1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Talab etiladigan mablagʻ |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro uchun masʼullar | |
|
1. |
Besh yilga moʻljallangan reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalarni skrining qilish dasturini ishlab chiqish. Bunda, bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat tizimini yanada rivojlantirish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil avgust |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
2. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida bolalarga manzilli va malakali tibbiy xizmatlar koʻrsatish. Bunda, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi: |
|
|
|
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan bolalar va homilador hamda tugʻish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan toʻliq qamrab olish uchun “tibbiyot brigadalari”ga 2022-2023-yillarda qoʻshimcha 8500 ta oʻrta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi vadoya) shtatlarini ajratish (2022-yilda — 3 600 ta, 2023-yilda — 4 900 ta); |
Idoralararo hujjat |
2022-yil iyul |
251,1 mlrd soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari | ||
|
bolalar uchun profilaktik koʻriklar dasturini qayta koʻrib chiqib, 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog, ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli koʻrikdan oʻtkazish tizimini joriy qilish. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2022-yil iyun |
|
| ||
|
3. |
Hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining maslahat-tashxislash poliklinikalari faoliyatini bir tomondan birlamchi tizim bilan, ikkinchi tomondan respublika bolalar tibbiyot muassasalari bilan tizimli integratsiyalash. Har bir maslahat-tashxislash poliklinikasini qoʻshimcha jihozlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil davomida |
11,1 mlrd soʻm |
Mahalliy budjet mablagʻlari doirasida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
|
4. |
Bolalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va muhofaza qilishdagi ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan holda, bolalar psixonevrologik xizmatini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish: bolalar nevrologiyasi boʻyicha tashxislash va davolash standartlarini yangilash va takomillashtirish; bolalar oʻrtasida nevrologik kasalliklarni prognozlash va davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq etish; ilmiy izlanishlarga qaratilgan faoliyatni ragʻbatlantirish hamda mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini tashxislash va neyroreabilitatsion asbob-uskunalar bilan jihozlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil avgust |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
5. |
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida referens laboratoriya va uning 17 ta mintaqaviy referens laboratoriyalarini tashkil etib, respublikada klinik-biokimyoviy laboratoriyalarning sifat nazoratini taʼminlash yuzasidan yagona tizim yaratish. Bunda: mintaqaviy referens laboratoriyalarni hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, koʻp tarmoqli Qoʻqon shahar bolalar shifoxonasi, Buxoro va Jizzax viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toshkent shahridagi Konsultativ-diagnostika markazida tashkil etish; Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi referens laboratoriyadabolalarda irsiy-genetik, shu jumladan orfan kasalliklarni erta tashxislashni yoʻlga qoʻyish; Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va yetakchi xorijiy markazlarda referens laboratoriya va mintaqaviy referens laboratoriyalar mutaxassislarining malakasini oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022 — 2024-yillar |
11,3 mln yevro |
“KfW” banki (Germaniya) qarz va grant mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev) |
|
6. |
Yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi boʻlimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yilda |
31,5 mlrd soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
|
|
2023-yildan boshlab |
47,2 mlrd soʻm | |||
|
Bunda: |
|
|
| |||
|
joylarda 46 ta tumanlararo perinatal markazlarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish va ehtiyojlarini aniqlash; |
|
2022-yil iyul |
| |||
|
tumanlararo perinatal markazlarida faoliyat koʻrsatuvchi shifokorlar malakasini oshirish. |
Reja-jadval asosida |
|
| |||
|
7. |
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tugʻuruq boʻlimlari negizida tumanlararo perinatal markazlar infratuzilmasini yaxshilash. Bunda: uzluksiz markazlashtirilgan suv taʼminoti va kanalizatsiya (sovuq va issiq suv); suv rezervuarlari va uni tozalash filtrlari; avtonom elektr taʼminoti; tegishli boʻlinmalarni tunu-kun siqilgan havo va uzluksiz kislorod bilan taʼminlash tizimi (kompressor) va binodagi havoni tozalash tizimi (laminar oqimlar); tugʻuruq zallarida, operatsiya xonasida, ona va bolani birgalikda davolash xonalarida haroratni 25 — 29S⁰ oraligʻida saqlash imkonini beruvchi markaziy isitish tizimi; tugʻuruq zallari va reanimatsiya boʻlimlarida tibbiy jihozlar va ish joylari sonini (quvvat yukini) hisobga olgan holda, yetarli miqdorda elektr taʼminoti bilan taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil yakuniga qadar |
16,7 mlrd soʻm |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
|
8. |
Yangi tashkil etiladigan 46 ta tumanlararo perinatal markazlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablagʻlarini maqbullashtirish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil yakuniga qadar |
5,2 mln AQSH doll. |
Xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablagʻlari |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
|
9. |
227 ta tugʻuruq muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (jihozlash) uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-2024-yillar |
100 mln AQSH doll. |
Xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablagʻlari |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
|
10. |
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari filiallarini tibbiy texnika bilan qoʻshimcha jihozlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
1,89 mln yevro |
“KfW” banki (Germaniya) grant mablagʻlari |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
|
11. |
Respublika perinatal markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalarini tashkil etish uchun kechayu kunduz faoliyat yurituvchi navbatchilik postlariga qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil |
10,8 mlrd soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) |
|
|
| |||||
|
2023-yil |
16,2 mlrd soʻm | |||||
|
12. |
Hududlarda eshitish zaifligi va karlik mavjud bolalarni erta aniqlash va koxlear implantatsiya amaliyoti bilan qamrab olishni kengaytirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022 — 2024-yillar |
|
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev) |
|
yangi tugʻilgan chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlashga qaratilgan audioskrining tadbirlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va hududlardagi barcha tugʻuruq komplekslarida tatbiq etish (227 ta skrining audiometr va 15 ta statsionar audiometrlarni xarid qilish); |
|
2022-2023-yillar |
24,5 mlrd soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari | ||
|
audioskrining tadbirlari natijalarini tahlil qilish uchun Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida treking markazlarini zarur anjomlar (kompyuter texnikasi, printer, mobil aloqa vositalari (sim-kartalar) bilan taʼminlash, ularni 227 ta tugʻuruq muassasalaridagi skrining audiometrlari bilan ulash va muntazam ishlashini tashkil qilish. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va uning 4 ta filiali: |
|
2022-yildan boshlab |
Har yili 2 mlrd soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari | ||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand viloyati mintaqaviy filiallari; |
|
2022-yil |
8 mlrd soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari | ||
|
Andijon, Buxoro viloyatlari mintaqaviy filiallarida koxlear implantatsiya amaliyotini toʻliq yoʻlga qoʻyish, ularni maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlash. |
|
2023-yil |
8 mlrd soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari | ||
|
2014 — 2016-yillarda koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazgan bolalarda nutq protsessorlarini almashtirish dasturini yoʻlga qoʻyish (2022-yilda — 112 nafar, 2023-yilda — 132 nafar, 2024-yilda — 125 nafar). |
|
2022 — 2024-yillar |
|
Har yili koxlear implantatsiyaga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan | ||
|
13. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan yangi tugʻilgan chaqaloqlar va bolalarni chuqurlashtirilgan audiologik tekshiruv va tashxislash bilan toʻliq qamrab olish uchun qoʻshimcha 13 ta audiolog (surdolog) shifokorlar shtat birliklarini ajratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil davomida |
0,6 mlrd soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) |
|
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida audiolog (surdolog) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash kursini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar (Reja-jadval asosida) |
2022 — 2026-yillar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) | |
|
14. |
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini xalqaro standartlar asosida oʻqitish orqali ularning homilador ayollar va chaqaloqlarga, shu jumladan kam vazn bilan tugʻilgan chaqaloqlarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar (Reja-jadval asosida) |
2022 — 2026-yillar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) |
|
15. |
786 ming dona (538,5 mingta bachadon ichi vositasi va 247,5 mingta oral kontratseptiv vositalar) kontratseptiv vositalarni xarid qilish. Bunda, xalqaro “UNFPA” tashkiloti bilan ushbu sohada shakllangan koʻp yillik ishonchli hamkorlikni kuchaytirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 — 2026-yillar |
Jami 33 mlrd soʻm (har yili 8,3 mlrd soʻmdan) |
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vaziri (Ishmetov) |
|
16. |
Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi va uning hududiy filiallari uchun yangilangan shtat meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoralararo hujjat |
2022-yil sentabr |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri (Xusanov) |
|
17. |
Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining kardiojarrohlik boʻlimi uchun qoʻshimcha bino qurish va uni zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
Hisob-kitoblarga asosan |
Investitsiya dasturi doirasida |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Qurilish vazirligi (Zakirov), Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov) |
|
18. |
Fargʻona viloyatida tashkil etilayotgan Bolalar reabilitatsiya markazi tarkibida maxsus jihozlangan kardiojarrohlik reabilitatsiya boʻlimini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
Hisob-kitoblarga asosan |
Mahalliy budjet mablagʻlari doirasida |
Fargʻona viloyati hokimligi (Bozarov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
|
19. |
Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bino-inshootlarini xalqaro talablar va standartlar asosida qurilish ishlarini yakunlash va toʻliq jihozlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil yakunigacha |
- |
Investitsiya dasturi doirasida |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Qurilish vazirligi (Zakirov) |
|
Chora-tadbirlar rejasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun 1 494,9 mlrd soʻm hamda 105,2 mln AQSH dollari va 13,2 mln yevro talab etiladi, shundan: | |||
|
mlrd soʻmda |
mln dollarda |
mln yevroda | |
|
Davlat budjeti mablagʻlari |
1 467,1 |
- |
- |
|
shundan, mahalliy budjeti mablagʻlari |
27,8 |
- |
- |
|
Xalqaro moliya tashkilotlari grant va kredit mablagʻlari |
- |
105,2 |
13,2 |
2-ILOVA