19.03.2022 yildagi SQ-506-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 25-iyundagi SQ-328-IV-sonli hamda 2021-yil 21-oktabrdagi SQ-410-IV-sonli qarorlari bilan qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻroviga berilgan javobni koʻrib chiqib, Oliy Majlis Senati bu borada yetarli darajada ishlar amalga oshirilmaganini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, parlament soʻrovidagi muammoli masalalarni hal etishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlsa-da, loyihani kelishish jarayoni hozirga qadar boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, qon quyish muassasalari moddiy-texnik holatini yaxshilash, mobil brigadalar tomonidan qon zaxirasini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratish va qon quyish muassasalarini koʻchma donorlik komplekslari bilan taʼminlash, koʻngilli va begʻaraz donorlikni rivojlantirish kabi parlament soʻrovida qayd etilgan qator dolzarb masalalar oʻz yechimini topmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4592-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida respublika qon quyish muassasalarini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash maqsadida 2020 — 2022-yillarda 11 mln 375 ming AQSh dollari jalb etilishi nazarda tutilgan. Ammo parlament soʻroviga berilgan javobda qon quyish muassasalarini zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash ishlari haqida maʼlumotlar qayd etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, qon xizmati axborot tizimini amaliyotga joriy etish boʻyicha ishlar boshlangan boʻlsa-da, tizimga nisbatan qoʻyilgan talablar toʻliq amaliyotga tatbiq etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, donorlarning laboratoriya tahlili natijalarini OITSga qarshi kurash markazi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining axborot tizimlari bilan elektron maʼlumot almashish yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Donorlarning olingan qon va plazmalar banki (hisobi) hamda qon va plazma ajratish boʻyicha talabnomalarni qondirish, yaʼni qon va plazmaning ajratilganligi faqat maxsus daftarlarda qogʻoz shaklida qayd etilib, tizimda aks ettirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron toʻlov tizimi joriy etilmagan. Qolaversa, qon xizmati xodimlari uchun ijtimoiy imtiyozlar belgilash masalasi hukumatning parlament soʻroviga javobida umuman yoritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlar mamlakatimizda aholi sogʻligini saqlash, qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasida davlat siyosatini takomillashtirish maqsadida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqishga ehtiyoj mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 25-iyundagi SQ-328-IV-sonli hamda 21-oktabrdagi SQ-410-IV-sonli qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar yuzasidan yoʻllangan parlament soʻrovida belgilangan vazifalar ijrosiga mutasaddilar tomonidan masʼuliyat bilan yondashilmaganligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Senati tomonidan mazkur parlament soʻrovi ikki marta qayta yuborilganiga qaramasdan, unda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilmaganligi va aniq natijalarga erishilmaganligi bois, mutasaddilarning masʼuliyatini koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 1-iyuniga qadar masalaga daxldor tashkilotlar vakillari ishtirokida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini rivojlantirish masalasini kompleks tartibda oʻrgansin hamda parlament soʻrovida koʻrsatilgan kamchiliklarni hal etishga qaratilgan tegishli hujjat loyihasi ishlab chiqilishi va qabul qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda joylarda qon bilan ishlash xizmati muassasalari joylashgan binolarni toʻliq inventerizatsiyadan oʻtkazsin hamda ularda yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya qoidalari va normalariga rioya etilishi holati, gigiyena normativlari va boshqa qoidalar talablariga muvofiqligi boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi (O. Iminov) qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasini rivojlantirish boʻyicha joylarda koʻrilayotgan choralarni tahlil qilib, natijasi toʻgʻrisida Senat Kengashiga joriy yilning 15-iyuniga qadar maʼlumot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№ SQ-506-IV