 foizini tashkil etadi. Nogironligi boʻlgan shaxslar imkoniyati, qiziqishi, bandligi va ehtiyojidan kelib chiqib, uch xil toifaga ajratilib, ular bilan manzilli ishlar olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyoji va talabiga koʻra umumiy qiymati 1,4 mlrd soʻm boʻlgan reabilitatsiya qilishning texnik vositalari (786 ta nogironlik aravachasi, 296 ta eshitish moslamasi, 58 ta qoʻltiq-tayoq, 1 142 ta hassa, 23 ta yurish moslamasi) bilan bepul ravishda taʼminlangan, 609 dona 3,7 mlrd soʻmlik protez-ortopediya mahsulotlari yetkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensioner va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sihatgohlarga 3 180 dona yoʻllanma ajratilgan. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj 190 nafar yolgʻiz keksalar 19 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlangan. Viloyat nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi 1,4 mlrd soʻmlik tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam savdosidan jabrlangan 107 nafar fuqaro yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiyot buyumlar bilan taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallabay ishlash tizimini samarali tashkil etish va hokim yordamchilari faoliyatini ushbu tizim asosida yoʻlga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda mahallabay ishlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ortda qolayotgan hamda ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan 210 ta mahalla tanlab olinib, aholi daromadini oshirish boʻyicha 4 ta yoʻnalishda ish tashkil etilgan. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan 11 543 ta xonadonga taʼminotchi korxonalar tomonidan qiymati 130,6 mlrd soʻmlik xomashyo qayta ishlash uchun yetkazib berilgan, 5 931 ta xonadon vakillariga 100 mlrd soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolarga 168 nafar “Lider tadbirkor” biriktirilib, 10 853 ta xonadonga ularning xohish-istaklariga qarab parranda, chorva mollari va asalari qutilari yetkazib berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchrashuv oʻtkazilgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida 2 mingdan ortiq ishlash istagini bildirgan xonadon vakillarining toʻla bandligi taʼminlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parranda boqish istagini bildirgan 1 ming 680 ta xonadon vakillariga 82 mingdan ortiq parranda tarqatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi xonadonlariga parranda yetkazib berish hamda kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish maqsadida 870 ta kooperativ tashkil etilgan, yetishtirilgan mahsulotlarni aholi xonadonlaridan yigʻib olish uchun 856 ta motoroller sotib olingan, ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotishni yoʻlga qoʻyish uchun 856 ta savdo shoxobchasi tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarda parrandachilikni rivojlantirish maqsadida 472 ta inkubatoriya tashkil etilgan, parranda boqish istagini bildirgan 12 527 ta ehtiyojmand xonadon oʻqitilgan, koperativlar tomonidan 12 102 ta xonadonga tovuq kataklari qurib berilib, parrandalar tarqatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda mavjud 887 ta mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan 588 mingdan ortiq xonadonlarning barchasida xatlov ishlari oʻtkazilib, xonadonlar 4 toifaga ajratib olingan. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifa — 43 ming 42 ta (7 foiz) daromadi kam, ishsiz aʼzolari boʻlgan, oʻz ishini boshlashga qiziqishi katta xonadonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifa — 362 ming 454 ta (62 foiz) doimiy daromadga ega, qoʻshimcha daromad topish istagi bor xonadonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi toifa — 40 ming 201 ta (7 foiz) nogiron yoki betob aʼzolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi toifa — 142 ming 583 ta (24 foiz) iqtisodiy ahvoli yaxshi va oʻziga toʻq xonadonlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu xonadonlardagi doimiy daromadga ega oila aʼzolari soni 1 mln 389 ming nafarni tashkil qilib, ulardan 499,3 ming nafari rasmiy va 889,6 ming nafari norasmiy daromadga ega boʻlgan fuqarolardir. Mehnatga layoqatli ishsizlar soni 364,6 ming nafar boʻlib, shundan 135,8 ming nafari ishlash istagini bildirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish istagini bildirgan 19 957 nafar fuqaro 702,1 mlrd soʻmlik kredit olish istagini bildirgan boʻlsa, 2022-yilning 11-martiga qadar hokim yordamchilari tomonidan 308,2 mlrd soʻm miqdorida kredit olish uchun tavsiya berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Onlinekredit.uz” platformasiga joriy yilning 16-martiga qadar 27 ming nafardan ortiq fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularning 11 834 nafariga (51,7 foiziga) hokim yordamchilari tomonidan ijobiy xulosa berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqonchilik bilan shugʻullanib, daromadini oshirish maqsadidagi fuqarolar bilan ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan, xususan, paxta maydonlarini qisqartirish hisobiga 4,5 ming gektar maydon (44 ming 210 ta lot) ajratilib, shundan 43 639 ta lotdagi 4 398 gektar yer maydoni “E-AUKSION” savdosiga chiqarilgan va savdo oʻtkazilgan lotlarning 79 foizida gʻoliblar aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy daftarlar asosida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari ijrosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga 2021-yilda 16 mlrd soʻm jalb qilingan, shundan “Temir daftar”ga 6 mlrd 589 mln soʻm, “Ayollar daftari”ga 4 mlrd 715 mln soʻm, “Yoshlar daftari”ga 3,5 mlrd soʻm ajratilgan, bundan tashqari, mahalliy Kengashlar qarori asosida moddiy yordamga muhtoj oilalarga qoʻshimcha 4 mlrd 52 mln soʻm ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvar holatiga viloyatda “Temir daftar”ga 60,5 mingta oila va ularning 248,3 ming nafar aʼzosi kiritilgan, oʻtgan davr mobaynida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 64,7 ming nafar mehnatga layoqatli aʼzosi ish bilan taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5204-sonli qaroriga asosan viloyatdagi 10 641 ta oilaning 22 506 nafari 18 yoshgacha boʻlgan farzandlariga kiyim-bosh toʻplamlari, maktab formasi va oʻquv qurollari xarid qilish uchun jami 11 mlrd 253 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari tarqatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-56-sonli qaroriga asosan yangi yil arafasida “Temir daftar”dagi 11,5 mingga yaqin oilaga 800 ming soʻmdan jami 9 mlrd 167 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam mablagʻlari berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida viloyatda olib borilgan ijtimoiy chora-tadbirlar natijasida 57,3 ming (94,6 foiz) oilalar “Temir daftar”dan chiqarilishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda “Ayollar daftari”ga 1-bosqichda 29 587 nafar, 2-bosqichda 45 722 nafar xotin-qiz kiritilib, ularga turli koʻrinishda amaliy yordam koʻrsatilgan. Xususan, 44 ming nafar xotin-qizning bandligi taʼminlangan, 19 mingdan ziyod tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlarga 236 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 344 nafar ayol imtiyoz asosida uy-joy bilan taʼminlangan, uy-joyi taʼmirga muhtoj 255 nafar nogironligi boʻlgan xotin-qizning uy-joyi taʼmirlab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 45 175 nafar yoshga koʻrsatilgan yordam tufayli bugungi kunga qadar ularning 43 425 nafari (96 foizi) ushbu roʻyxatdan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 8 560 nafar yoshlar doimiy va jamoat ishlariga joylashtirilgan, 6 496 nafariga imtiyozli kredit ajratilgan, 23 420 nafariga 2 342 gektar yer maydoni ajratilgan, 920 nafariga toʻlov-shartnoma mablagʻlari toʻlab berilgan, 430 nafarining safarbarlik chaqiruv rezervi xarajatlari qoplab berilgan, 592 nafari haydovchilikka oʻqitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 887 ta mahalla fuqarolar yigʻinida yoshlar bilan ishlash koʻnikmasiga ega, iqtidorli va malakali kadrlar saralanib, yoshlar yetakchilari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini uy-joy bilan taʼminlash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat respublika boʻyicha aholisi eng zich hudud hisoblanadi (760 kishi/km2), shu bois aholini uy-joy bilan taʼminlash viloyatdagi dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarining bir qismini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash maqsadida 1,1 ming nafar fuqaroga jami 29,2 mlrd soʻm miqdorida (boshlangʻich toʻlovning bir qismini qoplash uchun 21,7 mlrd soʻm, foiz toʻlovini qoplashga 7,5 mlrd soʻm) subsidiya mablagʻlari toʻlab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy masalasi boʻyicha muammolarni hal etish maqsadida Andijon tumanining 4 ming gektar adirlik maydonida 130 mingdan ziyod oila yoki 450 ming aholi uchun moʻljallangan Yangi Andijon shahrini bunyod etish ishlari olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ulkan bunyodkorlik ishlari 4 bosqichda amalga oshirilib, qurilish jarayonida 10 mingta, qurilish yakunlangandan keyin esa sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarida qariyb 100 mingta yangi ish joyi yaratiladi. Loyihaning birinchi bosqichida 192 ta koʻp qavatli uy qurilib, 5 mingdan ziyod oila oʻz boshpanasiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirda Andijon va Yangi Andijon shaharlarini bogʻlovchi 16 kilometrlik tez yurar avtobus yoʻnalishini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. 1680 oʻrinli maktab, 320 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, 250 oʻrinli oilaviy poliklinika, 2 mingta ish oʻrniga ega boʻlgan toʻqimachilik fabrikasi qurilishi amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasidagi ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda viloyatda 6 ta davlat, 13 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi 1 132 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi natijasida qoʻshimcha 44 ming nafar maktabgacha yoshdagi bolalar jalb etilgan va qamrov darajasi 61,3 foizdan 75,1 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi tizimida bugungi kunda rus va ingliz tillari boʻyicha oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun 8 nafar xorijlik (Rossiya va AQSh) mutaxassis jalb etilgan. Chet tillarini bilish boʻyicha xalqaro sertifikatga ega pedagoglar ulushini oshirish maqsadida Andijon shahrida “Xalqaro sertifikatlar olish imtihonlariga rasmiy tayyorlash markazi” tashkil etilib, joriy yilning oʻtgan davrida mobaynida 200 nafardan ortiq chet tili oʻqituvchilari xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻngi yillarda aniq, tabiiy fanlar va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 40 ta maktab, shuningdek Prezident maktabi kabi zamonaviy va innovatsion taʼlim maskanlari barpo etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab bitiruvchilarining oʻz iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib oʻrnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun “kasbga yoʻnaltirish tizimi” yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yilda oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi 13,4 foizdan (5 407 nafar) 26,1 foizga (9 513 nafar) oshgan. 2020-yilda birorta ham oʻquvchisi talabalikka tavsiya etilmagan maktablar soni 17 tani tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilda viloyatda bunday maktablar qayd etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi besh yilda oliy taʼlim muassasalari soni 4 tadan 8 taga ortgan (shundan 2 tasi xususiy). Xususan, joriy yilda Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti hamda Polsha davlatining Varshava universiteti filiali oʻz faoliyatini boshlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning innovatsion loyihalarga qiziqishlarini oshirish, ularni sohaga keng jalb etish maqsadida Andijon mashinasozlik institutida qiymati 6,5 mlrd soʻm boʻlgan “Yoshlar texnoparki” innovatsion markazi oʻz faoliyatini boshlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 269 nafar talabaga (452 nafari kam taʼminlangan oila farzandi, 178 nafari “Temir daftar”dagi oila farzandi, 9 nafari bolalar shaharchasi, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, 402 nafari nogironligi mavjud, 1 557 nafari boquvchisini yoʻqotgan, 253 nafari chin yetim, 418 nafari nafaqa oluvchi) jami 6,5 mlrd soʻmdan ortiq moddiy yordam koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganish davomida Andijon viloyatida aholi bandligini taʼminlash, mahallabay ishlash orqali aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning faoliyat samaradorligini oshirish borasida bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi ham kuzatildi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil davomida Bandlik dasturi ijrosini hududlar va tarmoqlar kesimida amalga oshirish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash va ularning bandligini taʼminlash borasidagi ishlar talab darajasida emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Ulugʻnor tumanida ish soʻrab murojaat qilgan 3 678 nafar ishsiz fuqaroning 45 foizi, Asaka tumanida 5 344 nafar fuqaroning 39 foizi, Xonobod shahrida 1 315 nafar fuqaroning 38 foizi ishga joylashtirilmagan. Vaholanki, viloyatda 10 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi qayd etilgan boʻlib, shundan 3 288 tasi maʼlum bir mutaxassislik talab etmaydigan kasb lavozimlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asaka tumanida kasb-hunarga oʻqitish kurslarini tamomlagan 260 nafar fuqaroning 20 foizi, Xonobod shahrida 56 nafar fuqaroning 18 foizi, Ulugʻnor tumanida 780 nafar fuqaroning 15 foizi bugungi kunga qadar ishga joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon tumani hokimligi tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan hududiy investitsiya loyihalari asosida ish oʻrni yaratish boʻyicha belgilangan rejalar toʻliq bajarilganligi qayd etilgan boʻlib, ushbu maʼlumot soliq baʼzasi bilan solishtirilganda 9 ta korxonada 70 ta ish oʻrni amalda yaratilmaganligi aniqlandi (ushbu korxonalar tomonidan jami 600 ta oʻrniga amalga 530 ta yangi ish oʻrni yaratilgan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asaka tumani hokimligi hisobotida “Tropik mevalari” xususiy korxonasida parrandachilikni yoʻlga qoʻyish uchun 10 ta yangi ish oʻrni yaratilganligi qayd etilgan, ammo oʻrganish davomida korxonada bor-yoʻgʻi 1 ta ish oʻrni yaratilganligi aniqlandi. “Andijon saxovati” korxonasi tomonidan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi uskunalarini ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha 120 ta oʻrniga 85 ta, “Odiljonov Xadyatullo” korxonasi tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha 100 ta oʻrniga 89 ta, “Beminnat savdo hamkor” korxonasi tomonidan tikuvchilikni tashkil etish boʻyicha 100 ta oʻrniga 92 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsizlikni kamaytirish borasidagi asosiy eʼtibor fuqarolarni oʻzini oʻzi band qilish orqali bandligini taʼminlashga qaratilgan. Masalan, Qoʻrgʻontepa tumanida joriy yilning 1-mart holatiga bandligi taʼminlanganligi qayd etilgan 2 818 nafar fuqaroning 879 nafari (31 foizi) soliq idoralari orqali oʻzini oʻzi band qilganligi haqida maʼlumotnoma rasmiylashtirish bilan cheklanilgan. Vaholanki, oʻzini oʻzi band qilganlarning aksariyatini yer maydoni ajratilganlar, xonadon sharoitida boqish uchun parranda, asalari, qoʻy va chorva berilganlar hamda hunarmandchilikka jalb etilganlar tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu amaliyot baʼzan hisobotlarda ham turli chalkashliklarni, ayrim hollarda bandligi taʼminlangan fuqarolar sonini orttirib koʻrsatish holatlarini keltirib chiqarmoqda. Masalan, auksionda yer olib dehqonchilik faoliyatini boshlagan fuqaro rasman bandligini rasmiylashtirish (ish staji) uchun soliq idorasiga bazaviy hisoblash miqdorining eng kam miqdorida pul toʻlagan holda oʻzini oʻzi band qilganligi haqida maʼlumot olishi talab etiladi, natijada 1 kishi ham yer berildi, ham oʻzini oʻzi band qildi tarzida 2 holatda bandligi taʼminlangan sifatida qayd etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchilari tomonidan ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan taʼminlash masalasiga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti, joriy yilning yanvar-fevral oylarida ish bilan taʼminlangan 17 435 nafar fuqaroning 59 foizi oʻzini oʻzi band qilish orqali bandligi taʼminlangan. Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning aksariyati ushbu maʼlumotnomani amalda bandligi taʼminlanmagan boʻlsa-da, faqatgina nafaqa tayinlash (bola puli) uchungina rasmiylashtirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kvotalangan ish oʻrinlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish ishlariga ham yetarli eʼtibor qaratilmayapti. Masalan, Qoʻrgʻontepa tumanida ushbu toifadagi shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari 412 tani tashkil etib, 1-mart holatiga bor-yoʻgʻi 19 nafar (4,6 foiz) fuqaro ishga joylashtirilgan. Kvotalangan ish oʻrinlarining 73 tasiga nogironligi boʻlgan shaxslarni jalb etish belgilangan boʻlib, amalda birorta ham mazkur toifadagi fuqaro ishga joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda ishga muhtoj boʻlganlar soni 138,5 ming kishini yoki boʻsh ish oʻrinlari 10 mingdan ziyodni tashkil etsa-da, ushbu boʻsh ish oʻrinlari haqida aholini xabardor qilish ishlariga yetarli eʼtibor qaratilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir mahalla uchun mehnat inspektori tayinlangan boʻlsa-da, faoliyati oʻrganilgan birorta ham mahallaga hududdagi boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlardan qaytgan fuqarolar bandligini taʼminlash borasidagi ishlar ham talab darajasida emas. Masalan, Jalaquduq tumanida xorijiy davlatlardan qaytgan 5 785 nafar fuqarodan qariyb 70 foizining bandligi taʼminlandi deb koʻrsatilgan, ammo Bandlikka koʻmaklashish markazida ushbu raqamlarni asoslantiruvchi biror-bir hujjat mavjud emas. Tumanda 2021-yilda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan 44 nafar fuqarodan 10 nafarining bandligi taʼminlangan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat yarmarkalari faqatgina rasmiyatchilik uchun tashkil etilmoqda. Masalan, Shahrixon tumanida oʻtkazilgan mehnat yarmarkalarida 231 ta tashkilot tomonidan jami 1 886 ta boʻsh ish oʻrni taklif etilgan boʻlsa-da, amalda bor-yoʻgʻi 33 nafar (1,7 %) fuqaro boʻsh ish oʻrniga ishga joylashtirilgan. Bu boradagi koʻrsatkich Xoʻjaobod tumanida 1,7 foizni, Buloqboshi tumanida 2,4 foizni, Andijon tumanida 3,3 foizni, Asaka va Ulugʻnor tumanlarida 7 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan joriy etilgan hokim yordamchilari tomonidan har bir mahalla boʻyicha aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, mahallani iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish borasida ham ayrim kamchiliklar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganilgan Andijon, Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq tumanlarida “yoʻl xaritalari” aniq va manzilli ishlab chiqilmagan, deyarli barchasi shablon asosida tayyorlangan hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil qilingan birorta ham “yoʻl xaritasi”da qay tarzda yordam koʻrsatish orqali fuqaroni kambagʻallikdan chiqarish belgilanmagan, ishsiz fuqarolarga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida kredit rasmiylashtirish hisobiga uy hayvonlari va parranda olish, issiqxona qurish orqali bandligini taʼminlash rejalashtirilgan, ammo kam taʼminlangan aholining kelgusida ushbu kreditlarni toʻlash qobiliyatiga ega boʻlish yoki boʻlmasligi hisobga olinmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu kabi omillar sababli ajratilgan kreditlarning qaytarilishida muammoli holatlar yuzaga kelmoqda, 2021-yilda 604 mlrd soʻm kredit qarzdorliklari undirilgan boʻlsa-da, 2022-yil 1-yanvar holatiga kelib muammoli kreditlar qoldigʻi 1 trln 141 mlrd soʻmni tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchilari tomonidan kredit olish istagidagi 363 nafar fuqaroning murojaati belgilangan 15 kun muddatda koʻrib chiqilmagan. Ushbu koʻrsatkich Shahrixon tumanida 99 tani (31,7 foizni), Paxtaobod tumanida 82 tani (25 foiz), Baliqchi tumanida 48 tani (18 foizni), Andijon shahrida 31 tani (14 foizni) tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarda har kuni kamida bitta yangi ish oʻrni yaratish loyihasi boʻyicha joriy yilning yanvar-fevral oylarida 29 595 nafar ishsiz fuqaro bandligi taʼminlangan, ammo belgilangan reja Izboskan, Paxtaobod (92 foiz), Andijon (95 foiz) tumanlarida toʻliq bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Asaka tumanidagi “Otish”, “Uchtosh”, “Ergashobod”, Ulugʻnor tumanidagi “Sariqsuv”, “Nurobod”, “Oqtom”, “Kelajak”, Paxtaobod tumanidagi “Yangiobod”, Shahrixon tumanidagi “Qushqunoq”, “Navbahor”, “Maslahattepa”, “Nayman”, “Paxtakoʻl”, “Suzoq”, “Oʻzbekiston”, “Yangivahim” mahallalarida reja 50 foizga ham bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta va gʻalla ekinlaridan qisqartirilgan yerlarda dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida “E-auksion” elektron savdo platformasida 43 639 ta lot boʻyicha yer maydoni joylashtirilgan. Biroq ayrim hududlarda auksion savdolariga ishlash istagida boʻlgan va yer soʻrab murojaat qilgan fuqarolarni jalb etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmagan. Xususan, savdoga qoʻyilgan jami lotlarga nisbatan Jalaquduq tumanida savdolarning 49 foizida, Paxtaobod tumanida 43 foizida, Izboskan tumanida 37 foizida, Asaka tumanida 36 foizida talabgorlar qatnashmaganligi sababli gʻoliblar aniqlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda gʻoliblar aniqlangan boʻlsa-da, shu kunga qadar ajratilgan yer maydonlari egalariga aniq xatlab berilmagan. Masalan, Qoʻrgʻontepa tumanida 1033 nafar fuqaroga auksion asosida yer maydoni ajratilgan boʻlib, tanlov asosida oʻrganilganda fuqarolar (A. Qoʻshoqov, Sh. Djalilova, T. Sharipova) hali qaysi konturdan auksionda yer yutib olganligini bilmasligi, shu kunga qadar tegishli mutasaddilar tomonidan fuqaroga yer xatlab berilmaganligi maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy daftarlarga (“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”) kiritilgan aholi vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida ham baʼzi kamchiliklar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkazilishi zarur boʻlgan 1 mlrd 429 mln soʻm, xususan, Andijon shahrida 825 mln soʻm, Andijon tumanida 492,3 mln soʻm, Oltinkoʻl tumanida 111,4 mln soʻm mablagʻ oʻtkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil yakunida mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalaridan qariyb 4 mlrd soʻm mablagʻ “Temir daftar”ga yoʻnaltirilgan, ammo Oltinkoʻl va Xoʻjaobod tumanlarida umuman mablagʻ ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2-bosqichda “Ayollar daftari”ga ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz sifatida kiritilgan xotin-qizlarning 56 foizi doimiy daromad keltiruvchi ishlar bilan emas, balki “uy ishlarini bajarish” kabi mustaqil ravishda oʻzini oʻzi band qildi, degan sabab bilan roʻyxatdan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Baliqchi tumani boʻyicha doimiy bandligini taʼminlash rejalashtirilgan 75 nafar xotin-qizdan 5 nafarining (6,7 foizi) doimiy bandligi taʼminlangan, xolos. Bu koʻrsatkich Asaka tumanida 11 foizni, Oltinkoʻl tumanida 14 foizni, Jalaquduq tumanida 22 foizni, Buloqboshi tumanida 27 foizni tashkil etgan. Boʻston tumanida 560 nafar ishsiz xotin-qizdan 120 nafarining bandligini taʼminlash choralari koʻrilmaganligi bois ularning 93 nafari ish izlab boshqa hududlarga chiqib ketgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi taʼminlanishi rejalashtirilgan 1 336 nafar xotin-qizdan bor-yoʻgʻi 365 nafari (27 foizi) vaqtinchalik ish bilan taʼminlangan, xolos. Ushbu koʻrsatkich Oltinkoʻl tumanida 1,3 foizni, Baliqchi tumanida 1,8 foizni, Qoʻrgʻontepa tumanida 2,4 foizni, Xonobod shahrida 5 foizni, Asaka tumanida 6,1 foizni tashkil etgan, Marhamat, Andijon, Boʻston tumanlarida birorta ham xotin-qizning vaqtinchalik bandligi taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 2-bosqichda subsidiya ajratish orqali bandligini taʼminlash ishlariga ham yetarli eʼtibor qaratilmagan. Masalan, tadbirkorlikka jalb etish uchun 739 nafar xotin-qizdan bor-yoʻgʻi 7 nafariga, shaxsiy tomorqani rivojlantirish uchun 802 nafar xotin-qizdan 23 nafariga, kasbga oʻqitish xarajatlarini qoplash uchun 468 nafar xotin-qizdan 1 nafariga subsidiya ajratilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kvotadan ortiq ishga qabul qilingan xotin-qizlar uchun subsidiya ajratish ishlariga umuman eʼtibor qaratilmaganligi sababli subsidiya mablagʻlaridan deyarli foydalanilmagan. Kooperativlarga jalb etish boʻyicha yetarli tushuntirish ishlari olib borilmaganligi natijasida 672 nafar ayoldan atigi 28 nafarining bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noturar joyda yashab kelayotgan xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash borasida ham ayrim muammolar saqlanib turibdi, Masalan, Asaka tumanida noturar joyda yashayotgan 33 nafar xotin-qizga faqatgina ijara kompensatsiyasini qoplab berish uchun moddiy yordam koʻrsatilgan, Qoʻrgʻontepa tumani “Chorvador” mahallasidagi noturar joyda yashab kelayotgan fuqaro F. Xakimovaning muammosi shu kunga qadar hal etilmagan, Jalaquduq tumani “Hamzaobod” mahallasi idorasida uzoq vaqtdan buyon yashab kelayotgan O. Karimova hatto “Ayollar daftari”ga kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tadbirlari davomida viloyatda ijtimoiy sohada koʻplab moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlanganligi bu boradagi ishlar ustidan tizimli jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yilda ijtimoiy soha obyektlarida oʻtkazilgan 247 ta nazorat tadbiridan 76 foizida (188 ta) jami 44 mlrd 745 mln soʻmlik moliyaviy xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanib, shundan 40 mlrd 73 mln soʻm (89,5 foiz) miqdorida mablagʻ belgilangan tartibda undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy zarar miqdori 29 mlrd 872 mln soʻm boʻlgan 171 ta nazorat tadbiri materiallari aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam toʻlovlari uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan oʻtkazilgan 6 ta nazorat tadbiridan 5 tasida 113 mln soʻmlik ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam toʻlovlari notoʻgʻri tayinlanib toʻlab yuborilganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan pensiya va nafaqa toʻlovlari toʻgʻri tayinlanishi va toʻlanishi boʻyicha 69 ta holatda 198,3 mln soʻm miqdorida ortiqcha va noqonuniy toʻlovlarga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon shahar xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi maktablarda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hisobidan xodimlarning plastik kartochkalariga oʻtkazilgan shubhali toʻlovlar yuzasidan tashkil etilgan nazorat tadbirlarida 10,9 mlrd soʻmlik budjet mablagʻlari noqonuniy oʻzlashtirilganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman tibbiyot birlashmalarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 3,5 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Xususan, ish haqi uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganishlarda Andijon tumanida 1,8 mlrd soʻm, Ulugʻnor tumanida 1,7 mlrd soʻm ish haqi uchun hisoblangan mablagʻlar soxta toʻlov vedomostlarini rasmiylashtirish orqali noqonuniy oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalarini ijtimoiy soha uchun maqsadli yoʻnaltirish borasida, shuningdek, mavjud tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatida ham ayrim muammolar saqlanib turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil davomida tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari qoʻshimcha manbalaridan “Fuqarolar tashabbusi” jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan 12,6 mlrd soʻm mablagʻning 5,7 mlrd soʻmi oʻtkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Andijon shahrida 675 mln soʻm, Xoʻjaobod tumanida 505 mln soʻm, Qoʻrgʻontepa tumanida 492 mln soʻm, Andijon tumanida 491 mln soʻm, Oltinkoʻl tumanida 400 mln soʻm, Shahrixon tumanida 380 mln soʻm, Asaka tumanida 364 mln soʻm, Baliqchi tumanida 338 mln soʻm, Izboskan tumanida 326 mln soʻm mablagʻ jamgʻarmaga oʻtkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjet hisobidan dori-darmon sotib olish xarajatlari uchun 84,6 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan boʻlsa-da, ayrim tibbiyot muassasalarida ajratilgan mablagʻlar yil yakuniga qadar oʻzlashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asaka tumanidagi 10-sonli oilaviy poliklinikada birinchi tibbiy yordam uchun belgilangan 31 turdagi dori vositasidan 12 turi mavjud, xolos, shu bois birgina joriy yilning 11-fevralidan 15-martiga qadar birinchi tibbiy yordam uchun murojaat qilgan 1049 nafar fuqarodan 968 nafari (92 foiz) dori vositalarini oʻz hisobidan xarid qilishga majbur boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 5 foizigacha boʻlgan miqdordagi mablagʻlarni yoʻnaltirish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ipoteka kreditlari boʻyicha qarzdorliklarini soʻndirish jamgʻarmasi hanuzgacha tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon “Saxovat” internat uyida yotoq bemorlar uchun 20 oʻrinli bir qavatli bino qurish, sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun sport maydonchasi tashkil etish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilgi davlat investitsiya dasturida Andijon tumanidagi Boʻtaqora “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish belgilangan boʻlib, ushbu maqsadlar uchun 10,2 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan. Ammo belgilangan muddat (2021-yil dekabr) tugagan boʻlishiga qaramasdan hanuzgacha tibbiy jihozlar bilan taʼminlanmagan, 60 oʻrinli yotoqxonani taʼmirlash ishlari oxiriga yetkazilmagan, yozgi ayvon qurilishi boshlanmagan, muassasada yopiq sport inshoati mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izboskan tumanidagi Chuama “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyida tibbiy-maʼmuriy boʻlim binosini qurish, 2 ta qishgi yotoq binosini kapital rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 12,7 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, qurilish ishlari hanuzgacha yakunlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻrgʻontepa tumanidagi 330 oʻrinli “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyidagi 50 oʻrinli oshxona binosida ovqatlanish 3 smenada tashkil etilmoqda, bu esa, oʻz navbatida, muassasada yashovchilarga noqulayliklar tugʻdirmoqda, muassasada davolash boʻlimi, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish zali mavjud emas, elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelmoqda, tabiiy gaz tizimiga ulanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha 2 ta markaz mavjud boʻlib, 7 ta hududga xizmat koʻrsatishi belgilangan Asaka tumanidagi markazni oʻrganish davomida muassasa deyarli faoliyat koʻrsatmayotganligi maʼlum boʻldi, markaz shu kunga qadar Adliya organidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan, bankda hisob raqami ochilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda tibbiyot xodimi, psixolog, huquqshunos, murojaat qilgan fuqarolarni vaqtinchalik boshpana bilan taʼminlash uchun xonalar tashkil etilgan, ammo tibbiyot xodimi, psixolog, huquqshunos xizmatlari yoʻlga qoʻyilmagan, bino isitilmaydi, joriy yilning 15-martiga qadar 2 nafar ayol vaqtinchalik boshpana soʻrab murojaat etgan, ammo sharoit mavjud emasligi sababli 3-4 kundan keyin chiqib ketgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, oʻrganish davomida aholini ijtimoiy himoya qilish, ularning bandligini taʼminlash orqali daromadini oshirishga erishish borasida ham baʼzi masalalar oʻz yechimini kutib turibdi. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil davomida ijtimoiy nafaqa tayinlash va toʻlash rad etilgan fuqarolarning 65 foiziga doimiy daromad manbaiga ega boʻlmaganligi sabab sifatida keltirilgan. Ammo nafaqa tayinlanishi rad etilgan fuqarolarga ular soliq idoralaridan oʻzini oʻzi band qilgan fuqaro sifatida maʼlumotnoma olgandan keyin nafaqa rasmiylashtirish holatlari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda viloyatda toʻqimachilik sanoati sohasida 2400 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritadi, rivojlanayotgan ushbu sohada xorijlik mutaxassislarga talab yuqori, ammo kichik korxonalar tomonidan xorijlik mutaxassislarni jalb etish uchun moliyaviy jihatdan imkoniyati yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois soha uchun mahalliy mutaxassislar tayyorlash, hududdagi toʻqimachilik sanoati sohasini rivojlantirish va yangi texnologiyalarni jalb etish maqsadida Xoʻjaobod tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion toʻqimachilik va dizayn yoʻnalishida “SAMO” klaster innovatsion texnologiyalar institutini tashkil etish maqsadida tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda (ID-48384) Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan, ammo masala shu kunga qadar hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi balansidagi sobiq Xoʻjaobod qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji binosida (Oʻzbekiston koʻchasi, 78-uy) umumiy qiymati 2 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilib, qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari yakunlangan. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida 700 oʻrinli jahon standartidagi zamonaviy oliy taʼlim muassasasi tashkil etilib, har yili yengil sanoat va klaster sohasida 100 nafar mahalliy yetuk mutaxassis tayyorlashga erishiladi, qolaversa 120 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Jalaquduq tumanidagi 400 nafar ishchi-xodim faoliyat olib borayotgan “ALYORTEKS” MChJda ip-yigiruv dastgohlari maʼnaviy eskirganligi bois ishlab chiqarish quvvati 30 foizga tushib ketgan, mahsulot sifati oʻz raqobatbardoshligini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-72-son qaroriga asosan korxonada ip-yigiruv dastgohlari va ishlab chiqarish jarayonini zamonaviylashtirish, mahsulotlarni yuqori texnologik ishlab chiqarishga qayta yoʻnaltirish orqali ularning hajmi va sifatini oshirish maqsadida 2022-2023-yillarda umumiy qiymati 80,5 mln AQSh dollariga teng boʻlgan loyihani amalga oshirish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida korxonaning quvvati yillik 25 ming tonna kalava-ip ishlab chiqarishga oshiriladi, 1000 ta yangi ish oʻrni yaratilib, mahalliy aholining bandligi taʼminlanadi, loyiha doirasida mashhur “RIETER” kompaniyasining eng zamonaviy ip-yigiruv dastgohlarini oʻrnatish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan korxona faoliyati toʻliq oʻrganilmasdan, loyihani amalga oshirish uchun “Oʻzmilliybank” AJga ijobiy xulosa berilmaganligi bois bank tomonidan 38 mln Yevro miqdoridagi kredit ajratilishi toʻxtab qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24 — 26-mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “E20 Investment Ltd” kompaniyasi oʻrtasida gilos va rezavor mevalar yetishtirishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishilgan boʻlib, loyiha doirasida 100 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan, ushbu loyihaning amalga oshirilishi eksportbop 3,4 ming tonnagacha tayyor mahsulot yetishtirish hamda 80 ta doimiy va 600 ta mavsumiy ish oʻrnini yaratish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga asosan qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga koʻra ortib boradi) boʻlgan yirik investitsiya loyihasi uchun Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan toʻgʻridan toʻgʻri ijaraga yer maydoni ajratib berish belgilab qoʻyilganligi bois mazkur loyihani amalga oshirish uchun 470 gektar yer maydoni ajratish uchun Hukumatning amaliy yordami zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 5 ta kasb-hunarga oʻqitish markazi hududidagi 5,5 gektar boʻsh yer maydonida 5 ta oʻquv poligoni — Monomarkaz qurish boʻyicha 2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida 40 mlrd soʻm moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan boʻlib, amalda 20,4 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan, ammo mazkur loyihalar yildan-yilga oʻtuvchi obyekt sifatida 2022-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilmaganligi bois boshlangan ishlar yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning Andijon, Xonobod, Qorasuv shaharlari va Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq, Andijon, Asaka, Oltinkoʻl tumanlarida yashovchi aholi hamda ishlab chiqarish korxonalari soni ortishi natijasida Xonobod — Andijon magistral suv quvurining birinchi yoʻnalishidan ichimlik suvi yetkazib berishda suv debiti (sigʻimi) yetishmasligi muammosi mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4536-son qaroriga asosan, mazkur ichimlik suv quvurining ikkinchi yoʻnalishini qurish uchun 337 mlrd soʻmlik shartnoma imzolangan, ammo bugungi kunga qadar bor-yoʻgʻi 8 mlrd soʻm mablagʻ ajratilganligi bois loyiha vaqtincha toʻxtab qolgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uzoq vaqt talab etilishini inobatga olib, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb etish maqsadga muvofiq, natijada 510 ming aholini (shundan 120 ming nafari ilk marotaba) doimiy ichimlik suvi bilan taʼminlashga erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat transporti xizmatini yaxshilash maqsadida avtobuslarni xarid qilishda kredit stavkalari 21 — 24 foizni tashkil etmoqda, “Isuzu” rusumli avtobusning narxi 2017-yilda 105 mln soʻm boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda 383 mln soʻmni tashkil etmoqda. Shu bois avtokorxonalarning yildan-yilga eskirib boradigan harakat tarkibini oʻz vaqtida yangilab borish maqsadida avtobuslarni imtiyozli shartlarda xarid qilishini yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganib chiqish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda hozirda 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar soni qariyb 464 ming nafarni tashkil etib, har yili yoz mavsumida oʻrtacha 9 ming nafar bola (1,9 foiz) mavjud 14 ta statsionar turdagi oromgohda dam oladi, ushbu oromgohlardan 3 tasi joriy taʼmirga, 4 tasi kapital taʼmirga muhtoj ahvolga kelib qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois oromgohlarda dam oladigan va sogʻlomlashtiriladigan bolalar sonini oshirish maqsadida nafaqat yoz mavsumida, balki yil davomida faoliyat olib boradigan namunali oromgoh tashkil etish, mazkur oromgohda imtiyozli tarzda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini sogʻlomlashtirish zarur.