Senat tomonidan 2022-yil 3-fevralda maʼqullangan
|
“ | ||
|
6. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi xizmatlar uchun | ||
|
a) yangi tugʻilgan bolaga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosiga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun |
BHMning 89 foizi | |
|
b) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun |
BHMning 1 baravari | |
|
v) Oʻzbekiston Respublikasining oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolariga xorij�a chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun |
BHMning 80 foizi | |
|
g) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga, shu jumladan oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga xorijga chiqish uchun harakatlanish hujjatini berganlik uchun |
BHMning 1 baravari | |
|
d) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni, shu jumladan yoʻqotib qoʻyilganlarining oʻrniga yangilarini berganlik uchun |
BHMning 5 foizi | |
|
e) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish haqidagi arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun |
BHMning 2 baravari | |
|
Izoh. Agar shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasining qarori qabul qilinmasdan qaytarilgan boʻlsa, mazkur shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish haqidagi arizasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun ilgari toʻlangan davlat boji asosida koʻrib chiqiladi. | ||
|
j) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun |
BHMning 2 foizi | |
|
z) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun |
BHMning 2 foizi | |
|
i) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirganlik uchun |
BHMning 20 foizi | |
|
”. | ||