ILOVA
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
| Subyektlar | Amalga oshiriladigan tadbirlar | Muddatlar | ||||
| 1-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tizimida roʻyxatdan oʻtadi. | Belgilangan muddatda | |||
| 2-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Elektron platformada roʻyxatdan oʻtadi. 2. Obyektning identifikatsiya raqamini kiritadi. | 30 daqiqa | |||
| 3-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Zarur hollarda platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda shartnoma imzolaydi. 2. Elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi. | 2 ish kuni | |||
| 4-bosqich | Tender tashkilotchisi | 1. Elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻriligini oʻrganib chiqadi. 2. Platformaga tender predmeti toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtiradi. | 3 ish kuni mobaynida | |||
| 5-bosqich | Talabgor | 1. Eʼlonga muvofiq qurilish-montaj ishlari bajariladigan hududga (joyning oʻziga) chiqqan holda obyektni oʻrganib chiqadi. 2. 24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilini platformaga kiritadi hamda shaxsiy kabinetini ochadi. | 10 ish kuni mobaynida | |||
| 6-bosqich | Oferent | Shaxsiy kabineti orqali xarid predmeti boʻyicha tenderda qatnashish uchun platformaga STIR xos raqamini kiritadi. | 5 daqiqa ichida | |||
| 7-bosqich | Platforma | Kiritilgan oferentning STIR boʻyicha platforma vazirlik, tashkilot va tizimlarning maʼlumotlar bazasidan avtomatik tarzda quyidagilarni: a) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan sohaviy elektron reytingda mavjudligi hamda xarid predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga mosligini; b) Davlat soliq qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan soliqlardan boqimanda qarzdorligining mavjud emasligini; v) Markaziy bankning elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi hisobvaragʻida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini; g) Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron maʼlumotlar bazasidan oferentning oʻz balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qoʻyilmaganligini; d) Davlat statistika qoʻmitasining elektron maʼlumotlar bazasidan joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini; e) Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining elektron maʼlumotlar bazasidan qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida roʻyxatga olingan obyektlar boʻyicha qurilishni yakunlash muddatidan oʻtib ketmaganligini; j) Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agenligining elektron maʼlumotlar bazasidan platformada oʻz taklifini biriktirgan oferentlar va davlat buyurtmachisi oʻrtasida affillanganlik xususiyati mavjud emasligini; z) platformaning oʻz tizimidan QQS bilan taklif narxining QQS bilan boshlangʻich narxidan baland hamda 95 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati obyekt boʻyicha belgilangan qurilish muddatidan ortiq emasligini; i) platformaning oʻz tizimidan obyektning boshlangʻich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshirilganligini tekshiradi. | 10 daqiqa ichida | |||
| 8-bosqich | Oferent | 7-bosqichdan ijobiy natijalar bilan oʻtgan oferentlar Nizomga 2, 3 va 4-ilovalarni toʻldirgan holda platformaga yuklaydi. | 10 daqiqa | |||
| 9-bosqich | Platforma | 1. Oferentlar takliflarini tegishli formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi. 2. Gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlarni aniqlaydi. | 2 ish kuni ichida | |||
| 10-bosqich | Platforma | Baholash natijalari boʻyicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq koʻrinishda joylashtiradi. | 5 daqiqa | |||
| 11-bosqich | Platforma | Elektron tenderda gʻolib boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotiga aksept yuboradi. | 10 daqiqa | |||
| 12-bosqich | Gʻolib qurilish-pudrat tashkiloti | Akseptni tasdiqlaydi. Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida gʻolib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, aksept zaxiradagi gʻolibga yuboriladi va zaxiradagi gʻolibga qoʻshimcha 2 ish kuni ichida akseptni tasdiqlashga muddat beriladi. | 2 ish kuni ichida | |||
| 13-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Elektron tenderda gʻolib boʻlgan qurilish-pudrat tashkiloti bilan pudrat shartnomasini imzolaydi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan pudrat shartnomasini platformaga yuklaydi. | 3 ish kuni ichida | |||
| 14-bosqich | Platforma | Platformaga yuklangan pudrat shartnomasiga muvofiq obyektning boshlangʻich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini taʼminlash kafolati summasini gʻolib va zaxiradagi gʻolib tashkilotlar hamda oferentlarning hisobvaraqlariga bank xarajatlari ushlangan holda platformaning hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot bilan platforma oʻrtasida oʻrnatiladigan toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlumot almashinuvi doirasida avtomatik ravishda qaytaradi. | 1 ish kuni mobaynida |
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
| _____________________________________________________________________________ |
| (oferent nomi) |
| TENDER PREDMETI BOʻYICHA ISHLARNI BAJARISHGA NARX TAKLIFI |
| (1-shakl) |
| ____________________________________________________________________________ |
| (tender predmetining nomi) |
| 1. Biz, oferent sifatida quyida imzo chekuvchilar: tender predmeti boʻyicha eʼlonda biriktirilgan loyiha asosida tender predmeti joylashgan manzilga chiqib oʻrganganligimizni; pudrat shartnomasini imzolashdan yoki imzolangandan soʻng obyektni qurishdan bosh tortganimizda, platforma tomonidan ikki yil davomida elektron tenderga avtomatik ravishda qoʻyilmasligimiz toʻgʻrisida xabardorligimizni; elektron tender shartlariga va loyiha hujjatlariga muvofiq imzolangan pudrat shartnomamizga asosan barcha ishlarni ________________ soʻm (QQS ni hisobga olgan holda) sifatli bajarishimizni va tugatishimizni tasdiqlaymiz. 2. Biz bilan elektron tender natijasiga koʻra pudrat shartnomasi imzolangan taqdirda, ushbu pudrat shartnomasida nazarda tutilgan kundan boshlab ishlarni boshlash hamda _________ kun ichida obyektni belgilangan tartibda foydalanishga topshirish majburiyatini olamiz. 3. Bizning taklifimiz tender takliflarini baholash kunidan boshlab 60 kalendar kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi. 4. Pudrat shartnomasi tuzilgunga qadar tender taklifining aksepti oʻrtamizdagi yuridik majburiyat hisoblanadi. 5. Biz, oferent sifatida olgan aksept biz (oferent) siz (buyurtmachi) bilan rasmiy pudrat shartnomasini tuzish majburiyatini olishimizni va biz (oferent) uning ijrosini taʼminlashimizni tasdiqlaydi. 6. Qurilish jarayoniga jalb qilingan yollanma ishchilarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini taʼminlaymiz. 7. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni birinchi moliya yili mobaynida oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narxda amalga oshirish majburiyatini olamiz. |
| Tashkilot rahbarining imzosi: |
| Tuzilgan sanasi: 20__ yil “____” _____________ |
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA|
TENDER PREDMETI BOʻYICHA ISHLARNI BAJARISHNING UMUMIY JADVALI (2-shakl) ________________________________________________________________________________________ (tender predmetining nomi) | |||
|
T/r |
Obyektning lokal vedomostlari boʻyicha |
Ishlarni boshlash sanasi |
Ishlarni tugatish sanasi |
|
1. |
“Yer ishlari” lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
2. |
“A bloki — arxitektura va qurilish yechimlari, temir-beton konstruksiyalar” (A-AS bloklari, KJ) lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
3. |
“B bloki — arxitektura va qurilish yechimlari, temir-beton konstruksiyalar” (B-AS bloklari, KJ) lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
4. |
“A bloki — toza va oqova suv taʼminoti” (A-VK bloklari) lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
5. |
“B bloki — toza va oqova suv taʼminoti” (B-VK bloklari) lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
… |
... |
||
|
… |
“Obodonlashtirish” lokal vedomosti boʻyicha |
||
|
Izoh. 1. Jadvalda tender predmetining qismlari boʻyicha barcha lokal vedomostlarga muvofiq ishlarni boshlash va yakunlash sanalari koʻrsatiladi. 2. Ushbu jadvaldagi sanalar gʻolib qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan obyektning “Ishlarni ishlab chiqarish loyihasi” (PPR)ga, yaʼni obyekt qurilishining oqilona texnologiyasi va qurilishni tashkil etish boʻyicha batafsil ishlab chiqilgan hujjatiga muvofiq aniqlashtirilishi mumkin. 3. Ushbu jadvaldagi ish turlari va ularning hajmlari tender predmetining ish turlari va ularning hajmlari bilan mosligiga oferent javobgar hisoblanadi. | |||
|
Tashkilot rahbarining imzosi: | |||
|
Tuzilgan sanasi: 20___ yil “____” _____________ | |||
Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
|
TENDER PREDMETI BOʻYICHA MOLIYALASHTIRISH JADVALI (3-shakl) | ||||||||||||
|
___________________________________________________________________________________________ (tender predmetining nomi) | ||||||||||||
|
Moliyalashtirish shartlari |
Tender predmeti boʻyicha kalendar yil ichida moliyalashtirishning oyma-oy taqsimoti | |||||||||||
|
yanvar |
fevral |
mart |
aprel |
may |
iyun |
iyul |
avgust |
sentabr |
oktabr |
noyabr |
dekabr | |
|
15 foiz miqdorida boʻnak |
||||||||||||
|
80 foiz miqdorida keyingi moliyalashtirish |
||||||||||||
|
5 foiz miqdorida kafolat muddati |
||||||||||||
|
Izoh. Jadvaldagi boʻnak mablagʻlaridan tashqari oyma-oy taqsimlanadigan moliyaviy mablagʻlar miqdori ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq taqsimlanadi. Bunda agar tender predmeti boʻyicha ishlarni yakunlash muddati bir kalendar yildan oshgan taqdirda, ushbu moliyalashtirish jadvali faqat birinchi yilda bajariladigan ishlar qiymatidan kelib chiqib taqsimlanadi. | ||||||||||||
|
Tashkilot rahbarining imzosi: | ||||||||||||
|
| ||||||||||||
|
Tuzilgan sanasi: 20___ yil “_____” ___________ | ||||||||||||