29.04.2022 yildagi SQ-530-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitib, muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-yildagi faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 23-apreldagi SQ-273-IV-sonli Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bank tizimini isloh qilish boʻyicha qaror va farmonlarida narxlar, bank va toʻlov tizimi barqarorligini taʼminlash borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosiga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning pul-kredit siyosati monetar omillar taʼsirini pasaytirish, bank tizimi likvidligini samarali tartibga solish orqali inflatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish uchun yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki va tashqi makroiqtisodiy sharoitlardan hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflatsion kutilmalaridan kelib chiqib, Markaziy bankning asosiy stavkasi 2021-yilda yillik 14 foiz darajada oʻzgarishsiz saqlab qolingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tizimi likvidligini samarali tartibga solish hamda unga hukumat operatsiyalarining taʼsirini kamaytirish maqsadida pul-kredit siyosati vositalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Markaziy bank obligatsiyalari qoldigʻi limiti 5 trln soʻmdan 15 trln soʻmgacha, depozit auksionlari hajmi boʻyicha limit 400 mlrd soʻmdan 4 trln soʻmgacha oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklararo pul bozori foiz stavkasini kengaytirish orqali banklarning pul bozoridagi ishtirokini faollashtirib, pul bozorida jami 100,4 trln soʻmlik yoki 2020-yilga nisbatan qariyb 2 barobarga koʻp operatsiyalar bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inflatsiyaga taʼsir etuvchi nomonetar omillarning oldini olish va taʼsirini kamaytirish maqsadida isteʼmol bozoridagi narxlar muntazam ravishda oʻrganilib, hukumatga takliflar kiritib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2021-yil yakunlari boʻyicha inflatsiya darajasining 2020-yildagi 11,1 foizdan 10 foizgacha pasayishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning resurs bazasi 2020-yilga nisbatan 66 trln soʻmga yoki 22 foizga oʻsib, bank tizimi resurs bazasi tarkibida milliy valyutadagi uzoq muddatli depozitlar hajmi 1,8 barobarga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada 2021-yil yakunlari boʻyicha bank tizimida kapital yetarliligi koʻrsatkichi 17,5 foizni tashkil etib, minimal talabdan (13 foiz) yuqori boʻlishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida mijozlarga bank va toʻlov xizmatlaridan bank filiallariga tashrif buyurmasdan, masofaviy tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi mijozlarni masofaviy biometrik identifikatsiya qilish tizimi joriy etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganishlar Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish ishlari yetarli emasligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillar oxirgi ikki yilda banklar tomonidan kredit ajratish jarayonlaridagi korrupsiyaviy holatlarning koʻpayganligi iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarga salbiy taʼsir qilganligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari hamda ularning hududiy tuzilmalari tomonidan ochiq va shaffof faoliyat yuritish, korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilib, aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida turli ijtimoiy loyihalarni kreditlash uchun moʻljallangan jami 354,2 mlrd soʻmlik budjet mablagʻlari talon-toroj qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida “Agrobank” ATB tomonidan 12,3 mlrd soʻm, AT “Xalq banki” tomonidan 3 mlrd soʻm, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 2,4 mlrd soʻm, “Milliy bank” AJ tomonidan 1,3 mlrd soʻm, yaʼni jami 20 mlrd soʻmlik pul mablagʻlari bank xodimlari tomonidan talon-toroj qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar — kelajagimiz” dasturi doirasida 3,5 mlrd soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari yoshlar bandligini taʼminlashga yoʻnaltirilmasdan, noqonuniy oʻzlashtirib yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar tomonidan xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun ajratilgan 1,5 trln soʻmlik kreditlarning 107,6 mlrd soʻmi maqsadsiz va samarasiz ishlatilgan, shu bilan birga 14 mlrd soʻmlik kreditlar qarorda koʻzda tutilmagan loyihalarga ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlarda koʻzda tutilgan pul mablagʻlarining 14 mlrd 229 mln soʻmlik qismi “Mikrokreditbank” ATBning Xorazm viloyati filiali tomonidan hamda 3 mlrd 607 mln soʻmlik qismi esa AT “Xalq banki” viloyat filiali tomonidan bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga ajratilgan mablagʻlar ham maqsadsiz ishlatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida Xorazm viloyatidagi oxirgi ikki yilda faoliyat koʻrsatmayotgan 37 ta yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini tiklashi uchun 3 mlrd 746 mln soʻmlik kreditlar ajratilgan boʻlib, tijorat banklari tomonidan mazkur kreditlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoring ishlari yetarli darajada olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit ajratishda yangi ish oʻrinlarini yaratish va keng ijtimoiy manfaatlar hisobga olinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Ipoteka-bank” ATIB, “Milliy bank” AJ va “Turonbank” ATB tomonidan Boʻstonlik tumanida 6 ta holatda mehmon uylar tashkil etish uchun 6,9 mlrd soʻmlik kredit ajratilgan boʻlsa-da, ularda faqatgina 1 tadan ish oʻrni yaratilgan va savdo tushumi mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va tadbirkorlardan Markaziy bankka kelib tushgan murojaatlarning aksariyatida imtiyozli kreditlar ajratilishi bilan bogʻliq muammolar bayon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ulushiga ega boʻlgan tijorat banklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimining (“komplaens-nazorat”) ish samaradorligi yetarli darajada emasligi oqibatida korrupsiya hamda tamagirlik holatlari, shuningdek, bank xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va boshqa salbiy holatlar uchramoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Asakabank” AJ va “Turonbank” ATB hududiy tuzilmalarida ichki nazorat faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlarini koʻrsatish toʻliq raqamlashtirilmagan, imtiyozli kredit ajratish tizimi sodda va shaffof emas, inson omili yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarda muammoli kreditlar bilan ishlash, xususan potensial muammoli qarzdorlarni oldindan aniqlash mexanizmi joriy etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muammoli kreditlar ulushi 2021-yil yakunida 5,2 foizgacha oshgan (2020-yil yakunida 2,1 foiz boʻlgan), 21,4 trln soʻmlik (bank tizimi kredit portfelining 15 foizi) potensial muammoli kreditlarni qaytarish muddatlari takroran 3-6 oyga uzaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muammoli kreditlarning 72 foizi (12 trln soʻm) tadbirkorlik subyektlari, 28 foizi (5 trln soʻm) jismoniy shaxslar hissasiga toʻgʻri kelib, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlar hissasi 2020-yilga nisbatan 2021-yilda 27 foizga oshgan (51 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, “Har bir oila-tadbirkor” dasturi koordinatorlari tomonidan hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlarining qarorlari asosida kredit ajratilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holatini alohida nazorat qilib borishi belgilangan boʻlsa-da, koordinatorlar tomonidan ishlar tizimli tashkil qilinmaganligi sababli muammoli kreditlar salmogʻi ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Xorazm viloyatida 2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 1 960 ta subyektga ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha 49 mlrd 146 mln soʻmlik muammoli kreditlar mavjud boʻlib, 2021-yilning 1-iyuliga nisbatan 7 mlrd 347 mln soʻmga yoki 17,5 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muammoli kreditlarning asosiy qismi AT “Xalq banki” (23 mlrd 320 mln soʻm), “Agrobank” ATB (12 mlrd 885 mln soʻm) hamda “Mirkrokreditbank” ATB (10 mlrd 969 mln soʻm) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Xorazm viloyati bosh boshqarmasi tomonidan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida nazorat olib borilmaganligi oqibatida viloyatda muammoli kreditlarning asosiy qismi zamonaviy issiqxonalarni tashkil etish uchun ajratilgan kreditlar hissasiga toʻgʻri kelib, joriy yilning 1-yanvar holatida muddati oʻtgan (10 mln 200 ming AQSh dollari) kredit qarzdorlik 4 mln 500 ming AQSh dollariga, yaʼni 2 barobarga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pandemiyadan keyin ham faoliyati toʻliq tiklanmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qaytariladigan muammoli kreditlar muddatlari uzaytirilgan boʻlishiga qaramasdan, muammoli kreditlarning ulushi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Markaziy bank oldida 2022-yilda yuzaga kelgan murakkab tashqi iqtisodiy vaziyat va xatarlar sharoitida oʻz yechimini kutayotgan va alohida eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan vazifalar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatish, aholini tadbirkorlikka jalb etish yuzasidan ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi Markaziy bankka koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda oʻz faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun Markaziy bankning Xorazm viloyati bosh boshqarmasi boshligʻini egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqsin va natijasi boʻyicha Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB Xorazm viloyati filiallari va boshqa tijorat banklarining rahbar hamda masʼul xodimlari ishtirokida aniqlangan kamchiliklarni muhokama qilgan holda ularning masʼuliyatini yanada oshirish choralarini koʻrsin va natijasi boʻyicha Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy barqarorlikni hamda ichki bozorlardagi narx-navo, shu jumladan, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlar darajasiga monetar omillar taʼsirini pasaytirishda pul-kredit siyosati vositalaridan faol foydalanish va ularni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy sharoitlarda kuzatilayotgan oʻzgarishlarning ichki valyuta bozoriga salbiy taʼsirining oldini olish, valyuta bozorida talab va taklif mutanosibligini taʼminlash va almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olish uchun intervensiyalarni amalga oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul-bozoridagi operatsiyalar boʻyicha 2-3 foizlik real ijobiy foiz stavkalari shakllanishini hamda iqtisodiyotga kredit qoʻyilmalari oʻsish surʼatining yalpi ichki mahsulot nominal hajmi oʻsish surʼatlari bilan mutanosib boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul-kredit vositalarining inflatsiyaga taʼsirini kuchaytirishga hamda aholi va tadbirkorlarning inflatsion kutilmalarini pasaytirishga, sohada qabul qilinayotgan qarorlarni batafsil tushuntirishga qaratilgan samarali kommunikatsiya siyosatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki bozorda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari takliflari hajmini oshirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun tadbirkorlik subyektlariga oldin berilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddatini uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari faoliyati uzluksizligini taʼminlash va ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun zarur revolver kreditlar ajratilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar ustidan prudensial nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil yakuniga qadar asosiy savdo hamkori Rossiya va Ukraina boʻlgan eksportchi korxonalarga oʻz vaqtida soʻndirilmagan kreditlar boʻyicha penya va jarimalar hisoblashda yengilliklar yaratish hamda kreditlarni qaytarish muddatlarini tushumlar kelib tushish vaqtiga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari faoliyatini turli ssenariylarda stress-testlardan oʻtkazish orqali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarning banklar kapitali va likvidligiga boʻlgan salbiy taʼsirlarini yumshatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarda kreditlash va muammoli kreditlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, xususan potensial muammoli qarzdorlarni oldindan aniqlash mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar mijozlar oldidagi majburiyatlarini toʻliq bajarishi uchun hamda xatarlarga banklar bardoshliligini oshirish maqsadida ularda barqaror resurslarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va “Banklarni sanatsiyalash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining bank kreditlari boʻyicha qarz yuki ortib ketmasligi va banklar moliyaviy barqarorligini taʼminlashga qaratilgan makroprudensial bank nazoratini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimining barqarorligini taʼminlash va rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni tijorat banklarida keng tatbiq etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartalari va boshqa toʻlov vositalaridan foydalangan holda koʻrsatilayotgan toʻlov xizmatlarini rivojlantirib borish, respublika hududlarida toʻlov infratuzilmasini, xususan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish qurilmalari tarmogʻini kengaytirish orqali qulay shart-sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov xizmatlari bozori subyektlarini nazorat qilishni takomillashtirish boʻyicha xalqaro tajribani inobatga olgan holda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining naqd pulsiz hisob-kitoblardan foydalanishi boʻyicha savodxonligi va madaniyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimi operatorlari, kredit va toʻlov tashkilotlari faoliyatida kiberxavfsizlik tahdidlarini aniqlash, ularning oldini olish hamda ularga qarshi taʼsirchan choralarni belgilash boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi joriy etilgan kontaktsiz toʻlov vositalari ommabopligini kengaytirish maqsadida “QR-online” tizimidan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari sonini yil yakunigacha 1,3 barobarga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion va raqamli toʻlov vositalarini rivojlantirish doirasida elektron pullar tizimlari ommabopligini qoʻllab- quvvatlash orqali elektron hamyonlar sonini 1,4 barobarga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish, inson omilini kamaytirishga qaratilgan masofaviy bank xizmatlarini, shu jumladan avtomatlashtirilgan skoring tizimini, raqamli identifikatsiyalashni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari hisobidan aholini qoʻllab-quvvatlash uchun turli ijtimoiy loyihalar boʻyicha ajratilayotgan kredit mablagʻlarini raqamlashtirish orqali monitoring yuritishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari barcha tizimlarida komplaens nazorat faoliyatini yoʻlga qoʻyish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablari (SubTech va RegTech) bajarilishini soddalashtirish dasturiy taʼminotini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tijorat banklari bilan birgalikda muammoli kreditlarni “mijozbay” oʻrganish, muammoga aylanish sabablarini aniqlash, pul tushumi, biznes reja koʻrsatkichlari bajarilishi va maqsadli ishlatilishini monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlab qolish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligini va uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, logistika-transport masalalarini hal etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya muhitini yanada yaxshilash, raqobatni rivojlantirish va tarkibiy islohotlarni jadallashtirish orqali toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar hajmini oshirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrsin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga 2023-yil 1-yanvarga qadar har chorakda axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublikasi Bosh prokuraturasi (N. Ioʻldoshev) Xorazm viloyatidagi tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi resurslari hamda Hukumat kafolati ostida jalb qilingan Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan kreditlarning ajratilishi, ularning oʻz vaqtida qaytarilishi hamda muammoli kreditlarni qisqartirish borasidagi faoliyatini oʻrganib, tegishli huquqiy baho bersin, natijasi boʻyicha 2022-yil 1-sentabrga qadar Oliy Majlis Senatiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Kasimov)ga tijorat banklarida oʻtkaziladigan oʻrganishlarda talab etiladigan tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda Bosh prokuraturaga belgilangan tartibda koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari hamda investitsiya loyihalari doirasida kreditlarning ajratilishi, ularning maqsadli ishlatilishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarni ajratishda yoʻl qoʻyilayotgan qonun buzilishi holatlari yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, zarur boʻlganda, deputatlik soʻrovlari kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy nazorat olib borilganligi bilan bogʻliq amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmalari rahbarlari axborotini eshitib borish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (M. Nurmuratov) mazkur Qarorning 3-bandi ijrosi boʻyicha 2023-yil 1-fevralga qadar har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-530-IV-son