20.04.2019 yildagi 342-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni tizimli ravishda monitoring qilib borsin, bunda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha olib borilgan ishlarni oʻrganib, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlar tashkil qilinishida davlat organlari va tashkilotlarga doimiy ravishda amaliy yordam berib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga har olti oyda tahliliy axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 342-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni (keyingi oʻrinlarda huquqiy targʻibot tadbirlari deb ataladi) monitoring qilish va baholashning asosiy maqsadi — aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir huquqiy targʻibot tadbirlarining samaradorligini oshirish, bu borada davlat organlari va tashkilotlarning masʼuliyatini kuchaytirish hamda huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish boʻyicha yangi innovatsion uslublarni joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amalda tatbiq etishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya organlari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash xolislik, oshkoralik va davriylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholashda quyidagilarning bajarilishi holati tahlil qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha dasturlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa chora-tadbirlar rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish boʻyicha chora-tadbirlar rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlar tomonidan oʻzining soha faoliyatiga tegishli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni targʻib qilish yuzasidan tasdiqlangan targʻibot rejalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron portal (keyingi oʻrinlarda — elektron portal) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron portaldan foydalanish uchun har bir davlat organi va tashkilotiga alohida login va parol beriladi. Davlat organi va tashkiloti rahbari elektron portaldan foydalanishga masʼul boʻlgan xodimlarni belgilaydi va ularning hisobini yuritadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Huquqiy targʻibot tadbirlari muntazam monitoring qilib boriladi hamda har yili ikki marotaba (yanvar va iyul oylarida) masʼul davlat organlari va tashkilotlarining elektron portalga kiritgan maʼlumotlarini tahlil qilish, zarurat boʻlganda esa joyiga borib oʻrganish orqali baholanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan chora-tadbirlar rejalarini bajarishga masʼul davlat organlari va tashkilotlari oʻtkazilgan huquqiy targʻibot tadbirlari haqidagi maʼlumotlarni mazkur tadbirlar amalga oshirilgandan soʻng darhol elektron portalga kiritib boradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat organlari va tashkilotlarining elektron portalga kiritgan maʼlumotlari har yili 20-yanvarga va 20-iyulga qadar Adliya vazirligi tomonidan puxta tahlil qilinadi hamda oʻtkazilgan tadbirlar samaradorligi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni baholash mezonlariga muvofiq elektron portalda avtomatik tarzda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, adliya organlari vakillari boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda, elektron portalga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini uch kun ichida joyiga chiqib oʻrganishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijasida maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlansa, bu haqda Adliya vazirligi kamchilik aniqlangan tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarini kamchilik aniqlangan kundan eʼtiboran bir kun ichida ogohlantiradi hamda monitoring va baholash yakuni boʻyicha tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan tahliliy axborotda ularga nisbatan tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflar beradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Elektron portalda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot tadbirlari samaradorligini baholash har bir indikator boʻyicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladigan huquqiy targʻibot tadbirlari samaradorligi muntazam ravishda monitoring qilib boriladi hamda uni takomillashtirib borish choralari koʻriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Huquqiy targʻibot tadbirlari samaradorligini baholashda hisobot davri sifatida har yarim yillik faoliyat olinadi va indikator (koʻrsatkich) oʻzgarishi dinamikasi boʻyicha tegishli yoʻnalishda huquqiy madaniyatni yuksaltirish faoliyatiga asoslangan baho beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Barcha indikatorlarni baholash 4 ta daraja (salbiy yoki past daraja, qoniqarli daraja, oʻrtacha daraja va yuqori daraja) boʻyicha foiz va sonlar oʻlchovi asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Adliya vazirligi huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijalari asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijalariga koʻra salbiy yoki past koʻrsatkichga ega boʻlgan davlat organlari va tashkilotlar masʼuliyatini oshirish hamda ularga huquqiy targʻibot tadbirlarini samarali tashkil etishda koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijalarini ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 25-yanvarga va 25-iyulga qadar huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilishi va baholash natijasi boʻyicha tayyorlangan tahliliy axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari masʼul hisoblanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan tahliliy axborotdagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri masʼul hisoblanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Masʼul davlat organlari va tashkilotlari

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni elektron portalga kiritib boradi

Tadbirlar amalga oshirilgandan soʻng darhol


2-bosqich

Adliya vazirligi

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi va oʻtkazilgan tadbirlar samaradorligini elektron portalda avtomatik tarzda baholaydi.

Har yili 20-yanvarga va 20-iyulga qadar

Zaruratga koʻra, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda, elektron portalga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini joyiga chiqib oʻrganadi.

3 kun ichida

Oʻrganish natijasida maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlansa, bu haqda kamchilik aniqlangan tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarini ogohlantiradi.

Kamchilik aniqlangan kundan eʼtiboran 1 kun ichida


3-bosqich

Adliya vazirligi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Har yili 25-yanvarga va 25-iyulga qadar


4-bosqich

Adliya vazirligi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash natijalari asosida:

tadbirlarni tashkil qilish boʻyicha yangi innovatsion uslublarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

baholash natijalariga koʻra salbiy koʻrsatkichga ega boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari masʼuliyatini oshirish hamda ularga huquqiy targʻibot tadbirlarini samarali tashkil etishda koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻradi;

baholash natijalarini Internet jahon axborot tarmogʻi orqali va boshqa ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi.

Muntazam

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Indikator (koʻrsatkich)ning nomi

Indikator (koʻrsatkich)ii baholash metodikasi

Oʻlchov birligi, meʼyor

Elektron tizimdagi maksimal ball

1.

Huquqiy savodxonlikni oshirishga doir aksiyalar, fleshmoblar va boshqa ommaviy tadbirlarning tashkil etilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. Oʻrtacha daraja (2 yoki 3 ta)

4. Yuqori daraja (4 ta)

4 ta

6

2.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish boʻyicha oʻqitilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 30 % gacha)

3. Oʻrtacha daraja (31 — 70 % gacha)

4. Yuqori daraja (71% dan yuqori)

(%) oʻqitilishi lozim boʻlgan xodimlar soniga nisbatan

9

3.

Mahallalarda oʻtkazilgan manzilli targʻibot tadbirlari

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 30 ta)

3. Oʻrtacha daraja (31 — 50 ta)

4. Yuqori daraja (51 — 70 ta)

70 ta

10

4.

Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkazilgan manzilli targʻibot tadbirlari

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 29 ta)

3. Oʻrtacha daraja (31 — 50 ta)

4. Yuqori daraja (51 — 70)

70 ta

10

5.

Huquqiy qoʻllanmalarning tayyorlanishi va tarqatilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 3 ta)

3. Oʻrtacha daraja (4 — 7 ta)

4. Yuqori daraja (8 va undan koʻp)

8 ta

8

6.

Huquqni targʻib qilishga doir koʻrgazmali targʻibot materiallari (flayer, buklet, infografika)ning tayyorlanishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 7 ta)

3. Oʻrtacha daraja (8 — 14 ta)

4. Yuqori daraja (15 — 20)

20 xil

5

7.

Huquqiy savodxonlikni oshirishga doir multiplikatsion filmlarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. Oʻrtacha daraja (2 ta)

4. Yuqori daraja (3 ta va undan koʻp)

3 ta

9

8.

Sohaga oid ijtimoiy-huquqiy tusdagi videoroliklar, film va seriallarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 4 ta)

3. Oʻrtacha daraja (5 — 7 ta)

4. Yuqori daraja (8 — 10)

10 ta

10

9.

Korrupsiyaga qarshi kurashishni targʻib qilishga doir videoroliklarning yaratilishi

1. Salbiy daraja (bajarilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 4 ta)

3. Oʻrtacha daraja (5 — 7 ta)

4. Yuqori daraja 8 — 10).

10 ta

10

10.

Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallari foydalanuvchilari

1. Salbiy daraja (kamaysa)

2. Qoniqarli daraja (0% dan 4% gacha)

3. Oʻrtacha daraja (5% dan 9% gacha)

4. Yuqori daraja (10% dan yuqori)

(%) oʻtgan baholash davriga nisbatan

5

11.

Huquqiy targʻibotni amalga oshirishda yangi targʻibot turlaridan foydalanganlik darajasi

1. Salbiy daraja (foydalanilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 ta)

3. Oʻrtacha daraja (2 ta)

4. Yuqori daraja (3 ta va undan koʻp)

3 ta

6

12.

Ommaviy axborot vositalari bilan amalga oshirilgan brifinglar

1. Salbiy daraja (amalga oshirilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 5 ta)

3. Oʻrtacha daraja (6 — 9 ta)

4. Yuqori daraja (10 — 12)

12 ta

6

13.

Boshqa davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikdagi oʻtkazilgan tadbirlar

1. Salbiy daraja (oʻtkazilmasa)

2. Qoniqarli daraja (1 — 5 ta)

3. Oʻrtacha daraja (6 — 10 ta)

4. Yuqori daraja (11 — 15)

15 ta

6

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/342/2995-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/74/0143-son)