Ҳужжат рақами
PQ-5124
Орган
Ўзбекистон Республикаси Президенти
Имзоланган сана
25.05.2021
Кучга кириш санаси
25.05.2021
Қўшимча ахборот
Улашиш
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-6221-son Farmoniga muvofiq ajratilayotgan shtat birliklarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar 2021-yil davlat budjeti parametrlarida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi, 2022-yildan boshlab esa davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutiladi;
(5-bandining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilganQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul tashkilotlar

I. Sog‘liqni saqlash tizimini tashkillashtirish

(A. Xadjibayev)

1.

Oliy tibbiy ta’lim muassasalarida budjetdan tashqari hamda xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan o‘quv-simulatsion markazlarni zamonaviy o‘quv-amaliy jihozlar bilan ta’minlash.

1. Oliy tibbiy ta’lim muassasalaridagi o‘quv-simulatsion markazlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda qo‘shimcha jihozlash ehtiyojini aniqlash.

2. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining to‘lov- kontrakt asosida tushadigan mablag‘lari, budjetdan tashqari hamda xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan o‘quv-simulatsion markazlarini zamonaviy o‘quv-amaliy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

3. O‘quv-simulatsion markazlarini zamonaviy o‘quv-amaliy jihozlar bilan ta’minlash.

2021-yil sentyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2.

Oliy tibbiy ta’lim muassasalaridagi eksperimental laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Oliy tibbiy ta’lim muassasalaridagi eksperimental laboratoriyalar moddiy-texnika bazasini oliy ta’lim muassasalarining to‘lov- kontrakt asosida tushadigan mablag‘lari, budjetdan t�shqari hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan mustahkamlash.

2021-yil sentyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3.

Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining klinik kafedralarini respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari bazasida joylashtirish.

1. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining klinik kafedralarini respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari bazasida joylashtirish.

2. Kafedralarni zarur jihozlar, mebel, inventarlar hamda samarali ish olib borishi uchun boshqa kerakli moddiy-texnika vositalari, metodik materiallar bilan ta’minlash.

3. Kafedralarni yuqori malakali va tajribali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

2021-yil sentyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

4.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi har bir rahbarlik lavozimini bugungi islohotni tushunadigan, malakali, faol va o‘zgarish qilishga qodir bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlash.

1. Sog‘liqni saqlash tizimidagi rahbar kadrlar ro‘yxatlarini shakllantirish.

2. Sog‘liqni saqlash tizimidagi rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish.

3. Rahbarlik lavozimini bugungi islohotni tushunadigan, malakali, faol va o‘zgarish qilishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2021-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

5.

Kadrlarni tayyorlash va qayta o‘qitish yo‘nalishlariga yangicha yondashuvni joriy etish maqsadida respublikada faoliyat yuritayotgan 11 ta tibbiyot oliygohlari hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazini transformatsiya qilish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rish.

1. Oliy tibbiy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish va kiritish.

2021-yil iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi

2. Toshkent tibbiyot akademiyasida ilg‘or xorijiy tajriba asosida, tibbiyot sohasida boshqaruvchilar hamda yuqori texnologik uskunalar bilan ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni tashkil etish.

3. Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ordinatura va magistraturada o‘qiyotgan 30 nafar iqtidorli yoshlarni nufuzli xorijiy tibbiyot markazlarida malaka oshirishga yuborish choralarini ko‘rish.

4. Toshkent tibbiyot akademiyasiga Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlardan professor-o‘qituvchilarni jalb qilish.

2021-2022-yillar davomida

6.

Xorijiy davlatlarda faoliyat olib borayotgan 500 nafar vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarish choralarini ko‘rish.

1. Xorijiy davlatlarda faoliyat olib borayotgan vatandoshlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ularni O‘zbekistonga qaytarish choralarini ko‘rish.

3. Vatandoshlarni uy-joy bilan ta’minlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.

2021-2022-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyatini tashkillashtirish

(A. Inoyatov)

7.

Issiq suv bilan ta’minlash maqsadida har bir oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarni quyosh kollektorlari bilan jihozlash.

1. Har bir oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va ehtiyojni aniqlash.

2. Har bir oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalarni quyosh kollektorlari bilan jihozlash reja-grafiklari va dasturlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

3. Oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalarni quyosh kollektorlari bilan jihozlash.

2021-yil oktyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Har bir oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash.

1. Har bir oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash.

2. Oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash reja-grafiklari va dasturlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

3. Oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash.

2021-2022-yillar davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

9.

“Tibbiyot brigadalari”ga biriktirilgan 50 ming o‘rta tibbiyot xodimlarining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida malaka oshirishini ta’minlash.

1. O‘rta tibbiyot xodimlarini malaka oshirish reja-jadvalini tasdiqlash.

2. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatish.

3. Reja-jadvalga asosan o‘rta tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish.

2021-yil yakuniga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini, aholi salomatligini ta’minlash bilan bog‘liq tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlarini tashkil etish.

Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari tomonidan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish, tibbiy profilaktika va patronajni tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha media-reja ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash.

2021-yil �yul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

III. Tibbiyot sohasida raqamlashtirish, moliyalashtirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy qilish va rivojlantirish

(A. Azizov)

11.

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish va sifatini oshirish.

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish va sifatini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining mablag‘larini jalb etish bo‘yicha taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil oktyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi

12.

Germaniyaning “KFW” bankining 45 million yevro miqdoridagi imtiyozli kreditlarini jalb etish choralarini ko‘rish.

Germaniyaning “KFW” bankining 45 million yevro miqdoridagi imtiyozli kreditlarini jalb etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda kiritish.

2021-yil avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

13.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi yagona kompleksi doirasida faoliyatlari yuzasidan tibbiy hisobot shakllari bo‘yicha har chorakda elektron hisobot taqdim etish mexanizmini joriy qilish.

1. Davlat va nodavlat tibbiyot muassasalar� tomonidan elektron shaklda topshiriladigan tibbiy hisobot shakllari va tartibini ishlab chiqish.

2021-yil iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi yagona kompleksi doirasida tibbiy hisobot shakllari bo‘yicha hisobotlarni qabul qiluvchi axborot tizimini joriy qilish.

2021-yil yakuniga qadar

3. Barcha davlat va nodavlat tibbiyot muassasalariga tibbiy hisobot shakllari bo‘yicha hisobotlarni qabul qiluvchi axborot tizimiga ulanish uchun imkoniyat yaratish.

4. Tibbiy hisobot shakllari bo‘yicha hisobotlarni qabul qiluvchi axborot tizimini joriy qilish va keyingi kuzatuvini ta’minlash va rivojlantirish uchun ajratilgan budjet mablag‘lari, Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni yo‘naltirish.

2022-yil 1-yanvardan boshlab

14.

Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda muddatlarni qisqartirish.

?zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4290-son qarori va boshqa hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil iyul

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

15.

Tibbiyot muassasalarida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari kreditlari va grantlari hisobidan olingan tibbiy uskuna va jihozlardan foydalanish samaradorligini oshirish, ularga servis xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

1. Bosh vazir o‘rinbosari (B. Musayev) rahbarligida komissiya tashkil etish.

2. Tibbiy uskuna va jihozlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

3. Tibbiy uskuna va jihozlardan foydalanish samaradorligini oshirish, ularga servis xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

2021-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

IV. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish

(U. Sobirov)

16.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 30 nafar mutaxassislarini xorijiy davlatlarda malaka oshirishini ta’minlash.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbi�t markazlarining 30 nafar malakali va yosh mutaxassislarini xorijiy davlatlarda malaka oshirish grafiklarini shakllantirish.

2. 30 nafar mutaxassislarni markazlarning o‘z mablag‘lari hisobidan xorijiy davlatlarda malaka oshirishini ta’minlash.

2021-yil avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari

17.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini isloh qilish, ularning birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari bilan integratsiyasini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni quyi bo‘g‘inga qadar yetkazish bo‘yicha yangi mexanizmni joriy etish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini isloh qilish, birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasasi tartibidagi integratsiyasini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni quyi bo‘g‘inga qadar yetkazish bo‘yicha yangi mexanizmni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2. Tibbiyot sohasi birlamchi bo‘g‘ini faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot qilish.

2021-yil iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari

18.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga xorijiy davlatlardan tibbiyot boshqaruvi ekspertlarini jalb qilish choralarini ko‘rish.

1. Yevropa davlatlari, Koreya, Rossiya, Turkiya singari davlatlardan tibbiyot boshqaruvi ekspertlari bilan muzokaralar olib borish.

2. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga Yevropa davlatlari, Koreya, Rossiya, Turkiya singari davlatlardan tibbiyot boshqaruvi ekspertlarini jalb qilish choralarini ko‘rish.

2021-yil yakuniga qadar

Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

19.

Tor doiradagi xizmatlar yo‘lga qo‘yiladigan hududiy tibbiyot muassasalarini angiograf, laparoskop, sun’iy qon aylantirish kabi yuqori texnologik uskunalar va tibbiyot vositalari bilan ta’minlash.

1. Hududiy tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini inventarizatsiyadan o‘tkazish, yuqori texnologik uskunalar va tibbiyot vositalariga ehtiyojni aniqlash.

2. Yuqori texno?ogik uskunalar va tibbiyot vositalari bilan ta’minlashga mahalliy budjet hisobidan zarur mablag‘larni ajratish.

3. Yuqori texnologik uskunalar va tibbiyot vositalari bilan ta’minlash.

2021-yil iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi

V. Onalik va bolalikni muhofaza qilish

(E. Basitxanova)

20.

O‘smir qizlarni sog‘lom onalikka tayyorlashdan boshlab, homiladorlik, irsiy kasalliklarning oldini olish, tug‘uruq va undan keyingi davrgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda kompleks qamrab olish.

1. O‘smir qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun “mobil skrining brigadalari”ni tashkil etish.

2. Tez tibbiy yordam maxsus avtotransportlarni xarid qilish natijasida foydalanishdan chiqarilayotgan tez tibbiy yordam mashinalari hisobidan “mobil skrining brigadalari” avtotransport vositasi bilan ta’minlash va ularni zarur uskunalar (portativ ultratovush apparati va boshqalar) bilan jihozlash choralarini ko‘rish.

2021-yil yakuniga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi

21.

Umumta’lim maktablarining oshxonalari davlat-xususiy sheriklik asosida oshxona yoki bufet qurish, ta’mirlash va jihozlash, hududda oshxona faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan maktablarda sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari (o‘quvchilar) uchun imtiyozli shartlarda ovqatlanishini ta’minlash, oshpazlik kasbiga ega bo‘lgan hududda ishsiz bo‘lgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash.

1. Umumta’lim maktablari oshxonalarini har bir hududdan bittadan, 2022-yildan boshlab, bosqichma-bosqich tuman (shahar)lar miqyosida yagona tanlov o‘tkazish orqali davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda ijaraga berish.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir oy muddatda 2021-yilda yagona tanlov o‘tkazish orqali davlat-xususiy sheriklik asosida umumta’lim maktablari oshxonalarini ijaraga berish bo‘yicha hududlardan bittadan tuman (shahar) ro‘yxatini Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etish.

3. Tadbirkorlik subyektlariga umumta’lim maktablarining oshxonalarini ijaraga berish bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish.

4. Oshxonasi mavjud bo‘lmagan umumta’lim maktablarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5 — 10 yillik muddatga ijara to‘lovisiz ta’lim muassasasi rahbari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan holda oshxona faoliyatini yuritish uchun bino va yer maydonlari ajratish.

5. Umumta’lim maktablari oshxonalarining tadbirkorlik subyektlariga investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda 10 yil muddatgacha davlat-xususiy sheriklik asosida berish.

6. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida umumta’lim maktablarining oshxonalari va bufetlarida bolalar sog‘lig‘iga zararli yoki foydasiz bo‘lgan mahsulotlarning sotilishini taqiqlash.

2021-yil 1-sentabrdan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat aktivlarni boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
ikkinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 36-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.