Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2007 12.11.1997 yildagi 509-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJ OLINADIGAN HUDUDI ORQALI TAShILADIGAN AKSIZ SOLIGʻIGA TORTILADIGAN TOVARLARNI NAZORAT QILIShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-oktabrdagi PQ-703-sonli “Aksiz soligʻiga tortiladigan ayrim turdagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yoʻli bilan olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qoʻllanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 12-iyundagi Farmoniga muvofiq va aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar tranzitini tartibga solish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, bojxona nazorati va statistikasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali tashiladigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlar uchun bojxona toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Tartib 1997-yil 1-dekabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bojxona poshlinalari va soliqlari toʻlovini taʼminlash summalarini toʻlash uchun Davlat bojxona qoʻmitasining depozit valyuta schyotini ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirib kelish va chiqib ketish punktlari hududida joylashgan vakolatli banklar muassasalariga jismoniy shaxslar bilan bojxona poshlinalari va soliqlari toʻlovini taʼminlash schyotiga naqd chet el valyutasini qabul qilish, shuningdek, tranzit tovarni olib chiqib ketish chogʻida qaytariladigan ushbu valyuta boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakillari orqali tegishli davlatlarning tashqi ishlar vazirliklarini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga uning hududi orqali aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni tranzit tartibida tashib oʻtishga oid qismiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 12-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
509-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-noyabrdagi 509-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali xalqaro tranzit tartibida tashiladigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlar uchun bojxona toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qoʻllanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 12-iyundagi Farmoniga muvofiq, respublikaning boj olinadigan hududi orqali xalqaro tranzit tartibida tashib oʻtiladigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlar ustidan bojxona nazoratini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Tartibning amal qilishi tranzit tartibida tashishning bojxona tartibiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab avtomobil transportida tashiladigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlarga, shuningdek, ularni temir yoʻl, daryo va havo transportidan avtomobil transportiga oʻtkazish hollarida tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Tartibning amal qilishi MDP (MDP Konvensiyasi, 1975-yil) kitobi qoʻllangan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasiga muvofiq tranzit tartibida tashiladigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlarga, shuningdek, tranzit tartibida tashish shartlari Hukumatlararo bitimlarda kelishilgan tovarlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Tartibda foydalaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit tovar — bojxonaning tranzit tartibiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali tashiladigan, bojxona toʻlovlari summasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlash yoʻli bilan ularning toʻlanishini taʼminlash qoʻllanadigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazish punkti — amalda tovarni tashib kirish (tashib chiqib ketish) amalga oshiriladigan bojxona kompleksi yoki bojxona posti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxonaning tashib kirish (tashib chiqib ketish) organi — faoliyat koʻrsatish hududida oʻtkazish punkti joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovni taʼminlash summasi — ushbu tovar Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga erkin muomalaga chiqarilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga ushbu toʻlovlarni taʼminlash hisobiga toʻlanadigan (import poshlina, aksiz soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻim va 1998-yil 1-yanvardan boshlab — qoʻshilgan qiymat soligʻidan iborat boʻlgan) bojxona toʻlovlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlovni taʼminlash summasini toʻlovchi har qanday manfaatdor shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar guruhi — bitta oʻtkazish punkti orqali bitta transportda yoki ularning tarkibida (kolonnada) ayni bir vaqtda tashib kiritiladigan tranzit tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tranzit tovarlarning bojxona nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tranzit tovarlar ular Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga amalda tashib kiritilgan vaqtdan boshlab ushbu hududdan amalda tashib chiqib ketilgan vaqtgacha bojxona nazoratida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tranzit tovarlarni tashuvchi avtotransport vositalari bojxona organlarining tashib kiritish va tashib chiqib ketishni oʻtkazuvchi punktlarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan avtooʻtkazish joylari orqali oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Temir yoʻl orqali tashiladigan tranzit tovarlar, toʻlovni taʼminlash summasini toʻlamasdan, amaldagi qonunchilik bilan belgilangan bojxona tranzit tartibiga qatʼiy rioya qilingan holda tashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchining aybi bilan bojxona tranzit tartibi buzilgan taqdirda javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli temir yoʻl korxonasi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlarni tranzit tartibida temir yoʻl transportida tashiyotgan jismoniy shaxslar toʻlovni taʼminlash summasini toʻlamaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzitning bojxona tartibi buzilgan taqdirda yuqorida koʻrsatilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tranzit tovarlar nazoratini tovar keltirayotgan tomonning bojxona organi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tranzit tovarlarni bojxona tomonidan rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tranzit tovarlarni bojxona tomonidan rasmiylashtirish toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlovni taʼminlashning tegishli summalari toʻlangandan hamda bu haqda toʻlov hujjati taqdim etilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga toʻlovni taʼminlash summasi toʻlanmagan tranzit tovarlar keltirilmaydi, mazkur Tartibning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tranzit tovarni olib chiqib ketish bojxona organining oʻtkazib yuborish joyiga yetkazib berish muddati va transport vositasining Oʻzbekiston hududi boʻylab qatnov yoʻnalishi tovar keltirilayotgan bojxona organining oʻtkazish punktida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tranzit tovar Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga tashib kelinayotganda belgilangan tartibda yukning bojxona deklaratsiyasi (bundan keyin YuBD deb ataladi) toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda YuBD da quyidagi toʻlovlar turlari boʻyicha toʻlovni taʼminlashning toʻlangan summasi koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import poshlina,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz soligʻi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi (1998-yil 1-yanvardan boshlab),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida tranzit tovar toʻgʻrisidagi barcha zarur maʼlumotlar nazorat qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tranzit tovarni Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi tashqarisiga amalda tashib ketishda YuBD da tovarni tashib ketish bojxona organining oʻtkazish punktida bojxona belgisi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarni tashib ketish bojxona organi tomonidan oʻzi belgilangan tartibda tasdiqlagan YuBDning nusxalari yukni tashib keltirish bojxona organiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Avariya sodir boʻlganda yoki yengib boʻlmas kuchlar taʼsir qilganda tranzit tovarlar transportlardan tushirilishi mumkin. Bunday hollarda yuk tashuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning saqlanishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishga va ulardan ruxsat etilmagan biron-bir tarzda foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yaqin joydagi bojxona organiga ishlarning ahvoli, tovar va transport vositalarining turgan joyi haqida zudlik bilan xabar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni yaqin joydagi bojxona organiga tashishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organining mansabdor shaxslarini tovarlar turgan joyga yetkazishni taʼminlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari avariya yoki yengib boʻlmas kuchlar taʼsiri oqibatida tashuvchi qiladigan biron-bir sarf-xarajatlarni oʻz zimmasiga olmaydilar. Bunday hollarda bojxona organlari tegishli idoralarning tasdiqlovchi hujjatlari asosida tovarni Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan tashib ketish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida zudlik bilan qaror qabul qiladilar, tovarlar tashuvchining aybisiz yoʻqolgan hollarda esa toʻlovni taʼminlash summalarini qaytarish haqida qaror qabul qiladilar va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini hamda tovarni tashib ketayotgan bojxona organini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Pul mablagʻlarini Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tranzit tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarini taʼminlash summasi sifatidagi pul mablagʻlari toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bojxona toʻlovlarini taʼminlash summasi kursi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxslar tomonidan pul mablagʻlarini toʻlash tranzit tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan chegarasidan oʻtkazilgungacha yoki oʻtkazilayotgan vaqtda naqd pulsiz yoxud plastik kartochkalar boʻyicha, jismoniy shaxslar tomonidan esa yaqin joydagi bank boʻlimiga naqd pul toʻlash yoʻli bilan yoxud plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlanadigan pul mablagʻlari, qonunchilikka muvofiq aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar amalda toʻlangan pul mablagʻlari summasi YuBDda hisoblangan summadan kam boʻlsa, tranzit tovarlar tashib keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toʻlovchi tomonidan toʻlov topshiriqnomasi yoki tovarlarning har bir guruhi uchun alohida toʻlov toʻgʻrisidagi kvitansiya taqdim etiladi. Koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari boshqa xil toʻlovlar hisobiga qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarni keltirayotgan bojxona organining oʻtkazish punktida toʻlovni taʼminlash summasi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasi qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

18. Pul mablagʻlari oʻtkazish boʻyicha toʻlov topshiriqnomasining “Toʻlovning maqsadi” bandida quyidagilar koʻrsatilishi kerak “__________ dagi _______son schyot-faktura boʻyicha Davlat bojxona qoʻmitasi boshqarmasining____________

___________________________________________________________________‎

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar)‎ ‎‎

oʻtkazish punkti orqali _____ dagi _____ -son kontrakt boʻyicha _____ miqdoridagi aksiz soligʻiga tortiladigan tranzit tovarga‎

____________________________________________________ nisbatan bojxona ‎‎

(tovar nomi)‎‎

toʻlovini taʼminlash. ‎‎ ‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlarni tovar egasi boʻlmagan boshqa shaxs tomonidan toʻlangan taqdirda, ushbu bandda pul mablagʻlari qaysi shaxs manfaatlari uchun toʻlanayotgani qoʻshimcha ravishda koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tranzit tovar uchun toʻlangan mablagʻlarni tasarruf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat soliq qoʻmitasining depozit schyotiga pul oʻtkazgan toʻlovchi tranzit tovar Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan amalda olib chiqib ketilgunga qadar ularni tasarruf etishga haqli emas, tovarlarni ushbu hududga olib kelishni rad etish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tranzit tovar Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan amalda olib chiqib ketilgan holda, bu chiqarib yuborish bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 3 kun mobaynida tegishli bankka toʻlov topshiriqnomasi yuboradi, uning asosida ushbu bank taʼminlash toʻlovi toʻlangan valyutadagi mablagʻlarni toʻlovchiga u koʻrsatgan schyotga yoki plastik kartochkalarga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs tomonidan toʻlangan taʼminlash toʻlovi summasi jismoniy shaxs xohishiga koʻra, belgilangan tartibda naqd pul shaklida qaytariladi yoki bu mablagʻlar boj hududidan chiqib ketishda plastik kartochkalarga yoxud taʼminlash toʻlovi valyutasida shaxsiy schyotlarga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Toʻlovni taʼminlash summalari depozit schyotida boʻlgan vaqt uchun foizlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tranzit tovarni tovar egasining yozma holdagi arizasi boʻyicha boshqa xil bojxona tartibi boʻyicha joylashtirishda bojxona toʻlovlari schyotiga toʻlangan toʻlovlarni taʼminlash summasi, qonunchilikka muvofiq konvertatsiya qilingan summalarni respublika budjeti daromadiga oʻtkazgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga sotilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tranzit tovar tovarni tashib keltiruvchi bojxona organining oʻtkazish joyida belgilangan muddatda tovarni tashib ketuvchi bojxona organining oʻtkazish joyigacha yetkazib berilmagan taqdirda va tovarni tashib ketish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi bildirish hujjatlari mavjud boʻlmaganda tovarni tashib ketishning belgilangan muddati tugagan kundan boshlab, 30 kalendar kun tugashi bilan toʻlovni taʼminlash summasi mazkur Tartibning 22-bandiga muvofiq respublika budjeti daromadiga oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika budjeti daromadiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Toʻlovni taʼminlash toʻlangan summalarining respublika budjeti daromadiga oʻtkazilishi bojxona qoidalarini buzgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.