14.02.2022 yildagi 71-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer uchastkalarini xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini sotib olish, shuningdek, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish yoʻli bilan amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyatida “Yerxususiylasntirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yerxususiylasntirish” AAT) orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ikki hafta muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kiberxavfsizlik markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) rahbar xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etgan holda “Yerxususiylashtirish” AATni, uni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish boʻyicha tasdiqlangan texnik hujjatlar va ekspertiza xulosalari bilan birgalikda Davaktiv agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida topshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davaktiv agentligi “Yerxususiylashtirish” AATni zaruratga koʻra takomillashtirib borsin, bunda “Yerxususiylashtirish” AATni qayta ishlab chiqish, takomillashtirish, texnik qoʻllab-quvvatlash, jarayonlarga malakali mutaxassislarni jalb qilish va u bilan bogʻliq boshqa barcha xarajatlar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish “Yerxususiylasntirish” AAT orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davaktiv agentligi “Yerxususiylasntirish” AATning texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha operatori hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki ijara huquqlari asosida, yakka tartibda uy-joy qurish uchun mulk huquqi asosida realizatsiya qilish “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan yer uchastkasiga doir maʼlumotlarni shakllantirish va kelishish “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yerelektron” AAT) orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan yer uchastkasining zaxiraga olinganligi hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi kadastr organlari tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi ushbu yer uchastkasini “Yerelektron” AATga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Yerxususiylashtirish” AATni texnik qoʻllab-quvvatlash, xususiylashtirilgan yer uchastkasiga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek, yagona billing hisob-kitob tizimi xizmatlari uchun toʻlovlar yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.

Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yerxususiylashtirish” AATga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yerelektron” AATga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga bir oy muddatda xususiylashtirilgan yer uchastkalari garov taʼminoti sifatida qabul qilinishi mumkinligini inobatga olib oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari va kredit siyosatlariga oʻzgartirish kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notarial palata bilan birgalikda bir oy muddatda barcha notariuslarga xususiylashtirilgan yer uchastkalari bilan bogʻliq notarial harakatlarni amalga oshirishning xususiyatlarini tushuntirish boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davaktiv agentligi ikki oy muddatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi stavkalari maʼlumotlar bazasining kadastr raqami boʻyicha “Yerxususiylasntirish” AAT bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davaktiv agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi”ning “Yerxususiylasntirish” AAT bilan integratsiya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ochiq maʼlumotlar portali orqali takliflar kiritishda yer uchastkasiga mulk huquqi yoki ijara huquqi turini tanlash imkoniyatini berishni nazarda tutgan holda “Yerelektron” AATning takomillashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Kadastr agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat shaharsozlik kadastri va davlat yer kadastri maʼlumotlar bazalarining integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻz hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish, mavjud bosh rejalarga belgilangan tartibda tuzatishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 9-ilovada koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari — ushbu tashkilotlar foydalanishidagi yer uchastkalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — zaxira yerlar, obodonlashtirish yerlari va koʻp kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning 2022-yil oxiriga qadar Milliy geografik axborot tizimida toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon xoʻjaliklarida 2022-yilda yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va yerga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun 6-ilovaga muvofiq talab etiladigan budjet mablagʻlari respublika budjetining 2022-yil 1 va 2-choraklari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlar uchun 6-ilovaga muvofiq budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan moliyalashtirilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirlar hamda aholi punktlarining bosh rejalari, hududlarni rivojlantirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tadbirlari uchun tegishli mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davaktiv agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha arizalarni Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkoniyatini yaratsin va ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan mazkur qarorga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartiblarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruratga koʻra mazkur qaror normalarini takomillashtirib borish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yerxususiylasntirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yerxususiylasntirish” AAT) — ushbu tizimga ulangan vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, koʻrib chiqish va kelishish ishlarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” — Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining koʻchmas mulklarni hisobga olish hamda koʻchmas mulklarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan axborot tizimi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — oʻziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi, doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini xususiylashtirish maqsadida ariza bergan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki yuridik shaxsi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini xususiylashtirish — davlat mulki boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining va (yoki) yuridik shaxslarining mulkiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati — ariza beruvchi tomonidan yer uchastkasini xususiylashtirish maqsadida toʻlanadigan, xususiylashtirish paytida belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkasining karrali miqdoridagi toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Reglament kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yer uchastkasini xususiylashtirishda davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza beruvchilar yer uchastkasi joylashgan tegishli hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelgan holda murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa — ariza beruvchining oʻzi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakllarda ariza toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza toʻldirish jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi Kadastr agentligining “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish obyektlari va subyektlari “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10, 12 va 13-moddalari talablariga mosligi “Yerxususiylasntirish” AATga ulangan tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xususiylashtiriladigan yer uchastkasi ulushli yoki birgalikdagi egalik qilishda (foydalanishda) boʻlsa, ariza barcha egalarning (foydalanuvchilarning) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sud tomonidan belgilangan tartibda ushbu Reglament talablari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida boshqa shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bino va inshootlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning mazkur yer uchastkasiga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mavjudligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yer uchastkasini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilarning skaner qilingan nusxasi ilova qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning tegishli boshqaruv organining yer uchastkasini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarori (ariza beruvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq zarur boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatilishida YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimlar va xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati toʻlanganligi tasdigʻi “Yerxususiylasntirish” AAT orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasini yurituvchi Yagona billing tizimidan (keyingi oʻrinlarda — Yagona billing tizimi) olingan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning:

50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) hududiy boshqarmalarining bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmalarining bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderi (keyingi oʻrinlarda — davlat orderi) berilguniga qadar uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning arizasi koʻrib chiqilmaydi yoki davlat xizmatini koʻrsatish toʻxtatiladi. Bunda davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun qabul qilingan ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni “Yerxususiylasntirish” AAT orqali tuman (shahar) qurilish boʻlimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) tuman (shahar) filialiga kelishish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali murojaat qilinganda ariza avtomatik ravishda “Yerxususiylasntirish” AAT orqali tuman (shahar) qurilish boʻlimi va Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filialiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi uch ish kuni ichida arizada koʻrsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi tuman (shahar) qurilish boʻlimi tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza boʻyicha xususiylashtirish uchun berilgan yer uchastkasi hududida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, tuman (shahar) qurilish boʻlimi ushbu bandning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida arizada koʻrsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xulosa taqdim etadi. Bunda ariza beruvchiga 2021-yil 16-noyabrga qadar yuzaga kelgan doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari ulardan foydalanishning asosiy maqsadini shaharsozlik hujjatlari tasdiqlanguniga qadar saqlab qolish sharti bilan xususiylashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida quyidagilarni oʻrganadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari boʻyicha topografik rejaning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada koʻrsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligi;

xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi haqidagi maʼlumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi maʼlumotlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;

yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralarini kadastr hujjatlari maʼlumotlariga mosligini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkasining topografik xaritasi mavjud boʻlmagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda topografik rejani tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun toʻlov summasi bir gektar yer maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari hisobidan kelib chiqib hisoblanadi va yer uchastkasini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tuman (shahar) qurilish boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkasini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani kelishadi yoki uni kelishish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xabar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv hech qanday eslatma va shartlarsiz, tegishli yer uchastkasi boʻyicha vakolatli tashkilot masʼul xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadigan rozilik rezolyutsiyasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishish rad etilgan taqdirda yer uchastkasini xususiylashtirish mumkin emasligi haqida normativ-huquqiy hujjatning aniq normasiga asoslangan sabablar koʻrsatilgan xabarnoma tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Yerxususiylasntirish” AAT arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza kelishilgan taqdirda, Yagona billing tizimi “Yerxususiylasntirish” AAT maʼlumotlari asosida xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish uchun hisobvaraqni shakllantiradi va xabarnomaga ilova qiladi hamda toʻlangan mablagʻlar hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati milliy valyutada mazkur Reglamentga 4-ilovada koʻrsatilgan tegishli meʼyorlar boʻyicha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchi toʻlov yuzasidan xabarnomani olgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida yer uchastkasini xususiylashtirish uchun toʻlovni amalga oshirishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymatini toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirmagan taqdirda, “Yerxususiylasntirish” AAT avtomatik ravishda xususiylashtirishni rad etish toʻgʻrisida xabarnomani tayyorlaydi va uni ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi rad javobini olgan kundan boshlab bir oy ichida, agar rad etish sababi faqat xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan yer uchastkasini xususiylashtirishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda qayta ariza topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish uchun toʻlov quyidagi tartibda avtomatik taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga (4014);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Reglamentning 14-bandiga muvofiq yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3 foizi — “Yerxususiylasntirish” AATni texnik qoʻllab-quvvatlash ishlari uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus gʻazna hisobvaraqlariga ularning qoʻshimcha manbalari sifatida yoʻnaltiriladi va quyidagicha taqsimlanadi:

30 foizi — davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy jamgʻarmaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati toʻlovini toʻliq amalga oshirganidan soʻng “Yerxususiylasntirish” AAT avtomatik ravishda ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq jismoniy shaxs boʻyicha — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport raqami, JSHSHIR, yuridik shaxs boʻyicha — yuridik shaxs nomi, STIR raqamini koʻrsatgan holda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakllantiradi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmalari “Yerxususiylasntirish” AAT orqali olgan davlat orderiga bir ish kuni ichida elektron raqamli imzo qoʻyadi va uni Kadastr agentligining “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari davlat orderi taqdim etilgandan soʻng ikki ish kuni ichida davlat orderiga asosan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani davlat orderi bilan birga “Yerxususiylasntirish” AAT orqali YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat xizmatlari markazi davlat orderi va Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma olganidan soʻng real vaqt rejimida ularni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma va davlat orderi YIDXP orqali ariza beruvchiga yuborilganda avtomatik ravishda xabarnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha QR-kod (matrik shtrix-kod) qoʻyilgan elektron hujjatlar asliga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmasi va Davlat xizmatlari markazlari, shu jumladan, YIDXP orqali, ushbu Reglamentning talablari ijrosi yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini doimiy ravishda nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali yer uchastkasini xususiylashtirishga ariza taqdim etadi.

2. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Ariza tuman (shahar) qurilish boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan koʻrib chiqilishi uchun “Yerxususiylasntirish” AATga yuboriladi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

1. Ariza tushgan kundan boshlab quyidagilarni tekshiradi:

arizada koʻrsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligi;

xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi huquq egasi haqidagi maʼlumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi maʼlumotlarga muvofiqligi;

xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;

yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralari, kadastr hujjatlari bilan mosligi.

2. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha “Yerxususiylasntirish” AAT orqali kelishadi.

5 ish kunida

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi

1. Arizada koʻrsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini koʻrib chiqadi.

2. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha “Yerxususiylasntirish” AAT orqali kelishadi.

3 ish kunida

4-bosqich

“Yerxususiylasntirish” AAT

Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

Yagona billing tizimi

Ariza kelishilgan taqdirda, “Yerxususiylasntirish” AAT maʼlumotlari asosida yer uchastkasini sotib olish uchun hisobvaraqni shakllantiradi va xabarnomaga ilova qiladi hamda toʻlangan mablagʻlar hisobini yuritadi.

5-bosqich

Ariza beruvchi

Yer uchastkasini sotib olish qiymatining toʻlovini amalga oshiradi.

10 ish kunida

6-bosqich

“Yerxususiylasntirish” AAT

1. Yer uchastkasini sotib olish qiymati oʻz vaqtida va toʻliq toʻlangan taqdirda, yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakllantiradi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.

2. Yer uchastkasining sotib olish qiymati toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirmagan taqdirda, xususiylashtirishni rad etish toʻgʻrisida xabarnomani tayyorlaydi va uni ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.

Avtomatik ravishda

7-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderiga elektron raqamli imzo qoʻyadi va uni Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kunida

8-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining boshqarmasi

1. Davlat orderi taqdim etilgandan soʻng davlat orderiga asosan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

2. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani davlat orderi bilan birga YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

2 ish kunida

9-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Davlat orderi va Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga
2-ILOVA

Yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha

ARIZA

(sana)

(raqam)

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. STIR

2. Yuridik shaxsning nomi (tizim orqali olinadi)

3. Tashkiliy-huquqiy shakli (tizim orqali olinadi)

4. Joylashgan joyi (pochta manzili)

5. Telefon raqami

II. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumot:

1. Yer uchastkasining kadastr raqami

2. Yer uchastkasining maydoni (m2)

3. Yer uchastkasining manzili

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish toʻgʻrisidagi qarori (agar bu ariza beruvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq zarur boʻlsa);

2. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan hollarda).

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan berilgan yer uchastkasini xususiylashtirish boʻyicha

ARIZA

(sana)

(raqam)

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Ariza beruvchining JSHSHIR

II. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumot:

1. Yer uchastkasining kadastr raqami

2. Yer uchastkasining maydoni (m2)

3. Yer uchastkasining manzili

III. Ilova qilinadigan hujjat:

Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan taqdirda)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga
4-ILOVA

Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymatini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI

Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S = Kyur × S + V+ T;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) umrbod meros qilib qoldirilgan, doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli yer uchastkalari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S = Kjis × S + V+ T;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:

S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati (soʻmda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kyur, Kjis — yuridik va jismoniy shaxslar uchun sotib olish qiymatini aniqlashda oʻsha kunda belgilangan bazaviy soliq stavkasining 20 baravari (1 kvadrat metr uchun soʻmda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining maydoni (kvadrat metrda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan davlat reyestridan koʻchirmani berish va koʻchmas mulk obyektlarini roʻyxatga olish xizmatlariga belgilangan stavkalar asosida (soʻmda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T — bir gektar yer maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari hisobidan kelib chiqib hisoblanadigan yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun toʻlov miqdori (soʻmda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Sotib olish qiymatini hisoblashning ushbu tartibi yer uchastkalarining bozor qiymatini aniqlashga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
‎AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGINING
‎____________________________ HUDUDIY BOSHQARMASI

‎‎(hudud nomi)

‎‎
‎YER UCHASTKASIGA MULK
‎HUQUQINI BERUVCHI DAVLAT ORDERI № ______

‎‎Mulkdorning nomi___________________________________________________________________________

‎‎(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎
‎Mulkdorning manzili (yashash joyi)______________________________________________________________

‎‎pasport seriyasi ________ raqami __________ kim tomonidan va qachon berilgan ________________________

(jismoniy shaxslar uchun)‎‎

‎‎________________________________________________________________________________

‎STIR ____________________________, JSHSHIR__________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxslar uchun)

‎‎‎_________________________________________________________________________________manzilidagi

‎oʻziga _____________________________________________________________ huquqi asosida tegishli boʻlgan

‎‎(doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish)

‎‎
‎_________________________________________________________________________________qiymatidagi

‎‎(summa raqam va soʻz bilan yoziladi)

‎‎
‎umumiy _____________kv m yer maydoniga mulk huquqi berildi.

‎Ushbu order_________________________________________________________________________________

‎‎(orderni bergan davlat organining nomi)

‎‎
‎____________________________________________________________________________ga asosan berildi.

‎‎(orderni berishning asosi)

‎‎
‎Order roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ___________________________________

‎‎Hududiy boshqarma boshligʻi

‎QR-kodi‎‎

‎‎F.I.O.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Ushbu Nizom tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida ajratishga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“K — savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ijaraga berish nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga berish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik va ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar hududidagi yer uchastkalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalari uchun — qonunchilikda ushbu zonalar ishtirokchilariga yerlarni realizatsiya qilishning alohida tartibi belgilangan hollarda tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion jarayoniga kirish va ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yerelektron” AAT) — yer uchastkalari berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar oʻrnatilmagan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikka muvofiq ajratib berilmagan, davlat mulki boʻlgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar — xulosa beradigan organlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, materiallarini kelishadigan tashkilotlar — tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar, yongʻin xavfsizligi boʻyicha — yongʻin xavfsizligi boʻlimlari, Toshkent shahrida — yongʻin xavfsizligi boshqarmasi, davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining boshlangʻich narxi — yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining auksionga qoʻyish uchun belgilangan narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijarachi — yer uchastkasining ijara shartnomasini ushbu Nizomda belgilangan shartlar asosida va tartibda tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi — savdo platformasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtib, auksionda qatnashish uchun ariza bergan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv tashkiloti — “OʻzGASHKLITI” MCHJ yoki tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qonunda belgilangan tartibda jalb qilinadigan boshqa loyiha-qidiruv tashkiloti;

operator — savdo platformasida auksion tashkil etish xamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarnoma — savdo platformasida muayyan boʻsh turgan yer uchastkasini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida realizatsiya qilish boʻyicha auksion oʻtkazilishi haqidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinet — ishtirokchiga auksion buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik maʼlumotlarni koʻrish hamda operator tomonidan joʻnatilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus boʻlimi;

elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda — auksion) — savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion obyektini realizatsiya qilish (ijaraga berish) boʻyicha narxni oshirib borish tamoyilida onlayn oʻtkaziladigan savdo shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud boʻlganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki ijara huquqi asosida auksion orqali ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer uchastkasini tanlash materiallari Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari (keyingi oʻrinlarda — filial) (yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligi boʻyicha maʼlumot hamda kadastr yigʻmajildini tayyorlash), loyiha-qidiruv tashkiloti (yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini tayyorlash boʻyicha), tuman (shahar) qurilish boʻlimlari (yer uchastkasi toʻgʻrisida tegishli xulosani tayyorlash), tuman (shahar) hokimliklari (yer uchastkasiga boʻlgan huquq turini aniqlash) tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular boʻyicha xulosalar berish ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli tashkilotlarning rahbarlari yer uchastkasini tanlash materiallari boʻyicha oʻz vaqtida kelishilishi va xulosalar chiqarilishi, shuningdek, ularni oʻz vaqtida koʻrib chiqmaslik oqibatlari uchun shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlar koordinatalarini koʻrsatgan holda elektron xaritalarni Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan elektron xaritalarda tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlar koordinatalari mavjud boʻlmagan taqdirda, yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgan, ular boʻyicha xulosalar esa ijobiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Davlat kadastrlar palatasiga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari hamda avtomobil yoʻllari hamda avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqasi hududining WGS-84 koordinatalar tizimida elektron xaritalarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron xaritalarni taqdim etish, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular boʻyicha xulosalar berish, shu jumladan, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan ekologik ekspertizadan oʻtkaziladigan obyektlarni qurishga yer uchastkasini tanlash materiallari boʻyicha xulosa berish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yer uchastkasini auksionga chiqarishda buyurtmachi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Auksion natijalari boʻyicha pul mablagʻlari operatorning maxsus hisobvaragʻida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan yer uchastkasi qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng buyurtmachi hisobvaragʻiga belgilangan tartibda operator xizmat haqi chegirilgan holda oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Auksionlarga chiqarish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va yer uchastkasini “Yerelektron” AATga joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning “Yerelektron” AATning ochiq elektron portali orqali yuborilgan takliflarini koʻrib chiqish natijalari asosida “Yerelektron” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha takliflarni kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud boʻlmagan holatlarda yer uchastkalari boʻyicha taklif tuman (shahar) qurilish boʻlimi tomonidan tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari hamda tegishli ravishda “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklifda quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining WGS-84 (World Geodetic System 1984) ochiq koordinatalar tizimida shartli chegaralari;

yer uchastkasining joylashuv sxemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan taʼminlash normalariga muvofiqligi qismi boʻyicha shaharsozlik qoidalari talablariga rioya qilgan holda yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman (shahar) hokimligi tuman (shahar) qurilish boʻlimining takliflariga asosan kadastr yigʻmajildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan filialga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Filial tuman (shahar) hokimligidan buyurtma olgandan keyin oʻn ish kunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri maʼlumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini aniqlaydi;

yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish boʻlimiga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi;

boʻsh yer uchastkasi boʻyicha yer tanlash materiallarini tayyorlaydi va “Yerelektron” AATga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Yerelektron” AATga joylashtiriladigan boʻsh yer uchastkasi boʻyicha yer tanlash materiallari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining WGS-84 (World Geodetic System 1984) ochiq koordinatalar tizimida shartli chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining joylashuv sxemasi va geolokatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu yer uchastkasidan foydalanish mumkin boʻlgan faoliyat turlari;

yer uchastkasi, jumladan, uning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi haqida qisqacha maʼlumot;

chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;

yer uchastkasiga tutash hududlardagi obyektlarning belgilangan maqsadi va turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlarning raqamli fotosurati.

Har bir yer uchastkasiga oʻziga xos raqam beriladi.

14. Loyiha-qidiruv tashkiloti boʻsh yer uchastkasi boʻyicha yer tanlash materiallari “Yerelektron” AATga joylashtirilgan soʻng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) joyiga chiqqan holda yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini mahalliy koordinatalar tizimida elektron shaklda quyidagi muddatlarda tayyorlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yer maydoni 5 gektargacha boʻlganda — 10 ish kunida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yer maydoni 5 gektardan koʻp boʻlganda — 25 ish kunida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektron shaklda tayyorlangan topografik xaritani “Yerelektron” AATga joylashtiradi. Topografik xaritada loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan tuman (shahar) qurilish boʻlimi bilan birga koʻchalarning qizil chiziqlari belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan topografik xaritani olgandan soʻng bir ish kunida topografik xaritani va boʻsh yer uchastkasi boʻyicha yer tanlash materiallarini ilova qilgan holda “Yerelektron” AAT orqali yer uchastkasining joylashuvi quyidagi talablarga muvofiqligini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanish hamda ularni ekspluatatsiya qilish boʻyicha — mazkur obyektlardan foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yongʻin xavfsizligi boʻyicha — yongʻin xavfsizligi boʻlimlari, Toshkent shahrida — yongʻin xavfsizligi boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha — davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlariga kelishish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar ularga soʻrov tushgan kundan boshlab uch ish kun ichida “Yerelektron” AATga tegishli belgini qoʻyish orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv hech qanday eʼtiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.

Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kelishuv natijalari “Yerelektron” AATga joylashtirilgandan soʻng tuman (shahar) qurilish boʻlimi uch ish kuni ichida ushbu yer uchastkasi toʻgʻrisida tegishli xulosani tayyorlaydi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarigacha boʻlgan masofa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

zarur hollarda loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan topografik xarita asosida yer uchastkasining chegaralariga oʻzgartirish kiritish yoxud yer uchastkasidan shaharsozlik cheklovlari quyilgan holda foydalanish boʻyicha asoslangan taklif aks ettiriladi.

Tuman (shahar) qurilish boʻlimining xulosalari “Yerelektron” AATga elektron shaklda kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosalar ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan soʻzlar koʻrsatiladi.

Ijobiy xulosada yer uchastkasining mulkdoriga yoki ijarachisiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.

Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havola qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, rad etish sabablarini bartaraf etish yuzasidan mavjud boʻlgan barcha imkoniyatlar va qayta kiritishni nazarda tutuvchi tavsiyalar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) qurilish boʻlimi tomonidan xulosa tayyorlash haqi eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida belgilanadi va mazkur haq lotni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Yerelektron” AAT orqali tuman (shahar) qurilish boʻlimining ijobiy xulosasi olingandan soʻng besh ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar “Yerelektron” AAT orqali har bir yer uchastkasi boʻyicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin boʻlgan quvvatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari yer uchastkasi boʻyicha tegishli xulosa tuzadi hamda uni elektron shaklda “Yerelektron” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosalar ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan soʻzlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy xulosada yer uchastkasining mulkdoriga yoki ijarachisiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqasi hududida joylashgan yer uchastkalari boʻyicha materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Yerelektron” AATda qabul qilingan qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv hech qanday eʼtiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishish rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, rad etish sabablarini bartaraf etish yuzasidan mavjud boʻlgan barcha imkoniyatlar va qayta kiritishni nazarda tutuvchi tavsiyalar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Yerelektron” AATga koordinatalari kiritilgan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlarda joylashgan, salbiy xulosalar berilgan yer uchastkalari auksionga chiqarilmaydi va ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatilgan holda “Yerelektron” AATda ushbu xulosa olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yer uchastkasi boʻyicha tuman (shahar) qurilish boʻlimi va barcha vakolatli tashkilotlardan ijobiy xulosa “Yerelektron” AATga joylashtirilgandan soʻng filial oʻn ish kunida kadastr yigʻmajildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda hududiy boshqarmaning yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va tuman (shahar) mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

21. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kunida “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va roʻyxatdan oʻtkazadi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi) yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi ikki ish kunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmada koʻrsatilgan yer uchastkasi maʼlumotlarining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi;

yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi;

tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va koʻchirmani “Yerelektron” AAT kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan va kelishuv natijalari va ijobiy xulosalar olinganidan soʻng tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni ichida quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionga chiqariladigan boʻsh turgan yer uchastkasining huquq turini;

yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi boʻyicha ijara muddati va tegishli hokim tomonidan ERI orqali imzolangan ijara shartnomasining loyihasini belgilaydi va “Yerelektron” ATTga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tuman (shahar) hokimligi tomonidan maʼlumotlar “Yerelektron” ATTga kiritilganidan soʻng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yer uchastkasi mulk huquqi bilan auksionga chiqarilganda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan boshlab oʻn besh ish kuni ichida eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, u bilan shartnoma tuzish, yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ish kuni ichida shartnoma asosida mustaqil ekspertni (baholovchi, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotini) shartnoma asosida jalb etgan holda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;

bir ish kunida baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot va ekspertiza xulosasi asosida “Yerelektron” AATga yer uchastkasining boshlangʻich narxini kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkasi ijara huquqi bilan auksionga chiqarilganda “Yerelektron” ATT avtomatik ravishda tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan yer uchastkasiga ijara huquqining minimal qiymati asosida auksionga chiqarilayotgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqining boshlangʻich qiymatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqining minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan quyidagi mezonlar boʻyicha tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻining yillik miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini ijaraga berish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasiga ijara huquqining minimal qiymati u tasdiqlangan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Yerelektron” AATga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasini ijaraga olish huquqining minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli tashkilotlar “Yerelektron” AAT orqali tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin boʻlmagan muhofaza zonalari hududlarning koordinatalarini Kadastr agentligiga taqdim etib borishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlarning koordinatalari “Yerelektron” AAT orqali Kadastr agentligi tomonidan belgilanadigan shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarning koordinatalari zaruratga qarab, lekin har oyda kamida bir marta yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yer uchastkasini auksionga chiqarishga tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan boʻsh yer uchastkalarini auksionga chiqarish boʻyicha materiallar kelishilgandan, bozor qiymati yoki ijara huquqi qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yerelektron” AATga kiritilganidan, shuningdek, ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi boʻyicha ijara shartnomasining loyihasi shakllantirilganidan soʻng yer uchastkasi yoki yer uchastkasiga ijara huquqi buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda auksionga qoʻyish uchun operatorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yer uchastkasi ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda kelishuv amalga oshirilganligi va ijobiy xulosa olinganligiga qarab har bir yer uchastkasi boʻyicha alohida auksionga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksionga chiqarishda yer uchastkasi toʻgʻrisida koʻrsatilishi shart boʻlgan maʼlumotning minimal hajmi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining oʻziga xos raqami va joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquq turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan foydalanish mumkin boʻlgan faoliyat turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi maydoni (gektarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin boʻlgan quvvatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarigacha boʻlgan masofa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining boshlangʻich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi boʻyicha qoʻshimcha ravishda ijara muddati koʻrsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi boʻyicha tegishli maʼlumotlar, shu jumladan, fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari toʻliq koʻrsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, operator tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.

Buyurtmachi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni bir hafta muddatda bartaraf etib, elektron buyurtmani ushbu band talablariga muvofiq takroran yuboradi.

29. Yer uchastkasini auksionga chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ikki ish kunida ommaviy axborot vositalarida hamda tuman (shahar) hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “E-auksion” platformasida elektron onlayn-auksion tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha auksionda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari ishtirok etish huquqiga ega (chet yel investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar ijaraga berish huquqi asosida yer uchastkalarini sotib olish boʻyicha auksionda qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalari boʻyicha auksion natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Auksion gʻolibi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. Ijara shartnomasi taraflar tomonidan imzolagandan soʻng avtomatik ravishda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan ijara shartnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali auksion gʻolibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼlumot yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Operator yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani olgandan soʻng uni avtomatik ravishda gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi oʻrinlarda — davlat orderi) rasmiylashtiradi, belgilangan shaklda uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” ATT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat orderi gʻolib nomiga yer uchastkasini mulk huquq asosida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat orderi berish uchun davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan davlat orderi tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasidan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali auksion gʻolibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.

Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼlumot yuboriladi.

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.

36. Operator yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani olgandan soʻng uni avtomatik ravishda gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Yer uchastkasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat orderi yoki yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida filial tuman (shahar) qurilish boʻlimi bilan birgalikda uch ish kuni mobaynida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida haq undiriladi va lotni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.

38. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga faqat yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Auksiondan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash

39. Buyurtmachi operatordan yer uchastkalarini ijara va mulk huquqi asosida sotishdan tushgan mablagʻlarni bir ish kuni ichida quyidagilarga yoʻnaltiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Nizomning 32 va 35-bandlarida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga (4014);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun mazkur Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablagʻ — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvaragʻiga;

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablagʻ — tegishli Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi hisobvaragʻiga;

g) 10 foizi — “Yerelektron” AATni texnik koʻllab-quvvatlash va uni yuritish bilan bogʻliq shtat birliklarini saqlash uchun Davlat kadastrlari palatasining bank hisobvaragʻiga (bunda mazkur xarajatlar uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish hisobidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdori bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshmasligi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) baholash va ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari uchun mustaqil baholovchi va ekspert tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus gʻazna hisobvaraqlariga ularning qoʻshimcha manbalari sifatida yoʻnaltiriladi va quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi — yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari va korxonalari foydalanishida boʻlgan va ularning tashabbusi bilan elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan taqdirda — ushbu davlat organlari va tashkilotlariga, qolgan hollarda — davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy jamgʻarmaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini tizimli nazorat va monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Prokuratura organlari va adliya organlari ushbu Nizom talablariga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan soʻzsiz rioya etilishi boʻyicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimli nazorat va monitoring yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayoniga aralashmasdan, “Yerelektron” AAT orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Prokuratura va adliya organlari yer uchastkasi materiallarini tayyorlashning qonuniyligini taʼminlaydi va yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayonining huquqni qoʻllash amaliyotini, shu jumladan, vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishuvni rad etish va salbiy xulosa berishning qonuniyligini, normativ-huquqiy hujjatlarni notoʻgʻri yoki qarama-qarshi qoʻllash amaliyotini, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotida huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keladigan salbiy omillarni, sabab va sharoitlarni bartaraf etish usullarini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibni buzish davlat xizmatlari koʻrsatish talablari va tartibini buzish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartib buzilishi aniqlangan taqdirda, adliya organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalariga yoxud prokuratura organlariga buzilish holatini tasdiqlovchi zarur materiallarni yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha takliflarni “Yerelektron” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga kiritib boradi.

Doimiy ravishda

Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud boʻlmaganda yer uchastkalari boʻyicha takliflar tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari hamda tegishli ravishda “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “Toshkent-boshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi.

2-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Tuman (shahar) qurilish boʻlimining takliflariga asosan kadastr yigʻmajildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan filialga yuboradi.

Kiritilgan takliflarga muvofiq

Jismoniy va yuridik shaxslar

“Yerelektron” AATning ochiq elektron portalida yer uchastkasiga boʻlgan huquq turini, aniq chegaralari hamda maydoni va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keyinchalik ularni auksionga qoʻyish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun joylashtirish boʻyicha takliflar kiritadi.

Xohishiga koʻra

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

1. Buyurtmada belgilangan yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini aniqlaydi;

2. Yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish boʻlimiga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi;

3. Boʻsh yer uchastkalari boʻyicha yer tanlash materiallarini tayyorlaydi va “Yerelektron” AATga joylashtiradi.

10 ish kuni

4-bosqich

Loyiha-qidiruv tashkiloti

1. Joyiga chiqqan holda yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini mahalliy koordinatalar tizimida elektron shaklda tayyorlaydi;

2. Elektron shaklda tayyorlangan topografik xaritani “Yerelektron” AATga joylashtiradi.

10 (25) ish kuni

5-bosqich

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi:

Topografik xaritani olgandan soʻng bir ish kunida topografik xaritani va boʻsh yer uchastkasi boʻyicha yer tanlash materiallarini ilova qilgan holda “Yerelektron” AAT orqali yer uchastkasining joylashuvini kelishish uchun tegishli organlarga yuboradi.

1 ish kuni

Hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar

Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

3 ish kuni

Yongʻin xavfsizligi boʻlimlari, Toshkent shahrida — yongʻin xavfsizligi boshqarmasi

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi

Yer uchastkasi toʻgʻrisida tegishli xulosani tayyorlaydi bunda:

umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarigacha boʻlgan masofa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

zarur hollarda loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan topografik xarita asosida yer uchastkasining chegaralariga oʻzgartirish kiritish yoxud yer uchastkasidan shaharsozlik cheklovlari quyilgan holda foydalanish boʻyicha asoslangan taklif aks ettiriladi.

Xulosalar “Yerelektron” AATga elektron shaklda kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

3 ish kuni

6-bosqich

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar

“Yerelektron” AAT orqali har bir yer uchastkasi boʻyicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin boʻlgan quvvatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etadi.

5 ish kuni

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari

Yer uchastkasi boʻyicha tegishli xulosa tuzadi, uni elektron shaklda “Yerelektron” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari

Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari

Avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqasi hududida joylashgan yer uchastkalari boʻyicha materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.

7-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

Yer u?astkasi boʻyicha tuman (shahar) qurilish boʻlimi va barcha vakolatli tashkilotlardan ijobiy xulosa “Yerelektron” AATga joylashtirilgandan soʻng kadastr yigʻmajildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

10 ish kuni

8-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

“E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va roʻyxatdan oʻtkazadi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga yuboradi.

2 ish kuni

9-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

1. Buyurtmada koʻrsatilgan yer uchastkasi maʼlumotlarining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi.

2. Yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi.

3. Tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va koʻchirmani “Yerelektron” AATga kiritadi.

2 ish kuni

10-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan va kelishuv natijalari va ijobiy xulosalar olinganidan soʻng quyidagilarni:

auksionga chiqariladigan boʻsh turgan yer uchastkasining huquq turini;

yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlarni;

auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi boʻyicha ijara muddati va ijara shartnomasining loyihasini belgilaydi va “Yerelektron” AATga kiritadi.

2 ish kuni

11-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

1. Barcha hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan boshlab eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, ular bilan shartnoma tuzish, yer uchastkasining bozor qiymatini yoki ijara huquqi qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini taʼminlaydi;

15 ish kuni

2. Mustaqil ekspertni (baholovchi, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotini) jalb etgan holda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlaydi;

10 ish kuni

3. Baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot va ekspertiza xulosasi asosida “Yerelektron” AATga yer uchastkasining bozor qiymatini kiritadi (ijara huquqida avtomatik kiritiladi).

1 ish kuni

12-bosqich

“Yerelektron” AAT

Boʻsh yer uchastkalarini auksionga chiqarish boʻyicha materiallar kelishilgandan, bozor qiymati yoki ijara huquqi qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yerelektron” AATga kiritilganidan, ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi boʻyicha ijara shartno?asi shakllantirilganidan soʻng yer uchastkasi yoki unga ijara huquqi auksionga qoʻyish uchun operatorga yuboriladi.

Avtomatik ravishda

13-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Auksionga qoʻyilgan boʻsh yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi.

2 ish kuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

14-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari

Elektron onlayn-auksionda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartiblarga muvofiq ishtirok etadi.

Belgilangan muddatda

15-bosqich

Auksion gʻolibi

(Ijara huquqi boʻlganda)

1. Ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

2. Ijara shartnomasi imzolagandan soʻng avtomatik ravishda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.

10 ish kuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

(Mulk huquqi boʻlganda)

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni

16-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga mulk huquqi yoki ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali yuboriladi.

2 ish kuni

17-bosqich

Operator

Yer uchastkasiga boʻlgan ijara yoki mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

18-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali va tuman (shahar) qurilish boʻlimi

Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada koʻrsatadi.

3 ish kuni

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
‎AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGINING
‎____________________________ HUDUDIY BOSHQARMASI

‎‎(hudud nomi)

‎‎
‎YER UCHASTKASIGA MULK
‎HUQUQINI BERUVCHI DAVLAT ORDERI № ______

‎‎Mulkdorning nomi___________________________________________________________________________

‎‎(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎
‎Mulkdorning manzili (yashash joyi)______________________________________________________________

‎‎pasport seriyasi ________ raqami __________ kim tomonidan va qachon berilgan ________________________

(jismoniy shaxslar uchun)‎‎

‎‎________________________________________________________________________________

‎STIR ____________________________, JSHSHIR__________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxslar uchun)

‎‎‎_________________________________________________________________________________manzilidagi

_________________________________________________________________________________ qiymatidagi

summa raqam va soʻz bilan yoziladi)

‎‎
‎umumiy _____________kv m yer maydoniga mulk huquqi berildi.

‎Ushbu order_________________________________________________________________________________

‎‎(orderni bergan davlat organining nomi)

‎‎
‎____________________________________________________________________________ga asosan berildi.

‎‎(orderni berishning asosi)

‎‎
‎Order roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ___________________________________

‎‎Hududiy boshqarma boshligʻi

‎QR-kodi‎‎

‎‎F.I.O.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron-onlayn auksion orqali realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bunday auksion jarayoniga kirish va ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yerelektron” AAT) — yer uchastkalarini realizatsiya qilish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va axborot tizimiga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirishni taʼminlaydigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktining bosh rejasi — aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari qismlarining batafsil rejasi loyihasi (keyingi oʻrinlarda — BRL) — aholi punktlari hududlari qismlari uchun aholi punkti bosh rejasi asosida ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjati boʻlib, u qizil chiziqlarni, yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini, yerga egalik qilish, yerdan foydalanish va mulkdorlarning yer uchastkalari chegaralarini, hududlarning zonalashtirilishini va ularni qurish navbatini, muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini, koʻchalar, tor koʻchalar, piyodalarga ajratilgan zonalarning, shuningdek, transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarning, muhandislik uskunalarining hamda hududni obodonlashtirishning koʻrsatkichlarini, ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarning tarkibi hamda joylashuvini, qurishning hajmiy-hududiy va arxitektura-rejalashtirish yechimini, qurish zichligi va koʻrsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligini, turlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi — yer fondining qatʼiy belgilangan chegara, maydon, joylashuv joyi, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi — savdo platformasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtib, auksionda qatnashish uchun ariza bergan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv tashkiloti — “OʻzGASHKLITI” MCHJ yoki tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qonunda belgilangan tartibda jalb qilinadigan boshqa loyiha-qidiruv tashkiloti;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — savdo platformasida auksionni tashkil etish xamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarnoma — savdo platformasida muayyan yer uchastkasi boʻyicha auksion oʻtkazilishi haqidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinet — ishtirokchiga auksion buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik maʼlumotlarni koʻrish hamda operator tomonidan joʻnatilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda — auksion) — savdo platformasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga auksion obyektini realizatsiya qilish boʻyicha narxni oshirib borish tamoyilida onlayn oʻtkaziladigan savdo shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun bir lotda 0,04 gektargacha doirada yer uchastkalarini realizatsiya qilish “E-auksion” yagona auksion elektron savdo platformasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari (aholi punktining bosh rejasi va aholi punkti tegishli qismining BRL) bilan taʼminlangan aholi punktlari boʻyicha auksionga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punkti bosh rejasida yakka tartibda uy-joy qurish nazarda tutilgan aholi punkti qismlarining BRL boʻlmagan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tegishli uy-joy massivlari uchun BRL ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun BRL ishlab chiqish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tegishli mahalliy budjetlari mablagʻlari, yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak. Uy-joy massivlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat uy-joy dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali realizatsiya qilish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yer uchastkasini auksionga chiqarishda buyurtmachi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Auksion natijalari boʻyicha pul mablagʻlari operatorning maxsus hisobvaragʻida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan yer uchastkasi qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng buyurtmachi hisobvaragʻiga belgilangan tartibda operator xizmat haqi chegirilgan holda oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali realizatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Yer uchastkalari roʻyxatini shakllantirish va yer uchastkalarini auksionga qoʻyish uchun zarur materiallarni tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman (shahar) hokimligi belgilangan tartibda tasdiqlangan BRLga muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun beriladigan har bir yer uchastkasiga kadastr yigʻmajildini rasmiylashtirish uchun yer uchastkalarining shartli chegaralarini hamda foydalanish mumkin boʻlgan faoliyat turlarini koʻrsatgan holda buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filialiga (keyingi oʻrinlarda — filial) yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarining shartli chegaralari tuman (shahar) hokimligi tomonidan tuman (shahar) qurilish boʻlimi hamda filial bilan birgalikda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Filial tuman (shahar) hokimligidan buyurtmani olgandan keyin oʻn besh ish kunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri maʼlumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish boʻlimiga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh yer uchastkalari boʻyicha kadastr yigʻmajildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda hududiy boshqarmaning yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va tuman (shahar) mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomning 8-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan va BRL ishlab chiqiladigan boshqa hududning BRL mavjud boʻlsa mazkur hudud uchun topografik xarita loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punkti bosh rejasida yakka tartibda uy-joy qurilishi nazarda tutilgan aholi punktlari qismlarining BRL mavjud boʻlmaganda tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni mobaynida belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga vakolatli loyiha tashkiloti bilan tegishli BRLlarni ishlab chiqishga shartnoma tuzish uchun iltimosnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻn besh ish kunida vakolatli loyiha tashkiloti hamda loyiha-qidiruv tashkiloti bilan tegishli BRLlarni va topografik xaritani ishlab chiqish boʻyicha shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BRL belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki ish kunida yer uchastkalarini realizatsiya qilish toʻgʻrisida buyurtmani shakllantirish uchun BRLni tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kunida “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va roʻyxatdan oʻtkazadi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi) yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi ikki ish kunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmada koʻrsatilgan yer uchastkasi maʼlumotlarining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga boʻlgan huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va ushbu yer uchastkasi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni “Yerelektron” AATga kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrdan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining WGS-84 (World Geodetic System 1984) ochiq koordinatalar tizimida chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu yer uchastkasidan foydalanish mumkin boʻlgan faoliyat turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi, jumladan, uning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi haqida qisqacha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlarning raqamli fotosurati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir yer uchastkasiga oʻziga xos raqam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan va “Yerelektron” AATga maʼlumotlar kiritilganidan soʻng tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni ichida yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni “Yerelektron” ATT orqali belgilaydi va elektron hamkorlik orqali muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga ushbu yer uchastkalari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga tegishli texnik shartlarni olish uchun soʻrov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar soʻrov tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligiga elektron hamkorlik orqali muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik, shu jumladan, qoʻshimcha shartlarni ishlab chiqish va ularni yuborish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (shahar) hokimligi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlari tushgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni texnik shartlar bilan birga elektron shaklda “Yerelektron” AAT orqali Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan boshlab oʻn besh ish kuni ichida eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, ular bilan shartnoma tuzish hamda yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ish kuni ichida shartnoma asosida mustaqil ekspertni (baholovchi, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotini) shartnoma asosida jalb etgan holda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir ish kunida baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot va ekspertiza xulosasi asosida “Yerelektron” AATga yer uchastkasining bozor qiymatini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bitta uy-joy massivida joylashgan bir necha lotga boʻlib auksionga qoʻyiladigan yer uchastkalari uchun bir xil boshlangʻich narx belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari bozor qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yerelektron” AATga kiritilgandan soʻng buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda auksionga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tuman (shahar) hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki ish kuni ichida auksionga qoʻyilgan boʻsh yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi yer uchastkalari boʻyicha auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan paytdan boshlab barcha ishtirokchilarga mazkur yer uchastkalarini oldindan koʻrish (koʻzdan kechirish) imkoniyatini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi boʻyicha tegishli maʼlumotlar, shu jumladan, fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari toʻliq koʻrsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, operator tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni bir hafta muddatda bartaraf etib, elektron buyurtmani ushbu band talablariga muvofiq takroran yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “E-auksion” platformasida elektron onlayn-auksion tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha elektron auksionda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion natijalari haqidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi oʻrinlarda — davlat orderi) rasmiylashtiradi, uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat orderi gʻolib nomiga yer uchastkasini mulk huquq asosida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻladi. Davlat orderini berish uchun davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan davlat orderi tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasidan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali auksion gʻolibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼlumot yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Operator yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani olgandan soʻng uni avtomatik ravishda gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yer uchastkasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat orderi asosida filial tuman (shahar) qurilish boʻlimi bilan birgalikda uch ish kuni davomida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida haq undiriladi va lotni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga faqat yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Auksiondan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Buyurtmachi yer uchastkasini sotishdan mablagʻni tushgandan keyin bir ish kuni ichida quyidagilarga yoʻnaltiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga (4014);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablagʻ — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablagʻ — tegishli Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 10 foizi — “Yerelektron” AATni texnik qoʻllab-quvvatlash va uni yuritish bilan bogʻliq shtat birliklarini saqlash uchun Davlat kadastrlari palatasining bank hisobvaragʻiga (bunda mazkur xarajatlar uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish hisobidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdori bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshmasligi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) baholash va ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari uchun mustaqil baholovchi va ekspert tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus gʻazna hisobvaraqlariga ularning qoʻshimcha manbalari sifatida yoʻnaltiriladi va quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi — yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari va korxonalari foydalanishida boʻlgan va ularning tashabbusi bilan elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan taqdirda — ushbu davlat organlari va tashkilotlariga, qolgan hollarda — davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy jamgʻarmaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron-onlayn auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan filialga yuboradi.

2. Yer uchastkalarining shartli chegaralari tuman (shahar) qurilish boʻlimi hamda Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali bilan birgalikda belgilanadi.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan BRLga muvofiq

2-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

1. Davlat reyestri maʼlumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini aniqlaydi.

2. Yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish boʻlimiga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi.

3. Boʻsh yer uchastkalari boʻyicha kadastr yigʻmajildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

15 ish kuni ichida

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va roʻyxatdan oʻtkazadi.

2. “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

2 ish kunida

4-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

1. Buyurtmada koʻrsatilgan yer uchastkasi maʼlumotlarining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi.

2. Yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi.

3. Tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va tegishli maʼlumotlarni “Yerelektron” AAT kiritadi.

2 ish kuni

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlarni “Yerelektron” ATT orqali belgilaydi.

2. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga yer uchastkalarini tarmoqlarga ulashga tegishli texnik shartlarni olish uchun soʻrov yuboradi.

2 ish kuni

6-bosqich

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini ishlab chiqadi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

3 ish kuni

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni texnik shartlar bilan birga elektron shaklda “Yerelektron” AAT orqali Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni

8-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

1. Eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, ular bilan shartnoma tuzish hamda yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi.

15 ish kuni

2. Mustaqil ekspertni (baholovchi, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotini) shartnoma asosida jalb etgan holda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi.

10 ish kuni

3. Baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot va ekspertiza xulosasi asosida “Yerelektron” AATga yer uchastkasining bozor qiymatini kiritadi.

1 ish kuni

9-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Auksionga qoʻyilgan boʻsh turgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi.

2 ish kuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

10-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari

Elektron onlayn-auksionda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartiblarga muvofiq ishtirok etadi.

Belgilangan muddatda

11-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

Auksion natijalari haqidagi bayonnoma asosida yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni

12-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali yuboriladi.

2 ish kuni

13-bosqich

Operator

Yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

14-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali va tuman (shahar) qurilish boʻlimi

Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada koʻrsatadi.

3 ish kuni

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron-onlayn auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
‎AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGINING
‎____________________________ HUDUDIY BOSHQARMASI

‎‎(hudud nomi)

‎‎
‎YER UCHASTKASIGA MULK
‎HUQUQINI BERUVCHI DAVLAT ORDERI № ______

‎‎Mulkdorning nomi___________________________________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎
‎Mulkdorning manzili (yashash joyi)______________________________________________________________

‎‎pasport seriyasi ________ raqami __________ kim tomonidan va qachon berilgan ________________________

‎‎________________________________________________________________________________

‎STIR ____________________________, JSHSHIR__________________________________________________
‎‎‎_________________________________________________________________________________manzilidagi

‎_________________________________________________________________________________qiymatidagi

(summa raqam va soʻz bilan yoziladi)

‎‎
‎umumiy _____________kv m yer maydoniga mulk huquqi berildi.

‎Ushbu order_________________________________________________________________________________

‎‎(orderni bergan davlat organining nomi)

‎‎
‎____________________________________________________________________________ga asosan berildi.

‎‎(orderni berishning asosi)

‎‎
‎Order roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ___________________________________

‎‎Hududiy boshqarma boshligʻi

‎QR-kodi‎‎

‎‎F.I.O.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) prokuraturalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va uning hududiy boshqarmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va uning hududiy boʻlinmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan “Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishi belgilangan boshqa tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Davlat organlari tizimga elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali belgilangan tartibda ulanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) prokuraturalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va uning hududiy boshqarmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, uning hududiy boshqarmalari, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishi belgilangan boshqa tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma. Davlat organlari tizimga elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali belgilangan tartibda ulanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon xoʻjaliklarida yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va yerga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun 2022-yilda ajratiladigan mablagʻlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOB-KITOBI

mln soʻm

T/r

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi (oluvchi) yerdan foydalanuvchilar

Ishlar bajariladigan yer turlari

2022-yil uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan

Budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan

1.

Suv xoʻjaligi vazirligi

Suv fondi yerlari

10 547,0

2.

Mudofaa vazirligi

Mudofaa maqsadlariga moʻljallangan yerlar

2 213,5

3.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

Oʻrmon fondi yerlari

9 351,9

3 349,3

4.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Davlat qoʻriqxonalari, davlat biosfera rezervatlari va boshqa muassasalar yerlari

129,3

5.

Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanuvchi budjet tashkilotlari

Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar

3 837,2

6.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari yerlari

50 000,0

7.

Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi

Moddiy madaniy meros obyektlari yerlari

10 000,0

3 938,6

8.

Tuman (shahar) hokimliklarining obodonlashtirish boʻlinmalari

Ichki yoʻllar, obodonlashtirish yerlari

59 641,7

9.

Tuman (shahar) hokimliklari

Zaxira toifasidagi yerlar

4 408,7

10.

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

Dehqon xoʻjaliklari yerlari

21 938,5

Jami

171 938,5

7 417,1

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer uchastkasi va davlat koʻchmas mulk obyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi shakli 41-ilovaga muvofiq”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 41-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga
41-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
‎AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI

YER UCHASTKASI VA DAVLAT KOʻCHMAS MULK OBYEKTIGA

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi fonida

oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)
‎‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ ‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ ‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ ‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ ‎_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ ‎_ _ _

‎MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI
‎DAVLAT ORDERI
‎№ ________ ‎

‎‎Mulkdorning nomi___________________________________________________________________________

‎‎(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎
‎Mulkdorning manzili (yashash joyi)______________________________________________________________

‎‎pasport seriyasi ________ raqami __________ kim tomonidan va qachon berilgan ________________________

(jismoniy shaxslar uchun)‎‎

‎‎‎
‎STIR ____________________________, JSHSHIR__________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxslar uchun)

‎‎‎_________________________________________________________________________________manzilidagi

‎_________________________________________________________________________________ qiymatidagi

(summa raqam va soʻz bilan yoziladi)

Umumiy _______________ kv m yer maydoni va ______________ kv m davlat koʻchmas mulk obyekti mulk huquqi bilan berildi. ‎‎

‎‎
‎Ushbu order_________________________________________________________________________tomonidan

‎‎(orderni bergan davlat organining nomi)

‎‎
‎____________________________________________________________________________ga asosan berildi.

‎‎(orderni berishning asosi)

‎‎
‎Order roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ___________________________________

Agentlik direktori
‎‎(Hududiy boshqarma boshligʻi)

‎QR-kodi‎‎

‎‎F.I.O.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun boʻsh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosati tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 14-dekabrdagi 777-son qaroriga 1-ilovaning 50-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 20-ilovaning 7-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2022-y., 09/22/71/0129-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 04.01.2024-y., 09/24/2/0002-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son; 22.08.2024-y., 09/24/497/0641-son; 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 04.03.2025-y., 09/25/136/0213-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son; 28.05.2025-y., 09/25/330/0473-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son)