18.04.2022 yildagi KQ-334-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlarini eshitib borish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash maqsadida “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022-yilning birinchi choragida oʻtkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayoni natijalari boʻyicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 2 215 ta loyiha gʻolib deb topilganligi va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 1,1 trln soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan gʻolib deb topilgan loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan har chorak yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlari eshitib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlarini eshitish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Tashabbusli budjet tadbirlari” ijrosi yuzasidan taqdim etiladigan tahliliy maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (T. Ishmetov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda tashabbusli budjetlashtirish jarayoni boʻyicha gʻolib deb topilgan loyihalar ijrosi ustidan doimiy nazorat olib borilishi uchun loyihalar roʻyxati xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari kotibiyatlariga taqdim etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakunida tashabbusli budjetlashtirish jarayoni natijalari boʻyicha gʻolib deb topilgan loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tahliliy maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy moliya organlari tomonidan taqdim etiladigan tashabbusli budjetlashtirish jarayoni boʻyicha gʻolib deb topilgan loyihalar roʻyxatini tegishli hududlar boʻyicha deputatlarga taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni boʻyicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishi va amalga oshirilishini baholab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqishda tashabbusli budjetlashtirish jarayoni natijalariga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatlarda bajarilmagan yoki bajarilishi kechiktirilayotgan tadbirlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga maʼlumot kiritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) tashabbusli budjetlashtirish jarayoni natijalari boʻyicha gʻolib deb topilgan loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishida jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hokimliklar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni Oliy Majlis Senati Kengashiga taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-334-IV-son