21.04.2022 yildagi PQ-214-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasanachilikni rivojlantirish orqali ishsiz aholi, ayniqsa xotin-qizlar, mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning ish bilan bandligiga koʻmaklashish, ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni yanada kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022-yil 1-iyuldan boshlab kasanachilikni mehnat shartnomasi bilan bir qatorda ishlarni bajarish, tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatish haqidagi fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bir oy muddatda kasanachilik shartlarida amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, kasanachilik shartlarida koʻrsatilishi mumkin boʻlgan xizmat turlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, biroq hisobot davri (bir oy)da koʻpi bilan bir million soʻmgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilar ijtimoiy soliq toʻlovini oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan roʻyxati 1-ilovada belgilangan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5214-son qaroridagi “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kredit summasining 75 foizi miqdorigacha kafillik berish boʻyicha tartib mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan mahallalarda faoliyat yurituvchi kasanachilar soni kamida 10 nafar boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvarga qadar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, subsidiya tadbirkorlik subyekti va tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari oʻrtasida tuziladigan quyidagi shartlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy kontraktga asosan ajratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tomonidan kasanachiga buyurtma berilayotgan ish turiga qarab, subsidiya hisobiga xarid qilingan asbob-uskunalar kasanachiga bepul beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari bilan birgalikda kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini doimiy tarzda monitoring qiladi hamda foydalanilmayotgan asbob-uskunalarga ajratilgan subsidiyalarni qaytarib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda har bir hudud uchun alohida kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini taʼminlashga oid chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni hududlarda tatbiq etish boʻyicha masʼullar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi koordinatorlari (S. Xolxoʻjayev, A. Kamalov, D. Sultanov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda 2022-yil uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 500 milliard soʻmini kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov) ish beruvchilarning buyurtmasi asosida kasanachilarni “Ishga marhamat” monomarkazlari, tuman (shahar) kasb-hunarga oʻqitish markazlari va mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida oʻqitishni tashkil etsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari va tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi xodimlari kasanachilik orqali fuqarolarni ishga olish istagida boʻlgan tadbirkorlarni aniqlaydi va faoliyat yoʻnalishi kesimida ularning roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi xodimlari tadbirkorlar tomonidan taklif etilayotgan kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun kasblar roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilarni oʻqitish xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan ishsiz shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari va mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida talab etiladigan kasblarga oʻqitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2023-yil 1-yanvardan boshlab nodavlat taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida ish bilan band boʻlmagan fuqarolarni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari huzuridagi malakani baholash markazlari kasbiy malaka talablarini ishlab chiqadi va salohiyatli taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslarini tugatgan fuqarolarning bilim darajasi malakani baholash markazlari tomonidan aniqlanadi va shu asosda ularga malaka sertifikatlari beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatini olgan fuqarolarga mehnat faoliyatini boshlashi uchun oʻqish xarajatlariga teng miqdorda malakani baholash markazlari tomonidan subsidiyalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) hamda Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki oy muddatda nodavlat taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida ish bilan band boʻlmagan fuqarolarni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashkiliy tuzilmasining umumiy shtatlar soni doirasida vazirlik markaziy apparatida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tuzilmasida kasanachilik faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirishga masʼul boʻlgan boʻlimlar tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifa va funksiyalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilik sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlash va hududlarning ixtisosligidan kelib chiqib, kasanachilik faoliyati boʻyicha maqsadli dasturlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish orqali norasmiy bandlikni qisqartirish va mahallalarda ish bilan band boʻlmagan fuqarolarni kasanachilik faoliyatiga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz fuqarolarni kasanachilik faoliyati boʻyicha kasb-hunarga oʻqitish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ajratilayotgan subsidiyalarning maqsadliligini taʼminlash va maqsadsiz foydalanilgan subsidiyalarni Davlat budjetiga qaytarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlariga kasanachilik bilan shugʻullanishlari uchun imtiyozlar berish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, ish beruvchi va kasanachi oʻrtasida tuzilgan mehnat, fuqarolik-huquqiy yoki pudrat shartnomalari Davlat soliq qoʻmitasining Yagona elektron shartnomalar axborot portalida majburiy tartibda ish beruvchi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kasanachilik rivojlanishini samarali monitoring qilish uchun va idoralararo maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi tarkibida mavsumiy va kasanachilik ishlari portali ishga tushirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasanachilarga asbob-uskuna xarid qilib berish xarajatlari uchun tadbirkorlik subyektlariga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan subsidiya ajratish va foydalanilmayotgan asbob-uskunalarga ajratilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida subsidiya ajratish tartibini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 21-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-214-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladigan olis va chekka hududlardagi mahallalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududning nomi

MFY (QFY, OFY) nomi

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Nukus shahri

“Qaratau” mahalla fuqarolar yigʻini

2.

Boʻzatov tumani

“Aspantay” ovul fuqarolar yigʻini

3.

Qoʻngʻirot tumani

“Qoraqalpogʻiston” shaharcha fuqarolar yigʻini

4.

“Qirqqiz” shaharcha fuqarolar yigʻini

5.

“Jasliq” shaharcha fuqarolar yigʻini

6.

Moʻynoq tumani

“Qazaqdarya” ovul fuqarolar yigʻini

7.

“Hakim ota” ovul fuqarolar yigʻini

8.

Taxtakoʻpir tumani

“Qostruba” mahalla fuqarolar yigʻini

9.

Toʻrtkoʻl tumani

“Oqqamish” ovul fuqarolar yigʻini

10.

“Qumboskan” ovul fuqarolar yigʻini

11.

“Paxtaobod” ovul fuqarolar yigʻini

12.

“Yanboshqala” ovul fuqarolar yigʻini

13.

“Koʻkcha” ovul fuqarolar yigʻini

14.

Ellikqalʼa tumani

“Chuqurqaq” mahalla fuqarolar yigʻini

15.

Shumanay tumani

“Ketenler” ovul fuqarolar yigʻini

16.

Chimboy tumani

“Qosterek” ovul fuqarolar yigʻini

17.

Kegeyli tumani

“Kok ozek” ovul fuqarolar yigʻini

18.

Qoraoʻzak tumani

“Qoybaq” ovul fuqarolar yigʻini

19.

Nukus tumani

“Kerder” ovul fuqarolar yigʻini

2. Buxoro viloyati

20.

Shofirkon tumani

“Sharof Rashidov” mahalla fuqarolar yigʻini

21.

Romitan tumani

“Gazli” mahalla fuqarolar yigʻini

22.

“Qizilravot” mahalla fuqarolar yigʻini

23.

Gʻijduvon tumani

“Koʻkcha” mahalla fuqarolar yigʻini

24.

Peshku tumani

“Jongeldi” mahalla fuqarolar yigʻini

3. Jizzax viloyati

25.

Baxmal tumani

“Baxmal” qishloq fuqarolar yigʻini

26.

“Muzbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini

27.

Gʻallaorol tumani

“Gulchambar” qishloq fuqarolar yigʻini

28.

“Jiydali” qishloq fuqarolar yigʻini

29.

“Qipchoqsuv” qishloq fuqarolar yigʻini

30.

“Korizquduq” qishloq fuqarolar yigʻini

31.

“Qoʻytosh” shaharcha fuqarolar yigʻini

32.

“Oqtosh” mahalla fuqarolar yigʻini

33.

“Sovruk” mahalla fuqarolar yigʻini

34.

Sharof Rashidov tumani

“Koʻrpasoy” mahalla fuqarolar yigʻini

35.

“Tinchlik” mahalla fuqarolar yigʻini

36.

Forish tumani

“Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini

37.

“Darvoza” mahalla fuqarolar yigʻini

4. Qashqadaryo viloyati

38.

Qarshi tumani

“Poshton” mahalla fuqarolar yigʻini

39.

“Choʻliboʻston” mahalla fuqarolar yigʻini

40.

“Bogʻobod” mahalla fuqarolar yigʻini

41.

“Hilol” mahalla fuqarolar yigʻini

42.

“Kerayit” mahalla fuqarolar yigʻini

43.

“Xonobod” mahalla fuqarolar yigʻini

44.

Gʻuzor tumani

“Qorakoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini

45.

Dehqonobod tumani

“Sarchashma” mahalla fuqarolar yigʻini

46.

“Terakli” mahalla fuqarolar yigʻini

47.

“Boshchorbogʻ” mahalla fuqarolar yigʻini

48.

“Oqqishloq” mahalla fuqarolar yigʻini

49.

“Tarqopchigʻay” mahalla fuqarolar yigʻini

50.

“Oybek” mahalla fuqarolar yigʻini

51.

“Obiravon” mahalla fuqarolar yigʻini

52.

“Duob” mahalla fuqarolar yigʻini

53.

“Boshchorboq” mahalla fuqarolar yigʻini

54.

“Chashmaimiron” mahalla fuqarolar yigʻini

55.

“Chilgaz” mahalla fuqarolar yigʻini

56.

Qamashi tumani

“Katta oʻra” mahalla fuqarolar yigʻini

57.

Koson tumani

“Olachabob” mahalla fuqarolar yigʻini

58.

“Uyrot” mahalla fuqarolar yigʻini

59.

“Xoʻjaquduq” mahalla fuqarolar yigʻini

60.

Nishon tumani

“Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini

61.

“Qirqquloch” mahalla fuqarolar yigʻini

62.

Kasbi tumani

“Choʻlquvar” qishloq fuqarolar yigʻini

63.

Chiroqchi tumani

“Langar” mahalla fuqarolar yigʻini

64.

“Ayritom” mahalla fuqarolar yigʻini

65.

“Taragʻay” mahalla fuqarolar yigʻini

66.

“Quruqsoy” mahalla fuqarolar yigʻini

67.

“Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini

68.

“Shoʻrbozor” mahalla fuqarolar yigʻini

69.

“Xushali” mahalla fuqarolar yigʻini

70.

“Yangihayot” mahalla fuqarolar yigʻini

71.

“Taloqtepa” mahalla fuqarolar yigʻini

72.

“Qoʻshanhor” mahalla fuqarolar yigʻini

73.

“Eski Angor” mahalla fuqarolar yigʻini

74.

“Paxtalisoy” mahalla fuqarolar yigʻini

75.

“Umakay” mahalla fuqarolar yigʻini

76.

“Shoʻrquduq” mahalla fuqarolar yigʻini

77.

“Navroʻz” mahalla fuqarolar yigʻini

78.

“Galabek” mahalla fuqarolar yigʻini

79.

Oqquduq qishlogʻi (“Chorvador” MFY tarkibida)

80.

“Qanoatli” mahalla fuqarolar yigʻini

81.

“Toshli” mahalla fuqarolar yigʻini

82.

Shamolquduq qishlogʻi (“Chorvador” MFY tarkibida)

83.

“Qalqama” mahalla fuqarolar yigʻini

84.

Shahrisabz tumani

“Gʻilon” mahalla fuqarolar yigʻini

85.

“Sarchashma” mahalla fuqarolar yigʻini

86.

“Sayyod” mahalla fuqarolar yigʻini

87.

“Koʻl” mahalla fuqarolar yigʻini

88.

Yakkabogʻ tumani

“Tatar” mahalla fuqarolar yigʻini

5. Navoiy viloyati

89.

Zarafshon shahri

“Daugiztov” mahalla fuqarolar yigʻini

90.

Xatirchi tumani

“Angidon” mahalla fuqarolar yigʻini

91.

“Langar” mahalla fuqarolar yigʻini

92.

Uchquduq tumani

“Altintov” ovul fuqarolar yigʻini

93.

“Uzunquduq” ovul fuqarolar yigʻini

94.

“Bozdun” ovul fuqarolar yigʻini

95.

“Mingbuloq” ovul fuqarolar yigʻini

96.

Avangard ovuli (“Qoʻqayaz” OFY tarkibida)

97.

Nurota tumani

“Yangiturmush” mahalla fuqarolar yigʻini

98.

“Qadoq” mahalla fuqarolar yigʻini

99.

“Sentob” mahalla fuqarolar yigʻini

100.

“Temirqovuq” mahalla fuqarolar yigʻini

101.

“Qizilcha” mahalla fuqarolar yigʻini

102.

“Suvliq” mahalla fuqarolar yigʻini

103.

“Kattasoy” mahalla fuqarolar yigʻini

104.

Konimex tumani

“Sarjal” ovul fuqarolar yigʻini

105.

“Yangiqazgʻan” qishloq fuqarolar yigʻini

106.

“Qaragʻata” qishloq fuqarolar yigʻini

107.

“Ushtobe” ovul fuqarolar yigʻini

108.

“Boymurat” ovul fuqarolar yigʻini

109.

Tomdi tumani

“Ayaqquduq” ovul fuqarolar yigʻini

110.

“Keregetov” ovul fuqarolar yigʻini

111.

“Koriz” ovul fuqarolar yigʻini

112.

“Suketti” ovul fuqarolar yigʻini

113.

“Tomdibuloq” ovul fuqarolar yigʻini

114.

“Shiyeli” ovul fuqarolar yigʻini

6. Namangan viloyati

115.

Pop tumani

“Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini

116.

“Yuqori Chodak boshi” mahalla fuqarolar yigʻini

117.

“Qoʻshchinor” mahalla fuqarolar yigʻini

118.

“Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻini

119.

Oltinkon shaharchasi (Yuqori Chodak boshi va “Chodakboshi” MFY tarkibida)

7. Samarqand viloyati

120.

Kattaqoʻrgʻon tumani

“Bunyodkor” mahalla fuqarolar yigʻini

121.

“Jizmonsoy” mahalla fuqarolar yigʻini

122.

Qoʻshrabot tumani

“Toz” mahalla fuqarolar yigʻini

123.

“Yangi qishloq” mahalla fuqarolar yigʻini

124.

“Oʻrtasoy” mahalla fuqarolar yigʻini

125.

“Jonbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini

126.

“Qoʻshtamgʻali” mahalla fuqarolar yigʻini

127.

“Urganji” mahalla fuqarolar yigʻini

128.

“Oqchobsoy” mahalla fuqarolar yigʻini

129.

“Minishkor” mahalla fuqarolar yigʻini

130.

Bogʻojat qishlogʻi (“Toz” MFY tarkibida)

131.

Nurobod tumani

“Tepaqul” mahalla fuqarolar yigʻini

132.

“Saroy” mahalla fuqarolar yigʻini

133.

“Sazagʻon” mahalla fuqarolar yigʻini

134.

“Omondara” mahalla fuqarolar yigʻini

135.

“Jom” mahalla fuqarolar yigʻini

136.

“Sahoba” mahalla fuqarolar yigʻini

137.

“Jarquduq” mahalla fuqarolar yigʻini

138.

Sepqi qishlogʻi (“Buloqboshi” MFY tarkibida)

139.

“Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻini

140.

“Agʻron” mahalla fuqarolar yigʻini

141.

“Arabota” mahalla fuqarolar yigʻini

142.

“Bunyodkor” mahalla fuqarolar yigʻini

143.

Paxtachi tumani

“Chashma” mahalla fuqarolar yigʻini

144.

Payariq tumani

“Nakurt” mahalla fuqarolar yigʻini

8. Surxondaryo viloyati

145.

Muzrabot tumani

“Chegarachi” mahalla fuqarolar yigʻini

146.

Sherobod tumani

“Chorbogʻ” mahalla fuqarolar yigʻini

147.

“Vandob” mahalla fuqarolar yigʻini

148.

“Uzunsoy” mahalla fuqarolar yigʻini

149.

Termiz tumani

“Gulbahor” mahalla fuqarolar yigʻini

150.

Oltinsoy tumani

“Xoʻjaipok” mahalla fuqarolar yigʻini

151.

Boysun tumani

“Qizilnavr” mahalla fuqarolar yigʻini

152.

“Xoʻjaidod” mahalla fuqarolar yigʻini

153.

“Dehibolo” mahalla fuqarolar yigʻini

154.

“Obikor” mahalla fuqarolar yigʻini

155.

“Chilonzor” mahalla fuqarolar yigʻini

156.

“Munchoq” mahalla fuqarolar yigʻini

157.

“Oʻrmonchi” mahalla fuqarolar yigʻini

158.

Uzun tumani

“Xursand” mahalla fuqarolar yigʻini

159.

“Madaniy turmush” mahalla fuqarolar yigʻini

160.

“Toltoʻgʻay” mahalla fuqarolar yigʻini

161.

“Bobotogʻ” mahalla fuqarolar yigʻini

162.

“Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini

163.

“Xoʻjaqulsin” mahalla fuqarolar yigʻini

164.

“Oʻrmonchi” mahalla fuqarolar yigʻini

165.

“Oqmachit” mahalla fuqarolar yigʻini

166.

Qumqoʻrgʻon tumani

“Tebat” mahalla fuqarolar yigʻini

167.

Sariosiyo tumani

“Sangardak” mahalla fuqarolar yigʻini

168.

“Subhidam” mahalla fuqarolar yigʻini

169.

“Ehtirom” mahalla fuqarolar yigʻini

170.

“Chosh” mahalla fuqarolar yigʻini

171.

“Xonjiza” mahalla fuqarolar yigʻini

172.

“Maland” mahalla fuqarolar yigʻini

173.

“Karsh” mahalla fuqarolar yigʻini

174.

Denov tumani

“Chagam” mahalla fuqarolar yigʻini

175.

“Jiydabuloq” mahalla fuqarolar yigʻini

176.

“Pojur” mahalla fuqarolar yigʻini

177.

“Pahlavon” mahalla fuqarolar yigʻini

178.

“Yoshlik” mahalla fuqarolar yigʻini

179.

Shoʻrchi tumani

“Tamshush” mahalla fuqarolar yigʻini

9. Sirdaryo viloyati

180.

Mirzaobod tumani

“Yoʻldoshobod” mahalla fuqarolar yigʻini

181.

“Bahoriston” mahalla fuqarolar yigʻini

10. Toshkent viloyati

182.

Bekobod tumani

“Nayman” mahalla fuqarolar yigʻini

183.

“Uyas” mahalla fuqarolar yigʻini

184.

“Achamayli” mahalla fuqarolar yigʻini

185.

Angren shahri

“Tolbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini

186.

“Fayzobod” mahalla fuqarolar yigʻini

187.

“Oydin” mahalla fuqarolar yigʻini

188.

Ohangaron tumani

“Chinor” mahalla fuqarolar yigʻini

189.

“Chetsuv” mahalla fuqarolar yigʻini

190.

“Koʻksaroy” mahalla fuqarolar yigʻini

191.

“Goʻshsoy” mahalla fuqarolar yigʻini

192.

Boʻstonliq tumani

“Bolodala” mahalla fuqarolar yigʻini

193.

“Algʻabas” mahalla fuqarolar yigʻini

194.

“Novabod” mahalla fuqarolar yigʻini

195.

“Yakkatut” mahalla fuqarolar yigʻini

196.

“Burchmulla” mahalla fuqarolar yigʻini

197.

“Bogʻiston” mahalla fuqarolar yigʻini

198.

“Nanay” mahalla fuqarolar yigʻini

199.

“Dadaboyev” mahalla fuqarolar yigʻini

200.

“Uzun” mahalla fuqarolar yigʻini

201.

“Pskom” mahalla fuqarolar yigʻini

11. Fargʻona viloyati

202.

Fargʻona tumani

“Boymahalla” mahalla fuqarolar yigʻini

203.

“Yuqori Gulshan” mahalla fuqarolar yigʻini

204.

“Gulshan” mahalla fuqarolar yigʻini

205.

“Gulzar” mahalla fuqarolar yigʻini

206.

“Sharq haqiqati” mahalla fuqarolar yigʻini

207.

“Ulugʻbek” mahalla fuqarolar yigʻini

208.

“Soyboʻyi” mahalla fuqarolar yigʻini

209.

“Yuqori Archa” mahalla fuqarolar yigʻini

210.

“Qurilish” mahalla fuqarolar yigʻini

211.

“Langar” mahalla fuqarolar yigʻini

212.

“Chimyon” mahalla fuqarolar yigʻini

213.

“Shifokor” mahalla fuqarolar yigʻini

214.

“Mindon” mahalla fuqarolar yigʻini

215.

“Qoʻriq” mahalla fuqarolar yigʻini

216.

“Fargʻona” mahalla fuqarolar yigʻini

217.

“Xonqiz” mahalla fuqarolar yigʻini

218.

“Yangiyoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini

219.

“Maydon” mahalla fuqarolar yigʻini

220.

“Qoʻrgʻontepa” mahalla fuqarolar yigʻini

221.

Soʻx tumani

“Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻini

222.

“Yangiariq” mahalla fuqarolar yigʻini

223.

“Sarikanda” mahalla fuqarolar yigʻini

224.

“Saribozorcha” mahalla fuqarolar yigʻini

225.

“Qalʼa” mahalla fuqarolar yigʻini

226.

“Oftobru” mahalla fuqarolar yigʻini

227.

“Navobod” mahalla fuqarolar yigʻini

228.

“Mulgon” mahalla fuqarolar yigʻini

229.

“Chumoqcha” mahalla fuqarolar yigʻini

230.

“Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini

231.

“Demursad” mahalla fuqarolar yigʻini

232.

“Chashma” mahalla fuqarolar yigʻini

233.

“Zangat” mahalla fuqarolar yigʻini

234.

“Qizilqiyoq” mahalla fuqarolar yigʻini

235.

Tariq qishlogʻi (“Chashma” MFY tarkibida)

236.

“Hushyor” mahalla fuqarolar yigʻini

237.

“Sharqobod” mahalla fuqarolar yigʻini

238.

Umabara qishlogʻi (“Devayron” MFY tarkibida)

239.

“Devayron” mahalla fuqarolar yigʻini

240.

“Lenbur” mahalla fuqarolar yigʻini

241.

“Tul” mahalla fuqarolar yigʻini

242.

“Qalʼacha” mahalla fuqarolar yigʻini

243.

“Gʻaznob” mahalla fuqarolar yigʻini

244.

“Sohibkor” mahalla fuqarolar yigʻini

12. Xorazm viloyati

245.

Qoʻshkoʻpir tumani

“Gʻalaba” mahalla fuqarolar yigʻini

246.

“Uygʻur” mahalla fuqarolar yigʻini

247.

“Mehnatobod” mahalla fuqarolar yigʻini

248.

“Ilgaldi” mahalla fuqarolar yigʻini

249.

Tuproqqalʼa tumani

Nukus qishloq aholi punkti (Hazorasp tumani “Nukus maskani” MFY tarkibida)

250.

“Sarimay” mahalla fuqarolar yigʻini

251.

Tuproqqalʼa qishloq aholi punkti (Hazorasp tumani “Tuproqqalʼa maskani” MFY tarkibida)

252.

“Hazorasp” mahalla fuqarolar yigʻini

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Olis va chekka hududlar roʻyxatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari taklifiga binoan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni hududlarda tatbiq etish boʻyicha masʼullar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari

2.

E.M. Muxitdinov

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent viloyati

3.

B.X. Umurzakov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʻrinbosari

Xorazm va Sirdaryo viloyatlari

4.

N.G. Yakubov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʻrinbosari

Namangan va Andijon viloyatlari

5.

S.M. Xolxoʻjayev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

Toshkent shahri va Surxondaryo viloyati

6.

D.Sh. Sultanov

moliya vaziri oʻrinbosari

Buxoro va Navoiy viloyatlari

7.

A.A. Kamalov

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

Fargʻona va Jizzax viloyatlari

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 07/22/214/0333-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)