Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
qarori
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 20-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3221-4]
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi PF-6307-son “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 483-son “Noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda 2021-yil 9-iyundagi 358-son “Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevralʼ) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2020-y., 10/20/3221/0203-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-mart,
2022-10-son
Kelishildi:
Moliya vaziri T. IShMETOV
2022-yil 21-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 18-martdagi 2022-10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
oʻn uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi boʻyicha 14-ilovaga muvofiq.”.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtgan soliq davri uchun soliq hisoboti aynan oʻsha soliq davrida amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.”
3. 1 — 9 va 11-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 — 10-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
4. 12-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 11-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 14-ilova bilan toʻldirilsin.
6. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 10/22/3221-4/0337-son)