19.03.2022 yildagi SQ-507-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining 2020-2021-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) tomonidan 2020-2021-yillarda qonunchilik va parlament nazorati faoliyati doirasida 41 ta majlis oʻtkazilib, ularda 85 ta masala muhokama etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, qonunchilik faoliyati doirasida hisobot davrida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari ishtirokida va ekspertlarni jalb qilgan holda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda maʼqullash uchun Senatga kiritilgan 15 ta qonun dastlabki tarzda koʻrib chiqilib, Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat-tahlil faoliyati doirasida 34 ta tadbir oʻtkazilgan. Jumladan, Qoʻmita tomonidan 9 ta qonunning ijro holati va huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilgan, shuningdek, vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining 2 ta hisoboti va 11 ta axboroti eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita takliflari asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, joylarda aholi bilan uchrashuvlar va sayyor qabullarda hamda jamoatchilik tomonidan koʻtarilgan masalalar yuzasidan 3 ta parlament soʻrovi yuborilib, Qoʻmita va Senatning yalpi majlislarida muhokama qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Andijon, Toshkent, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida oqova suv tozalash inshootlarida vujudga kelayotgan muammo va kamchiliklarning atrof muhit hamda aholi salomatligiga taʼsiri yuzasidan oʻrganishlar olib borilgan, natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovlari tayyorlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning natijasida zararli oqova suvlarni chiqargan 3 100 ta korxonadan kompensatsiya toʻlovlari undirilishiga, Toshkent shahridagi 18 ta yirik sanoat korxonasi faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilishiga, 3 ta korxonada birlamchi tozalash inshootlari qurilishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlarining faoliyati va ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijasida Hukumatning “Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatini tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (2021-yil 3-dekabrʼ 731-sonli) qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga taʼsiri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu parlament soʻrovida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish va boshqa masalalarni qamrab olgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-fevraldagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-141-sonli qarori qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashish strategiyasi loyihasi Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhida muhokama qilinib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita taklifi asosida Senat yalpi majlisida 14 ta masala muhokama etilgan. Xususan, tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Konstitutsiya, qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlariga zid 8 ta qarorini bekor qilish masalasi shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, hududlarda 5 ta qonun hamda davlat dasturlarining ijrosi oʻrganilgan, natijalari yuzasidan 6 ta Qoʻmita qarori qabul qilingan. Jumladan, dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati hamda ular uchun yaratilgan imtiyozlar va qishloq xoʻjaligida resurs tejovchi zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha belgilangan vazifalarning hududlarda ijro etilishi holati oʻrganilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar natijasida manzilli dastur ishlab chiqilgan va unga asosan 488 nafar talabgorga 44 mlrd soʻmdan ortiq subsidiya mablagʻlari ajratib berilishiga erishilgan. Natijada 12 mingdan ziyod aholining 2 ming gektar maydoni suv bilan taʼminlanib, qoʻshimcha mahsulot olishga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi hamda ekologiya tarmoqlarida islohotlarni amalga oshirish yoʻnalishida amaldagi 9 ta qonunning ijrosi hamda ular boʻyicha qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi holati yuzasidan monitoring oʻtkazilgan. Natijalari Senat Kengashida muhokama qilinib, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash doirasida Senatga kelib tushgan 2 808 ta (2020-yil 1081 ta, 2021-yil 1727 ta) murojaat koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu murojaatlarning 1 151 tasi (41 foizi) ijobiy hal etilgan, 1 123 tasi (40 foizi) vazirlik va idoralarga yuborilgan, 533 tasiga (19 foizi) Qoʻmita tomonidan tushuntirishlar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari tomonidan 10 821 ta murojaat oʻrganilib, ularning 9 052 tasi ijobiy hal etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hudud va saylovchilar manfaatlariga taalluqli muammolarni hal etish yuzasidan Qoʻmita aʼzolari tomonidan 61 ta senator soʻrovi yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari tomonidan Senatda va joylarda jami 3 291 nafar fuqaro qabul qilinib, saylovchilar bilan 1 288 ta uchrashuv oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Qoʻmita aʼzolari Senat tomonidan maʼqullangan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish, davlat dasturlarining bajarilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni fuqarolarga yetkazish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda (856 ta), televideniyeda (557 ta), gazetalarda (334 ta), radioda (103 ta) intervyu va maqolalar bilan ishtirok etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Qoʻmita faoliyatida ayrim foydalanilmayotgan imkoniyatlari mavjud. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning sugʻoriladigan va lalmikor yerlarida tuproq unumdorligini oshirish, tuproq eroziyasi va degradatsiyasining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha mutasaddi idoralarning axborotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik, ipakchilik, parrandachilik, qorakoʻlchilik, yaylovlar barpo etish hamda ozuqa bazasini yaratishda yerlardan samarali foydalanish boʻyicha joylarda oʻrganishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash, kredit va subsidiya mablagʻlarini ajratishga qaratilgan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlarning oʻz vaqtida bajarilishiga eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda qishloq xoʻjaligi sohasida “mahallabay” va “xonadonbay” tadbirkorlikni targʻib qilish, ishchi oʻrinlar yaratish, aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muntazam ravishda baholash ishlari lozim darajada amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining 2020-2021-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining 2020-2021-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatiga daxldor boʻlgan tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasiga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi dehqon xoʻjaliklari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlash, oʻrmonlarni muhofaza qilish, saqlab qolish va oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishning strategik maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan oʻrganishlar olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini qishloq xoʻjaligi sohasida tadbirkorlikka keng jalb qilish hamda davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlarda samaradorlik, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash choralarini koʻrsin hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikda muhokama qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar murojaatlari, saylovchilar bilan uchrashuvlarda koʻtarilgan masalalarni hal etish yuzasidan senator soʻrovi yoki parlament soʻrovi yuborish hamda uning natijasini Qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlislarida eshitish amaliyotidan kengroq foydalansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlariga Qoʻmita huzurida tuzilgan ekspertlar guruhi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini faol jalb qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlarini har bir tuman va shahar, mahalla, koʻcha, tashkilotlar, ijtimoiy soha obyektlari, korxonalarda oʻtkazish ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda sugʻoriladigan va lalmikor yerlarda tuproq unumdorligini oshirish va zamonaviy intensiv texnologiyalarni qoʻllash, qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish tizimining ilmiy asosda joriy etilishini taʼminlash hamda tuproq eroziyasi va degradatsiyasining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha mutasaddi idoralarning axborotlarini muntazam eshitib borish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash, oʻz vaqtida kredit va subsidiya mablagʻlarini ajratish masalasida imtiyozlardan toʻgʻri foydalanishda tizimli parlament nazoratini oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitalari bilan birgalikda chorvachilik, ipakchilik, parrandachilik, qorakoʻlchilik, yaylovlar barpo etish hamda ozuqa bazasini yaratishda yerlardan samarali foydalanish boʻyicha nazorat-tahlil ishlarini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik va ipakchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan dasturlarning samarali ijro etilishi borasida vazirlik, idoralar va hokimliklarning axborotlarini muntazam eshitib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qaror ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan umumlashtirilgan maʼlumotni joriy yilning 1-sentabriga qadar Senat Kengashiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlarining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (qoʻmitasi)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasida aholi orasida keng muhokamalarga sabab boʻlgan noqonuniy holatlar yuzasidan mahalliy Kengashlarda eshituvlarni tashkil qilish va natijasi yuzasidan tegishli choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda qishloq xoʻjaligi sohasida “mahallabay” va “xonadonbay” tadbirkorlikni targʻib qilish, ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muntazam ravishda baholash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-507-IV-son