14.07.2020 yildagi PQ-4782-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Har bir oila — tadbirkor” dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻirlashgan oilalarning bandligini taʼminlash orqali ularga daromad manbaini yaratish hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Har bir oila — tadbirkor” dasturi uchun qoʻshimcha ravishda 98 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrobank” ATBga — 40 million AQSH dollari ekvivalentida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT Xalq bankiga — 30 million AQSH dollari ekvivalentida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mikrokreditbank” ATBga — 28 million AQSH dollari ekvivalentida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga — 2 million AQSH dollari ekvivalentida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun Namangan viloyati hokimligiga 50 million AQSH dollari ajratish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur qarorga asosan ajratilgan mablagʻlardan foydalanish mos ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4498-son qarorida belgilangan tartib va shartlarda Jamgʻarma hamda vakolatli banklar oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi oʻrtasida tuziladigan shartnoma orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatida yangi kichik sanoat zonalarida infratuzilmani shakllantirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan Namangan shahridagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasi hududida 2020-2021-yillarda polimer, yengil sanoat, elektr texnikasi, kimyo va qurilish mahsulotlarini xalqaro talablar asosida sinov oʻtkazadigan laboratoriya, moliya, transport-logistika xizmatlarini oʻz ichiga oladigan kompleks xizmatlar markazini tashkil etish maqsadlariga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Namangan viloyatiga kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Kengash tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Markaziy banki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki hafta muddatda mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlarni ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4782-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2020-y., 07/20/4782/1067-son)