28.04.2022 yildagi SQ-525-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yilda huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axboroti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axborotini eshitib, sohada muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, huquqiy axborotni manzilli yetkazishda Adliya vazirligi tomonidan innovatsion texnologiyalar keng joriy etilib, Internet tarmogʻida aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan 7 ta huquqiy resurs ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilk bor onlayn shaklda oʻtkazilgan “Umummilliy Konstitutsiya imtihoni”da 50 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini televideniye orqali tushuntirib borish maqsadida Innovatsion media-markaz faoliyati yoʻlga qoʻyilgan hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng yoritish boʻyicha axborot-tahliliy media materiallar, shu jumladan, voqea joyidan reportajlar tayyorlanib efirga uzatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, aholini tashvishga solayotgan muammolar va eng koʻp berilayotgan savollarning huquqiy yechimi boʻyicha masʼul davlat organlari mutaxassislari bilan birgalikda maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, videoteka shakllantirilgan hamda vazirlikning “YouTube” ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasiga joylashtirib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, hafta davomida qabul qilingan, davlat va jamiyat hayoti uchun muhim boʻlgan qonunchilik hujjatlari boʻyicha “Qonunchilikdagi yangiliklar” rukni ostida uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz) videoroliklar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholiga tezkor va tushunarli tarzda yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati bilan bogʻliq ayrim muammolar saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, maxsus elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qilish natijasida maʼlum boʻldiki, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi oʻz sohasiga doir qonunchilik hujjatlari boʻyicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarida faol ishtirok etgan, biroq ayrim davlat organlari va tashkilotlari huquqiy targʻibot sohasida sustkashlikka yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan oʻz sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni targʻib qilish borasida 10 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan boʻlsa-da, ularning aksariyati boʻyicha targʻibot tadbirlari amalga oshirilmagan. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 388-sonli qarori yuzasidan targʻibot ishlari olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “ Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5484-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-oktabrdagi “Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 663-sonli, 2020-yil 10-iyundagi “Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 368-sonli qarorlari mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan olib borilgan targʻibot tadbirlari elektron platformaga toʻliq joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu kabi holatlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi va Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatida ham kuzatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumki, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali huquqiy axborotni tarqatishi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rasmiy veb-saytiga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi “Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 114-sonli qarori joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rasmiy veb-saytlariga ham Respublikasi Prezidentining soʻnggi yillarda qabul qilingan ular faoliyatiga doir farmon va qarorlari joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 342-sonli qarorida davlat organlari va tashkilotlari huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish doirasida adliya organlari tomonidan yuborilgan soʻrovnomani olgan kundan eʼtiboran 10 kun ichida tegishli materiallarni ilova qilgan holda unga javob xati yuborishi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotda taʼkidlanishicha, qayd etilgan qoidaga amal qilmagan holda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Moliya, Qishloq xoʻjaligi, Sogʻliqni saqlash, Energetika vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Kinematografiya, Davlat aktivlarini boshqarish, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentliklari, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Davlat personallashtirish markazi, Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Uzdavneftgazinspeksiya”, “Uzenergoinspeksiya”, Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari toʻgʻrisida maʼlumotlar oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunchilik hujjatlariga rioya qilmayotganligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tezkor maʼlumotlar kiritish kabi taʼsirchan choralar Adliya vazirligi tomonidan koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga adliya organlari tamonidan ham huquqiy targʻibot faoliyatida sustuvshlikka yul qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlarda aholi soni nisbatan kam boʻlgan Sirdaryo viloyatida 6 048 ta va Jizzax viloyatida 2 581 ta huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazilgan boʻlsa, aholi soni eng koʻp boʻlgan Toshkent shahrining hududiy adliya boshqarmasi tomonidan 2021-yil davomida ommaviy axborot vositalari orqali atigi 1 321 ta (televideniyeda 48 ta, radioda 41 ta, gazeta va jurnallarda 28 ta hamda veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida 1 204 ta) huquqiy targʻibot tadbiri olib borilganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, huquqiy targʻibot tadbirlari aholi soni eng koʻp boʻlgan Namangan (1 016 ta) hamda Toshkent (898 ta) viloyatlarida ham yetarlicha tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, huquqiy targʻibot tadbirlari konferensiya shaklida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Fargʻona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan umuman oʻtkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm hamda Toshkent viloyatlari adliya boshqarmalari tomonidan huquqiy targʻibot tadbirlariga doir materiallar (darslik, oʻquv qoʻllanmalari, risola va sharhlovchi qoʻllanmalar) bor-yoʻgʻi 1 tadan chop etilgan boʻlsa, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan esa biror marta ham nashr etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan ushbu xato va kamchiliklar, shuningdek, manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarining sust olib borilishi aholining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlardan bexabar qolishiga, bu oʻz navbatida, fuqarolarning normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan imtiyozlardan oʻz vaqtida foydalana olmasligiga, qonunchilikda belgilangan huquqlari buzilishiga, shuningdek, aholi oʻrtasida qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati notoʻgʻri talqin qilinishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Respublikasi Qonunining 10-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning 2021-yilda huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasidagi faoliyatida muayyan kamchiliklar, oʻz yechimini kutayotgan muammolar hamda toʻliq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-iyulga qadar huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash boʻyicha vazirlik tomonidan yuritiladigan maxsus elektron portalning toʻliq ishlashini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda elektron portalga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini joyiga chiqib oʻrgansin. Kamchiliklarga yoʻl qoʻygan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga nisbatan tegishli choralar koʻrish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot kiritish amaliyotini samarali tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targʻibot tadbirlari muntazam monitoring qilib borilishini, har yili ikki marotaba (20-yanvar va 20-iyulga qadar) masʼul davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ularning elektron portalga kiritgan maʼlumotlarini tahlil qilish, zarurat boʻlganda esa joyiga borib oʻrganish orqali baholanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda sohadagi muammolarni bartaraf etish, oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni faollashtirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasida olib borilayotgan ishlarini reja asosida muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilda kamida ikki marta davlat organlari va tashkilotlarining elektron portalni yuritishga masʼul boʻlgan xodimlarini oʻqitish boʻyicha seminar-treninglarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda huquqiy madaniyat va qonun ustuvorligi tashviqoti ishlarini innovatsion uslublarda, aholiga oddiy va tushunarli tarzda tezkor yetkazish imkonini beradigan dastur ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda tadbirkorlar, yoshlar, xotin-qizlar va nogironligi boʻlgan shaxslarning fikrlarini oʻrganib, ularning huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida eng dolzarb va ularni qiziqtirgan masalalarning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yoʻli bilan manzilli targʻibot olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va taʼlim muassasalari oʻrtasida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan samarali hamkorlikni takomillashtirish boʻyicha asosli takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda bepul yuridik xizmat koʻrsatish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini manzilli oʻrganib chiqib, natijasi yuzasidan tegishli choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda tadbirkorlar, ayollar va nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni targʻib qilish maqsadida “tadbirkorlar huquqi”, “ayollar huquqi” va “nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari” haqida qoʻllanmalar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish choralari koʻrilishini hamda adliya organlari tomonidan huquqiy targʻibot tadbirlarining barcha shaklidan unumli va keng foydalanilishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan huquqiy targʻibot tadbirlari haqidagi maʼlumotlar mazkur tadbirlar amalga oshirilganidan soʻng darhol elektron portalga kiritilishini nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar targʻibotini tashkil etmagan, ularni oʻz rasmiy veb-saytlariga hamda elektron portalga joylashtirmagan, shuningdek, huquqiy targʻibotning samarali usullaridan foydalanmagan davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini tanqidiy muhokama qilsin va natijasi yuzasidan tegishli choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoralari va tashkilotlari faoliyatidan kelib chiqib, aholini tashvishga solayotgan muammolar boʻyicha oʻz vaqtida huquqiy tushuntirishlar berishda, shuningdek, yangi qabul qilingan normativ- huquqiy hujjatlarni, shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng aholi qatlamiga manzilli yetkazishda taʼsirchan usullardan foydalanilayotganini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, adliya organlari hududiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlarni Kengash yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining keng qatlamiga mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shu jumladan, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining maqsad va vazifalarining ijrosi ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkazilishini doimiy nazoratga olish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Umarov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-525-IV-son