1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi yerlarining samaradorligini, jumladan suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllagan holda, oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari zamon talablariga moslab borilayotganligi sababli suvni tejaydigan texnologiyalar 2021-yilning oʻzida 433 ming gektar maydonda joriy etildi va ularning umumiy koʻrsatkichi sugʻoriladigan maydonlarning 17 foizini tashkil qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xarid qilish, joylarda loyihalashtirish va oʻrnatishdagi kamchiliklar hamda ayrim qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning bu boradagi koʻnikmalari yetarli emasligi mazkur texnologiyalarning oʻz vaqtidan kechikib joriy qilinishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, mintaqada kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan yanada samarali foydalanish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2022-yilda 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarga muvofiq 2022-yil yakuniga qadar respublika boʻyicha kamida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230 ming gektar, shu jumladan 160 ming gektar paxta xom ashyosi yetishtiriladigan maydonlarda tomchilatib sugʻorish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28 ming gektar, shu jumladan 25 ming gektar boshoqli don yetishtiriladigan maydonlarda yomgʻirlatib sugʻorish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 ming gektar qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida diskretli sugʻorish tizimlari joriy qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218 ming gektar ekin maydonlarining lazerli uskuna yordamida tekislanishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlar ijrosi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin hamda natijalarini tanqidiy muhokama qilib borsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U.M. Mustafoyev), Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi (B.F. Islamov) bilan birgalikda bir hafta muddatda 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha manzilli roʻyxatni tasdiqlasin, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan tizimlar, birinchi navbatda, yirik suv uzatish va suv chiqarish tarmoqlarining bosh qismida joriy etilishi lozimligini inobatga olgan holda “bir kanal — bir tizim” tamoyili asosida joylashtirilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekin maydonlarining mavjud infratuzilmasidan kelib chiqqan holda doimiy ravishda uzluksiz elektr energiyasi va suv bilan taʼminlash imkoni mavjudligiga eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2022-yildan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar 2-ilovaga muvofiq;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya mablagʻlari mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq hisob-kitob qilingandan soʻng, hisob-kitob qilingan summaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi tizim joriy qilingan yili ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi kelgusi yili hosildorlik oshishi va uskunalarning ishlatilishiga qarab ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha 20 foizi uchinchi yilda joriy qilingan tizimni ishlatgan holda yuqori hosildorlikni saqlab qolgan paxta, gʻalla va meva-sabzavot klasterlariga toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qoida mevali bogʻ va tokzorlar barpo etish loyihalariga tatbiq etilmaydi. Bunda, mevali bogʻ va tokzorlar barpo etgan talabgorlar tomonidan murojaat qilinganda ularga subsidiya mablagʻlarining 100 foizi ajratiladi.
(4-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-apreldan boshlab mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan subsidiya mablagʻlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga alohida maxsus hisobraqamlar (23210) ochish orqali birinchi navbatda ajratilgan kreditlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan yer maydonlari kamida 5 yil mobaynida maqbullashtirilmaydi va yer uchastkasi yoki uning bir qismi faqat qonunda belgilangan tartibdagina jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga ruxsat etiladi;
(5-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilganligi uchun Davlat budjetidan subsidiya mablagʻlarini olgan, biroq joriy etilgan suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarini sugʻorish mavsumida ishlatishga ulgurmagan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mazkur tizimni 2022-yil sugʻorish mavsumiga qadar ishga tushirmagan taqdirda olingan subsidiya mablagʻlarini belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D. Vaxabov) va Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev va R.J. Qarshiyev) mazkur bandda belgilangan talablarning ijrosini qatʼiy nazoratga olsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash uchun respublika budjetidan 1 182,4 mlrd soʻm mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan ekin maydonlari uzluksiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv bilan taʼminlanishiga — suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi bilan taʼminlanishiga — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibida 1 shtat birligidan iborat ichki audit guruhi bosh inspektori lavozimi (keyingi oʻrinlarda — ichki audit guruhi bosh inspektori) joriy etilsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligining ichki audit xizmatiga qoʻshimcha 1 ta shtat birligi ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ichki audit guruhi bosh inspektori bevosita Suv xoʻjaligi vazirligining ichki audit xizmatiga boʻysunadi;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ichki audit guruhi bosh inspektorining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
(8-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarning toʻgʻri hisoblanganligini hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy qilingan suvni tejaydigan tizimlarning haqqoniyligini joyiga chiqqan holda oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligiga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan xulosa kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan xarajatlar boʻyicha hujjatlarni hamda bu borada amalga oshirilgan buxgalteriya operatsiyalarini doimiy monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan qonun buzilishi holatlarining barvaqt oldini olishga qaratilgan choralar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining suvni tejaydigan va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi tomonidan yuritiladigan suvni tejaydigan tizimlarning joriy qilingan maydonlari boʻyicha hisobotlarning haqqoniyligini nazorat qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sh.Sh. Sharaxmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda oʻtgan yillarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ishlarini sifatli amalga oshirgan hamda bozor iqtisodiyotida erkin raqobat talablariga toʻliq javob bera oladigan “Tomchi-reestr” pudrat korxonalarining yagona elektron reyestrini (keyingi oʻrinlarda — “Tomchi-reestr” YAER) ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomchi-reestr” YAERni ishlab chiqishda, jumladan quyidagilarga eʼtibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ishlab chiqarish bazasiga ega boʻlishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona tomonidan mahalliy sharoitda ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilganligi yoki xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlik maqomiga ega boʻlishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan soliq xavfi darajasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun zarur texnika, malakali mutaxassis, jumladan loyihachi, injener va agronomlar bilan taʼminlanganlik darajasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan loyihalar doirasida fermer xoʻjaliklariga servis xizmati koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyilganligiga.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Tomchi-reestr” YAERga kiritiladigan subyektlarni aniqlash uchun Suv xoʻjaligi vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan xodimlar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar, toʻlangan soliqlar va ish haqi fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan zarur idoraviy maʼlumotlar oʻrnatilgan tartibda taqdim etilishi belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (K.A. Yuldashev) Suv xoʻjaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.A. Pekos) hamda Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) bilan birgalikda 2022-yil 10-martga qadar suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish yuzasidan tegishli materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organ va tashkilotlar bilan kelishishning “Agro-subsidiya” yagona axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Agro-subsidiya” YAAT) joriy qilinishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Agro-subsidiya” YAAT hamda “Tomchi-reestr” YAERdan foydalanish xarajatlari Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4499-son qaroriga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini Davlat budjetidan subsidiyalar hisobiga qoplash tartibi faqat suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tatbiq etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xoʻjaligi tashkilotlarining sugʻorish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun foydalanishga suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash sharti bilan ruxsat etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev) va Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev va R.J. Qarshiyev) mazkur bandda belgilangan talablarning ijrosini qatʼiy nazoratga olsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) va Suv xoʻjaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda 10 gektardan kam boʻlmagan paxta va boshoqli don maydonlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 100 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Suv xoʻjaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A.M. Toʻrayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh.U. Turdiqulova) hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (R.R. Xakimov) bilan birgalikda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan gʻoʻza maydonlarida sugʻorish meʼyorlari, gʻoʻzaning rivojini taʼminlashga qaratilgan innovatsion agrotexnologiyani ishlab chiqish boʻyicha ilmiy loyiha tayyorlasin va ekspertiza natijalariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid Davlat dasturlari doirasida amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga — xolislik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga — hududlarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tomchilatib sugʻorish tizimini qurish boʻyicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, tomchilatib sugʻorish tizimini montaj qilish va servis xizmati koʻrsatish guruhlari tashkil etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga — hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, suvni tejaydigan texnologiyalar orqali paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish boʻyicha agrotexnologik xaritalarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori R.R. Boboyev zimmasiga — barcha yangi tashkil etilayotgan sanoatbop uzum plantatsiyalariga tomchilatib sugʻorish tizimlari oʻrnatilishini taʼminlash yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Suv xoʻjaligi vazirligi (A.A. Mirzayev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Sh.Sh. Mirzayev) va Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-144-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar nomi
Jami reja boʻyicha,
ga
Shu jumladan:
yerlarni lazerli tekislash,
ga
tomchilatib sugʻorish,
ga
shundan
yomgʻirlatib sugʻorish,
ga
shundan
diskretli sugʻorish,
ga
paxta,
ga
bogʻ,
ga
tok,
ga
boshqalar,
ga
gʻalla,
ga
sabzavot-poliz,
ga
ozuqabop ekinlar,
ga
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
17 422
15 418
12 200
1 500
1 300
418
1 904
1 904
100
29 500
Andijon viloyati
19 010
16 824
13 000
2 000
1 300
524
1 986
1 986
200
11 000
Buxoro viloyati
21 839
19 227
13 250
3 100
2 400
477
2 612
2 612
14 900
Jizzax viloyati
21 447
18 981
13 850
3 400
1 500
231
2 266
1 706
260
300
200
10 000
Qashqadaryo viloyati
23 681
20 958
12 800
4 100
3 500
558
2 723
2 400
60
263
12 400
Navoiy viloyati
16 403
14 517
10 700
2 000
1 200
617
1 886
1 730
30
126
11 800
Namangan viloyati
20 544
18 181
11 500
3 700
2 500
481
2 000
2 000
363
10 600
Samarqand viloyati
21 328
18 875
11 800
3 900
2 900
275
2 453
2 453
15 200
Surxondaryo viloyati
19 187
16 980
12 300
2 500
1 800
380
2 207
2 207
15 800
Sirdaryo viloyati
17 736
15 696
12 100
1 900
1 400
296
1 360
1 360
680
19 500
Toshkent viloyati
20 788
18 397
12 200
3 800
2 200
197
2 191
1 200
680
311
200
19 000
Fargʻona viloyati
21 377
18 919
11 100
4 100
3 500
219
2 280
1 442
838
178
17 800
Xorazm viloyati
19 238
17 026
13 200
2 000
1 500
326
2 132
2 000
132
80
30 500
JAMI
260 000
230 000
160 000
38 000
27 000
5 000
28 000
25 000
2 000
1 000
2 000
218 000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur prognoz koʻrsatkichlarga koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUBSIDIYALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Joriy etilganda sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladigan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tomchilatib sugʻorish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlashda oʻsimlikning ildizi yonidagi zonaga uning ehtiyojiga mos miqdordagi suvni yetkazib beradigan sugʻorish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yomgʻirlatib sugʻorish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishning tuproq va oʻsimliklar sathi ustiga imkon boricha tabiiy yomgʻirlatishni imitatsiya qiluvchi sepish tarzida suv yetkazib beradigan usuli, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng qamrovli yomgʻirlatib sugʻorish tizimi (keyingi oʻrinlarda — keng qamrovli sugʻorish tizimi) — aylanma yoki frontal harakatlanuvchi agregatlar yordamida suv yetkazib beradigan yomgʻirlatib sugʻorish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sprinkler” tizimi — statsionar kalta purkovchi uskunalar yordamida suv yetkazib beradigan yomgʻirlatib sugʻorish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil yomgʻirlatib sugʻorish tizimi (keyingi oʻrinlarda — mobil sugʻorish tizimi) — koʻchma tirkama va baraban tipidagi agregat yordamida ekinlarni yomgʻirlatib sugʻorish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yerni lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar yordamida tekislagan tarzda diskret sugʻorish usuli (keyingi oʻrinlarda — diskretli sugʻorish) — lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar yordamida tekislangan maydonlarda ekinlarni egiluvchan quvurlar yordamida suvni tanaffuslar bilan bergan holda sugʻorish usuli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari tarkibiy qismlarining taʼriflari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hovuz-tindirgich — oqar suv tarkibidagi loyqa-oqiziqlarni ushlab qolish (suvni tindirish) hamda sugʻorish uchun zarur boʻladigan suv zaxirasini saqlash uchun moʻljallangan inshoot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nasos stansiyasi — suvni manbadan ekinlarni sugʻorish uchun zarur miqdor va kerakli bosimda yetkazib berishga moʻljallangan, elektr energiyasi, suyuq yonilgʻi yoki boshqa muqobil energiya yordamida ishlaydigan qurilma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filtrlash stansiyasi — sugʻorishda foydalaniladigan suvning tarkibidagi yirik va mayda zarralarni suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasi talabi darajasida tozalashga moʻljallangan qurilma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh (magistral) quvur — kerakli miqdordagi suvni tizim nasos qurilmasidan olib tarqatuvchi quvurlarga yetkazib berish uchun moʻljallangan yer osti yoki ustida yotqiziladigan quvurlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarqatuvchi quvur — suvni bosh quvurdan olib tomizgʻichli sugʻorish shlanglariga yetkazib va taqsimlab berish uchun yoki qator orasiga suvni tarqatishga xizmat qiluvchi yer osti yoki ustida yotqiziladigan quvurlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomizgʻichli sugʻorish shlanglari — ekinlar qatorlari oralariga yotqiziladigan va belgilangan meʼyordagi suvni oʻsimlik ildiz tizimiga yetkazib berish uchun moʻljallangan tomizgichli shlanglar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimning avtomatlashtirilgan boshqaruvi — suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarini ishlatishda inson omilini kamaytirish orqali oʻsimliklarga suv va mineral oʻgʻitni eng samarali miqdorlarda avtomatlashtirilgan usulda yetkazishga moʻljallangan uskuna va dasturiy taʼminot majmuasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomizgʻichli shlang tarqatuvchi va yigʻishtiruvchi uskuna — bir mavsumli ekin qatorlari oralariga yotqiziladigan tomchilatib sugʻorish tizimi shlang (lenta)larini tarqatishda va mavsum oxirida yigʻishtirib olishda foydalaniladigan qurilma majmuasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv hisoblagich — sugʻorishda foydalaniladigan suvning avtomatik tarzda hisobini yurituvchi qurilma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Subsidiyalar miqdorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarni joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan subsidiyaning miqdori uning bazaviy hisoblash miqdorini sifatlilik darajasi asosida belgilanadigan koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun 12 000 ming soʻm etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi donli ekinlar yetishtirish maydonlarida joriy etilgan keng qamrovli hamda “sprinkler” tizimlari uchun 9 000 ming soʻm etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Ozuqa ekin yer maydonlarida tomchilatib sugʻorish, keng qamrovli va mobil sugʻorish hamda “sprinkler” tizimlarini joriy etgan chorvachilik xoʻjaliklariga 8 000 ming soʻm etib belgilanadi.
(2-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* mazkur qismdagi koʻrsatkichlarning bittasi tanlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** mevali ekinlar va uzumdan tashqari ekin turlari uchun: 1, 2, 3, 4, 5, 7, 9, 10, 11 satrlardagi koʻrsatkichlar qoʻshib aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mevali ekinlar va uzum uchun: 1, 2, 3, 4, 6, 8, 9, 11 satrlardagi koʻrsatkichlar qoʻshilib aks ettiriladi.
(3.1-jadval Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2-jadval. Yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarining sifatlilik darajasini belgilovchi koeffitsiyentni hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tizimning tarkibiy qismlari va sifat koʻrsatkichlari
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4919-son qaroriga 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-5005-son qarorining 6-bandidagi “2021” raqami “2022” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5055-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш