29.04.2022 yildagi SQ-529-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati prokuratura organlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida prokuratura organlari tomonidan iqtisodiy sohadagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yoʻnalishida muayyan ishlar amalga oshirilganligi natijasida “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlarga kiritilgan loyihalar uchun rejalashtirilgan mablagʻlardan 1,5 trln soʻmi tejab qolingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 23 mlrd soʻmlik sifatsiz ishlar va 31 mlrd soʻmlik qoʻshib yozish holatlari barvaqt aniqlanib, joyida bartaraf etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyat yuritishiga toʻsiq boʻlayotgan omillarni bartaraf etish maqsadida 29 mingdan ortiq tadbirkor va investorlarga, shu jumladan, 481 nafariga bino, 3 532 nafariga er, 1 496 nafariga litsenziya va ruxsatnomalar hamda 9 243 nafariga kredit berilishida amaliy yordam berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada 16 871 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, 28 124 ta yangi ish oʻrni yaratilishi taʼminlangan hamda 14 749 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sohadagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yoʻnalishida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini taʼminlash va ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 4 187 nafar fuqaroga 7 mlrd soʻmlik kechiktirilgan ish haqi va boshqa toʻlovlar undirib berilgan, shuningdek, 29 mlrd soʻmlik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar talon-toroj qilinganligi aniqlanib, tegishli choralar koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligini taʼminlash maqsadida 170 mingga yaqin fuqaro, jumladan, 46 802 nafar yoshlar va 34 804 nafar xotin-qizlar prokurorlar koʻmagi bilan ishga joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorlar sektorlarida yashovchi 152 598 ta oilaga har tomonlama koʻmak berilgan hamda 146 365 ta oila mahalliy Kengashlar qarorlari asosida ehtiyojmand oilalar roʻyxatidan chiqarilgan. Shuningdek, voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasi taʼminlanib, 126 359 nafarining buzilgan huquqlari tiklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish, tergov va tezkor-qidiruv faoliyatida shaxsni tahqirlash, qiynoqlarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrilgan. Birgina qiynoqqa solish holatlari yuzasidan 21 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 28 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiya bilan bogʻliq holatlar yuzasidan 2 345 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 2 804 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan 715 mlrd soʻmlik zararning tergovda undirilishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida sudlar tomonidan koʻrilgan 72 891 ta ishda prokuror ishtiroki taʼminlanib, 2 383 ta ish boʻyicha chiqargan sudlarning noqonuniy qarorlari prokurorlar protestlari asosida qonunlarga muvofiqlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, kelib tushgan murojaatlarning 269 906 tasi bevosita prokuratura organlarida hal qilingan hamda 312 386 nafar fuqaro qabul qilinib, muammolarini hal etish choralari koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat oshkoraligini taʼminlash maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qonuniylik ahvoli haqida 934 ta axborot kiritilgan, 136 338 ta targʻibot tadbiri oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim sohalarda taʼsirchan prokuror nazoratini oʻrnatish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda qulay biznes muhitini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga oid qonunchilik ijrosini taʼminlashdagi kamchiliklarga toʻliq barham berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, hisobot yilida turli muammolar sababli 46 985 ta tadbirkorlik subyekti oʻz faoliyatini tugatgan boʻlsa, 10 258 tasi faoliyatini turli sabablarga koʻra toʻxtatgan. Bu esa, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan muammolar hanuzgacha saqlanib qolayotganligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi sogʻligʻini saqlash, ularning reproduktiv salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish yoʻnalishlaridagi kamchiliklar oqibatida onalar oʻlimi yuqoriligicha qolgan boʻlsa, yuqumli kasalliklar va goʻdaklar oʻlimi sezilarli darajada oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, onalar oʻlimi soni 130 tani tashkil etib, bu koʻrsatkich asosan Xorazm viloyatida 3 taga va Buxoro viloyatida 5 taga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda respublika boʻyicha yuqumli kasalliklar soni 106 414 taga (519 223 — 625 637), goʻdaklar oʻlimi esa 160 taga (7 054-7 214) koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga doir vazifalar ijrosi yetarli darajada taʼminlanmaganligi oqibatida respublika boʻyicha 750 050 nafar yoshlar hamda 856 595 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlanmagan. Ishsizlik va boshqa omillar natijasida 27 931 nafar yoshlar hamda 9 759 nafar xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, tezkor-qidiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatini yuritishdagi kamchiliklarga ham toʻla barham berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, respublika boʻyicha 111 082 ta jinoyatlar roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 78 193 tasi yoki 70,3 foizi oldi olinishi mumkin boʻlgan jinoyatlar boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Profilaktika qilinishi lozim boʻlgan jinoyatlar ulushi Fargʻona viloyatida 82,3 foizni, Toshkent shahrida 75,6 foizni va Buxoro viloyatida 71,3 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika boʻyicha jinoyat ishi doirasida qidiruvda boʻlgan shaxslarning 62 foizi ushlanmagan, shuningdek, noaniq sharoitda sodir etilgan jinoyatlarning 25,9 foizi fosh etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, qidiruvdagilarni ushlash ishlari Namangan (ushlash koʻrsatkichi 32,9 %), Samarqand (27,2 %), Xorazm (26,5 %) va Andijon (23,3 %) viloyatlarida talab darajasida tashkil qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fosh etilmagan jinoyatlar esa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 33,4 foizni, Andijon viloyatida 31,8 foizni, Fargʻona viloyatida 27,8 foizni tashkil etib, yuqoriligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu esa, sohadagi faoliyatni tashkil etishda avvalo, barcha davlat idoralari va keng jamoatchilik oʻrtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, shu orqali jinoyatlarning barvaqt oldini olish, umuman, jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini samarali muvofiqlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda 416 ta jinoyat ishi sudlar tomonidan Jinoyat protsessual kodeksining 416 va 417-moddalariga asosan qoʻshimcha protsessual harakatlar uchun qaytarilishi tergov sifatini va xodimlarning masʼuliyatini yanada oshirishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarda prokuror ishtirokini taʼminlash sohasida ham ayrim kamchiliklar kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, jinoyat ishlar boʻyicha sudlarning hukm va ajrimlaridagi xatoliklarni apellatsiya bosqichida bartaraf etish borasidagi choralar yetarli emasligi sababli 2 548 nafar shaxslarga oid sud qarorlari kassatsiya bosqichida taraflar shikoyatiga koʻra qonunga muvofiqlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan holatlar fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini kafolatli taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan faoliyatni yanada kuchaytirish borasida taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish zarurligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (N. Yoʻldoshev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish, mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishini, shuningdek, davlat idoralari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda belgilangan qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda qulay biznes va investitsiya muhitini yaxshilash, eksport hajmini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, investorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyatiga noqonuniy va asossiz aralashuvlarning oldini olishga qaratilgan barcha choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish bilan bogʻliq qonun buzilishi holatlariga oʻz vaqtida va keskin munosabat bildirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni taʼminlashda aholining sogʻligʻini saqlash, ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar huquqlarini himoya qilish hamda ularning bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlardagi ishlarni “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi mexanizmlar asosida jadallashtirish, uyma-uy yurish va aholi muammolarini hal qilish boʻyicha tadbirlarni tizimli davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning taʼlim-tarbiyasi, sogʻligʻi va ijtimoiy himoyasini taʼminlash hamda davlat xususiy sherikchilik asosidagi muassasalarni tashkil etish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini tatbiq etishga doir vazifalar ijrosini taʼminlashda qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar sohani rivojlantirish hamda ushbu sohaga ajratilgan mablagʻlar talon-toroj qilinishining oldini olish va mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni oʻzlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish borasida nazorat tadbirlarini yanada kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini tashkil etishda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada kuchaytirib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov ustidan samarali nazoratni tashkil etib, tergov sifatiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlari qoʻllanishi holatlariga barham berishning qatʼiy choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlarini oʻrganib, ularni bartaraf qilish yuzasidan tegishli takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash maqsadida keng jamoatchilik, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda ushbu Qarorning 2-bandi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda sodir etilgan jinoyatlarni hududlar kesimida tahlil qilib, jinoyatchilik koʻpaygan mahallalarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan yoʻl xaritasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirlik, davlat qoʻmitalari va idoralar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash maqsadida qidiruvdagi shaxslarni ushlash hamda fosh etilmagan jinoyatlar boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini jadallashtirib, ularni qisqa muddatda fosh etilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishliligi boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga prokuratura organlari tomonidan taqdim etilgan qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishning holati toʻgʻrisidagi hisobotlarni chuqur oʻrgangan holda muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolarini prokuratura organlarini jalb qilgan holda koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qaror ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi N. Umarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-529-IV-son