03.12.2021 yildagi 731-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatini tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatini tartibga solish, ularning faoliyatida vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek, jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son qarori 7-bandiga muvofiq 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, yuridik shaxslar birlashmalari, bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi kooperativlari hamda advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkatlar hududida belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilingan holda qurilgan bino va inshootlarni turar joy toifasiga oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab turar joy sifatida eʼtirof etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtgan shirkatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatlari agentligi) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) oʻrtasida elektron hamkorlik orqali maʼlumotlar almashinuvi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kadastr agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda shirkatlar aʼzolari oʻrtasida shirkatlar hududida qurilgan bino va inshootlarni turar joy toifasiga oʻtkazish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va qoidalar yuzasidan keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 51-son qarori bilan tasdiqlangan Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
731-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 51-son qarori bilan tasdiqlangan Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-banddagi “uchastkalari berish hamda ulardan” soʻzlari “uchastkalaridan” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Shirkatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan tartibda davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 8-bandning uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2021-yil 1-avgustga qadar berilgan umumiy foydalaniladigan yerlar shirkatga doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkat aʼzolariga 2021-yil 1-avgustga qadar berilgan yer uchastkalari jamoaviy bogʻdorchilik va uzumchilikni yuritish uchun merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan tegishli boʻladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“101. Shirkat hududida yerlardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida shirkat boshqaruvi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik va sanitar holatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish va shirkat aʼzolari mablagʻlari hisobidan zamonaviy chiqindixonalar qurilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari yuzasidan tegishli choralar koʻrish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlarda yuzaga kelgan kasalliklar turli xil epidemiyalarga olib kelishining oldini olish va tegishli choralar koʻrish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy organlariga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shirkat aʼzolari tomonidan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati, xususan chorvachilik bilan shugʻullanib, uch va undan ortiq choʻchqa va qoramollarni boqilishi, chiqindilar yon atrofda oqib oʻtuvchi daryolarga yoki dalalarga oqizilishi, oqib oʻtgan suv, shuningdek, yer osti suv resurslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi, hayvonlarda yuzaga kelgan kasalliklar turli xil epidemiyalarga olib kelishining oldini olish yuzasidan keskin choralar koʻrish boʻyicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga va vakolatli organlarga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan oʻz hududiga tutash va tutash boʻlmagan yer maydonlarida qurilish ishlarining amalga oshirilishi, loyiha hujjatlarisiz, ruxsatnomasiz qurish holatlari yuzasidan Qurilish vazirligining hududiy organlariga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi chegaralarining (chegara nuqtalarining) oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilishi, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan egallab olinganlik holati yuzasidan Kadastr agentligi hududiy organlariga xabar berish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“obyektlarni loyihalash va qurish uchun ishlab chiqilgan, belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq shirkat faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xoʻjalik imoratlari va boshqa imoratlar qurish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“shirkat aʼzoligidan chiqqan fuqarolarning mol-mulkiga shirkat tomonidan xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash, shuningdek, kommunal va boshqa xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻn sakkizinchi xatboshi oʻn toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tushgan badallardan kommunikatsiyalar, muhandislik infratuzilmasi obyektlari va yoʻllarni qurish va taʼmirlash ishlarini tashkil etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan yoki boshqa davlat fuqaroligini qabul qilgan fuqarolarning shirkatga aʼzoligini toʻxtatilishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi xatboshidan “iltimosnomasi boʻyicha tuman (shahar) hokimining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boʻshab qolgan yer uchastkasi davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“28. Sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, doimiy yashash uchun foydalanishga yaroqli boʻlgan imoratlar shirkat aʼzosining arizasiga koʻra hamda qurilish organlarining xulosasi boʻyicha turar joy toifasiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, shirkat aʼzosining mavjud yer uchastkasi va yer uchastkasida joylashgan imoratlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasida joylashgan imoratlarni turar joy toifasiga oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti asosida amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 33-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shirkat aʼzolarining kamida 2/3 qismi hozir boʻlganda, shirkat aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“35. Shirkat boshqaruvi umumiy yigʻilish tomonidan shirkat aʼzolari orasidan yetti kishidan kam boʻlmagan, shu jumladan, Boshqaruv raisidan iborat tarkibda saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv aʼzolarining nomzodlari shirkatning istalgan aʼzosi tomonidan tavsiya etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv aʼzolarini saylash ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagi mazmundagi 351-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“351. Boshqaruvda boʻsh qolgan oʻrinni navbatdan tashqari yigʻilish qaroriga koʻra toʻldirish mumkin, bunda yigʻilish Boshqaruv tarkibidan biron-bir aʼzo chiqib ketgandan soʻng koʻpi bilan uch oydan kechikmay chaqiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“36. Boshqaruv aʼzolarini saylash, shuningdek shirkatning Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish tartibi mazkur Nizomda belgilangan qoidalardan kelib chiqqan holda, shirkat ustavida belgilanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/731/1126-son)