1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼullar |
I. Ilmiy-tadqiqot ishlari, muzey, arxiv, kutubxona va qoʻlyozmalar fondini boyitish tadbirlari | ||||
1. | Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Margʻinoniy, Bahouddin Naqshband kabi allomalar, shuningdek, Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Zamaxshariy, Ali Qushchi kabi yagona siymosi qabul qilinmagan ajdodlarning siymosini soha olimlari va rassomlar bilan birgalikda tarixiy asoslangan shaklda yaratish va xalqaro darajada ommalashtirish choralarini koʻrish. | 1. Sohaga oid olim va mutaxassislar, ulamolar, yetakchi portretist rassomlardan iborat badiiy guruh tarkibini tasdiqlash. | 2021-yil avgust | Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz), Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Siymosi yaratiladigan buyuk ajdodlar roʻyxati, har bir siymoni yaratuvchi rassom va biriktirilgan olimlar roʻyxatini shakllantirish. | 2021-yil sentabr | |||
3. Har bir siymoni tarixiy hujjatlar, maʼlumotlar, manbalarga asoslangan holda yaratish, keng muhokamalar asosida tasdiqlash. | 2021-2022-yillar | |||
4. Tasdiqlangan buyuk ajdodlar siymolarini YUNESKO, AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlarga rasmiy taqdim etish. | 2022-yil sentabr | |||
5. Tasdiqlangan buyuk ajdodlar siymolarini film, rolik, taqdimot materiallarida, ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, Markaz muzeyi ekspozitsiyasida keng qamrovda namoyish qilish, xalqaro darajada ommalashtirish choralarini koʻrish. | 2022-yildan boshlab | |||
2. | Ilm-fan sohasiga oid xorijiy tillardagi quyidagi kitoblarni oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish: “1001 Inventions: Enduring Legacy of Muslim Civilization” (“1001 kashfiyot: Musulmon sivilizatsiyasining bardavom merosi”) nomli kitob; “1001 Cures: Contributions in Medicine & Nealthcare from Muslim Civilisation” (“1001 shifo: Musulmon sivilizatsiyasining dorishunoslik va tabobatga qoʻshgan hissasi”) nomli kitob; “Light from the East” (“Sharqdan Nur”) nomli kitob. | 1. Kitoblarni tarjima qilish va chop etish shartlarini kelishish. | 2021-yil avgust | Markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (keyingi oʻrinlarda — OʻzFA Sharqshunoslik instituti), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya, restavratsiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) |
2. Ijodiy va tarjimonlar tarkibini shakllantirish. | 2021-yil sentabr | |||
3. Tarjimalarni amalga oshirish uchun grant loyihasini tayyorlash va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish. | 2021-yil oktabrdan boshlab reja asosida har yili | |||
3. | Oʻzbek xalqiga tegishli asriy anʼanalar, islom diniga asoslangan hikmatli soʻzlar va maqollarning tavsifiga bagʻishlangan quyidagi nomdagi risolalarni tayyorlash va nashr qilish: “Anʼanalar: oʻtmish, bugun va kelajak” nomli risola; “Oʻzbek xalq naqllari” nomli risola. | 1. Ijodiy va tarjimonlar guruhini shakllantirish. | 2022-yil yanvar | Markaz, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Direksiya |
2. Grant loyihalarini tayyorlash. | 2022-yil fevral | |||
3. Grant natijalari asosida tayyorlangan kitob matnini tayyorlash, tahrir qilish va nashr etish. | 2022-yil may — sentabr | |||
4. | “Sharq va Gʻarb” nodir kitoblar kolleksiyasining 5 tildagi (oʻzbek, arab, rus, fransuz va ingliz tillari) ilmiy fihristini tayyorlash. | 1. Markaz tasarrufidagi “Sharq va Gʻarb” nodir kitoblar kolleksiyasining ilmiy fihristini tayyorlash va oʻzbek, arab, rus, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilish. | 2021-yil avgust | Markaz, Direksiya |
2. Fihristning 1-juz nodir kitoblar suratlari, qisqacha tasnif va illustratsiya bilan bezatilgan shaklda nashrdan chiqarish. | 2021-yil sentabr | |||
3. Fihristning 2, 3 va 4-juzlarini nashrdan chiqarish. | 2021-yil dekabr | |||
5. | “Uchinchi Renessans — Yangi Oʻzbekiston” kitob-fotoalbomini 4 tilda (oʻzbek, rus, arab va ingliz tillari) tayyorlash. | 1. Ijodiy va tarjimonlar guruhini shakllantirish. | 2021-yil sentabr | Markaz, Direksiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari |
2. Kitob-fotoalbom matnini tayyorlash, tarjima va tahrir qilish. | 2022-yil may | |||
3. Respublika boʻylab fotosuratlar jamlash va saralash. | 2022-yil iyun | |||
4. Nashr qilish va xalqaro miqyosda taqdimotini oʻtkazish. | 2022-yil sentabr | |||
6. | “Oʻzbekiston — jahon sivilizatsiyasi kesimida” mavzusida grant loyihasini amalga oshirish va uning natijalari asosida 4 tilda (oʻzbek, rus, arab va ingliz tillari): monografiya yaratish; markaz muzeyi mediakontentlari uchun tahliliy materiallar tayyorlash; qiyosiy-tahliliy jadvallar, xaritalar, infografika tayyorlash. | 1. Monografiyaga kiritiladigan mavzular, Markaz muzeyi mediakontentlari uchun tahliliy materiallar, qiyosiy-tahliliy jadvallar, xaritalar, infografika roʻyxatini shakllantirish va ularni tayyorlash. 2. Loyiha natijalarini Markaz muzey ekspozitsiyasi, media kontentlar bilan uygʻunlashtirish, monografiya chop etish. | 2021-2022-yillar | Markaz, Direksiya, OʻzFA Sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi |
7. | “Oʻzbekiston islom sanʼati — jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi” mavzusidagi ilmiy maʼlumotlarni (3 tildagi fotoalbomli kitob, maxsus sayt, turkum koʻrsatuvlar orqali) keng jamoatchilikka yetkazish. | 1. Loyiha konsepsiyasini va texnik shartlarini ishlab chiqish. | 2021-yil noyabr | Markaz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi |
2. heritage.cisc.uz veb-saytini yaratish va uni konsepsiyaga muvofiq materiallar bilan toʻldirish. | 2022-yil reja asosida | |||
3. Veb-saytning oʻzbek, ingliz va arab tillarida faoliyat yuritishini tashkil etish. | 2022 — 2025-yillar | |||
8. | “Oʻzbekiston — islom madaniyati markazi” koʻchma stendini tayyorlash va xorijdagi muzey, galereya va koʻrgazma zallarida uning namoyishini tashkil etish. | 1. “Oʻzbekiston — islom madaniyati markazi” koʻchma stendining konsepsiyasi va koʻrgazma dizaynini ishlab chiqish. | 2021-yil dekabr | Markaz, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Xorijiy mamlakatlarda namoyishini tashkil qilish. | 2022 — 2025-yillar reja asosida | |||
9. | Quyidagi yoʻnalishlarda tanlov tashkil etish: “Uchinchi Renessans — yoshlar nigohida” mavzusida tanlov oʻtkazish; oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlar oʻrtasida tanlov oʻtkazish. | 1. Hamkor tashkilotlar bilan birga tanlov nizomi va yoʻriqnomasini ishlab chiqish. | 2021-yil dekabr | Yoshlar ishlari agentligi, Markaz, Fanlar akademiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
2. Tanlov muddati va shartlarini, oʻtkazish tartiblarini tayyorlash. 3. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash. | 2022-yildan alohida reja asosida | |||
10. | Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan muzey va kutubxona xodimlari uchun oʻzaro tajriba almashish, ilgʻor ish tajribalarni ommalashtirish maqsadida onlayn oʻquv-seminar tashkil etish. | 1. Oʻquv-seminar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Oʻquv-seminari ishtirokchilari, maʼruzachi olimlar va mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish. 3. Oʻquv-seminarni yuqori saviyada tashkil qilish va ommaviy axborot vositalarida yoritish. | 2022 — 2025-yillar reja asosida | Markaz, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
11. | Qatar milliy kutubxonasi bilan hamkorlik doirasida u yerda saqlanayotgan qoʻlyozmalarning kataloglari va elektron nusxalarini olish. | 1. Qatar milliy kutubxonasidagi Markaziy Osiyo tarixiga oid qoʻlyozmalar kataloglari va nusxalarini aniqlash. 2. Qatar davlatida joylashgan kutubxona, universitet va fondlarda saqlanayotgan qoʻlyozmalar kataloglari va elektron nusxalarini almashish. | 2021-yil sentabr — dekabr | Markaz, Tashqi ishlar vazirligi |
12. | Markaziy Osiyo, xususan Oʻzbekistonda islom sivilizatsiyasi tarixi va buguni, maʼrifiy islom hamda mintaqaga mos islom ilmlari va anʼanalarini oʻzida aks ettiruvchi manbalar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar (magistrlik, PhD, DSc) amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash. | 1. Markaz qoshida faoliyat koʻrsatayotgan Ilmiy kengash hamda Ilmiy seminar faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 2. Magistr va yosh tadqiqotchilarning Markazda muntazam ravishda amaliyot oʻtashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularning tadqiqot ishlarini amalga oshirishda soha olimlarini jalb etgan holda amaliy yordamlar koʻrsatish. | 2022 — 2025-yillar reja asosida | Markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
13. | Jahonning yetakchi olimlari tomonidan zaminimizda yetishib chiqqan buyuk allomalar hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan yirik tadqiqotlarni oʻzbek tiliga tarjima qilish. | 1. Gʻarb va Sharq mamlakatlarida islom ilmlari va madaniyati yoʻnalishida ilmiy faoliyat olib borayotgan markazlarda yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlari boʻyicha hamda yurtimiz tarixi va islom madaniyatiga oid Sharq va Gʻarb tillarida yozilgan tadqiqotlarni aniqlash va roʻyxatini tuzish. 2. Markaziy Osiyoda, shu jumladan Oʻzbekistonda islom sivilizatsiyasi va Oʻzbekistonda renessans davrlari boʻyicha qilingan tadqiqotlarni saralash va tasniflash. 3. Yirik tadqiqot ishlarini tarjima qilish rejasini tuzish hamda tarjimonlar guruhini shakllantirish, xalqchil tarzda oʻzbek, rus, ingliz va arab tillariga tarjima qilish ishlarini amalga oshirish va muntazam nashr etib borish. | 2022 — 2025-yillar reja asosida | Markaz, OʻzFA Sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari |
14. | Burhoniddin Margʻinoniyning “Hidoya” asarining ilmiy-izohli, akademik tarjimasini amalga oshirish va nashr etish. | 1. Burhoniddin Margʻinoniy “Hidoya” asarining mukammal va muallifga yaqin koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasini aniqlash hamda asar boʻyicha arab va boshqa tillarda qilingan tadqiqotlarni aniqlash va jamlash. 2. Asarni tarjima qilish boʻyicha tarjimonlar guruhini shakllantirish. 3. “Hidoya” asarini toʻliq akademik tarjimasini amalga oshirish uchun grant loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2021 — 2025-yillar reja asosida | Markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Direksiya |
15. | Islom tarixi va madaniyati yoʻnalishiga oid bilimlarni oshirish, xorijiy tillar, arab tili va yozuvini (xattotlik), qadimiy qoʻlyozma va toshbosma asarlarni qayta taʼmirlashni (restavratsiya), Qurʼoni karimni oʻrganish, gid-tarjimonlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha maqsadli oʻquv kurslari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Kurslarning oʻquv dasturlari va oʻquv rejasini ishlab chiqish. 2. Oʻquv jarayoniga sohaning tajribali olimlari, pedagoglari va mutaxassislarini jalb qilish. 3. Oʻquv kurslarini yuqori saviyada tashkil etish. | 2021-yil avgustdan har yili reja asosida | Markaz, OʻzFA Sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Turizm va sport vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
II. Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari | ||||
16. | Buxoro shahrida “Islom kalligrafiyasi va naqqoshlik” tanlovini oʻtkazish va uning yakuni boʻyicha Islom kalligrafiya galereyasini tashkil etish. | 1. “Islom kalligrafiyasi va naqqoshlik” tanlovining konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. | 2021-yil sentabr | Markaz, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Buxoro viloyati hokimligi |
2. Tanlovni eʼlon qilish va uni oʻtkazish. 3. Tanlov yakuni boʻyicha kalligrafiya namunalari galereyasini tashkil etish. | 2021-yil oktabr | |||
17. | “Ajdodlarga munosib avlod boʻlaylik” shiori ostida taʼlim muassasalari talaba-oʻquvchilari oʻrtasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. | 1. Tadbirlar konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. 2. Tadbirlar ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish. 3. Tadbirlarni tashkil etish, ularning OAVda yoritilishini taʼminlash. | 2022 — 2025-yillar har yili yoshlar kuni arafasida | Yoshlar ishlari agentligi, Markaz, Fanlar akademiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
18. | “Ajdodlar merosi — ibrat va tarbiya manbai” shiori ostida respublika mahallalarida maʼnaviy targʻibot ishlarini amalga oshirish. | 1. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar rejasi va dasturini ishlab chiqish. | 2021-yil dekabr | Markaz, Fanlar akademiyasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi |
2. Tadbirlar oʻtkaziladigan mahallalar roʻyxatini shakllantirish va oʻtkazish muddatlarini belgilash. | 2022 — 2025-yillar | |||
3. Tadbirni tashkil etish va uning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash. | Har yili reja asosida | |||
19. | Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan turkum mavzudagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar va nashr ishlarini tashkil etish. | 1. “Oʻzbekiston — islom sivilizatsiyasi markazi” jurnalining maxsus sonini chop etish. 2. Teleradiokanallarda shu mavzuga oid turkum koʻrsatuv va eshittirishlar tayyorlash. 3. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish. 4. Mavzuga oid maqolalar, bukletlar va boshqa tarqatma materiallar tayyorlash. | 2021-yil avgust-sentabr | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
20. | Diniy taʼlim muassasalarida buyuk allomalarimiz ilmiy merosini oʻrganish va keng targʻib etishga qaratilgan “Musulmon sharqida ilm-fan rivoji va hozirgi zamon” mavzuyida tanlovlar va ilmiy-maʼrifiy davra suhbatlarini oʻtkazish. | 1. Tanlovlar va davra suhbatlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tanlovlar va davra suhbatiga soha olimlari va mutaxassislarni jalb etish. 3. Tanlovlar va davra suhbatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yildan boshlab har yili reja asosida | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Ziyo” media markazi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
21. | Teleradiokanallar orqali yurtimiz allomalarining ibratli hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosi haqida koʻrsatuvlar, davra suhbatlari va eshittirishlar tayyorlash. | 1. Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar mavzusi va ssenariysini tayyorlash. 2. Milliy teleradiokanallarda, shu jumladan “Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston”, “Oʻzbekiston tarixi”, “Yoshlar”, “Madaniyat va maʼrifat”, “Mahalla” teleradiokanallarida islom tarixi, madaniyati, rivojlanish tendensiyalari, din sohasidagi islohotlar, vijdon va eʼtiqod erkinligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni yoritishga qaratilgan turkum mavzudagi telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarni efirga uzatish. | 2021 — 2025-yillar reja asosida | Markaz, Fanlar akademiyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Ziyo” media markazi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
III. Xalqaro hamkorlik yoʻnalishida amalga oshiriladigan tadbirlar | ||||
22. | Xorijiy davlatlardagi shu jumladan Sulaymoniya kutubxonasi qoʻlyozmalar fondi (Turkiya), Xudobaxsh kutubxonasi qoʻlyozmalar fondi (Hindiston), Tehron davlat muzeyi (Eron), Al-Azhar qoʻlyozmalar fondi, Misr Fanlar akademiyasi qoʻlyozmalar fondi (Misr), Parij milliy kutubxonasi fondi (Fransiya), Berlin milliy kutubxonasi (Germaniya), Oksford islom tadqiqotlar markazi fondi (Angliya), Sankt-Peterburg sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondlarida (Rossiya) kabilarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid manbalarning elektron yoki faksimile nusxalarini Oʻzbekistonga olib kelish choralarini koʻrish. | 1. Qoʻlyozmalar elektron nusxalarini olish boʻyicha xorijiy davlatlarda sohada faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 2022-yil yanvar-iyun | Markaz, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari |
2. Qoʻlyozmalarni aniqlash, roʻyxatini tuzish. | 2022 — 2024-yillar | |||
3. Elektron nusxalarini mamlakatimizga olib kelish choralarini koʻrish. | 2022 — 2024-yillar | |||
23. | Xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va memorandumlar imzolash, jumladan: “Ipak yoʻli xalqaro kutubxonalar ittifoqi” (Silk Road International Library Alliance); Avstraliya Islom muzeyi, Malayziyadagi Islom sanʼati muzeyi va boshqalar. | 1. Hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va memorandum loyihalarini ishlab chiqish. 2. Hamkor tashkilotlar bilan memorandumlarni imzolash. | 2022-yil yanvar-iyunreja asosida | Markaz, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
24. | Saudiya Arabistoni Podshohligi Qirol Faysal nomidagi Islom tadqiqot va izlanishlar markazi imkoniyatlaridan keng foydalanish, hamkorlikda tadbirlar tashkil etish, qoʻlyozmalarni raqamlashtirish va elektron manbalar almashish, shuningdek, Markazning Ar-Riyoz shahrida filialini ochish choralarini koʻrish. | 1. Saudiya Arabistoni Qirolligi Qirol Faysal nomidagi Islom tadqiqot va izlanishlar markazi bilan hamkorlik shartlarini kelishib olish. | 2021-yil oktabr | Markaz, Tashqi ishlari vazirligi |
2. Qirol Faysal nomidagi Islom tadqiqot va izlanishlar markazida saqlanayotgan qoʻlyozmalarning elektron nusxalarini olish. | 2022-yil yanvar | |||
3. Markazning Ar-Riyoz shahrida filialini ochish choralarini koʻrish. | 2022-2023-yillar | |||
25. | Oʻzbekistonning islom bilan bogʻliq merosini hamda yurtimizdan yetishib chiqqan musulmon olimlarining hayoti va ilmiy asarlarini oʻrgangan mahalliy va xorijiy olimlar hamda tadqiqotchilar haqida maʼlumotlar bazasini yaratish. | 1. Oʻzbekistonning islom bilan bogʻliq merosini oʻrgangan mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar roʻyxatini shakllantirish. | 2022-yil yanvar | Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, OʻzFA Sharqshunoslik instituti, Markaz, Tashqi ishlari vazirligi |
2. Mahalliy hamda xorijiy olim va tadqiqotchilar bilan aloqalarni oʻrnatish, Markaz tomonidan tashkil etilayotgan konferensiya va davra suhbatlarida ularning ishtirokini taʼminlash, maqola, risola, kitob, monografiyalar yaratish va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 2022-yildan doimiy ravishda | |||
26. | Dunyo fondlarida saqlanayotgan Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk shaxslar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir qadimiy kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, shu yoʻnalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va toʻplamlar boshqa hujjatlarning elektron nusxalarini olish va Markaz fondiga taqdim etish choralarini koʻrish. | 1. Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat ishchi guruhini shakllantirish. | 2022-yil yanvar | Tashqi ishlar vazirligi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Markaz |
2. Qoʻlyozmalarni aniqlash, roʻyxatini tuzish, elektron nusxalarini homiylik mablagʻlari asosida mamlakatimizga olib kelish choralarini koʻrish. 3. Qoʻlyozmalarni oʻrganishni yoʻlga qoʻyish | 2022 — 2025-yillar reja asosida | |||
27. | Oʻzbekistondagi sohaga oid ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda “Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etish. | 1. Ishchi guruhini shakllantirish. | 2022-yil fevral | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Markaz, OʻzFA Sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasining farmoyishini tayyorlash. | 2022-yil mart | |||
3. Konferensiyaga xorijning nufuzli sharqshunos va islomshunos olimlari, ekspert va mutaxassislarini jalb etish. | 2022-yil aprel | |||
4. Konferensiyani yuqori darajada oʻtkazish va tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. | 2022-yil may | |||
IV. Tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
28. | Markaz muzeyi ekspozitsiyalari va kutubxonasi fondini shakllantirish, aholidan xarid qilinadigan qoʻlyozma, toshbosma, bosma asarlar, tarixiy hujjatlar, eksponatlarni tahlil qilish, saralash, ularning noyobligini aniqlash va baholash boʻyicha komissiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Komissiya faoliyati toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish, tegishli vazirlik idoralar bilan kelishish. | 2021-yil avgust | Markaz, OʻzFA Sharqshunoslik instituti, Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi |
2. Nizom loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. | 2021-yil sentabr | |||
29. | Samarqand qogʻozi, muqovasozlik va xattotlikning qadimiy anʼanalarini tiklash boʻyicha ustaxona-laboratoriyani tashkil etish choralarini koʻrish. | 1. Laboratoriyani zarur boʻlgan asbob-uskunalar bilan taʼminlash; | 2021-yil noyabr | Markaz, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Direksiya |
2. Laboratoriyaga tajribali mutaxassislarni jalb etish hamda ularning sohaga oid mahalliy va xorijiy muassasalarda malakasini oshirishni tashkil qilish. | 2021-yil dekabrdan boshlab | |||
3. Markaz muzeyida Samarqand qogʻoziga oid ekspozitsiya tashkil qilish. | 2022-yil apreldan boshlab | |||
30. | Markazda davriy va ilmiy nashrlar, tarqatma materiallar, sohaga oid kitob-jurnallar chop etishni tashkil etish maqsadida bosmaxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Sohada tajribali mutaxassislardan iborat guruhni shakllantirish. | 2021-yil oktabr | Markaz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Direksiya |
2. Markaz binosi foydalanishga topshirilgunga qadar bosmaxonani vaqtinchalik Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida joylashtirish. | 2021-yil dekabr | |||
3. Bosmaxona uchun zaruriy jihoz, uskuna va ish materiallarining tarkibini belgilash, ularni xarid qilish choralarini koʻrish. | 2022-yil yanvar | |||
4. Markazda davriy va ilmiy nashrlar, tarqatma materiallar, shuningdek, buyurtma asosida sohaga oid mavzudagi kitob-jurnallar nashrini yoʻlga qoʻyish. | 2022-yil fevral | |||
31. | Markaz Axborot-multimedia boʻlimining moddiy-texnika bazasini yaratish. | 1. Tajribali mutaxassislardan iborat multimedia guruhini shakllantirish. | 2021-yil oktabr | Markaz, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ, Direksiya |
2. Axborot-multimedia boʻlimini vaqtinchalik Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida joylashtirish. | 2021-yil dekabr | |||
3. Markazning davriy koʻrsatuvlari, intervyulari, taqdimot roliklari, shuningdek, muzey ekspozitsiyasi namoyishidagi mediakontentlar uchun media materiallarni tayyorlash va namoyishini yoʻlga qoʻyish. | 2022-yil yanvar | |||
4. Markaz binosining qurilishi jarayonida axborot-multimedia boʻlimi joylashadigan xonalarda zaruriy kommunikatsiyalar tizimlarining oʻtkazilishini taʼminlash. | 2022-yil aprel — sentabr | |||
5. Axborot-multimedia boʻlimi uchun zarur jihozlar tarkibini belgilash, xarid qilish choralarini koʻrish. | 2022-yil dekabr | |||
6. Axborot-multimedia boʻlimining toʻlaqonli faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2022-yil dekabr | |||
32. | Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish. | 1. Jamgʻarma toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik hamda idoralar bilan kelishish. | 2021-yil avgust | Markaz, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi |
2. Nizom loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. | 2021-yil sentabr | |||
33. | Markaz veb-sayti faoliyatini takomillashtirish hamda uni ilmiy va axborot materiallari bilan muntazam ravishda toʻldirib borish. | 1. Markaz veb-saytini yanada takomillashtirish, xorijiy tillardagi shakli va onlayn muloqot formatlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2021-yil sentabr | Markaz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
2. Markaz veb-sayti orqali Muzey ekspozitsiyasiga virtual tashrif hamda Markaz kutubxonasi elektron kitoblar bazasiga kirish va foydalanish dasturlarini ishlab chiqish. | 2022-yil yanvar | |||
3. Markaz faoliyatini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda targʻibotini jadallashtirish. | Doimiy asosda | |||
34. | Kutubxona va arxiv uchun eng zamonaviy koʻp xotirali va himoyalangan serverlar oʻrnatish. | 1. Jahonning eng yetakchi kutubxonalari tajribasi, ularda foydalanilayotgan jihozlar va dasturlar haqida maʼlumotlar bazasini yaratish. | 2021-yil avgust — dekabr | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaz, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator, “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ, Tashqi ishlar vazirligi, Direksiya |
2. Mahalliy va xorijiy shirkatlarning jihozlash va dasturlash boʻyicha takliflarini oʻrganish. | 2022-yil yanvar — mart | |||
3. Kutubxona va arxiv uchun eng zamonaviy, katta xotirali, qulay va kuchli himoyalangan serverlar oʻrnatish choralarini koʻrish. | 2022-yil oktabr-noyabr | |||
4. Markazning server faoliyatiga masʼul xodimlarining malakasini oshirish, serverning texnik sozligini taʼminlash choralarini koʻrish. | 2022-yil dekabr | |||
35. | Markaz faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy qilish. | 1. Jahonning yetakchi muzey, kutubxona va turdosh markazlari tajribasi, ularda foydalanilayotgan jihozlar va dasturlar haqida maʼlumot toʻplash. | 2021-yil avgust — dekabr | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaz, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator, “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ, Direksiya |
2. Bino, muzey, kutubxonaga kirish-chiqish, ekspozitsiya namoyishi, maʼlumotlar olish hamda xavfsizlik tizimlaridan foydalanishni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish boʻyicha dastur-rejalar ishlab chiqish, zaruriy jihozlar roʻyxatini shakllantirish. | 2022-yil yanvar — mart | |||
3. Markaz faoliyatida raqamli texnologiya sohasini joriy qilish. | 2022-yil dekabr | |||
36. | Qoʻlyozma va toshbosma kitoblarni raqamlashtirish uchun eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya tashkil etish. | 1. Xorijiy davlatlardagi ilgʻor muzey, kutubxona va ilmiy-tadqiqot markazlari tajribasi, ularda foydalanilayotgan jihozlar haqida maʼlumot toʻplash. | 2021-yil avgust — dekabr | Markaz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator, “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ, Direksiya |
2. Mahalliy va xorijiy shirkatlarning takliflarini oʻrganish. | 2022-yil yanvar — mart | |||
3. Markaz binosining qurilishi jarayonida raqamlashtirish jihozlari joylashadigan xonalarni zaruriy kommunikatsiyalar oʻtkazilishini taʼminlash. | 2021-2022-yillar | |||
4. Markaz fondlaridagi qoʻlyozma va toshbosma kitoblarni raqamlashtirishni yoʻlga qoʻyish. | 2022-yil dekabr | |||
37. | Markaz muzeyiga virtual 3D tashrif dasturini tayyorlash, dasturning onlayn va mobil ilova shaklda bir necha tilda ishlashini, ekspozitsiya oʻzgarishi bilan doimiy yangilanib turishini taʼminlash. | 1. Muzey ekspozitsiyasining “Ilm-fan” boʻlimida namunaviy namoyishi hududi 3D tashrif dasturini tayyorlash. | 2021-yil avgust | Markaz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator, Direksiya |
2. Markaz muzeyi ekspozitsiyasi toʻliq shakllantirilgach, muzeyga virtual 3D tashrif dasturini tayyorlash, dasturning bir necha tilda, onlayn va mobil ilova shaklda ishlatish. | 2023-yil may | |||
3. Muzey ekspozitsiya oʻzgarishi bilan virtual 3D tashrif dasturining doimiy yangilanib, boyitib borilishini taʼminlash. | 2023-yildan boshlab | |||
38. | Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilish boʻyicha doimiy qoʻmitasi — COMSTECN bilan hamkorlikda dunyo kutubxonalari fondlarida saqlanayotgan islomga oid hamda musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan yaratilgan manbalar, qoʻlyozma, toshbosma va zamonaviy nashrlarning yagona elektron bazasini yaratish. | 1. Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilish boʻyicha doimiy qoʻmitasi — COMSTECN va Markaz oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida mavzu boʻyicha dastlabki kelishuvga erishish. | 2021-yil dekabr | Markaz, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator |
2. COMSTECN bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar reja-dasturi, yagona elektron baza konsepsiyasi, hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2022-yil oktabr | |||
3. Elektron manbalari birlashtiriladigan kutubxona va fondlar tarkibini belgilash hamda kelishuvlarga erishish. | 2022 — 2024-yillar | |||
4. Islomga oid hamda musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan yaratilgan manbalar, qoʻlyozma, toshbosma va zamonaviy nashrlarning yagona elektron bazasini yaratish va umumfoydalanuvdagi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil yanvar | |||
2-ILOVA
3-ILOVA
1. | A. Mansurov | — | Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktorning ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Komissiya raisi |
2. | Sh. Ziyodov | — | Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori |
3. | I. Daminov | — | Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori |
4. | V. Fayziyeva | — | Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi direktori |
5. | J. Ismoilova | — | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori |
6. | X. Fayziyev | — | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori |
7. | Lavozim boʻyicha | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori |
8. | Sh. Sadikov | — | “Oʻzarxiv” agentligi direktorining oʻrinbosari |
9. | M. Usmonov | — | Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Manbalar xazinasi” boʻlimi mudiri |
10. | Sh. Islomov | — | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Sharq qoʻlyozmalari fondi boʻlimi mudiri |
11. | K. Maxkamov | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi mudiri |
12. | M. Kenjayev | — | Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi islom dini merosini saqlash boʻlimi boshligʻi |
13. | D. Muxsimov | — | Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bosh yuriskonsulti, Komissiya kotibi |
4-ILOVA
TUZILMASI
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Vasiylik kengashi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy maslahatchi |
Direktor |
Ilmiy kotib |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktorning ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha oʻrinbosari |
Direktorning axborot texnologiyalari masalalari boʻyicha oʻrinbosari |
Direktorning ekspluatatsiya va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari |
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi 3 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi 5 |
Kompyuter va axborot-texnologiyalari boʻlimi 5 |
Xoʻjalik boʻlimi 8 |
Kadrlar boʻlimi 2 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Islom dini merosini saqlash boʻlimi 3 |
|
Yuridik boʻlim 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Axborot-multimedia boʻlimi 15 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Xalqaro aloqalar va protokol boʻlimi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Manbashunoslik va qoʻlyozmalar boʻlimi 5 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kutubxona va arxiv hujjatlari boʻlimi 8 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ijro nazorati va devonxona boʻlimi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ziyorat turizmi ilmiy-tadqiqot boʻlimi 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Samarqand qogʻozi, muqovasozlik va xattotlikning qadimiy anʼanalarini tiklash boʻyicha ustaxona-laboratoriya |
Malaka oshirish va oʻquv kurslari |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Moliya-hisob boʻlimi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Muzey va eksponatlar ilmiy boʻlimi 21 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Birinchi boʻlim 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Nashrlar boʻlimi 5 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
TARKIBI
|
1. |
A. Aripov |
— |
Bosh vazir, Vasiylik kengashi raisi |
|
2. |
Sh. Minovarov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi |
|
3. |
X. Sultonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi-Spichrayteri |
|
4. |
B. Musayev |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari |
|
5. |
J. Qoʻchqorov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri |
|
6. |
S. Umurzakov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdovaziri |
|
7. |
A. Abduhakimov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri |
|
8. |
A. Komilov |
— |
tashqi ishlar vaziri |
|
9. |
O. Nazarbekov |
— |
madaniyat vaziri |
|
10. |
A. Toshqulov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
11. |
T. Ishmetov |
— |
moliya vaziri |
|
13. |
R. Davletov |
— |
adliya vaziri |
|
12. |
B. Zokirov |
— |
qurilish vaziri |
|
13. |
M. Azimov |
— |
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
|
14. |
J. Artikxodjayev |
— |
Toshkent shahar hokimi |
|
15. |
A. Usmonov |
— |
Rossiyalik tadbirkor |
|
16. |
S. Toshboyev |
— |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi |
|
17. |
U. Alimov |
— |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy |
|
18. |
B. Yoʻldoshev |
— |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti |
|
19. |
J. Ismoilova |
— |
Oʻzbekiston davlat tarixi muzeyi direktori |
|
20. |
M. Xodjimatov |
— |
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
|
21. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktoriningilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi |