10.02.2022 yildagi PQ-126-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatining tashkil etilishi oʻzbek zaminida tavallud topib, ilmiy faoliyat olib borgan buyuk alloma va mutafakkirlar merosini ilmiy tadqiq etish va uning natijalaridan amaliy foydalanish jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida ulugʻ alloma va mutafakkirlarimizning koʻplab bebaho asarlarini, noyob yozma manbalarni saqlash, oʻrganish va kelajak avlodga bezavol yetkazish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning bebaho mulki hisoblangan noyob yozma va toshbosma merosni saqlash va tadqiq qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda bu jarayonga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qadimiy yozma manbalarni markazlashgan holda saqlash, tadqiq etish, ularning holatini doimiy monitoring qilish boʻyicha masʼul davlat muassasalari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz), Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (keyingi oʻrinlarda — Sharqshunoslik instituti) va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining (keyingi oʻrinlarda — Milliy kutubxona) jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri) shakllantirish va davlat tasarrufidagi muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlari faoliyatiga integratsiya qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Davlat reyestrini shakllantirish va yuritish, shuningdek, qadimiy yozma manbalarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish uchun masʼul davlat muassasasi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududidagi barcha muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarning davlat reyestrini tuzadi va doimiy monitoringini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat reyestri asosida qadimiy yozma manbalarning turlari boʻyicha (qoʻlyozma, toshbosma manbalar, tarixiy hujjatlar) kataloglari va elektron nusxalarini yaratadi, ularni Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini yuritish boʻyicha yagona axborot tizimiga kiritish hamda muntazam toʻldirib borish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va Sharqshunoslik institutida markazlashgan holda saqlanadigan va Davlat reyestriga kiritilgan qadimiy yozma manbalarning holati, doimiy monitoring va tadqiq etilishi natijalari haqidagi maʼlumotlarning muntazam ravishda maxsus portallar va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan birgalikda qadimiy yozma manbalarning konservatsiyasi va restavratsiyasi bilan shugʻullanayotgan soha xodimlarining muntazam ravishda kasbiy salohiyati va malakasini oshirish, shuningdek, soha uchun yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi va “Oʻzarxiv” agentligi bilan birgalikda Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini yuritish boʻyicha yagona axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — yagona axborot tizimi) yaratish konsepsiyasi va texnik topshiriq loyihasini ishlab chiqsin hamda loyiha texnik hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharqshunoslik instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Madaniy meros agentligi va “Oʻzarxiv” agentligi bilan birgalikda Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududidagi muzeylar, kutubxonalar, arxiv fondlari va boshqa muassasalarda saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarning ilmiy dolzarbligi va muhimligiga qarab, ularni tarjima va tadqiq qilish jadvalini ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda xalqchil tilda bosqichma-bosqich nashr etilishini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi Markaz bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda davlat tasarrufidagi muzeylar, kutubxonalar, arxiv fondlari va boshqa muassasalarda saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarni Markaz tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha rejani tasdiqlab, bosqichma-bosqich amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga saqlash va tadqiq qilish uchun olib kelingan qadimiy yozma manbalarning tegishli (hududiy, idoraviy, shaxsiy va boshqa) mansubligidan kelib chiqib, alohida kolleksiya holida muhofaza qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reja-grafik asosida xorijiy mamlakatlarga ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish orqali aholi va turli fondlarda saqlanayotgan yurtimiz allomalari va mutafakkirlarining ijodiga mansub boʻlgan qadimiy yozma manbalarning kataloglarini va elektron nusxalarini aniqlash, Markaz fondiga olib kelish va ilmiy muomalaga kiritish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda jismoniy va yuridik shaxslardan qadimiy yozma manbalarni xarid qilish, ularni davlat tasarrufiga topshirish mexanizmlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish laboratoriyasi (keyingi oʻrinlarda — Laboratoriya) tashkil etilsin va Laboratoriya tomonidan oʻtkaziladigan tadqiqot sinovlarining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Laboratoriya respublika hududidagi muzeylar, kutubxonalar va boshqa muassasalarning arxiv fondlarida, jismoniy va yuridik shaxslarda saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarni ularning buyurtmasi asosida taʼmirlash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadimiy yozma manbalarni taʼmirlashdan tushgan mablagʻlar Markaz va Laboratoriya faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Laboratoriyani tashkil etish, zarur asbob-uskunalar, butlovchi materiallar bilan taʼminlash va ularni oʻrnatish, shuningdek, oʻz tashabbusiga koʻra Markaz fondida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarni taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar Markaz uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining texnik koʻmak mablagʻlari (grantlari) hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Laboratoriya faoliyatiga yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi yoʻnalishida yetarli darajadagi bilim va ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislar Markaz tomonidan Jamgʻarma hisobidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (B. Abidov, Sh. Vafayev) Laboratoriya faoliyati uchun xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining texnik koʻmak mablagʻlari (grantlari)ni jalb qilishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi” taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharqshunoslik instituti va Markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikadagi ilmiy markazlar, muzeylar, kutubxonalar va boshqa muassasalarning qoʻlyozma fondlaridagi holatni oʻrganib, manbashunos-restavratorlarga boʻlgan mavjud ehtiyojni aniqlasin hamda 2022/2023 oʻquv yili uchun taʼlim yoʻnalishiga kvota ajratish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Buxoro davlat universiteti va Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun zarur kvotalar doimiy ajratib borilishini taʼminlasin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” hamda “Filologiya va tillarni oʻqitish (mumtoz filologiya)” taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha talabalarning oʻquv jarayoni, amaliyoti, diplom ishi va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari Sharqshunoslik instituti, Markaz, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi va boshqa qoʻlyozma fondlarida sohaning yetuk mutaxassislari va olimlari ishtirokida oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Innovatsion rivojlanish vazirligi uch oy muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz, Sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi uchun qadimiy yozma manbalarni oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi belgilangan tartibda shakllantirilishini;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan maqsadli ilmiy loyihalarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz Sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022-yildan boshlab qoʻlyozmalarni saqlash va tadqiq etish bilan shugʻullanuvchi ilmiy xodim va restavratorlarning har yili xorijda amaliyot oʻtashi va stajirovkasini tashkil etish choralarini koʻrib borsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy xodim va restavratorlarning xorijda amaliyot oʻtashi va stajirovkasi buyurtmachi tashkilotlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mamlakatimiz hududida yashab oʻtgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini aholi, ayniqsa yoshlar orasida yanada ommalashtirish, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni zamonaviy usullar orqali jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda olib boriladigan tadqiqotlar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻida Yurtimiz allomalari va mutafakkirlarining hayoti hamda maʼnaviy merosi haqidagi ilmiy-maʼrifiy portal (keyingi oʻrinlarda — ilmiy-maʼrifiy portal) va uning mobil ilovasi ishga tushirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat reyestrini shakllantirish, ilmiy-maʼrifiy portal va uning mobil ilovasini ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlar Markaz uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablagʻlar hamda keyinchalik uni saqlash va faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Markaz Milliy kutubxona, Kinematografiya agentligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-maʼrifiy portalning ishga tushirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-maʼrifiy portalga buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti, ilmiy merosi haqidagi maʼlumotlar, ularning faoliyatiga oid chop etilgan kitoblarning elektron nusxalari, filmlar hamda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan boshqa turdagi maʼlumotlar joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Yoshlar ishlari agentligi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Markaz va Milliy kutubxona bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarda yoshlar yetakchilari tomonidan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti hamda ilmiy merosini yoshlar orasida keng targʻib qilish va ommalashtirish boʻyicha mahallalar kesimida “yoʻl xarita”lari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sharqshunoslik instituti, Markaz, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi YUNESKO, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom olami tashkiloti (ICESCO), Islom tarixi, madaniyati va sanʼatini tadqiq etish markazi (IRCICA) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda anʼanaviy tarzda qadimiy yozma manbalarni muhofaza qilish va tadqiq etishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyani tashkil etsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markaz Fanlar akademiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish sohasida qoʻshni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaz va Fanlar akademiyasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Islom taraqqiyot banki va boshqa jamgʻarmalar, donor tashkilotlarning begʻaraz mablagʻlari hamda yordamlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-5186-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-126-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-fevraldagi PQ-126-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish laboratoriyasi tomonidan oʻtkaziladigan tadqiqot sinovlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY YOʻNALISHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining kutubxona, arxiv va qoʻlyozmalar fondlarida saqlanayotgan qogʻoz va pergament asosga ega boʻlgan qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish boʻyicha konsultativ, metodik va amaliy yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi fondida va boshqa muassasalarda saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarning kimyoviy, biologik va boshqa omillar taʼsirida zararlanishining oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻlyozma va toshbosma manbalar, tarixiy hujjatlar, nodir hamda alohida qimmatga ega nashrlarni preventiv va stabillashtiruvchi konservatsiya va restavratsiya qilish, ularning shikastsiz saqlanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qadimiy yozma manbalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlarning zararlanish darajasini baholash va ularni restavratsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qogʻoz va pergament asosga ega boʻlgan qoʻlyozma, toshbosma manbalar, tarixiy hujjatlar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlarning jismoniy holati (konditsiyalari) va kodikologik maʼlumotlarini qayd etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qadimiy yozma manbalarni tozalash, dezinfeksiya va dezinseksiya qilish, muqova va jildlarni taʼmirlash, namlik va boshqa texnik zarar yetkazuvchi taʼsirlarni bartaraf qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻlyozma va toshbosma manbalar hamda tarixiy hujjatlarning jildlarini koʻp ming yillik sahhoflik va muqovasozlik anʼanalari asosida tiklash hamda taʼmirlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Noyob va alohida qiymatga ega boʻlgan manbalarni himoyalash maqsadida, rN neytral ashyolardan preventiv qutilar, himoya vositalari va jildlar yasash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Konservatsiya va restavratsiya hamda anʼanaviy kitobat sanʼatining sahhoflik, xattotlik, muzahhiblik, qogʻozgarlik va abruchilik sohalarida mutaxassislarni “ustoz-shogird” tizimi asosida tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qadimiy yozma manbalarni deasidifikatsiya qilish va ortiqcha lignindan tozalash orqali neytrallashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mamlakatimiz va xorijdagi muzey, kutubxona va boshqa arxiv fondlarining buyurtmalariga asosan qadimiy yozma manbalarning mulyajlarini tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-fevraldagi PQ-126-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5186-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5-band:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini yuritish boʻyicha yagona axborot tizimi faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadimiy qoʻlyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni taʼmirlash, muqovalash va tiklash ishlari boʻyicha zamonaviy texnologiyalarga asoslangan laboratoriyani tashkil etish, uni zarur asbob-uskunalar va maxsus materiallar bilan taʼminlash hamda mutaxassislarni laboratoriya faoliyatiga fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻida buyuk allomalar va mutafakkirlar haqida maʼlumot beruvchi va yangi tadqiqot natijalarini targʻib etishga qaratilgan ilmiy-maʼrifiy portal va uning mobil ilovasi faoliyatini taʼminlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻn ikkinchi-oʻn uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn beshinchi-oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-bandning oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Islom tarixi va madaniyati yoʻnalishiga oid bilimlarni oshirish, qadimiy qoʻlyozma, toshbosma va tarixiy hujjatlarni konservatsiya va restavratsiya qilish, qogʻoz, muqovasozlik, xattotlik sanʼatini tiklash, islom manbalarini oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslari va Kitobat ilmi maktabini tashkil etish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markaz uning asosiy binosi boʻyicha qurilish-montaj ishlari yakuniga yetgunga qadar Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11-uy manzilidagi Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 07/22/126/0125-son; 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)