09.06.2021 yildagi 358-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga muvofiq, shuningdek gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalariga nisbatan utilizatsiya yigʻimlarini yigʻish, hisoblash, toʻlash, undirish, shuningdek, utilizatsiya yigʻimining ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini qaytarish va ularni hisobga olish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining chiqindilari bilan ishlash infratuzilmasini tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, transport vositalari chiqindilarini yigʻish, tashish, qayta ishlash, zararsizlantirish, ulardan foydalanish va utilizatsiya qilish xarajatlarini qoplash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining utilizatsiyasi bilan shugʻullanadigan tashkilotlar uchun ekologik va texnik talablar hamda sanoat xavfsizligi talablarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining utilizatsiya qilinishi munosabati bilan ularni ichki ishlar organlarida toʻlovlar undirmay hisobdan chiqarish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 358-son qaroriga

ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qonunchilik hujjatlariga muvofiq utilizatsiya yigʻimini toʻlash talab etiladigan gʻildirakli transport vositalar, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalariga nisbatan (keyingi oʻrinlarda — transport vositalari) utilizatsiya yigʻimini hisoblash, toʻlash, undirish, ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini qaytarish, shuningdek transport vositalari oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilarni (keyingi oʻrinlarda — transport vositalari chiqindilari) yigʻish, tashish va utilizatsiya qilish bilan bogʻliq infratuzilmani tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Utilizatsiya yigʻimini hisoblash va toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Utilizatsiya yigʻimini hisoblab chiqarish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi 347-son qarori bilan tasdiqlangan utilizatsiya yigʻimining miqdorlari va utilizatsiya yigimi toʻlanadigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Utilizatsiya yigimi transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan transport vositalari ishlab chiqaradigan (yigʻadigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash uchun hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirish yoʻli bilan utilizatsiya yigimi toʻlovchilariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda utilizatsiya yigimi transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishidan oldin yoki bir vaqtning oʻzida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan transport vositalari uchun utilizatsiya yigʻimini toʻlash mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vositalarining mahalliy ishlab chiqaruvchisi hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanadan kechiktirmay mahalliy transport vositalari ishlab chiqaruvchisi joylashgan joydagi soliq organiga, faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish uchun ishlab chiqarilgan transport vositalari boʻyicha utilizatsiya yigimi hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalliy ishlab chiqaruvchi hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilgan transport vositalari boʻyicha utilizatsiya yigʻimini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport bozorlarida sotish uchun ishlab chiqarilgan avtomobillar mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan ichki bozorga sotilgan taqdirda, transport vositalari ishlab chiqaruvchisi hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay utilizatsiya yigʻimini toʻlaydi. Bunda sotilgan avtomobil xaridor tomonidan qaytarib berilgan taqdirda hisob-kitobga tuzatish kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar mahalliy ishlab chiqaruvchi utilizatsiya yigʻimini toʻlamagan yoki belgilangan muddatlarda toʻliq hajmda toʻlamagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan belgilangan tartibda utilizatsiya yigʻimini undirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan transport vositalari ishlab chiqaradigan (yigʻadigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan utilizatsiya yigʻimini toʻlash mazkur nizomning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Utilizatsiya yigʻimining toʻlangan va qayta hisoblangan summalari oʻrtasida farq aniqlanganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamchilik miqdori utilizatsiya yigʻimining takroriy (tuzatilgan) hisob-kitobi taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida utilizatsiya yigʻimining toʻlovchisi tomonidan toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha toʻlangan (undirilgan) utilizatsiya yigʻimi summasi, toʻlovchining utilizatsiya yigʻimi boʻyicha mavjud qarzlarini qoplashiga yoxud utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisiga qaytarish uchun hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Ilgari “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan transport vositalari uchun toʻlangan utilizatsiya yigʻimini toʻlovchiga qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
utilizatsiya yigʻimini hisoblashda ortiqcha toʻlanganlik fakti aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududiga olib kirilgan tovarga nisbatan utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha imtiyoz tiklangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“reeksport” bojxona rejimida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqib ketilgan boʻlsa.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ortiqcha toʻlangan utilizatsiya toʻlovlarini qaytarilishi, ortiqcha toʻlangan summa qaysi budjetga yoki jamgʻarmalarga oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha budjet yoki oʻtkazilgan jamgʻarma mablagʻlaridan utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisining yozma arizasi yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan arizasi asosida, tegishlicha bojxona va soliq organlariga ariza berilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va (yoki) Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan mos ravishda bojxona va soliq nazorati amalga oshirilgan paytda utilizatsiya yigʻimining taqdim etilgan hisob-kitoblarida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan holatda, utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisiga ularni qayta hisoblash va (yoki) tegishli hisobotga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisi tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda aniqlashtirilgan hisobotni yoxud tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida soliq yoki bojxona organining rahbari (rahbari oʻrinbosari) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan tafovutlar boʻyicha taqdim etilgan asosnomalariga toʻliq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq yoki bojxona organi ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirish xatini yoxud utilizatsiya yigʻimi hisobotiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnomani utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Utilizatsiya yigʻimining taqdim etilgan hisob-kitoblaridagi tafovutlar va (yoki) xatolar utilizatsiya yigʻimining toʻlanmasligiga (yoki toʻliq boʻlmagan hajmda toʻlanmasligiga) olib kelgan holda, toʻlanmagan utilizatsiya yigʻimining undirilishi mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Utilizatsiya yigʻimini qayta hisoblash va (yoki) tegishli hisobotga tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisi tomonidan olinganidan soʻng belgilangan tartibda aniqlashtirilgan hisobot yoki aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalar taqdim etilmagan yoxud taqdim etilgan asosnomalar yetarli emas deb topilgan taqdirda, toʻlanmagan utilizatsiya yigʻimining undirilishi mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisi tomonidan aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etilmasligi, yoxud aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni belgilangan muddatda taqdim etilmasligi, uning utilizatsiya yigʻimining toʻlanmagan qismini qatʼiy belgilangan miqdorda toʻlashga roziligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Utilizatsiya yigʻimini undirish va qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Utilizatsiya yigʻimi 100 foiz miqdorida daromadlar boʻyicha gʻaznachilik shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisi tomonidan utilizatsiya yigʻimi toʻlanmagan (yoki toʻliq boʻlmagan hajmda toʻlangan) taqdirda, ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muddatlarda utilizatsiya yigʻimini undirish boʻyicha soliq va bojxona organlari tegishligiga koʻra utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisiga mavjud qarzdorlikni bartaraf etish toʻgʻrisidagi talabnomani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Utilizatsiya yigimi boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma qoʻyilishi asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning talabnoma qoʻyilgan paytdagi summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomani bajarish uchun belgilangan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchi tomonidan talabnoma bajarilmagan taqdirda, utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni sud tartibida undirish toʻgʻrisida ogohlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bunday qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay, toʻlovchi tomonidan ushbu talabnoma olinganligi faktini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda toʻlovchiga yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Utilizatsiya yigʻimi boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati talabnoma toʻlovchiga topshirilgan yoki u toʻlovchi tomonidan olingan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kunini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jismoniy shaxslardan utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish sud tartibida amalga oshiriladi, yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish bojxona yoki soliq organi tomonidan bankka pul mablagʻlarining soʻzsiz tartibda undirilishi toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchining hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatayotgan bank utilizatsiya yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan navbat tartibida bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan paytdan eʼtiboran olti oydan koʻproq muddatda pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish tegishli bojxona yoki soliq organining daʼvo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-bob. Utilizatsiya yigʻimlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish, ushbu yigʻimlarni undirish hamda ularga foiz va penya hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, import tovarlariga hisoblangan utilizatsiya yigʻimini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bojxona organi qaroriga asosan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Bojxona organining qarorida utilizatsiya yigʻimlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilayotgan muddat, bunday imkoniyat berish rad etilgan taqdirda esa, rad etish sabablari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Utilizatsiya yigʻimini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun toʻlovchi bojxona organiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
utilizatsiya yigʻimini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish toʻgʻrisidagi yozma arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
utilizatsiya yigʻimi toʻlanishi taʼminlanganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Utilizatsiya yigʻimi toʻlanishi mablagʻlarni bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritish, tovarlarni garovga qoʻyish, bank kafolatini taqdim etish, utilizatsiya yigʻimini toʻlash majburiyatini sugʻurtalash hamda kafillik orqali taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Utilizatsiya yigʻimi toʻlanishini taʼminlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan utilizatsiya yigʻimlarning va foizlarning summasi yigʻindisiga teng yoki undan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda utilizatsiya yigʻimi toʻlanishini taʼminlash tovarlarni garovga qoʻyish orqali amalga oshirilgan taqdirda, garov narsasining bozor qiymati kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash summasidan oʻn besh foiz qoʻshib hisoblangandagi majburiyatlar summalaridan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Toʻlovchining utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha majburiyati bajarilmagan taqdirda, uni taʼminlagan sugʻurta tashkiloti, tijorat banki, kafil yoki garovni taqdim etgan boshqa shaxslar bojxona organlari oldida solidar javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Utilizatsiya yigʻimini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatidan foydalanish boʻyicha elektron ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bojxona organi tomonidan ular qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kunida koʻrib chiqiladi hamda tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Ariza taqdim etilgan paytda toʻlovchining bojxona organlari oldida bojxona toʻlovlari va utilizatsiya yigʻimlari boʻyicha qarzdorligi mavjudligi utilizatsiya yigʻimini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Utilizatsiya yigʻimini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi arizani boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Utilizatsiya yigʻimini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan taqdirda, utilizatsiya yigʻimini kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlashga imkoniyat berilgan oxirgi toʻlash kuni utilizatsiya yigʻimini toʻlash muddati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1810. Utilizatsiya yigʻimi kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda, toʻlovchi tomonidan ularning summalarini toʻlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechiktirib toʻlash imkoniyati berilganda — kechiktirib toʻlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda — bojxona organi tomonidan toʻlovchi bilan birgalikda tasdiqlangan jadval boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanadigan summalarni kiritishning kelishib olingan kunlaridan kechiktirmay toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1811. Utilizatsiya yigʻimini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan har bir kun uchun toʻlanishi lozim boʻlgan utilizatsiya yigʻimi summasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdorida bir kun uchun qayta hisob-kitob qilingan hisoblab chiqariladigan foizlar undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1812. Foizlar kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan utilizatsiya yigʻimi summasi toʻlanguniga qadar yoki toʻlash bilan bir vaqtda, lekin kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaydigan kundan keyingi kundan kechiktirmay toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1813. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlik uni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugagan kunning ertasidan qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1814. Utilizatsiya yigʻimi kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaganidan keyin toʻlanmagan taqdirda, bojxona organlari utilizatsiya yigʻimlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisida toʻlovchiga talabnoma yubormagan holda soʻzsiz tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1815. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida toʻlanmagani uchun toʻlovchi tomonidan penya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1816. Penyaning foiz stavkasi uni toʻlash boʻyicha majburiyat bajarilmagan har bir kalendar kun uchun utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlik summasining shu paytda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1817. Penyaning umumiy summasi utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning miqdoridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1818. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlik toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan mablagʻlar hisobidan bojxona organi tomonidan bankka mablagʻlarning soʻzsiz tartibda undirilishi toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1819. Utilizatsiya yigʻimini toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaganidan soʻng u toʻlanmagan taqdirda, qarzdorlik summasini undirish uchun inkasso topshiriqnomasi bojxona organi tomonidan besh ish kunidan kechiktirmasdan qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1820. Toʻlovchining hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatayotgan bank bojxona organining utilizatsiya yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi qonunchilikda belgilangan navbat tartibida bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1821. Utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida bojxona organining inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan paytdan eʼtiboran bir oydan koʻproq muddatda pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda qoʻllanadi.
(31-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Transport vositalari chiqindilarini yiish, tashish va utilizatsiya qilish bilan bogʻliq infratuzilmani tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan barcha turdagi transport vositalari ularning egalari (mulkdorlari) tomonidan utilizatsiya qiluvchilarga topshirilganda, transport vositalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq transport vositalarini roʻyxatga olish (roʻyxatdan chiqarish) vakolatiga ega tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Transport vositalarini utilizatsiya qilinishi munosabati bilan ular ichki ishlar organlarida toʻlov undirilmasdan hisobdan chiqariladi. Bunda hisobdan chiqarish haqidagi ariza ichki ishlar organlarida bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Transport vositalari oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni bajarish boʻyicha infratuzilmani tashkil etish utilizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Transport vositasini utilizatsiya qilish uchun topshirilganda utilizatsiya qiluvchi tashkilot va transport vositasining mulkdori oʻrtasida shartnoma tuziladi va bajarilgan ishlar toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Utilizatsiya yigʻimi toʻlanmagan transport vositalarining utilizatsiya qilinishi utilizatsiya qiluvchi tomonidan transport vositalarini turlari va toifalariga koʻra ularning utilizatsiyasi uchun sarflangan xarajatlar miqdoridan kelib chiqqan holda utilizatsiya qiluvchi tashkilot va transport vositasining mulkdori oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Transport vositalarini utilizatsiya qiluvchi tashkilot hosil boʻladigan qora va rangli metall parchalari, chiqindilarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga sotadilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Utilizatsiya qilish natijasida hosil boʻluvchi ikkilamchi xom ashyo yoki boshqa chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Transport vositalarini utilizatsiya qilishda ular birinchi navbatda qismlarga boʻlinishi va turi boʻyicha alohida toʻplanishi lozim, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining barcha suyuq komponentlari — yoqilgʻi, moylar, texnik suyuqliklar (sovutish, tormoz suyuqligi, oyna va chiroqlarni yuvish vositalari va x.k.) ajratib olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shinalar, akkumulyatorlar, moy va havo filtrlari, xavfsizlik yostiqchalari, bamperlar, shisha va metall boʻlmagan boshqa qismlar yechib olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Utilizatsiya qilish natijasida hosil boʻluvchi ikkilamchi xom ashyo yoki boshqa chiqindilarni toʻplash va saqlash, ularning kelib chiqishi, agregat holati, xavflilik darajasi va foydalanish imkoniyatlariga koʻra, alohida saralangan (ajratilgan) holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Transport vositalari chiqindilarini toʻplash va saqlash joylari quyidagi talablarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq qatlami transport vositalari chiqindilari bilan ifloslanishining oldi olinishini taʼminlaydigan qoplamaga (suv oʻtkazmaydigan, asfalt, beton) ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar sogʻligi hamda atrof-muhitga zararli taʼsiridan muhofaza qilishni taʼminlovchi, alohida saqlanishi talab etiladigan ikkilamchi xom ashyo va chiqindilarni vaqtincha saqlash uchun konteynerlar, chiqindi qutilari va chiqindilarni saqlashning boshqa idishlar (sigʻimlar) bilan taʼminlangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tungi tashqi yoritish tizimiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Transport vositalari chiqindilarini utilizatsiya qilish jarayonida hosil boʻluvchi chiqindilarni vaqtincha saqlash ularning xavflilik darajasiga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli chiqindilar (komponentlar) majburiy tartibda konteynerlar, chiqindi qutilari va chiqindilarning fuqarolar sogʻligʻi hamda atrof-muhitga zararli taʼsiridan muhofaza qilishni taʼminlovchi boshqa idishlarda (sigʻimlarda) amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsiz chiqindilar vaqtincha saqlash joylarining ochiq maydonchalarida saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli chiqindilarini vaqtincha saqlash joylarida mazkur chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jarayonlariga aloqador boʻlmagan shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Mazkur Nizomga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Utilizatsiya yigʻimi mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari transport vositalari chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizomning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomiga

1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan transport vositalari uchun utilizatsiya yigʻimini toʻlash

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Tadbirlar

Masʼullar

Ijro muddati

I bosqich

Import qilinayotgan transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda utilizatsiya yigʻimi hisob-kitoblarini bojxona organiga topshirish

Import qiluvchi, Davlat bojxona qoʻmitasi

Transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirish vaqtida

II bosqich

Utilizatsiya yigʻimini toʻlash

Import qiluvchi

Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishidan oldin yoki bir vaqtning oʻzida

III bosqich

Utilizatsiya yigʻimining taqdim etilgan hisob-kitoblarida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan holatda, utilizatsiya yigimi toʻlovchisiga ularni qayta hisoblash va (yoki) tegishli hisobotga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuborish

Davlat bojxona qoʻmitasi

Qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay

IV bosqich

Utilizatsiya yigimi boʻyicha tafovut toʻlash yoki ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish

Import qiluvchi yoki Moliya vazirligi

Utilizatsiya yigʻimining takroriy (tuzatilgan) hisob-kitobi taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomiga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan transport vositalari ishlab chiqaradigan (yigʻadigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan utilizatsiya yigʻimini toʻlash

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Tadbirlar

Masʼullar

Ijro muddati

I bosqich

Mahalliy ishlab chiqaruvchi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan transport vositalari boʻyicha utilizatsiya yigʻimi hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etadi

Ishlab chiqaruvchi, Davlat soliq qoʻmitasi

Hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanadan kechiktirmay

II bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilgan transport vositalari boʻyicha utilizatsiya yigʻimini toʻlash

Ishlab chiqaruvchi

hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay

III bosqich

Utilizatsiya yigʻimining taqdim etilgan hisob-kitoblarida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan holatda, utilizatsiya yigʻimi toʻlovchisiga ularni qayta hisoblash va (yoki) tegishli hisobotga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuborish

Davlat soliq organi

Qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay

IV bosqich

Utilizatsiya yigʻimi boʻyicha tafovut toʻlash yoki ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish

Ishlab chiqaruvchi yoki Moliya vazirligi

Un besh kunlik muddatda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2021-y., 09/21/358/0545-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)