Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 29-aprel,
SQ-534-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 29-apreldagi SQ-534-IV-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining
roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 29-martdagi “A.Oʻ. Aqqulovni Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-324-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining 2022-yil birinchi yarmiga moʻljallangan ish rejasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-325-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-326-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 8-apreldagi “B.B. Ibragimovni Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi KQ-330-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 18-apreldagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlarini eshitib borish toʻgʻrisida”gi KQ-334-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining 2022-yil birinchi yarmiga moʻljallangan ish rejasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-339-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 28-apreldagi “D.A. Xidoyatovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida”gi KQ-341-IV-sonli qarori.