1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi profilaktikasi boʻyicha tadbirlar | |||||
|
1. |
2025-yilga borib odam immun-tanqisligi virusi (keyingi oʻrinlarda — OIV) infeksiyasi epidemiyasiga barham berishga erishish uchun quyidagi saʼy-harakatlarni inobatga olgan holda tarmoqlararo va hududiy chora-tadbirlar rejalarini qabul qilish: mahalliy, moddiy va kadrlar resurslarini safarbar qilish; OIV infeksiyasining ijtimoiy, moliyaviy, tibbiy, maʼnaviy-axloqiy jihatlari bilan bogʻliq muammolarni hal qilish masalalariga kompleks yondashish. |
Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Kasallanishning ijtimoiy-demografik jihatlarini, epidemik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlarni inobatga olgan holda OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berishni koʻzda tutuvchi “95-95-95” tamoyiliga muvofiq tadbirlarni 2025-yilgacha amalga oshirish boʻyicha hududiy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda masʼul ijrochilar bilan kelishish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish. |
2022-yil aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
2. |
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorligini jadallashtirish. |
Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish. |
2022-yil mart-aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
3. |
OIV infeksiyasining profilaktikasi boʻyicha milliy rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish. |
2022-yil mart-aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
4. |
Respublikada OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish holati monitoringini yuritish va doimiy ravishda har tomonlama baholash, maqsadli va manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish. |
2022-yil mart-aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
5. |
OIV/OITSning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz usullarini oʻrganish va joriy etishni taʼminlash; |
Idoralararo va hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish. Tarmoqlararo va hududiy ijrochilarga yagona tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ijro uchun yuborish. |
2022-yil mart-aprel |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov) | |
|
6. |
OITSga qarshi kurashda xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
Xalqaro tashkilotlar, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan OIV infeksiyasi muammolari boʻyicha turli yoʻnalishdagi loyihalarni jalb etish, tayyorlash va amalga oshirish. Ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomalarini imzolash. |
2022-yil mart-aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Saʼdullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
7. |
Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar, umumiy oʻrta, oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari oʻrtasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, uning kelib chiqishi sabablarini tushuntirish va oqibatlaridan himoya qilish choralarini koʻrish. |
Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar, umumtaʼlim maktablari, oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari oʻrtasida giyohvandlik, OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan quyidagi choralar koʻrilishi lozim: mahalliy hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida keng tushuntirish-targʻibot ishlari, koʻrgazmali uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazilishini tashkil etish; aholining turli qatlamlari, turli kasb-hunar egalari, jumladan, yoshlar oʻrtasida targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish va bilimlarini oshirishga moʻljallangan metodik qoʻllanmalar, oʻquv modullari loyihasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari oʻrtasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, uning kelib chiqishi sabablari va oqibatlaridan himoya qilish yuzasidan oʻquv darslariga OIV infeksiyasi etiologiyasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi mavzusida oʻquv soatlarini oshirish choralarini koʻrish. |
2022-yil aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi (N. Narzullayev) |
|
8. |
Respublikada aholining barcha qatlami, ayniqsa qishloq aholisining OIV infeksiyasidan xabardorlik darajasini oshirish. |
Tarmoqlararo reja tuzish. Mahalla faollari, turli din vakillari, yosh volontyorlar va xotin-qizlarni OIV infeksiyasi masalalari boʻyicha oʻqitib tayyorlash. Qishloq aholisi orasida OIV profilaktikasi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish va OIV infeksiyasiga tekshiruvdan oʻtishida mahalla fuqarolar yigʻinlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, Yoshlar ishlari agentligi faollari, diniy ulamolar hamda NNTlar bilan hamkorlikni taʼminlash. Aeroport va temir yoʻl kutish zallarida OIV infeksiyasining oldini olish boʻyicha videoroliklar namoyishini yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev), Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (R. Turdiboyeva), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
9. |
Uyushgan va uyushmagan yoshlar oʻrtasida yuqumli infeksiyalarga ixtiyoriy davriy tekshiruvlardan oʻtishga yoʻnaltirish va oila qurishga tayyorlash koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish. |
Migrantlar, nikohlanuvchilar, homiladorlar oʻrtasida “Sogʻlo� o??la — kelajak poydevori”, “Farzanding sogʻlom va barkamol boʻlishi sening qoʻlingda” kabi mavzularda tadbirlarni oʻtkazish. Mahalla faollari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida uyushmagan yoshlar orasida OIV infeksiyasining oldini olishni targʻib etuvchi tadbirlar tashkil etish. |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev), Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (R. Turdiboyeva), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
10. |
OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga xalqaro va nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etish. |
Xalqaro tashkilotlar, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini OIV infeksiyasi muammolari boʻyicha turli yoʻnalishdagi loyihalarni jalb etish, tayyorlash va amalga oshirish. Ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomalarini imzolash. OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar, mehnat migrantlari, uyushmagan yoshlar salomatligini qoʻllab-quvvatlash, jumladan jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar (JYBYUK)ning oldini olish maqsadida aholini OIV, V, S gepatitlar, zaxm infeksiyalariga ekspress usulida tekshirishni amalga oshirishga yoʻnaltirish. |
Reja asosida |
Ijrochilarning mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari, donorlik mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), OʻzNNTMA (O. Izzatillayev), Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (R. Turdiboyeva), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanayotgan tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar va yoshlarga OIV infeksiyasi profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish. |
Hamkorlikda mashgʻulotlar oʻtkazish rejasini tayyorlash. Ushbu reja asosida har oyda bir marotaba markazdagi tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va OIV-infeksiyasi profilaktikasi boʻyicha mashgʻulotlar olib borish |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Joʻrayev) |
|
12. |
Taʼlim muassasalarida, harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarida, mahallalarda va tibbiyot muassasalarida yoshlar oʻrtasida tibbiy madaniyatni oshirish, tibbiy koʻrikning sogʻlom hayot kechirishda tutgan oʻrni va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida “Salomatlik kunlari”ni oʻtkazish yuzasidan targʻibot tadbirlarini olib borish. |
Yoshlar, ayniqsa oʻsmirlar orasida OIV infeksiyasining oldini olish boʻyicha turli shakldagi tushuntirish-targʻibot tadbirlarini (savol-javob kechalari, sport-madaniy tadbirlar, sahna namoyishi va h.k) oʻtkazish. “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida yoshlar orasida turli aksiya va sport musobaqalari oʻtkazishni davom ettirish. |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (R. Turdiboyeva), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sadullayev) |
|
13. |
“Yoshlar OIV infeksiyasiga qarshi” shiori ostida oʻtkazilayotgan tadbirlarning asosiy gʻoya va maqsadlarini ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, nashrlar) va Internet tarmogʻi orqali keng yoritish boʻyicha targʻibot mediaplatformasini shakllantirish. |
“Yoshlar OIV infeksiyasiga qarshi” shiori ostida aholi, xususan, yoshlar uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibot mediaplatformasini shakllantirish boʻyicha media-rejani ishlab chiqish. Media-rejada quyidagilarni nazarda tutish: intervyu, brifing, matbuot anjumanlari tashkil etish; ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, elektron va bosma nashrlar) orqali mavzuga oid materiallar berib borish; maxsus videorolik, animatsiyalar, titr va fotolavhalar tayyorlash va Internet jahon axborot tarmoqlariga joylashtirish; masʼul vazirliklar va idoralarning rasmiy saytlarida maxsus ruknlar tashkil etish; yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish. |
Reja asosida |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxoliqov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
14. |
Yoshlar salomatligini asrash, hududlarda oʻsmirlar oʻrtasida doimiy sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida “Salomatlik volontyorlari” faoliyatini tashkil etish. |
“Salomatlik volontyorlari” loyihasini amalga oshirishda: loyiha toʻgʻrisida OAVda eʼlon berish; nomzodlarni saralash; “Salomatlik volontyorlari” oromgohini tashkil etish, nomzodlarni trenerlikka tayyorlash; targʻibot yoʻnalishlari boʻyicha mavzularni belgilab berish; targʻibot jarayonlarini doimiy yoritib borish. |
2022-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sadullayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi (N. Narzullayev) |
|
15. |
Yoshlar orasida OIV/OITS va uning salbiy oqibatlari toʻgʻrisidagi targʻibot materiallarini muntazam ravishda joylashtirib borish orqali yoshlar oʻrtasida tibbiy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar “telegram”, “facebook”, “tik-tok”, “Instagram” hamda “youtube” sahifalarida “repro.uz” ruknini tashkil qilish va targʻibot materiallarini doimiy ravishda joylashtirib borish. |
Sahifa loyihasiga joylashtiriladigan materiallar ishlab chiqiladi, ishlab chiqilgan materiallar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirib boriladi. |
Doimiy ravishda |
Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Sadullayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlim vazirligi (B. Saidov) |
|
16. |
Aholi, ayniqsa yoshlar orasida milliy qadriyatlar va anʼanalarni hisobga olgan holda OIV infeksiyasi profilaktikasiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari, hujjatli filmlar namoyishini tashkil etish. |
Sahna koʻrinishlari, hujjatli filmlar loyihalarini tayyorlash, ekspertizadan oʻtkazish va aholiga namoyish etish |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sadullayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlim vazirligi (B. Saidov) |
|
17. |
OIV infeksiyasi profilaktikasi, OIV infeksiyasi yuqqan shaxslarga ruhiy yordam koʻrsatish borasida aholi orasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlar uchun grantlar ajratish. |
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokida OIV infeksiyasi muammolari boʻyicha turli yoʻnalishdagi loyihalarni jalb etish, tayyorlash va amalga oshirish. |
2022-yilda |
Ijrochilarning mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari, donorlik mablagʻlari |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), OʻzNNTMA (O. Izzatillayev) |
|
II. Aholini OIVga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qamrovini oshirish boʻyicha tadbirlar | |||||
|
18. |
“95-95-95” tamoyiliga asosan shifoxonalarda klinik koʻrsatma asosida hamda ixtiyoriy tekshiruvlarni kengaytirish. |
Tibbiyot xodimlarini (vrach, hamshira) OIV infeksiyasi boʻyicha oʻqitish uchun trenerlar tayyorlash. OIV infeksiyasi bilan bogʻliq masalalar bilan tuman va birlamchi boʻgʻin darajasida shugʻullanuvchi tibbiyot xodimlarining bilimlarini oshirish. |
Reja asosida |
Ijrochilarning mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari, donorlik mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
19. |
Aholi orasida OIV bilan kasallanganlarni erta aniqlash maqsadida tekshiruvlar qamrovini oshirish. |
Test toʻplamlariga ehtiyojni aniqlash va buyurtma tayyorlash. Test toʻplamlarini sotib olish. Mobil brigadalar tashkil etish orqali uzoq hududlardagi aholiga OIV infeksiyasi boʻyicha tibbiy xizmat koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. Oʻzini oʻzi OIV infeksiyasiga testdan oʻtkazish boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish. Maʼlum bir hududda sinov tariqasida oʻzini oʻzi OIV infeksiyasiga testdan oʻtkazish usuli samaradorligini oʻrganish va natijasi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. |
Reja asosida |
Donorlik mablagʻlari, homiylik xayriyalari, ijrochilarning mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
III. OIV infeksiyasi diganostikasi va OIV infeksiyali shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish borasidagi tadbirlar | |||||
|
20. |
OIV infeksiyasi tarqalishi jadalligiga taʼsir koʻrsatuvchi sabablarni aniqlash, ularning faolligini baholash, OIV infeksiyali bemorlarni davolash samarasini oʻrganish boʻyicha maxsus tadqiqotlar oʻtkazish. |
Tadqiqot oʻtkazish boʻyicha normativ hujjat tayyorlash. Epidemiologik, serologik va ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish. Olingan maʼlumotlarni tahlil qilish. Oʻtkazilgan tadbirlarning samara- dorligini baholash va amalga oshiriladigan davolash-profilaktika ishlarini yaxshilash uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqish. |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
21. |
Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizligi xizmati tizimidagi hamda xususiy tibbiyot muassasalari tibbiy xodimlarini OIV infeksiyasi masalalari boʻyicha oʻqitish. |
Oʻquv va kalendar rejalarini tuzish. Reja asosida tajribaga ega va salohiyati yuqori mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻqitish ishlarini tashkil etish. Tibbiyot va soha xodimlarining OIV infeksiyasi masalalari boʻyicha bilimini oshirish. |
2022-yil mart-aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari, donorlik mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
22. |
OIV infeksiyasiga barham berishga yoʻnaltirilgan tadbirlar oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlash, ushbu masalada jahon tajribasini oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida xalqaro va milliy ekspertlar ishtirokida turli oʻquv seminarlari va treninglarni tashkil etish va oʻtkazish. |
Ishtirokchilar roʻyxatini aniqlash va dasturni tasdiqlash. OIV infeksiyasi sohasida ilgʻor zamonaviy tajribani oʻrganish. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va uning oldini olishda keng tajribaga ega Jahon sogʻliqni saqlash tashk?�oti (JSST), YUNEYDS (UNAIDS), YUSAID (USAID), SDS (CDC), YUNFPA (UNFPA) kabi xalqaro tashkilotlarni jalb qilish. Tajriba almashish, hamkorlik oʻrnatish, OIV infeksiyasi sohasida ilmiy izlanishlarni rejalashtirish. |
Reja asosida |
Ijrochilarning mablagʻlari, donorlik mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
23. |
OIV infeksiyasi profilaktikasi va ijtimoiy masalalar boʻyicha ijtimoiy tarmoqlar orqali maslahat berilishini tashkil etish. |
Ijtimoiy tarmoqlarda OIV infeksiyasi masalalarini muntazam yoritib boruvchi alohida bloglar/saytlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bloglar/saytlar orqali targʻib etiladigan materiallarni idoralararo va hududiy ishchi guruhlar ekspertizasidan oʻtkazish. |
Doimiy ravishda |
Ijrochilarning mablagʻlari, donorlik mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), OʻzNNTMA (O. Izzatillayev). |