29.12.2021 yildagi O‘RQ-741-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 14-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 15-dekabrda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 6-modda to‘qqizinchi qismining 1-bandidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 59-moddaning birinchi qismi 1-bandining birinchi xatboshisidagi “muassasalari” degan so‘z “tashkilotlari” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 75-modda quyidagi mazmundagi o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq imtiyozlarini hisobga olish soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan va soliq imtiyozlarining har bir turiga maxsus identifikatsiya kodini bergan holda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 76-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq solish maqsadlarida hisobga olishga nisbatan soliq organlarining axborot tizimlaridan majburiy foydalanishga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan tartibda belgilanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 78-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchi bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq hisobini soliq solish maqsadida hisoblash usuli bo‘yicha AQSh dollarida yuritishga haqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 97-moddaning sakkizinchi qismi “ariza berishga” degan so‘zlardan keyin “yoxud bu haqda xabardor qilishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 98-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5) shaxs ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 32-bandi bo‘yicha yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan bo‘lsa”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 32-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“32) agar manfaatdor shaxs (tadbirkorlik subyekti) ushbu Kodeks 101-moddasining birinchi qismiga binoan soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligining qayd raqamini va sanasini ko‘rsatgan holda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu modda ikkinchi qismining 3, 31, 4, 5 va 6-bandlarida va (yoki) to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra berilgan bo‘lsa, kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrida amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan kelib chiqqan holda, ushbu modda ikkinchi qismining 32-bandi bo‘yicha soliqlarni to‘lash kechiktirilgan kundan e’tiboran qarz summasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida foizlar hisoblanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismi 32-bandida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra foizlar soliqlarni to‘lash kechiktirish bo‘yicha qarz summasiga nisbatan kechiktirish davrida amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkadan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bunda, soliqlarni manfaatdor shaxs tomonidan to‘lashni kechiktirishning amal qilish muddati soliq organiga xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladi, kechiktirilgan soliqlar summasi esa, muddati tugagan oyidan keyingi oyidan boshlab kechiktirish muddati tugaganidan so‘ng amal qilish muddati tugagan sanadan e’tiboran kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda o‘n ikki oy ichida to‘lanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi ariza manfaatdor shaxs tomonidan tegishli vakolatli organga beriladi. Tadbirkorlik subyektlari (bundan davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni bir ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalariga va (yoki) binolar hamda inshootlarga bo‘lgan mulkiy huquq olinganda ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlarni to‘lashni taqdim etilgan xabarnoma asosida xabardor qilgan holda va garov ta’minotisiz olti oy muddatga kechiktirish huquqiga ega. Bunda kechiktirilgan soliqlar summasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer uchastkalarining, binolarning va inshootlarning qiymatidan va (yoki) maydonlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan soliqlar miqdorida belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n to‘qqizinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar soliq to‘lovchi tomonidan yuborilgan xabarnoma ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 32-bandida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq bo‘lmasa, soliq organi uch kundan kechiktirmay soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 102-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer uchastkalar, binolar va inshootlar soliq to‘lovlarini to‘lashni kechiktirish muddati davrida realizatsiya qilingan yoki ijaraga berilgan taqdirda, ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 32-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra kechiktirish summasi bir oy ichida to‘liq miqdorda undiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida aniqlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ortiqcha to‘langan (ushlab qolingan) summasi soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxsga, uning soliq hisobida turgan joyidan qat’i nazar, uning soliq organiga taqdim etgan arizasi asosida qaytariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq to‘lovchi soliq organlarining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan o‘z hisob ma’lumotlarini soliq organining so‘roviga ko‘ra soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali tasdiqlashi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi qismi “ma’lumotlarini yuritish” degan so‘zlardan keyin “soliq to‘lovchilar tomonidan ularni tasdiqlash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi — yettinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni o‘tkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvdan oldingi tahlil — taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlagan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — o‘n sakkizinchi qismlari tegishincha sakkizinchi — yigirma to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n beshinchi qismidagi “o‘n kunlik muddatda” degan so‘zlar “besh kun ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan soliq davri uchun soliq hisoboti taqdim etish chog‘ida soliq organlari qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) to‘g‘risida xabardor qilingan kundan e’tiboran oltmish kun ichida soliq organining buyrug‘isiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq hisobotiga o‘zgartishlar kiritish haqidagi talabnoma yozib berilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 182-moddaning oltinchi qismidagi “Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasdiqlaydi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi belgilaydi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 195-moddaning sakkizinchi qismidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 197-moddaning ikkinchi qismidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 199-moddaning beshinchi qismidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) 220-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) 223-modda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qazib olingan foydali qazilmalar hajmining soliq hisobotida to‘liq aks ettirilmaganligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida olingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirish —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida ko‘rsatilgan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) 242-moddaning oltinchi qismi “aloqa xizmatlari” degan so‘zlardan keyin “moliyaviy va sug‘urta xizmatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) 243-modda birinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tibbiy xizmatlar (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno). Ushbu bandning maqsadida tibbiy xizmatlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14) sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish xizmatlarini, shuningdek budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni. Ushbu bandning maqsadida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya va sport xizmatlari jumlasiga, xususan, sport inshootlarida, maktablarda, klublarda sport turlari bo‘yicha o‘quv guruhlari hamda jamoalarida sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishga oid xizmatlar, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari, sport musobaqalarini yoki bayramlarini, sport-tomosha tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar, shuningdek mazkur tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish uchun sport inshootlarini ijaraga berish kiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) 244-modda birinchi qismi 1-bandining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1) bank operatsiyalari, bundan qiymati qat’iy summada belgilangan xizmatlar mustasno, xususan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshisidagi “ochish hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bank kafolatlarini bajarish (bank kafolati bo‘yicha to‘lov)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar va to‘lovlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) 259-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining 5-bandi “bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi “bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar soliq to‘lovchi oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan intizomli soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan bo‘lsa, eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) soliq summasi soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar hisobga olinadi. Tovarlar “eksport” bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga kelib tushmagan taqdirda, hisobga olingan soliq summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — o‘n to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — o‘n beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) 269-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5) ushbu tovarlar soliq organlarida hisobga qo‘yilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki bepul foydalanilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarida saqlanganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq to‘lovchi o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra, soliq organi soliq summasining o‘rnini to‘liq yoki qisman qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq to‘lovchiga soliq hisobotini taqdim etishda soliq summasini qaytarish haqida soliq organlari xabardor qilingan sanadan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay qaytariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “bu haqda soliqni qaytarish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan” degan so‘zlar “soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini xabardor qilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandidagi “soliqni qoplashga doir ariza” degan so‘zlar “soliq hisoboti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliqning o‘rnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq to‘lovchi tomonidan qaytarish uchun soliq hisobotida ko‘rsatilgan soliq summasining o‘rni unga yetti kun ichida to‘liq hajmda qoplanadi. Bunda o‘rni qoplanishi uchun soliq hisobotida ko‘rsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq hisobotida o‘rni qoplanishi uchun ko‘rsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz bo‘lib chiqsa, soliq to‘lovchi soliqning o‘rni o‘ziga asossiz ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga to‘lash sanasigacha penya hisoblangan holda budjetga to‘lashi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) 284-modda ikkinchi qismining 1-bandidagi “bundan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) 2891-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tamaki mahsulotlari turlari

Soliq stavkalari

import qilinganda

ishlab chiqariladigan

1.

Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek

360 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz

2022-yil 1-yanvardan:

185 000 so‘m/1000 dona + 10 foiz

2022-yil 1-iyundan:

203 500 so‘m/1000 dona + 10 foiz

2.

Sigara

5 200 so‘m/1 dona

3.

Chilim uchun tamaki

310 000 so‘m/kg*

4.

Chekiladigan, o‘rama tamaki

310 000 so‘m/kg

5.

Chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan tamaki

310 000 so‘m/kg

6.

Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki bo‘lgan o‘xshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar

310 000 so‘m/kg

7.

Nikotinli tamakisiz snyus

125 000 so‘m/kg

8.

Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik (kartridjlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**

550 so‘m/ml

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikni (nikotinni) uni iste’mol qilish tizimlarida (elektron va boshqalar) olib kirishda soliq mazkur suyuqlik tarkibidagi nikotin miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) 2892-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alkogol mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Alkogol mahsulotlari turlari

Soliq stavkalari

import qilinganda

ishlab chiqariladigan

(1 dal tayyor mahsulot uchun)

2022-yil 1-yanvardan

2022-yil 1-iyundan

1.

Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi

70%

13 500 so‘m

14 900 so‘m

2.

Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari

45 000 so‘m/1 litr uchun

125 100 so‘m

138 000 so‘m

hajmiy ulushda spirt 40 foizdan ko‘p bo‘lgan aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari

63 000 so‘m/1 litr uchun

206 700 so‘m

228 000 so‘m

3.

Vino:

tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda)

31 500 so‘m/1 litr uchun

1 so‘m

boshqa vinolar, shu jumladan vermut

45 000 so‘m/1 litr uchun

18 000 so‘m

19 800 so‘m

4.

Pivo

50%, biroq 1 litr uchun/13 500 so‘mdan kam bo‘lmagan

12 600 so‘m

13 800 so‘m

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tovarlar (xizmatlar) nomi

Soliq stavkasi

2022-yil 1-yanvardan

2022-yil 1-iyundan

1.

Neft mahsulotlari:

Ai-80

240 000 so‘m/tonna

275 000 so‘m/tonna

Ai-90 va undan yuqori

275 000 so‘m/tonna

275 000 so‘m/tonna

aviakerosin (sintetikdan tashqari)

200 000 so‘m/tonna

220 000 so‘m/tonna

dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari)

240 000 so‘m/tonna

264 000 so‘m/tonna

EKO dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari)

216 000 so‘m/tonna

237 600 so‘m/tonna

dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi

340 000 so‘m/tonna

374 000 so‘m/tonna

2.

Polietilen granulalar

10%

3.

Tabiiy gaz, bundan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan gaz mustasno

20%

4.

Yakuniy iste’molchiga sotiladigan:

benzin

1 litr uchun 350 so‘m/1 tonna uchun 465 530 so‘m

1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 512 000 so‘m

dizel yoqilg‘isi

1 litr uchun 350 so‘m/1 tonna uchun 425 918 so‘m

1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 468 000 so‘m

suyultirilgan gaz

1 litr uchun 350 so‘m/1 tonna uchun 665 493 so‘m

1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 730 000 so‘m

siqilgan gaz

1 kub metr uchun 500 so‘m

1 kub metr uchun 550 so‘m

5.

Mobil aloqa xizmatlari

15%

6.

Xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakar

20%

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “2, 3, 4 va 6-bandlarida” degan so‘zlar “3 va 5-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “5-bandida” degan so‘zlar “4-bandida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi qismidagi “7-bandida” degan so‘zlar “6-bandida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) 297-moddaning uchinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandidagi “asosiy vositalarning” degan so‘zlar “amortizatsiya qilinadigan aktivlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 251-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“251) ushbu Kodeks 248-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan hollarda va tartibda soliq bazasiga tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda tuzatish kiritish natijasida olingan daromad”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33) 298-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“298-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar (zararlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga muvofiq aniqlanadigan, chiqib ketishdan olinadigan moliyaviy natija amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromad (zarar) deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromaddan uning qoldiq qiymatini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Amortizatsiya qilinadigan aktivning qoldiq qiymati ushbu Kodeks 306-moddasining yigirma oltinchi va yigirma yettinchi qismlariga hamda 307-moddasining yettinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda bunday aktiv bo‘yicha 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra to‘plangan qo‘shimcha baholash summasi (ilgari qayta baholangan narxini oshirish summasining oldingi narxni pasaytirish summasidan ortiq summalari) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. Mazkur qismning qoidalari ushbu Kodeksning 45-bobiga muvofiq soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladigan mol-mulkning chiqib ketish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34) 305-moddaning o‘n birinchi va o‘n ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq, uzoq muddatli aktivlarning dastlabki qiymatiga va zaxiralarning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar amortizatsiya ajratmalari vositasida va bunday zaxiralarning tannarxi orqali chegirmalar jumlasiga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 306-moddasining yettinchi qismiga muvofiq amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan uzoq muddatli aktivlarning qiymati mazkur aktivlar ushbu Kodeksning 298-moddasida nazarda tutilgan tartibda chiqib ketayotganda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35) 306 va 307-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“306-modda. Amortizatsiya xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq to‘lovchi amortizatsiya qilinadigan aktivlar sifatida hisobga oladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu Kodeks maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida birlik (to‘plam) uchun belgilangan (asosiy vosita sifatida e’tirof etilgan sanadagi), qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridan yuqori bo‘lgan, soliq to‘lovchida mulk huquqi asosida turgan (agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa) va soliq to‘lovchi tomonidan tovarlarni ishlab chiqarishda (xizmatlar ko‘rsatishda) yoki ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun uzoq vaqt (davomiyligi o‘n ikki oydan ortiq vaqt) mobaynida foydalaniladigan mol-mulk soliq solish maqsadlarida asosiy vosita deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi soliq davri uchun soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatida mol-mulk qiymatini asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun mol-mulkning eng kam chegarasini belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unitar korxona amortizatsiya qilinadigan aktivni unitar korxona mulkdoridan operativ boshqaruvga yoki xo‘jalik yurituviga olganda bunday aktiv ushbu moddada belgilangan tartibda shu unitar korxonada amortizatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga beruvchining (qarz beruvchining) roziligi bilan ijaraga va (yoki) bepul foydalanishga berilgan amortizatsiya qilinadigan aktivga ijaraga oluvchi (qarz oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan ajratib bo‘lmaydigan yaxshilash shaklidagi kapital qo‘yilmalar ham amortizatsiya qilinadigan aktiv deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy ijara shartnomasi (lizing shartnomasi) bo‘yicha olingan amortizatsiya qilinadigan aktiv ijara (lizing) obyektini oluvchida amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi aktivlar amortizatsiya qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yer va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mahsuldor chorva mollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) axborot-kutubxona fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) muzey ashyolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) moddiy madaniy meros obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘lkalar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qiymati soliq solish maqsadida ushbu soliq to‘lovchida ilgari to‘liq xarajatlar jumlasiga kiritilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) soliq to‘lovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) budjet tashkilotlarining amortizatsiya qilinadigan aktivlari, bundan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishi munosabati bilan sotib olingan va bunday faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan amortizatsiya qilinadigan aktivlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) maqsadli moliyalashtirishning budjet mablag‘lari hisobiga sotib olingan (yaratilgan) amortizatsiya qilinadigan aktivlar (tegishli qismi bo‘yicha). Mazkur norma soliq to‘lovchi tomonidan xususiylashtirish chog‘ida olingan amortizatsiya qilinadigan aktivga nisbatan qo‘llanilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ushbu Kodeks 304-moddasining 8, 9, 14 va 15-bandlariga muvofiq kelib tushgan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (yaratilgan), shuningdek soliq va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida bo‘shagan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (yaratilgan) amortizatsiya qilinadigan aktiv (tegishli qismi bo‘yicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda maqsadida quyidagilar amortizatsiya qilinadigan aktivlar tarkibidan chiqarib tashlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) konservatsiya davri uchun — qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiya qilingan amortizatsiya qilinadigan aktiv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soliq to‘lovchining qaroriga ko‘ra o‘n ikki oydan ortiq vaqt rekonstruksiya qilishda yoki modernizatsiyalashda bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktiv, bundan rekonstruksiya qilish yoki modernizatsiyalash jarayonida bunday aktivdan soliq to‘lovchi tomonidan o‘z faoliyatida foydalanilishi davom ettiriladigan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu modda maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktiv boshlang‘ich qiymat bo‘yicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 31-dekabrdan keyin sotib olingan (olingan, yaratilgan) amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati uni sotib olishga, qurishga, ishlab chiqarishga, yetkazib berishga va foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan holatga keltirishga doir xarajatlar summasi sifatida (agar bunday aktiv soliq to‘lovchi tomonidan bepul olingan yoxud inventarizatsiya natijasida aniqlangan bo‘lsa, shu aktivning ushbu Kodeksning 299-moddasiga muvofiq belgilanadigan bozor qiymati sifatida) aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy ijara va (yoki) lizing predmeti bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati ushbu moddaning o‘ninchi qismida ko‘rsatilgan tartibga o‘xshash tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorning (ishtirokchining, mulkdorning) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissasi hisobidan olingan, amortizatsiya qilinadigan aktivlarning boshlang‘ich qiymati deb mazkur aktivlarning aksiyadorlar (ishtirokchilar, mulkdorlar) tomonidan kelishilgan, lekin ushbu Kodeksning 299-moddasida ko‘rsatilgan tartibga o‘xshash tartibda aniqlanadigan bozor qiymatidan yuqori bo‘lmagan puldagi bahosi e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchining o‘zi barpo etgan (tayyorlagan, yaratgan), amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati deb bunday aktivni barpo etish (qurish, qo‘shimcha qurish, tayyorlash, yaratish) bo‘yicha haqiqiy xarajatlar summasi e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati quyidagilar hisobga olinmagan holda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq hisobga olingan va (yoki) 314-moddasiga muvofiq xarajatlar tarkibida hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foizlar bo‘yicha xarajatlarni va ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan yoki xarajatlar tarkibida hisobga olinadigan amortizatsiya qilinadigan aktivni sotib olish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotish uchun mo‘ljallangan zaxiralar yoki aktivlar tarkibidan o‘tkazilgan amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati ushbu aktivning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq bunday kelib tushish sanasida aniqlangan balans qiymatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar amortizatsiya qilinadigan aktiv soliq to‘lovchi tomonidan qayta tashkil etish natijasida (bundan tashkiliy-huquqiy shakl o‘zgargan hollar mustasno) olingan bo‘lsa, bunday aktivning topshirish dalolatnomasida yoki taqsimlash balansida ko‘rsatilgan balans qiymati uning boshlang‘ich qiymati bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga ko‘ra soliq to‘lovchida mavjud bo‘lgan, amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich (qayta tiklanish) qiymati soliq solish maqsadlarida ilgari o‘tkazilgan qayta baholashlarni hisobga olgan holda uning boshlang‘ich qiymati sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta tiklanish qiymatini aniqlashda ushbu modda maqsadida soliq to‘lovchining qarori bo‘yicha 2020-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra amalga oshirilgan va soliq to‘lovchining buxgalteriya hisobida 2020-yil 1-yanvardan keyin aks ettirilgan amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta baholanishi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bo‘lim maqsadida soliq to‘lovchi tomonidan 2021-yil 1-yanvardan keyin amortizatsiya qilinadigan aktiv qiymatini qayta baholash (narxini pasaytirish) amalga oshirilganda, bunday qayta baholashning ijobiy (salbiy) summasi daromad (xarajat) deb e’tirof etilmaydi, amortizatsiya qilinadigan aktivning qayta tiklanish qiymatini aniqlashda va amortizatsiyani hisoblashda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati bunday aktivga soliq to‘lovchi tomonidan kapital qo‘yilmalar amalga oshirilgan taqdirda, basharti ular iqtisodiy jihatdan o‘rinli bo‘lsa, o‘zgaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati tegishli obyektlar qo‘shimcha qurilgan, qo‘shimcha jihozlangan, rekonstruksiya qilingan, modernizatsiya qilingan, texnologik jihatdan qayta jihozlangan, qisman tugatilgan hollarda va boshqa shunga o‘xshash asoslarga, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga ko‘ra o‘zgaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asbob-uskunalar, binolar, inshootlarning yoki boshqa amortizatsiya qilinadigan aktivning texnologik yoki xizmat ko‘rsatish jihatidan belgilangan maqsadining o‘zgarishi va (yoki) boshqa yangi sifatlarning olinishi bilan bog‘liq ishlar, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, modernizatsiya qilishga doir ishlar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda maqsadida ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish, tovarlar (xizmatlar) sifatini yaxshilash va (yoki) ularning nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadida amortizatsiya qilinadigan aktivni rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan, mavjud amortizatsiya qilinadigan aktivni qayta qurish rekonstruksiya qilish jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya qilinadigan aktivning yoki uning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini texnika va texnologiyani o‘zgartirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, ma’nan eskirgan hamda jismonan ishdan chiqqan asbob-uskunalarni modernizatsiyalash va almashtirish asosida oshirishga doir kompleks tadbirlar texnik jihatdan qayta jihozlash jumlasiga kiradi. Texnik jihatdan qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishlarni barpo etishni va amaldagilarini kengaytirishni ham o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga olingan amortizatsiya qilinadigan aktivlarga va (yoki) bepul foydalanish shartnomasi bo‘yicha olingan amortizatsiya qilinadigan aktivlarga kapital qo‘yilmalar quyidagi tartibda amortizatsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga oluvchiga (qarz beruvchi tomonidan qarz oluvchiga) qiymatining o‘rni qoplanadigan kapital qo‘yilmalar ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan amortizatsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan (qarz beruvchining roziligi bilan qarz oluvchi) amalga oshirgan, qiymatining o‘rni ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplab berilmaydigan kapital qo‘yilmalar ijaraga oluvchi (qarz oluvchi) tomonidan amortizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra soliq to‘lovchida mavjud bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlarning qoldiq qiymati bunday amortizatsiya qilinadigan aktivlarning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati va 2021-yil 1-yanvargacha hisoblangan (jamg‘arilgan) amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilning 31-dekabridan keyin ishga tushirilgan amortizatsiya qilinadigan aktivning qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymati va soliqni hisoblab chiqarish maqsadida hisoblangan (jamg‘arilgan) amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ushbu Kodeks 308-moddasining yettinchi qismiga muvofiq investitsiyaviy chegirma bekor qilingan taqdirda, jamg‘arilgan amortizatsiya investitsiyaviy chegirma chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati ushbu Kodeksning 308-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya ajratmalari va (yoki) investitsiyaviy chegirmalar orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddaning o‘n yettinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati amortizatsiya ajratmalarini qayta baholash hisobga olinmagan holda boshlang‘ich qiymatdan hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar amortizatsiyani hisoblash maqsadida, ushbu moddaning qoidalariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi asosiy fondlarining statistik tasniflari hisobga olingan holda aktivni ishga tushirish sanasida amortizatsiya guruhlari (kichik guruhlari) bo‘yicha taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya qilinadigan barcha aktivlar (bundan nomoddiy aktivlar mustasno) bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari qo‘llanilgan holda to‘g‘ri chiziqli usul orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Guruhlar tartib raqami

Kichik guruhlar tartib raqami

Amortizatsiya guruhlarining (kichik guruhlarining) nomi

Amortizatsiyaning normasi,

foizlarda

I

Binolar va inshootlar

1

Binolar

5

2

Inshootlar

10

II

Quvurlar, elektr uzatish va telekommunikatsiyalar liniyalari

15

III

Mashinalar va uskunalar (transport uskunalaridan tashqari)

20

IV

Transport uskunalari

1

Havo va kosmik uchish apparatlari va ular bilan bog‘liq uskunalar, kemalar va qayiqlar, lokomotivlar va harakatdagi tarkib (temir yo‘l tarkibi)

10

2

Avtotransport vositalari, avtomobil kuzovlari (korpuslari), tirkamalar va yarim tirkamalar, boshqa transport uskunalari

20

V

Kompyuterlar va periferiya uskunalari

40

VI

Boshqa guruhlarga kiritilmagan amortizatsiya qilinadigan aktivlar

15

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi soliqni hisoblab chiqarish maqsadida amortizatsiyani ushbu moddada belgilanganidan pastroq normalar bo‘yicha hisoblashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish maqsadi uchun amortizatsiya summasi soliq to‘lovchilar tomonidan har oyda aniqlanadi. Amortizatsiya har bir amortizatsiya qilinadigan aktiv bo‘yicha alohida hisoblanadi hamda uning boshlang‘ich qiymatining va ushbu obyekt uchun belgilangan amortizatsiya normasining ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya qilinadigan aktiv, shu jumladan qonunchilikka muvofiq huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash ushbu aktiv, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan qat’i nazar, foydalanishga topshirilgan sanadan e’tiboran boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq to‘lovchi biror-bir kalendar oy ichida ta’sis etilgan, tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan bo‘lsa, amortizatsiya quyidagi xususiyatlar hisobga olingan holda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) amortizatsiya ta’sis etilayotgan, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) amortizatsiya tugatilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan tugatish yakunlanadigan sanagacha, qayta tashkil etilayotgan soliq to‘lovchi tomonidan esa qayta tashkil etish tugatiladigan sanagacha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda o‘ttiz beshinchi qismining qoidalari o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiyani hisoblash amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati to‘liq hisobdan chiqarilgan sanadan e’tiboran yoki bunday aktiv soliq to‘lovchining amortizatsiya qilinadigan aktivlari tarkibidan har qanday asoslarga ko‘ra chiqarilganda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning sakkizinchi qismiga muvofiq amortizatsiya qilinadigan aktiv tarkibidan chiqarib tashlangan aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash ushbu aktiv amortizatsiya qilinadigan aktiv tarkibidan chiqarib tashlangan sanadan e’tiboran tugatiladi va amortizatsiya qilinadigan aktiv raskonservatsiya qilingan yoki uni rekonstruksiya qilish (modernizatsiyalash) yakunlangan sanadan e’tiboran qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymatiga ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandida nazarda tutilgan xarajatlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy aktivlarning qiymati ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan tartibda xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya qilish xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchining tovarlar ishlab chiqarishda (xizmatlar ko‘rsatishda) yoki ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun uzoq vaqt (davomiyligi o‘n ikki oydan ortiq vaqt) mobaynida foydalaniladigan intellektual faoliyat natijalari va boshqa intellektual mulk obyektlari (ularga bo‘lgan mutlaq huquqlar) soliq solish maqsadlarida nomoddiy aktivlar deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy aktivlar jumlasiga, xususan, basharti soliq to‘lovchi ushbu aktivlarga nisbatan mutlaq huquqlarga ega bo‘lsa, ushbu Kodeks 44-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan aktivlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy aktivni tan olish uchun quyidagilar zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchiga iqtisodiy naf (daromad) olib kelish imkoniyatining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy aktivning o‘zi mavjudligini va (yoki) soliq to‘lovchida intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mutlaq huquq mavjud ekanligini tasdiqlovchi lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarning (shu jumladan patentlar, guvohnomalarning, boshqa muhofaza hujjatlarining, patentdan, tovar belgisidan o‘zganing foydasiga voz kechishga (uni olishga) doir shartnomaning) mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash patentning, guvohnomaning amal qilish muddatidan va (yoki) intellektual mulk obyektlaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonunchiligiga muvofiq foydalanish muddatlariga doir boshqa cheklovlardan kelib chiqqan holda yoxud nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanishning tegishli shartnomalarda shartlashilgan muddatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya har oyda soliq to‘lovchi tomonidan ularning boshlang‘ich qiymatidan va bunday nomoddiy aktivdan foydali tarzda foydalanish muddatidan, biroq soliq to‘lovchining faoliyati muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatdan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilingan normalar bo‘yicha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash mumkin bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya normalari besh yillik muddatga belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan istalgan nomoddiy aktivdan foydalanish va foydalanish huquqi uchun soliq to‘lovchi tomonidan to‘lanadigan davriy (joriy) to‘lovlar ushbu Kodeks 305-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda xarajatlar deb e’tirof etiladi va chegirmalar jumlasiga mutanosib ravishda foydalanish muddat davomida kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 306-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aktivning boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqqan holda amortizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda qo‘llashga haqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandidagi “10 foizi” degan so‘zlar “20 foizi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandidagi “5 foizi” degan so‘zlar “10 foizi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu modda maqsadlarida tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan foydalaniladigan, chiqarilgan kunidan e’tiboran ko‘pi bilan uch yil o‘tgan mashinalar va uskunalar (shu jumladan transport uskunalari) yangi texnologik uskunalar deb e’tirof etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Amortizatsiya qilinadigan aktiv u bo‘yicha investitsiyaviy chegirma qo‘llanilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan, bepul berilgan va boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, investitsiyaviy chegirmaning amal qilishi bunday aktivning chiqib ketishi ro‘y bergan hisobot (soliq) davrida jamg‘arilgan amortizatsiya summasidan uni chegirib tashlash orqali bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda yettinchi qismining qoidalari amortizatsiya qilinadigan aktivning favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofat, yong‘in, avariya va shunga o‘xshash boshqa holatlar) tufayli chiqib ketishi hollariga nisbatan, shuningdek amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang‘ich qiymati uning chiqib ketish sanasiga qadar ushbu Kodeksning 306-moddasida belgilangan normalar bo‘yicha to‘liq amortizatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan hollarda tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37) 309-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“309-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarni ta’mirlash xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish maqsadlarida soliq to‘lovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni ta’mirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar qaysi hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha hisobot (soliq) davrida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o‘rtasidagi shartnomada (qarz oluvchi va qarz beruvchi o‘rtasidagi shartnomada) ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) xarajatlari o‘rnini ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplash nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu modda qoidalari ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) mazkur xarajatlariga nisbatan ham qo‘llaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38) 310-moddaning birinchi qismidagi “(bundan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikda kapitallashtirish uchun ruxsat berilgan xarajatlar mustasno)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39) 311-moddaning birinchi qismidagi “imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusni to‘lashga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu bo‘lim maqsadlarida yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va g‘oyalarni olish maqsadida amalga oshirilgan original hamda rejali tadqiqotlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ilmiy tadqiqotlarga doir xarajatlar deb e’tirof etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu bo‘lim maqsadlarida yangi mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) takomillashtirishga, ishlab chiqarishni va boshqaruvni tashkil etishning yangi texnologiyalarini, usullarini yaratish yoki qo‘llanilayotganlarini takomillashtirish jumlasiga kiradigan xarajatlar tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlarga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yoki asoslantirilgan tarzda ushbu konstruktorlik faoliyati turlari jumlasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlar kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) 315-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan zaxira fondlariga ajratmalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda, quyidagi normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan — qonunchilikda belgilangan normaning 80 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir litsenziya asosida bank operatsiyalarining ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va sug‘urta tashkilotlari tomonidan — qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan yuqori bo‘lmagan miqdorda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7) xayriya yordamini amalga oshirish uchun xarajatlar, bundan metsenatlik ko‘magini ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bandidagi “buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka” degan so‘zlar “ushbu Kodeksning 306-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43) 320-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Valyuta qimmatliklari tarzidagi mol-mulkni (bundan chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlar mustasno) va qiymati chet valyutasida ifodalangan talab qilish tarzidagi mol-mulkni qo‘shimcha baholashda yoki qiymati chet el valyutasida ifodalangan majburiyatlarning qiymatini pasaytirishda yuzaga keladigan kursdagi farq ushbu bob maqsadlarida kursdagi ijobiy farq deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta qimmatliklari tarzidagi mol-mulkning (bundan chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlar mustasno) va qiymati chet valyutasida ifodalangan talab qilish tarzidagi mol-mulkning qiymatini pasaytirishda yoki qiymati chet el valyutasida ifodalangan majburiyatlarni qo‘shimcha baholashda yuzaga keladigan kursdagi farq ushbu bob maqsadlarida kursdagi salbiy farq deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatilgan qiymatni qo‘shimcha baholash yoki pasaytirish chet el valyutasi rasmiy kursining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan o‘zgarishi yoxud chet el valyutasi (shartli pul birliklari) kursining qonunchilikda yoki taraflarning bitimida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan o‘zgarishi munosabati bilan amalga oshirilgan taqdirda, agar ushbu chet el valyutasida (shartli pul birliklarida) ifodalangan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida to‘lanishi lozim bo‘lgan talablarning (majburiyatlarning) qiymati tegishincha taraflarning qonunchiligida yoki bitimida belgilangan kurs bo‘yicha aniqlansa, ushbu modda qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kursdagi ijobiy farq jami daromad tarkibiga, kursdagi salbiy farq — xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan (olingan) bo‘naklarni qayta baholashdan yuzaga keladigan kursdagi ijobiy (salbiy) farq soliq solish maqsadlarida hisobga olinmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi va beshinchi qismlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — to‘qqizinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45) 335-modda uchinchi qismi 2-bandining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46) 336-moddaning oltinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47) 337-modda birinchi qismi 2-bandining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48) 347-modda quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi — o‘n birinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliqni to‘langandan keyin o‘z tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtiriladi va unga ushbu Kodeks 353-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sof foyda deganda jami daromad va doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi farq tushuniladi. Bunda joriy soliq davri uchun sof foyda ayni bir doimiy muassasa doirasida avvalgi soliq davrlarida olingan zararning (zararlarning) umumiy summasiga, basharti ilgari bunday zarar (zararlar) sof foydani aniqlashda hisobga olinmagan bo‘lsa, kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sof foydadan olinadigan soliqning hisoblab chiqarilgan summasi soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga to‘lanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49) 348-moddaning oltinchi qismidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga to‘lguniga qadar, ushbu xatboshida kvartiralarning qiymati va budjetdan ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qo‘llaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 191-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“191) soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21) soliq to‘lovchining soliq davri davomida quyidagilarni to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini, tegishli xalqaro tashkilot a’zosi sifatida bunday badallarning to‘langanligi to‘g‘risida hujjat mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga to‘lovlarni, kursni tugatganlik to‘g‘risida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining 4-bandi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasining a’zosi bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52) 412-modda birinchi qismining 1-bandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — ikki million besh yuz ming so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus shahrida va viloyat markazlarida — bir million besh yuz ming so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — bir million so‘m”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 3-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3) yangi neft va gaz quduqlarining — ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil muddatga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan yangi neft va gaz quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “2 foiz” degan so‘zlar “1,5 foiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “4 foiz” degan so‘zlar “3 foiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi qismidagi “0,4 foiz” degan so‘zlar “0,5 foiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55) 421-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular yigirma uch yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Soliq solish obyektlari

Soliq stavkalari, foizlarda

1.

Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo‘lganlarini qo‘shib hisoblaganda), ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar

0,25

2.

Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:

200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan

0,33

500 kv.m dan ortiq bo‘lgan

0,44

3.

Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari

0,33

4.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tarti�dagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari

1,5

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “4 foiz” degan so‘zlar “3 foiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57) 426-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 15-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15) geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlarini o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Respublika hududlari

1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so‘mda)

Toshkent shahri:

1 zona

2 zona

3 zona

4 zona

5 zona


220

175

135

90

45

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

28

Andijon viloyati

35

Buxoro viloyati

29

Jizzax viloyati

29

Qashqadaryo viloyati

29

Navoiy viloyati

29

Namangan viloyati

35

Samarqand viloyati

35

Surxondaryo viloyati

25

Sirdaryo viloyati

22

Toshkent viloyati

30

Farg‘ona viloyati

29

Xorazm viloyati

29

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan egallangan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,25 koeffitsiyent qo‘llaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — o‘n beshinchi qismlari tegishincha oltinchi — o‘n oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “0,25” raqami “0,3” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlari belgilangan tartibda yuridik shaxslarga ajratilgan yer uchastkalariga nisbatan qo‘llaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan respublikaning har bir tumani va shahari bo‘yicha o‘rtacha belgilangan soliq stavkasiga 0,3 koeffitsiyent qo‘llaniladi. Har bir tuman va shahar bo‘yicha o‘rtacha soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlari tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq stavkalari asosida aniqlanadi hamda ular har yili 5-yanvarga qadar soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi — o‘n oltinchi qismlari tegishincha to‘qqizinchi — o‘n yettinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59) 437-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mustasno):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Respublika hududlari

1 kv. m uchun bazaviy soliq stavkasi (so‘mda)

Toshkent shahri:

1 zona

2 zona

3 zona

4 zona

5 zona


1280

1085

890

700

500

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

260

Andijon viloyati

320

Buxoro viloyati

260

Jizzax viloyati

260

Qashqadaryo viloyati

260

Navoiy viloyati

260

Namangan viloyati

320

Samarqand viloyati

320

Surxondaryo viloyati

234

Sirdaryo viloyati

205

Toshkent viloyati

270

Farg‘ona viloyati

260

Xorazm viloyati

260

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60) 445-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari mutlaq miqdorda bir kub metr uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlari

1 kub. m uchun soliq stavkasi, (so‘mda):

er usti suv resurslari manbalari

yer osti suv resurslari manbalari

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar, (bundan 2 va 3-bandlarda ko‘rsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar

240

290

2.

Sanoat korxonalari

520

620

3.

Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari

80

100

4.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari

40

40

5.

Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi

2 190

2 190

6.

Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi

27 700

27 700

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61) XVIII bo‘lim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“XVIII BO‘LIM. YER QA’RIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-bob. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
449-modda. Soliq to‘lovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu bo‘limda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish), birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida yuzaga keladigan texnologik yo‘qotishlarni hisobga olgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud bo‘lmaganda esa — soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga birlamchi ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik sikli doirasidagi yo‘qotishlar texnologik yo‘qotishlar deb e’tirof etiladi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni qazib olish chog‘idagi yo‘qotishlar, shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib bo‘lmaydigan zaxiralari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chog‘idagi yo‘qotishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik sikl doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda shaxsiy xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonunchilikda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan realizatsiya qilingan foydali qazilmaning hajmi mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451-modda. Soliq bazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga nisbatan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq (hisobot) davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati soliq bazasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddaning to‘qqizinchi — o‘n birinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma bo‘yicha pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo‘lish orqali alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan shaxsiy ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun qisman foydalanilsa, soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning butun hajmi hisobida, ushbu foydali qazilmaning o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq (hisobot) davrida foydali qazilma realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi soliq (hisobot) davrida foydali qazilmani realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) boshlanganidan buyon ular realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi soliq (hisobot) davrida mazkur foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan birinchi hisobot davrida hisoblangan soliq summasiga hisobot davrida shakllangan o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan to‘laligicha shaxsiy ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi qazib olingan tabiiy gazni va (yoki) neftni mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlashni amalga oshirgan hollarda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib, ularga soliq to‘lovchi tomonidan sarflangan dastlabki ishlov berish, ularni qayta ishlash va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Kodeksning 4511-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, shuningdek nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib olishda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalarni realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan, ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash va (yoki) transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilmalarning ayrim turlariga nisbatan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 4511-moddasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4511-modda. Metallarning ayrim turlarini qazib olish (ajratib olish) chog‘ida soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltin, kumush, platina, palladiy, mis, rux, qo‘rg‘oshin va molibden (bundan buyon ushbu moddada metallar deb yuritiladi) bo‘yicha soliq bazasi ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibidagi har bir metallga nisbatan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metallarni qazib olish (ajratib olish) chog‘ida quyidagilar soliq bazasi bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) agar ushbu qismning 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, rudani (konsentratni) realizatsiya qilish chog‘ida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning qiymati, ushbu qiymat rudaning (konsentrantning) tarkibida mavjud bo‘lgan metall hajmiga nisbatan qo‘llaniladigan o‘rtacha arifmetik birja bahosi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasida olingan yuqoriroq narx bo‘yicha hisob-kitob qilinib, unga ishlov berish (uni boyitish), uni qayta ishlash (affinaj) va (yoki) transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oltin va misni realizatsiya qilish chog‘ida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning qiymati, ushbu qiymat ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibida mavjud bo‘lgan metall hajmiga nisbatan qo‘llaniladigan soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha arifmetik birja bahosi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasida olingan yuqoriroq narx bo‘yicha hisob-kitob qilinib, unga ishlov berish (uni boyitish), uni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanmaydi. Bunda soliq to‘lovchi oltin va mis bo‘yicha soliq bazasini ushbu xarajatlarni chegirib tashlagan holda belgilashga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida ajratib olingan kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qo‘rg‘oshinni yoki molibdenni realizatsiya qilish chog‘ida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning qiymati, ushbu qiymat soliq (hisobot) davrida o‘rtacha arifmetik birja bahosi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasida olingan yuqoriroq narx bo‘yicha hisob-kitob qilinib, soliq to‘lovchi tomonidan unga ishlov berish (uni boyitish), uni qayta ishlash va (yoki) transportda tashish uchun qilingan xarajatlar chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ajratib olingan kumush, platina, palladiy, rux, qo‘rg‘oshin yoki molibden rudadagi asosiy metall bo‘lmasa yoki ularni ajratib olish oltin va (yoki) mis ajratib olinayotgan (boyitilayotgan, qayta ishlanayotgan) ishlab chiqarish quvvatlarida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi soliq bazasini ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish xarajatlarini chegirib tashlamagan holda aniqlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qo‘rg‘oshinni yoki molibdenni ajratib olish chog‘ida ushbu metallar rudadagi asosiy metallar bo‘lsa, boshqa metallar, shu jumladan oltin va mis bo‘yicha soliq bazasi ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq to‘lovchi metallar bilan birga boshqa qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan nodir elementlarni va nodir yer elementlarini ajratib olayotgan bo‘lsa, boshqa metallar (elementlar) bo‘yicha soliq bazasi ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda, o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq to‘lovchi rudadagi asosiy metallar bilan birga boshqa metallarni, shu jumladan texnogen chiqindilardan (chang, shlak, kek, shlam va boshqalardan) metallarni ajratib olsa, ushbu metallar (elementlar) bo‘yicha soliq solinadigan baza ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda o‘rtacha olingan (o‘rtacha arifmetik birja) realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq (hisobot) davri uchun oltin, kumush, palladiy va platina bo‘yicha o‘rtacha arifmetik birja narxi soliq organlari tomonidan London qimmatli metallar bozori uyushmasining (London Bullion Market Association) ertalabki fiksingi asosida, boshqa metallar bo‘yicha esa London metallar birjasining (London Metal Exchange) ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha arifmetik birja narxi narxlar qaysi valyutada belgilangan bo‘lsa, shu valyuta bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kursiga ko‘paytirilgan metallar narxlarini qo‘shishda hosil bo‘lgan summani ko‘rsatilgan narxlar belgilangan kunlar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda, ushbu Kodeks 451-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlari har oyda, soliq (hisobot) davridan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechiktirmay, o‘zlari ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlariga muvofiq hisob-kitob qilgan har bir metall turi uchun o‘rtacha arifmetik birja narxini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
452-modda. Soliq stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Foydali qazilmalar guruhi

Soliq solish obyektining nomi

Soliq stavkalari, foizlarda

1.

Energiya manbalari

Neft, tabiiy gaz, gaz kondensati

10

Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha

5

Yer ostiga joylashtirilgan gaz

2,6

Ko‘mir, yonuvchi slanslar

4

2.

Qimmatbaho metallar

Oltin, kumush, palladiy, platina va platina guruhi, osmiy va boshqa qimmatbaho metallar

7

3.

Rangli metallar

Mis, qo‘rg‘oshin, rux, molibden, nikel, kobalt, qalay, surma, simob, alyuminiy

7

Boshqa rangli metallar

10

4.

Radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari

Uran, toriy, radiy

8

Volfram

2,7

Reniy, selen, tellur, indiy, vismut, tantal, niobiy, berilliy, litiy, rubidiy, seziy, galiy, titan, sirkoniy, gafniy, talliy, kadmiy

8

Lantan va lantanoidlar, ittriy, skandiy

8

Boshqa radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari

8

5.

Nodir tosh xomashyosi

Feruza, listvenit, rodonit, zmeyevik, marmar yo‘l-yo‘l aqiq, kaxolong, yashma, xalsedon, aqiq, gematit va boshqa qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb‑ziynat uchun toshlar xomashyosi

10

6.

Qora metallar

Temir

5

Titan, marganets, xrom, vanadiy va boshqa qora metallar

4

7.

Kon-kimyo xomashyosi

Mineral pigmentlar

5,5

Yod

4,8

Mineral tuzlar (tosh tuz (ovqatga ishlatiladigani), kaliy tuzi, sulfat tuzi), karbonat xomashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar), mineral o‘g‘itlar (glaukonit, fosforitlar va boshqalar) hamda boshqa kon-kimyo xomashyosi

3,5, biroq

5 000 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

8.

Kon-ruda xomashyosi

Eruvchan shpat, dala shpati xomashyosi, kvars va kvarsit, kaolin (realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha), tabiiy grafit

7,9

Shisha xomashyosi, kvars qum, brusit marmar

3

Talk va talk toshi, talkli magnezit, vollastonit, asbest, barit, vermikulit, qoliplash xomashyosi, felzit

4

Serpentinit va boshqa kon-ruda xomashyosi

5

9.

Noruda qurilish materiallari

Sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktoshdan �ashqari sement xomashyosi

5

Sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh

22 500 so‘m/tonna*

Tabiiy bezaktoshdan bloklar, arralanadigan xarsangtosh, xarsangtosh, gips toshi, gips va angidrid, ganch, marmar, ohaktosh-chig‘anoq, ohaktosh (sement va ohak ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilishda ishlatiladigan mayda toshlar, bazalt, granitlar, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz‑porfiritlar, gabbro, slanets jinslari, karbonat xomashyosi, travertin

5, biroq 5 000 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

G‘isht-cherepitsa xomashyosi, lyosslar va lyossimon jinslar, qurilish qumi, qumtoshlar, qum-shag‘al aralashmasi

5, biroq 3 750 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Ohak ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh, farfor xomashyosi, keramzit xomashyosi, mergel, argillitlar, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt, diabaz, gliyej, andezibazalt, temir tarkibli qo‘shimchalar, magnetit — gematitli jinslar va boshqa noruda qurilish materiallari hamda keng tarqalgan foydali qazilmalar

5

10.

Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar

Asosiy foydali qazilmani qazib olganlik uchun soliq stavkasining 50 foizi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq sement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek ularga sement xomashyosi — ohaktoshni realizatsiya qiladigan soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadi. Sement ishlab chiqarish uchun faqat ko‘mirdan foydalanuvchi zavodlar uchun soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar 2021-yilning 1-sentabriga qadar kuchga kirgan bitimlar va shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha oshirilgan stavkalarni belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq stavkalari 2022-yil 1-yanvardan keyin qazib olish boshlangan yer qa’ri uchastkasida uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
453-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar soliq davridir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — chorak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar hisobot davridir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — bir oy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
454-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning 451 va 4511-moddalariga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam bo‘lmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugagandan keyin soliq hisobida turgan joydagi, noruda qurilish materiallari bo‘yicha esa — qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan — soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan — har oyda keyingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan — soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62) quyidagi mazmundagi XVIII1 bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“XVIII1 BO‘LIM. FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB OLGANLIK UChUN MAXSUS RENTA SOLIG‘I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
641-bob. Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4541-modda. Soliq to‘lovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 452-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foydali qazilmalarning tegishli guruhlaridagi foydali qazilmalar jumlasiga qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari (bundan buyon ushbu bo‘limda metallar deb yuritiladi) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy gaz, gaz kondensati va neft uglevodorod xomashyosi jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 69-bobiga muvofiq faoliyatini mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq to‘lovchi hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4542-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 4543-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadigan, qazib olingan (ajratib olingan) metallni yoki uglevodorod xomashyosini realizatsiya qilishdan olingan renta daromadi foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4543-modda. Renta daromadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qazib olingan (ajratib olingan) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeksning 176-moddasi talablari hisobga olingan holda bahoga qo‘shimcha qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini kiritmay aniqlanadigan, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan bahodan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan daromadlar hamda ularni qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi farq renta daromadi deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renta daromadi birlamchi ishlov berishdan (sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlashdan, rudani boyitishdan) o‘tgan va realizatsiya qilish uchun yaroqli bo‘lgan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) faoliyati doirasida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq to‘lovchi rudadan (konsentratlardan) metallarni ajratib olishni yoki qazib olingan uglevodorod xomashyosini mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlashni amalga oshirsa, metallarni yoki uglevodorodlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar ularga keyinchalik ishlov berish, ularni qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq to‘lovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda, ularni qayta ishlash mahsulotlarini realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida metallarga va uglevodorod xomashyolariga ishlov berish hamda ularni qayta ishlash obyektlarini qurish xarajatlarini ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan kapital xarajatlar jumlasiga kiritish nazarda tutilgan bo‘lsa, metallar va uglevodorod xomashyolarining ayrim turlari bo‘yicha ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadga ularni keyinchalik qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlar qilingan soliq davrida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan, realizatsiya qilish uchun yaroqli metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun zarur va yetarli bo‘lgan kapital hamda operatsion xarajatlar metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar deb e’tirof etiladi. Bunda kapital xarajatlar (shu jumladan asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni yaratish yoki olish, infratuzilmani yaratish va boshqa shunga o‘xshash maqsadlar uchun xarajatlar), agar ular yer qa’ri uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun tegishli ruxsatnoma yoki litsenziya olingan yer qa’ri uchastkasini (bundan buyon matnda litsenziyalangan uchastka deb yuritiladi) o‘zlashtirishning texnologik shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu texnologik shartlarda nazarda tutilgan tartibda va normativlar doirasida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bo‘lim maqsadida operatsion xarajatlar deganda hujjatlar bilan tasdiqlangan va asoslantirilgan barcha xarajatlar tushuniladi, bunda ushbu xarajatlarni amalga oshirmay turib, metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishga (ajratib olishga) va ularni birlamchi qayta ishlashga doir ishlab chiqarish jarayoni imkonsiz yoki qiyin bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) zarur xomashyoni, materiallarni, issiqlik va boshqa energiya resurslarini sotib olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) inventarga, xo‘jalik buyumlariga, amortizatsiya qilinadigan mol-mulk bo‘lmagan boshqa mol-mulkka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) soliq to‘lovchining texnologik, transportga oid, boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan yoqilg‘i, energiyaning barcha turlari, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun energiyaning barcha turlarini ishlab chiqish, shu jumladan soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan ishlab chiqish, shuningdek energiyani transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) litsenziyalar uchun haq va ijara to‘lovlarini to‘lashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ushbu Kodeksning 371 — 374-moddalarida nazarda tutilgan xodimlar (shu jumladan chet el tashkilotlarining jalb etilgan xodimlari) mehnatiga haq to‘lashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan xarajatlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) operatsiyalari doirasida to‘langan soliqlar va yig‘imlarga haq to‘lashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) chetdan jalb qilingan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar va xizmatlarga haq to‘lashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) amortizatsiyaga, shu jumladan investitsion chegirmaga (obyektning tugatish qiymati chegirilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) marketing va reklama tadbirlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki shunga o‘xshash boshqa organi) a’zolari, ma’muriy xodimlar va maslahatchilar mehnatiga haq to‘lashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) soliq to‘lovchining aybi bilan yuzaga kelgan favqulodda holatlarni bartaraf etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) xodimlarning malakasini oshirishga, mobil aloqa va internetga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) zaxiralarni tashkil etishga va sug‘urta qilishning ixtiyoriy turlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) moliyaviy faoliyat bo‘yicha foizlarni yoki boshqa xarajatlarni, shu jumladan kapital xarajatlar qiymatiga kiritilgan foizlarni to‘lashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi metallarni va uglevodorod xomashyolarini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida mazkur xarajatlar qilingan, soliq davrida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan, kapital va operatsion xarajatlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ro‘yxatini to‘ldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renta daromadini aniqlashda metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, xususan moliya bozorlaridagi operatsiyalardan, shu jumladan xedjirlash operatsiyalaridan olinadigan, shuningdek foizlar va dividendlar tarzidagi, shu jumladan kapital xarajatlar qiymatiga kapitalizatsiya qilinadigan foizlar tarzidagi daromadlar va xarajatlar hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renta daromadini aniqlash chog‘ida uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar ham hisobga olinmaydi, har qanday turdagi budjet subsidiyalari esa renta daromadiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha litsenziyalangan uchastkada metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi soliq to‘lovchi har bir bunday uchastkaga nisbatan renta daromadini alohida aniqlashi shart. Bunda soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 80-moddasi talablariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob usulidan foydalangan holda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyat, agar unda ko‘rsatilgan litsenziyalangan uchastkalarni o‘zlashtirishning texnologik shartlarida metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) va (yoki) ularni keyinchalik qayta ishlash uchun yagona texnologik loyiha nazarda tutilgan bo‘lsa, litsenziyalangan bitta uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirilishi mumkin (bundan buyon matnda litsenziyalangan uchastkalar guruhi deb yuritiladi). Bunda soliq to‘lovchi har bir litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni bitta uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirish to‘g‘risidagi qarorni unda litsenziyalangan uchastkalar ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bunday qarorni kelishishning qo‘shimcha shartlari va tartibini belgilashga haqli. Qarorda ko‘rsatilgan litsenziyalangan uchastkalar ro‘yxati unga qo‘shimcha uchastkalarni kiritish hisobiga kengaytirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi ushbu moddaning o‘n ikkinchi qismida nazarda tutilgan qarorda ko‘rsatilgan, ilgari ro‘yxatga kiritilgan, litsenziyalangan uchastkada foydali qazilmalarni (metallarni yoki uglevodorod xomashyosini) qazib olish va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani (litsenziyani) qaytargan, undan o‘zganing foydasiga voz kechgan yoki uni sotgan taqdirda, bunday uchastka ushbu ro‘yxatdan chiqarilishi lozim, bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar esa uning renta daromadini oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aktivlarni yaratishga (olishga) sarflangan xarajatlar kapital xarajatlar tarkibida hisobga olinib, ular keyinchalik boshqa shaxslarga realizatsiya qilinsa (berilsa) yoki ulardan qaysi litsenziyalangan uchastka uchun yaratilgan (olingan) bo‘lsa, o‘sha litsenziyalangan uchastka bilan bir texnologik loyihaga kiritilmagan boshqa litsenziyalangan uchastkalarda foydalanilsa, bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar renta daromadini oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi renta daromadini har bir litsenziyalangan uchastkaga nisbatan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olgan kundan e’tiboran har bir soliq (hisobot) davri natijalari bo‘yicha mustaqil ravishda aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renta daromadini aniqlash chog‘ida tarixiy xarajatlar ushbu Kodeksning 4544-moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar renta daromadini aniqlashda natija salbiy bo‘lib qolsa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlar va daromadlar o‘rtasidagi ijobiy farq renta zarari deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4544-modda. Soliq bazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renta daromadining summasi soliq bazasi hisoblanadi, renta zarari mavjud bo‘lganda esa soliq bazasi nolga teng deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq bazasi ushbu Kodeksning 4543-moddasida o‘ziga nisbatan renta daromadini aniqlash nazarda tutilgan yer qa’rining har bir litsenziyalangan uchastkasi (litsenziyalangan uchastkalar guruhi) bo‘yicha alohida hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq bazasi soliq davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metallarni va uglevodorod xomashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq bazasini AQSh dollarida aniqlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar birinchi soliq davri yakunlariga ko‘ra renta zarari olingan bo‘lsa, soliq to‘lovchi bunday zarar miqdorini keyinchalik “jamg‘arilgan renta zarari” maxsus hisobvarag‘ida AQSh dollarida, ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilanadigan valyutaning o‘rtacha yillik almashuv kursi bo‘yicha hisobga olishga haqli. Bunda har bir keyingi soliq davrida ushbu hisobvaraqda hisobga olinadigan summa joriy yilning 31-dekabr holatiga ko‘ra AQSh dollarida nominatsiya qilingan, 2 foizlik punktga oshirilgan, to‘lanish muddati o‘n yil (2031-yilgacha) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining daromadliligidan kelib chiqib aniqlanadigan koeffitsiyentga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri uchun o‘rtacha yillik kurs soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy soliq davrida 1-yanvar va 31-dekabr uchun belgilangan kurslarini qo‘shish chog‘ida olingan summani 2 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan kundan e’tiboran boshlanadigan soliq davri soliq to‘lovchi litsenziyalangan muayyan uchastkaga (litsenziyalangan uchastkalar guruhiga) nisbatan soliq bazasini aniqlashi shart bo‘lgan birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi. Agar bunda ko‘rsatilgan ruxsatnoma (litsenziya) 1-iyuldan keyin olingan bo‘lsa, metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanadan keyingi kalendar yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan vaqt ushbu litsenziyalangan uchastkaga nisbatan birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi tarixiy xarajatlarni birinchi soliq davrining xarajatlariga kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi tomonidan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanaga qadar haqiqatda amalga oshirilgan va tegishli litsenziyalangan uchastka bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar tarixiy xarajatlar jumlasiga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga va (yoki) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga, shuningdek metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqini olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun tayyorgarlik ishlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlarni amalga oshirish sanasi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yaratish (olish) xarajatlari kapital xarajatlar tarkibida hisobga olingan aktivlardan keyinchalik metallni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishga (ajratib olishga) doir ishlab chiqarish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanilmasa, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan koeffitsiyent ularni olish xarajatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq davri yakunlari bo‘yicha renta daromadi olingan bo‘lsa, soliq bazasi jamg‘arilgan renta zarari summasiga kamaytiriladi, renta daromadi jamg‘arilgan renta zararining to‘liq summasi o‘rnini qoplash uchun yetarli bo‘lmaganda esa — renta daromadi summasiga kamaytiriladi. Bunda jamg‘arilgan renta zarari summasi renta daromadini kamaytirishga qaratilgan summaga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri renta daromadi bilan tugaganidan keyin soliq to‘lovchi kapital xarajatlarni amalga oshirgan va hisobot soliq davri yakunlari bo‘yicha renta zararini olgan hollarda, bu zarar “jamg‘arilgan renta zarari” maxsus hisobvarag‘iga kiritiladi va unga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda keyingi soliq davrida “jamg‘arilgan renta zarari” hisobvarag‘ida hisobga olinadigan summa ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan miqdorda koeffitsiyent bilan ham indeksatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamg‘arilgan renta zarari to‘langanidan va renta daromadi shakllanganidan keyin soliq to‘lovchida yangidan renta zarari yuzaga kelsa, ko‘rsatilgan zararning o‘rni mazkur moddaning o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi qismlarida belgilangan tartibga o‘xshash tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi bir yuridik shaxsdan boshqasiga o‘tkazilganda, sotilgan sanada birinchi yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan renta zararining qoldig‘i ushbu moddaning beshinchi qismida aniqlanadigan koeffitsiyent hisobga olingan holda ikkinchi yuridik shaxsga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnomaning (litsenziyaning) amal qilish davrida o‘rni qoplanmagan jamg‘arilgan renta zarari soliq to‘lovchiga kompensatsiya qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi renta daromadiga (renta zarariga) tegishli xarajatlari va daromadlarining hisobini yuritishi hamda ular bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishi, shuningdek majburiy auditdan o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda har yili mazkur xarajatlar va daromadlarning auditini amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4545 -modda. Soliq stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minimal soliq stavkasi, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkasidan geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanish yoki ahamiyatli tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan, avval qidiruv o‘tkazilgan yer qa’ri uchastkasida alohida obyektlar bo‘yicha metallarni yoxud uglevodorod xomashyosini qazib olish huquqi tanlov savdolariga qo‘yilganda, tanlov savdolarining tashkilotchisi yoki tanlov savdolarining ishtirokchilari soliq stavkasining oshirilgan miqdorini taklif qilishga haqli. Bunda soliq to‘lovchi soliqlarni oshirilgan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4546-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yilning choragi hisobot davridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4547-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchilar soliqni mustaqil ravishda, ushbu Kodeksning 4544-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi. Bunda chet el valyutasida ifodalangan soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliq hisobotini taqdim etish sanasida belgilangan kursi bo‘yicha milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq to‘lovchi tomonidan har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
renta zarari mavjud bo‘lgan davrda — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq bazasi mavjud bo‘lgan davrda — har chorakda, ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqni to‘lash har chorakda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63) 65-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“65-bob. Yig‘imlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64) 455-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“455-modda. Yig‘imlarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘imlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65) 4551-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66) 456 — 458-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“456-modda. Soliq to‘lovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish korxonalari hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
457-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti yig‘imlarning soliq solish obyektidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
458-modda. Soliq bazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlarning avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda va uning hududi orqali tranzit o‘tayotganda soliq bazasi hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67) 459-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68) 460-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“460-modda. Yig‘imlarni to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran to‘lanadi. Bunda xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda, xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im har oyda oldindan to‘lov tarzida, joriy oyning o‘ninchi sanasiga qadar to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘imlar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69) 4601-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70) 461-moddaning ikkinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandidagi “ellik gektar” degan so‘zlar “yigirma besh gektar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 11, 12 va 13-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11) soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) auditorlik tashkilotlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n ikkinchi qismidagi “xulosa kiritilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab” degan so‘zlar “xulosa chiqarilgan oydan keyingi oyning sanasidan e’tiboran” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n uchinchi qismidagi “xulosasi chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan” degan so‘zlar “xulosasi chiqarilgan sanadan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n to‘rtinchi qismidagi “shartnoma rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan” degan so‘zlar “shartnoma tuzilgan sanadan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi — yigirmanchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sana oldinroq kelishiga qarab import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlar olib kirilgan (import qilingan) sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 461-moddasi ikkinchi qismining 2, 4, 5, 9 va 11-bandlarida nazarda tutilgan shaxslar tegishli ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) olgan yoki o‘z faoliyatini boshlaganligi to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarda yigirma besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari mavjud bo‘lgan taqdirda, ular ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni yoki ushbu yer uchastkasining maydoni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs bo‘lgan oddiy shirkat ishtirokchisi oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha oddiy sheriklik shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar va savdo komplekslari, notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran, budjet tashkilotlari esa tashkil topgan sanadan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatlari ko‘rsatish uchun shartnoma tuzilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n beshinchi qismi yigirma birinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72) 469-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir oy hisobot davridir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73) 477-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshisi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74) 482-modda quyidagi mazmundagi o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umumiy ovqatlanish korxonalariga aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga ko‘ra yuzaga kelgan qarzdorlikni, shuningdek barcha soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha jarimalar hamda penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar bo‘lgan davrda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan, soliq organlarini xabardor qilgan holda foizlarni to‘lamasdan, teng ulushlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75) 483-modda quyidagi mazmundagi o‘ninchi va o‘n birinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2021-yil 1-sentabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qo‘llaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasi 20-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari 2022-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasi 47-bandining va 50-bandi yettinchi — o‘ninchi xatboshilarining qoidalari 2021-yil 1-oktabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasi 62-bandining qoidalari metallarni va uglevodorod xomashyosini qazib olish 2022-yil 1-yanvardan keyin boshlanadigan litsenziya olingan yer uchastkalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasi 74-bandining qoidalari 2021-yil 15-avgustdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasi 75-bandi ikkinchi xatboshisining qoidalari 2021-yil 1-sentabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-741-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)