11.03.2022 yildagi PQ-160-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan shahrida “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan shahrining meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, shuningdek, shaharning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirishni taʼminlash hamda servis xizmatlar turlari va sifatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Namangan viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan shahri Davlatobod tumani va Toʻraqoʻrgʻon tumani hududida “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini (keyingi oʻrinlarda — Yangi Namangan shaharchasi) barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimligi huzuridagi “Namangan New City” direksiyasi nomini Namangan viloyati hokimligi huzuridagi “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish” direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) deb oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Yangi Namangan shaharchasini barpo etish Namangan shahri Davlatobod tumanining “Yuksalish” va “Orzu” mahallalari, Toʻraqoʻrgʻon tumanining “Yettikon”, “Ibrat” va “Parasmon” mahallalarining tutash hududlaridagi 1-ilovaga muvofiq jami 1 203 gektar yer maydonida quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bosqichda — 330 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bosqichda — 272 gektar, shundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — 129,57 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bosqichda — 601 gektar, shundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan — 378,83 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir bosqich oldingi bosqich yakunlanishiga va yer maydonlarining bosh rejada belgilangan tartibda oʻzlashtirilishiga koʻra amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Yangi Namangan shaharchasi barpo etiladigan yer uchastkalarini belgilangan tartibda jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish qurilishning tegishli bosqichini boshlash oldidan amalga oshiriladi;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bosh rejaga muvofiq, Yangi Namangan shaharchasi hududidagi umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari infratuzilma obyektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barpo etish uchun Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun, shu jumladan koʻp kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari esa belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi, Namangan viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligining Yangi Namangan shaharchasi barpo etilishi rejalashtirilayotgan 1 203 gektar yer maydonidan 2-ilovaga muvofiq jami 508,4 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, shundan 436,2 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalarini aholi punktlarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosasi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi mazkur bandda nazarda tutilgan yer uchastkalari belgilangan tartibda jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilib, Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishidan yoki elektron onlayn-auksionga chiqarilishidan oldin ularning yer fondi toifasiga oʻzgartirish kiritilishini va bu haqida davlat yer kadastri maʼlumotlarida qayd etilishini taʼminlasin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Namangan shaharchasini barpo etish maqsadida yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq qoplangandan soʻng ushbu yerlardan boshqa maqsadlarda foydalaniladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning ushbu qarorga muvofiq olinishi sababli qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari undirilmaydi. Bunda, ushbu yerlardan maqsadli foydalanilishi uchun Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov shaxsan javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Namangan shaharchasi hududida yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan tushumlar (Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan xarajatlar chegirib tashlangan holda) Direksiyaga oʻtkaziladi va Yangi Namangan shaharchasini barpo etish ishlariga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Namangan viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2024-yil 1-yanvarga qadar, har bir yil yakunida teng ulushlarda, ushbu qaror bilan toifasi oʻzgartirilayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasining ushbu qarorga muvofiq olib qoʻyilayotgan yer maydoni oʻrniga teng miqdorda boshqa hududdan belgilangan tartibda yer maydonini ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandga muvofiq yangi yerlarning oʻzlashtirilganligi Namangan viloyati hokimining oʻzlashtirilgan yer uchastkalarining yer fondi toifasini sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan davlat yer kadastri maʼlumotlariga oʻzgartirish kiritish orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish va investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhi 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Namangan shaharchasining bosh rejasini hamda hududlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Namangan shaharchasini tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida barpo etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Direksiya faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlarning tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va korporativ xaridlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida oʻtkazilishini hamda ularning nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Namangan shaharchasini barpo etish, hududda koʻp kvartirali uy-joylar, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini samarali joylashtirish, loyihalashtirish va qurish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv va qurilish ishlarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uy-joylar, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini loyihalashtirish va qurish ishlariga malakali xorijiy mutaxassis va konsultantlarning jalb qilinishini, shuningdek, ilgʻor xorijiy texnologiyalarning joriy etilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Yangi Namangan shaharchasini barpo etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Namangan shaharchasini loyihalashtirish, qurilish ishlarini nazorat qilish va boshqarish uchun — Namangan viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, Direksiya mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlari, tashqi avtomobil yoʻllari, ichimlik suv va oqova suv taʼminoti tarmoqlarini qurish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, Namangan viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Direksiya mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Bunda, ijtimoiy soha obyektlari davlat-xususiy sheriklik asosida qurilganda, moliyalashtirish davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlarini qurish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qarorining 2-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun — Namangan viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari va uning qoʻshimcha manbalari, tadbirkorlik subyektlarining mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uy-joylar, bozor infratuzilmasi va ijtimoiy soha obyektlarini qurish uchun — tadbirkorlik subyektlarining mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-iyuldagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4782-son qaroriga muvofiq, Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilgan 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi Namangan viloyatining ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini hamda jamoat obyektlarini barpo etish va taʼmirlash uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Namangan viloyati hokimligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Yangi Namangan shaharchasi barpo etilishi munosabati bilan Toʻraqoʻrgʻon tumanidan zarur yer maydonini Namangan shahri Davlatobod tumani tarkibiga oʻtkazish yuzasidan Oliy Majlis palatalarining qarorlari loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har olti oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-160-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-martdagi PQ-160-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Namangan shaharchasiga ajratiladigan yer maydonlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yerdan foydalanuvchilar turi

Foydalanuvchilar soni

Kontur soni

Jami yer maydoni

(gektar)

shundan:

Jami qishloq xoʻjaligi yerlari

shu jumladan

Boshqa toifadagi yerlar

sugʻoriladigan yerlar

sugʻorilmaydigan yerlar

1.

Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yerlari

21

49

263,2

263,2

221,15

42,05

2.

Namangan ilmiy-tajriba stansiyasining yerlari

1

14

128,88

128,88

119,3

9,58

3.

Xususiy bogʻ maydonlari va tomorqa dalalari

80

26

59,43

59,43

38,86

20,57

4.

Yordamchi xoʻjaliklar va issiqxonalar

29

36

56,89

56,89

56,89

5.

“Namangan” EIZ yerlari

1

24

199,8

199,8

6.

“Yuksalish” massivi yerlari

1

30

390

390

7.

Mahalliy hokimiyat zaxirasidagi yerlar

1

37

36

36

8.

Kanallar va umumfoydalanishdagi yoʻllarga ajratilgan yerlar

16

43

68,8

68,8

Jami:

150

259

1203

508,4

436,2

72,2

694,6

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-martdagi PQ-160-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish uchun toifasi oʻzgartirilayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Mavze nomi

Dala kontur raqami

Yer maydoni

(ga)

shundan:

sugʻoriladigan

koʻp yillik daraxtzorlar

boshqa yerlar

Jami

508,4

436,2

20,8

51,4

1.

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Ibrat

219, 225, 253, 255, 246, 247, 269, 270, 271, 272, 317, 318, 319, 320, 323, 329, 330, 334, 331, 332, 333, 335, 336, 337, 371, 372, 373, 239, 240, 241, 322, 243, 245, 316

276,02

266,15

3

6,87

2.

Davlatobod tumani

Ibrat

379, 374, 375, 377, 328, 376

43,93

39,69

2

2,24

3.

Obodon

1016, 1071, 985, 997, 998, 999, 1000, 1013, 1014, 1001, 1005, 1060, 1007, 1008, 1009, 1010, 1015, 1002, 1003, 993, 1012, 1070, 987, 1012, 1069, 986, 972, 974, 1006

181,36

124,71

15

41,65

4.

Ijodkor

20, 16, 19, 2, 3, 4, 6, 7, 12, 13, 14, 20, 1

7,09

5,65

0,8

0,64

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-martdagi PQ-160-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish va investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh. Abdurazakov

Namangan viloyati hokimi, Ishchi guruhi rahbari

2.

D. Adilov

qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

3.

A. Voitov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

A. Boboyev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

5.

J. Abruyev

moliya vaziri oʻrinbosari

6.

A. Allaberganov

Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari

7.

T. Yusupov

Namangan viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari

8.

S. Sultanov

Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari

9.

Gʻ. Jamolov

Namangan shahar hokimi

10.

Lavozimiga koʻra

Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi

11.

A. Tadjimirzayev

Namangan shahri Davlatobod tumani hokimi

12.

J. Aliyev

Markaziy bankning Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi

13.

X. Sabirov

Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi

14.

A. Tillavoldiyev

Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi

15.

B. Matmusayev

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshligʻi

16.

Lavozimiga koʻra

Namangan viloyati hokimligi huzuridagi “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish” direksiyasi rahbari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 07/22/160/0212-son)