17.02.2022 yildagi 75-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining sohaga oid boʻlmagan, ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan aktivlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankiga tegishli bank faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlarni bosqichma-bosqich davlat mulki sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga bepul berish hamda bankning rahbar va masʼul xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kuyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining xalqaro moliya institutlari koʻmagida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional oʻzgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotishni nazarda tutish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish — Oʻzbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini xalqaro moliya institutlari ishtirokida xususiylashtirish va transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-martdagi 161-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankiga aloqador shaxslar, shu jumladan, davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari bilan har qanday operatsiyalarni tartibga soluvchi siyosatni joriy qilish va unga rioya qilish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatiga xos boʻlmagan yoʻnalishda tijorat tashkilotlarining ustav fondiga Bank mablagʻlarini investitsiya tariqasida jalb qilishni man etish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning investitsiya faoliyati natijasida xarid qilingan va bank faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlarni sotish tavsiya etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-noyabrda Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida imzolangan hujjatlar ijrosini taʼminlash boʻyicha amaliy harakatlar rejasiga (“yoʻl xaritasi”ga) muvofiq “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB) va “Sberbank” korporativ universiteti oʻrtasida kadrlarni, shu jumladan, bank tizimining masʼul xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning boshqaruv organining ilovada nazarda tutilgan bank faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga keyinchalik ommaviy savdolar orqali sotish maqsadida davlat mulki sifatida qoldiq (balans) qiymatida bepul berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilgan obyektlarni saqlash xarajatlari ular sotilgunga qadar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ilovada keltirilgan aktivlarni belgilangan tartibda topshirish va qabul qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga bankning rahbar va masʼul xodimlarini xalqaro standartlar asosida Rossiya Federatsiyasining davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari, biznes, boshqaruv maktablari hamda tijorat banklarining korporativ oʻquv markazlarida qisqa va uzoq muddatli taʼlim yoʻnalishlarida oʻqitish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-fevraldagi 75-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga keyinchalik ommaviy savdolarda sotish uchun davlat mulki sifatida bepul berilayotgan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga tegishli bank faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Obyektning nomi

Obyektning manzili

Toshkent viloyati

1.

Noturar bino

Nurafshon shahri, Toshkent yoʻli koʻchasi

2.

Parrandachilik fabrikasi bino va inshootlari

Yangiyoʻl tumani, “M. Ulugʻbek” MFY, Mirzaboboyev koʻchasi, 74-uy

3.

Parrandachilik fabrikasi bino va inshootlari

Qibray tumani, “Oqqovoq” QFY, “Uzumzor” MFY, Oq qovoq koʻchasi, R-3-uy

Jizzax viloyati

4.

Istirohat bogʻi

Arnasoy tumani, “Gʻoliblar” MFY, Alpomish koʻchasi, 30-uy

5.

Noturar bino

Arnasoy tumani, “Choʻlquvar” MFY, Namuna koʻchasi, 38-uy

6.

Noturar bino

Arnasoy tumani, “Boʻston” MFY, 58-uy

7.

Noturar bino

Doʻstlik tumani, “Bunyodkor” MFY, Loyihadagi koʻcha, 11-uy

8.

Noturar bino

Sh. Rashidov tumani, “Samarqandquduq” MFY, Al-Xorazmiy koʻchasi, 38-uy

9.

Noturar bino

Zarbdor tumani, “Yoshlik” MFY, Loyihadagi koʻcha, 65-uy

10.

Noturar bino

Zarbdor tumani, “Toshkesgan” MFY, Loyihadagi koʻcha, 8-uy

11.

Noturar bino

Paxtakor tumani, “Buyuk ipak yoʻli” QFY, Muqumiy koʻchasi, 44-uy

12.

Noturar bino

Mirzachoʻl tumani, “Gʻalaba” MFI, Gagarin koʻchasi, 98-uy

13.

Noturar bino

Yangiobod tumani, “Sovot” QFY, Sovot koʻchasi, 80-uy

14.

Noturar bino

Mirzachoʻl tumani, “Oʻzbekiston” QFY, Maroqand koʻchasi, 5BS-uy

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 09/22/75/0144-son)